O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda) ijrosini ta’minlash, yo‘nalishga texnik jihatdan soz avtomobillarni chiqarish, avtotransport vositalarini va haydovchilar salomatligini sifatli nazoratdan o‘tkazish orqali yo‘l harakati xavfsizligini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 17-yanvardagi 22, 1, 1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son “Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj va yuklar hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtotransport vositalarini yo‘nalishga chiqish oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda ularning haydovchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 3-yanvardagi 54, 75, 1-son qarori (ro‘yxat raqami 2560-1, 10.01.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 2-son, 34-modda)
avtotransport vositalari — yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
2. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan tashuvchilar uchun majburiydir.
3. Jismoniy shaxs bo‘lgan yuklarni tashuvchilar yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositasini texnik sozligini, tozaligini va to‘liq jihozlanganligini tekshirishi, shuningdek avtotransport vositasini har qanday mastlik (alkogol, giyohvand modda va boshqalar) holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblikda boshqarmasligi kerak.
4. Tashuvchi avtotransport vositalari yo‘nalishga chiqish oldidan mexanik tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini hamda haydovchilar yo‘nalishga chiqishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishlarini ta’minlashi shart.
5. Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan, haydovchilarni esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmay turib yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish taqiqlanadi.
Yo‘nalishga chiqish oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nosoz deb topilgan avtotransport vositalariga, tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha avtotransport vositasini boshqarishga ruxsat etilmagan haydovchilarga yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish taqiqlanadi.
6. Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkillashtirish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tashuvchiga tegishli bo‘lgan nazorat-texnik punktlarida (bundan buyon matnda NTP deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
8. NTP yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositasining texnik ko‘rigini o‘tkazishga imkon beradigan quyidagi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim:
yoritish asbob-uskunalari bilan jihozlangan ko‘zdan kechirish chuqurchasi va (yoki) avtotransport vositasini ko‘tarishga moslashgan ko‘targich, estakada;
mazkur Nizomning 1-ilovasidagi ro‘yxatda ko‘rsatib o‘tilgan texnik soz ahvolda bo‘lgan asbob-uskunalar, anjomlar.
yo‘nalishdan qaytib kelgan avtotransport vositasini qabul qilishda uning holatini texnik nazoratdan o‘tkazish;
avtotransport vositasi yo‘nalishga chiqqan va qaytgan vaqti, spidometr ko‘rsatkichi, texnik ahvoli va qo‘yilgan joyi yo‘l varaqasi va boshqa tegishli hujjatlarda to‘g‘ri ko‘rsatilishi;
avtotransport vositalari saqlanadigan hududda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
10. Avtotransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun haydovchi mexanikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 3-avgustdagi 22-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 31-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 31-iyuldagi 35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2560-2, 18.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2560-2/0624-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositalarining texnik ahvolini aniqlash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalari (bundan buyon matnda Yo‘l harakati qoidalari deb yuritiladi) va 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Yo‘nalishga chiqishdan oldingi texnik ko‘rikka avtotransport vositalari toza ahvolda va yo‘lovchilarsiz taqdim etilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 3-avgustdagi 22-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 31-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 31-iyuldagi 35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2560-2, 18.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2560-2/0624-son)
12. Avtotransport vositalarining yo‘nalishga chiqishdan oldingi texnik ko‘rigini amalga oshirishda mexanikning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
texnik ahvoli yo‘l harakati xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, navbatdagi texnik xizmatdan yoki texnik ko‘rikdan o‘tmagan avtotransport vositalarini yo‘nalishga chiqishlariga yo‘l qo‘ymaslik;
yo‘l varaqasining tegishli kataklarini to‘ldirish va mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Navbatchi mexanikning avtotransport vositalarining yo‘nalishga chiqishlari va qaytishlarini ro‘yxatga olish kitobini (bundan buyon matnda Ro‘yxatga olish kitobi deb yuritiladi) yuritish;
haydovchilarga ob-havo sharoitlari, yo‘llardagi vaziyat va yo‘l harakati xavfsizligi choralari to‘g‘risida xabar berish.
