Qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglevodorod xomashyosining qidirib topiladigan zaxira hajmlarini ko‘paytirish va respublika iqtisodiyotining neft-gaz tarmog‘iga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, Ustyurt va respublikaning neft va gazga boy boshqa istiqbolli mintaqalarida qidiruv va razvedka ishlarini jadal olib borish, shu maqsadda bevosita xorijiy sarmoyalarni keng ko‘lamda jalb etish O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini rivojlantirishda g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
2. Shu narsa belgilansinki, Ustyurt mintaqasida yangi ochilgan neft va gaz konlari mazkur konlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalarga konsessiya asosida 25 yilga qadar muddatga ishlatishga (ishlatish muddatini uzaytirish huquqi bilan) berilishi mumkin.
3. Neft va gaz konlarini qidirish hamda razvedka qilish ishlarini olib borish uchun jalb etiladigan xorijiy kompaniyalarga quyidagilarni ta’minlaydigan eng ko‘p qulaylik rejimi yaratib berilsin:
muayyan hududda qidiruv va razvedka ishlarini o‘tkazib, keyinchalik mazkur hududda aniqlangan konlardan istalgan birini qo‘shma korxona barpo etish yo‘li bilan yoki konsessiya asosida ishlatishga bo‘lgan tanho huquqni;
mazkur ishlarni o‘tkazishga shartnomada ko‘rsatilgan hududlarda sanoat qimmatiga ega bo‘lgan resurslar topilmagan hollarda qidiruv va razvedka ishlarini davom ettirish uchun yangi hudud berilishiga ustun huquqni;
qo‘shma korxonaning ta’sis hujjatlarida yoki konsessiya shartnomasida ko‘zda tutilgan qazib olingan uglevodorodlarning bir qismini, shuningdek ularni tolling asosida qayta ishlash mahsulotlarini mulkka egalik huquqi hamda monesiz olib chiqib ketish huquqini;
sanoat qimmatiga ega bo‘lgan konlarni keyinchalik “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga ishlatish uchun topshiriladigan hollarda ana shu konlarni ochish chog‘ida qidiruv va razvedka ishlariga amalda sarflangan xarajatlarni qoplash kafolatini.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni to‘lashdan ozod qilinsin:
geologiya-razvedka ishlarini o‘tkazish davrida O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi barcha turdagi soliqlar, ajratmalar va to‘lovlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog‘ida bojxona to‘lovlarini (bojxonada rasmiylashtiriladigan ishlar uchun olinadigan yig‘imlardan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini olib borayotgan xorijiy kompaniyalarga materiallar yetkazib berish, ishlar va xizmatlarni bajarish bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezident korxonalari va tashkilotlari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy kompaniyalar ko‘rsatilgan hududlarda tanho huquq asosida olib boradigan qidiruv va razvedka ishlarining davom etish umumiy muddati 5 yildan oshishi mumkin emas;
geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish uchun qiziqish uyg‘otuvchi maydonlar aniqlangan hollarda xorijiy kompaniyalarga yana 3 yilgacha muddat bilan ana shu maydonlar doirasida ishlarni davom ettirish imkoniyati beriladi;
xorijiy kompaniyalar yer qa’ridan mo‘ljallangan aniq maqsadga muvofiq foydalanishni, geologik jihatdan o‘rganish to‘la-to‘kis bo‘lishini, yer qa’ridan oqilona kompleks foydalanish hamda uning muhofaza etilishini ta’minlaydilar.
7. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qo‘shma korxonalar quyidagilardan ozod qilinsin:
neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab yetti yil muddatga foyda solig‘i to‘lashdan. Ushbu muddat tugagandan so‘ng mazkur qo‘shma korxonalarning foydasidan olinadigan soliq stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
mulk solig‘i va xorijiy qatnashchilarning qo‘shma korxonalardagi ulushi ishtirokidan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan;
qidiruv va razvedka ishlariga sarflangan mablag‘larni qoplash davrida neft va gaz qazib chiqarish hamda qayta ishlash borasidagi faoliyat natijasida olingan mahsulotni sotishdan tushgan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz konlarini qidirish, razvedka qilish hamda qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalarga qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish;
tanlov va auksionlarni o‘tkazmagan holda vakil organ bilan strategik sarmoyador o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish asosida konsessiyalar berish.
9. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida neft-gaz faoliyatini (neft va gazni qidirish, razvedka qilish, qazib chiqarishni) tartibga soluvchi vakil organ hamda neft-gaz tarmog‘ida konsessiya munosabatini davlat yo‘li bilan boshqarish vazifalari yuklanib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan quyidagi huquq berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
neft-gaz faoliyatini yuritishga shartnomalar tuzish, ularning amalga oshirilishini hamda qonunchilik va shartnomalarda belgilangan faoliyat shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
uglevodorod konlarini qidirish va razvedka qilish, neft va gaz qazib chiqarish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga neft va gaz konlari to‘g‘risidagi ma’lumotni, shu jumladan ularning qayerda joylashgani, zaxiralari, qazib chiqarish hajmlari, ishlatilayotgan, kapital ta’mirlanayotgan va konservatsiya qilingan quduqlarning soni haqidagi axborotni maxfiylik to‘g‘risidagi bitimlar asosida xalqaro konsultantlarga va xorijiy sarmoyadorlarga topshirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi 2000—2005-yillarga mo‘ljallangan geologiya-razvedka ishlari dasturini ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
12. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekistonning neft-gaz tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari ommaviy axborot, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda ushbu Farmon ijrosi yuzasidan qaror qabul qilsin.