13. Mexanik avtotransport vositasini yo‘nalishga chiqarishdan oldin quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi lozim:
tashqi yoritish asboblari, tovush moslamasi (signal), falokat yorug‘lik ishoralarining belgilangan tartibda ishlashi;
avtotransport vositasida mavjud raqamlarni yo‘l varaqasida va avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi;
avtotransport vositasining tegishli suyuqliklarining (tormoz, qo‘shimcha ulovchi (ssepleniye), boshqaruv kuchaytirgichi, sovutish tizimlarining suyuqliklari, yurgizgichning (dvigatelning) moyi, oyna yuvgichning suyuqliklari va shu kabilar);
old tomondagi oyna va orqa tarafni aks ettiruvchi ko‘zgularda haydovchini ko‘rish doirasi cheklab qo‘yilmaganligi;
falokat yuz bergan vaqtda chiqish joylari va ularni amalga keltirish moslamalarining soz holatdaligi;
avtotransport vositasining yo‘lovchilar o‘rindiqlari ishonchli mahkamlanganligi va ularning soni ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan soniga mosligi;
avtotransport vositasining salonida begona narsalar (kanistralar, domkratlar, ehtiyot qismlar, g‘ildiraklar va shu kabilar) yo‘qligi;
avtotransport vositasining tashqi ko‘rinishi va saloni sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi;
v) avtotransport vositasi suyultirilgan yoki siqilgan gazda ishlaganda qo‘shimcha ravishda quyidagilarni tekshirish lozim:
gaz ballonlarining kronshteynlarga, kronshteynlar esa platformaning uzunasi bo‘ylab joylashgan bruslariga ishonchli mahkamlanganligi;
dvigatelni yurgizish yengilligi va uning tirsakli vali turli tezlikda aylanayotgan vaqtida bekor turish tartibda gazda ishlashi.
14. Texnik ko‘rik natijalari bo‘yicha avtotransport vositasining texnik ahvoli yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mos kelgan taqdirda mexanik Ro‘yxatga olish kitobining 10-ustuniga “Texnik soz” degan yozuvni kiritadi hamda yo‘l varaqasining tegishli katagiga imzo (muhr) qo‘yadi.
Texnik ko‘rik natijalari bo‘yicha avtotransport vositasining texnik ahvoli yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mos kelmagan taqdirda mexanik Ro‘yxatga olish kitobining 10-ustuniga aniqlangan nosozliklarni aniq ko‘rsatib “Texnik nosoz” degan yozuvni kiritadi va yo‘l varaqasiga imzo (muhr) qo‘ymaydi.
15. Tibbiy ko‘rik tashuvchining tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tibbiy punktida yoki boshqa o‘rnatilgan tartibda faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasida tibbiyot xodimi yo‘nalishga chiqish oldidan haydovchining jismoniy va ruhiy ahvolini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.
16. Tibbiy punkt xonasi sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ravishda isitish tizimlari, yoritish uskunalari, suv, tozalab turish va ta’mirlash asbob-uskunalari bilan ta’minlanadi.
17. Tibbiy xodim haydovchilar yo‘nalishga chiqishlaridan oldin ularning salomatligini muntazam ravishda monitoring qilib boradi hamda haydovchilar sog‘lig‘ining ahvoli bilan bog‘liq bo‘lgan sabablarni aniqlash maqsadida yo‘l-transport hodisalarini tahlil qilishda ishtirok etadi.
18. Tibbiy xodim tashuvchining rahbariyati, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, foydalanish xizmati va xodimlar bo‘limi bilan yaqin aloqada ishlaydi. Tibbiy ko‘riklar natijasida jamlangan ma’lumotlar, keyinchalik tashuvlar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari va jarohatlanishni kamaytirish, mehnat intizomini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi lozim.
19. Tibbiy xodimning haydovchilarni yo‘nalishga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha kundalik ishlari hisobi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni hisobga olish kitobida (bundan buyon matnda Tibbiy kitob deb yuritiladi) qayd etib boriladi.
20. Tibbiy xodim tibbiy ko‘rikni o‘tkazishga imkon beradigan quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim:
21. Haydovchilarni yo‘nalishga chiqish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda tibbiy xodimning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
salomatligining ahvoli talablarga javob bermaydigan haydovchilarni yo‘nalishga chiqishlariga yo‘l qo‘ymaslik;
bir smena davomida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashuvchining rahbariyatiga taqdim etish;
22. Haydovchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda uning sog‘lig‘i bo‘yicha suhbat olib boriladi hamda umumiy tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
Haydovchi salomatligini umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida uning yuz qismidagi teri qoplamalari, lablar shilliq pardasi va ko‘z oqining holatiga e’tibor qaratiladi, tomir urishining tezligi, arterial bosim va tana harorati o‘lchanadi.
23. Haydovchilarni avtotransport vositasini boshqarishdan chetlatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
har qanday mastlik (alkogol, giyohvand modda va boshqalar) holati, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’siri, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik aniqlanganda.
24. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha haydovchining salomatligida yo‘nalishga chiqishga to‘sqinlik qiladigan holatlar aniqlanmasa, tibbiy xodim Tibbiy kitobning 8-ustuniga “Ruxsat etildi” degan yozuvni kiritadi hamda yo‘l varaqasining tegishli katagiga imzo (shtamp) qo‘yadi.
25. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha haydovchining salomatligida yo‘nalishga chiqishga to‘sqinlik qiladigan holatlar aniqlansa, tibbiy xodim Tibbiy kitobning 8-ustuniga aniqlangan to‘sqinliklarni aniq ko‘rsatib “Ruxsat etilmadi” degan yozuvni kiritadi hamda yo‘l varaqasiga imzo (shtamp) qo‘ymaydi.
26. Haydovchi yo‘nalishga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan holatlarda, shuningdek haydovchida kasalliklar alomatlari, jarohatlar, har qanday mastlik (alkogol, giyohvand modda va boshqalar) holati aniqlanganda tibbiy xodim zudlik bilan tashuvchining rahbariyatiga xabar beradi.
27. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
T/r | Nomlanishi | Soni | Izoh |
1 | 2 | 3 | 4 |
1. | Elektron soat (nazorat) | 2 | Aniqligi 1% |
2. | Boshqaruv qurilmasidagi lyuftni tekshirish asbobi | 1 | O‘lchashdagi xato 5% |
3. | Tormoz va qo‘shimcha ulovchi (ssepleniye) pedallarining erkin harakatlanishi masofasini o‘lchash asbobi (lineyka) | 1 | O‘lchashdagi xato 5% |
4. | Shina naqshlari izlarining qoldiq chuqurligini o‘lchash uchun shtangensirkul | 1 | Birlik darajasi 0,01 |
5. | Shina manometri | 1 | 0,1 kgk/kv.sm. |
6. | Uzun simli ko‘chma lampa | 1 | 36 voltli kuchlanishga ulanish uchun |
7. | Dastasi 700 millimetrga teng og‘irligi 200 grammli bolg‘a | 1 | |
8. | G‘ildiraklar kesishuvi darajasini (razval-sxojdeniye) o‘lchash asbobi (lineyka) | 1 | O‘lchashdagi xato 5 — 10% |
9. | Ishqorli akkumulyatorli (batareyali) ko‘chma yoritgich (fonar) | 1 | |
10. | Yo‘lda ishlatiladigan gidravlik domkrat | 1 | |
11. | G‘ildirakni yig‘ish asbobi (montirovka) | 2 | |
12. | Shatakka olish uchun qattiq buksir | 2 |
Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Avtotransport vositasining markasi | Avtotransport vositasi raqami | Tirkama raqami | Yo‘nalishga chiqish | Yo‘nalishdan qaytish | Avtotransport vositasining texnik ahvoli | Izoh | ||||
Davlat raqami | Garaj raqami | Davlat raqami | Garaj raqami | Chiqish vaqti | Spidometr ko‘rsatkichlari | Qaytish vaqti | Spidometr ko‘rsatkichlari | ||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi | Tabel raqami | Shikoyatlari | Tomir urishi | Tana harorati | Arterial bosim | Chiqarilayotgan nafas tarkibida alkogol miqdori | Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari | Izoh |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |