O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1990-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 1-2, 21-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi va muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari (inspeksiyalari), shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yagona tizimni tashkil etadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlarni respublikaning barcha vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ijro etishlari shart. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qarorlari zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ular bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat nazorati va tarmoqlararo boshqaruvni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro kelishgan holda amalga oshiradi.
6. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli tabiatni muhofaza qilish organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi faoliyatlarida ular bajarishlari lozim bo‘lgan ishlarni o‘z zimmasiga olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining atrof tabiiy muhitini muhofaza etish va tabiiy resurslardan foydalanish ustidan nazorat qilish borasidagi faoliyatlarini, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jamoat birlashmalari va aholi bilan hamkorlikda ish yuritadi, tabiatni muhofaza qilish faoliyatlarida ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi va ko‘maklashadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qarorlari uning o‘z nashrlarida chop etiladi, zarur hollarda esa ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga yetkaziladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
12. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning ko‘proq iqtisodiy usullarini keng qo‘llash, resurslarini tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalar barcha joylarda qo‘llanilishini rag‘batlantirish, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini xo‘jalik oborotiga jalb etish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika ekologiya normativlari, qoida va standartlari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi, tarmoqlarning ana shunday normativlari, qoida va standartlarini o‘zaro muvofiqlashtiradi, ularning fondlarini shakllantiradi va yuritadi;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologiya jihatidan ta’minlash yuzasidan ish olib boradi, tabiiy muhit obyektlarining ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
barcha turdagi tabiiy resurslarni xo‘jalik oborotiga jalb etish ko‘lamlarini tartibga solib turish maqsadida atrof tabiiy muhit holatiga antropogen faoliyatning ta’sirini tahlil qiladi;
Oliy Majlisga, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga atrof muhit holatiga doir uzoq muddatli va bir yillik taxminlar loyihalariga kiritish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tabiatni muhofaza qilishning zarur chora-tadbirlarini bajarishlariga qaratilgan takliflarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish majmuida iqtisodiy islohotlar qanday borayotganligining tahlili uchun belgilangan hisobotlarni taqdim etadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tabiatdan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir nizomlarini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash (oqizish) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish normativlarini belgilaydi va tabiatdan foydalanuvchilar e’tiboriga yetkazadi; tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik (oqizganlik) hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun olingan haqning bir qismidan belgilangan tartibda foydalanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
atrof tabiiy muhit sifatining normalarini belgilash ishini tashkil etadi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalar va ular atrof-muhitga ko‘rsatadigan zararli ta’sirning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
(12-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish hamda ularni rivojlantirish dasturlari, konsepsiyalari, asosiy yo‘nalishlari va sxemalari loyihalarini, loyihalashga tayyorgarlik va loyiha hujjatlarini, yo‘riqnoma-uslubiy hamda normativ-texnikaviy hujjatlarni, ayrim mintaqalar, joylar va ishlab turgan obyektlardagi ekologik vaziyatni, shuningdek atrof muhit holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi yangi texnika, texnologiyalar, materiallar va moddalarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi;
atrof tabiiy muhit monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibini ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli ta’sirlar, tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning respublika yagona ekologik axborot bankini tashkil etadi va yuritadi;
respublikada qo‘riqxonalarga doir ishga rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini yuritadi, alohida muhofaza etiladigan yangi tabiiy hududlar tashkil etish xususida takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshootlarini qabul qilib olish va ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida qatnashadi, barcha turdagi xo‘jalik faoliyati uchun joy tanlash va yer ajratishga doir materiallarni muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining qizil kitobi to‘g‘risidagi Nizomni, uni yuritish bo‘yicha Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini, bu komissiya to‘g‘risidagi Nizomni (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolat doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa idoralararo komissiyalarning tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari (inspeksiyalari) nizomlarini tasdiqlaydi;
belgilangan tartibda o‘z korxonalarini, muassasalari, tashkilotlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini tuzadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi;
fuqarolarni tabiatni, tabiiy resurslarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash ishini, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilishni va ommalashtirishni tashkil etadi, ekologik ta’lim saviyasini oshirishga ko‘maklashadi, bu sohada tanlovlar, ko‘rgazmalar, boshqa tadbirlar o‘tkazadi;
o‘z tizimi xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasidagi ishiga uslubiy rahbarlik qiladi;
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash va oqizish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan foydalanish, sanoat, maishiy va boshqa xil chiqindilarni joylashtirish, suvdan maxsus foydalanish, suv chiqarish uchun quduq qazish, ekologik normalarni joriy etish ishlarini bajarishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar, zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish uchun yer ostidan foydalanish huquqini, ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi yuritish, shuningdek qizil kitobga kiritilgan turlaridan tashqari hayvonot dunyosidan (shu jumladan baliqlardan) va o‘simlik dunyosidan foydalanish, yovvoyi dori-darmon giyohlari, ozuqa o‘simliklari va manzarali o‘simliklarni, texnikaviy xomashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu jumladan mo‘miyoni) yig‘ish (tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi tashkil etish va yuritish, hayvonot dunyosini (shu jumladan baliqlarni) va o‘simlik dunyosini (shu jumladan o‘rmonlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi, hayvonot dunyosini (shu jumladan baliqlarni) va o‘simlik dunyosini (shu jumladan o‘rmonlarni) muhofaza qilish, tartibga solish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
zarur hollarda, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisobotlarini qarab chiqish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
hay’at majlislarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar rahbarlarining, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlarini eshitadi, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun rahbarlarni jazolash to‘g‘risida tegishli organlar oldiga masala qo‘yadi;
tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan da’vo qo‘zg‘atadi; undirib olingan summalarni tabiatni muhofaza qilish fondlari va maxsus, budjetdan tashqari hisobvarag‘larga o‘tkazadi;
bank muassasalariga tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obyektlarini va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirishlarini mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatish to‘g‘risida, shuningdek tegishli organlarga qonun hujjatlari, ekologik normativlar, qoida va standartlar buzilganligi uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish, shu jumladan xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha beriladigan mukofotlardan mahrum etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritadi;
qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obyektlari yoki boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan obyektlarni loyihalash va qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish normalari va qoidalarini buzayotgan sanoat korxonalari va boshqa korxonalarning, muassasalar va tashkilotlarning ishini to‘xtatib qo‘yadi, foydalanish natijasida tabiat obyektlari ifloslanadigan yoki buziladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlaydi;
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni o‘z vakolatlari doirasida qarab chiqadi va aybdor shaxslarga jarima soladi hamda boshqa ma’muriy choralar ko‘radi, zarurat bo‘lganda qarab chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslardan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga taalluqli zarur axborot va tushuntirishlarni talab qiladi hamda ularni belgilangan shaklda bepul oladi;
tabiiy muhitning holatini aniqlash va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun idoralararo ilmiy-texnikaviy, ekspert kengashlari va boshqa kengashlar, guruhlar va komissiyalar tuzadi, tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida idoraviy xo‘jalik hisobidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, institutlar, markazlar va boshqa bo‘linmalar tuzadi;
tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazish hamda tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlarini, oliy o‘quv yurtlarini, ilmiy-texnika ijodiyoti va axborot markazlarini, boshqa tashkilotlarni, shuningdek ayrim olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlaridan, boshqa yuridik shaxslardan o‘zlariga qarashli obyektlarda atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini (oqizilishini) uzluksiz nazorat qilib boruvchi vositalar bilan ta’minlangan punktlar (postlar) tashkil etishni, bunday punktlar (postlar) ishini nazorat qilishni, mazkur punktlar (postlar) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlariga muntazam axborot berib turishlarini talab qiladi;
belgilangan tartibda mahalliy va respublika tabiatni muhofaza qilish fondlarini tashkil etadi va ulardan foydalanadi;
o‘z bo‘linmalarining va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus hisob varaqlarini ochadi, ularni tarkib toptirish va ulardan foydalanish qo‘mitaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi;
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha shtatsiz inspektorlar va ekspertlar tarmog‘ini tashkil etadi, ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hay’ati tasdiqlaydigan nizomlarga muvofiq tartibga solib boriladi;
tabiatni muhofaza qilishga doir jurnallar, gazetalar, ilmiy ishlar to‘plamlari, axborot byulletenlari nashr etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib boradi:
a) ekologiya tizimlari, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, o‘simlik dunyosi (shu jumladan o‘rmonlar) va biologik suv obyektlarining, yovvoyi hayvonlar yashash muhitining holati;
ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlashning (oqizishning) belgilangan limitlari va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori normativlariga hamda bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni (oqizishni) belgilangan normativlarga qadar kamaytirishga doir kelishilgan chora-tadbirlarga;
yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik normativlar, standartlar va talablarga;
foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindi xonalarini, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumini va axlatxonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va qashshoqlashishdan muhofaza etish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish talablariga;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish talablariga;
baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni urchitish, baliqchilikni rag‘batlantirish qoidalariga;
suvni muhofaza qilish subyektlarini, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalariga doir qismiga rioya etishi va uni bajarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) atrof muhitni muhofaza etish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va topshiriqlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 322-II-sonli Qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 22-24-son, 154-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) tabiatdan foydalanuvchilar tabiiy resurslardan foydalanishning, tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar, sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash va oqizishning hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) dastlabki hisobini yuritishi, shuningdek Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari to‘g‘ri bo‘lishiga rioya etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
(13-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
e) suv resurslaridan foydalanilishi, suvdan foydalanishning belgilangan normalari, qoidalari va tartibotiga rioya etilishi, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilinishi, shuningdek suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
j) yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yer uchastkalari qaysi maqsadlar uchun berilgan bo‘lsa, shu maqsadlarga muvofiq foydalanishlari va tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rishlari;
z) vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
i) o‘rmon resurslarining, qimmatli tabiiy landshaftlarning, shuningdek o‘rmon o‘simliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarib turish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya vazifalari saqlanishini ta’minlash;
k) qo‘riqxona ishlarini yuritish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibotini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
l) davlat ovchilik (fondini muhofaza etish, ov va ovchilik xo‘jaligi yuritish qoidalariga rioya etilishi;
m) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasiga doir boshqa masalalarning hal etilishi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis tayinlaydigan va vazifasidan ozod qiladigan Rais boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun, shuningdek qo‘mitaga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilishi va shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Raisi va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish uchun rozilik beradi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining raislari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘mitalarining raislari va ularning o‘rinbosarlari o‘zlari mutasaddi bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishincha O‘zbekiston Respublikasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahrining tabiatni muhofaza qilish bosh davlat inspektorlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining o‘rinbosarlaridan biri ayni vaqtda Bosh davlat ekologik ekspertizasining boshlig‘idir.
Keyingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida qo‘mita Raisi (hay’at raisi), Rais o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi, shuningdek markaziy apparatning ayrim bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’atning miqdor tarkibi va shaxsiy tarkibi, lavozimiga ko‘ra hay’at tarkibiga kiradigan shaxslardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining taqdimiga muvofiq Oliy Majlis Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘ziga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar chiqaradi, o‘z qarorlarining bajarilishini tashkil etadi va tekshiradi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida muvofiqlashtirish kengashi, ilmiy-texnika kengashi, jamoatchilik kengashi va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.
Kengashlar to‘g‘risidagi nizomlar va ularning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimining mansabdor shaxslari respublika hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, boshqa obyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirishga haqlidirlar. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi mansabdor shaxslar o‘zlarining xizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularni xonalar, telefon aloqasi, transport bilan va obyektni ko‘zdan kechirish (tekshirish) vaqtida, zaruratga qarab maxsus kiyim bilan ta’minlashlari shart.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 322-II-sonli Qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 22-24-son, 154-modda)
22. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlari (yordamchi ishlardagi xodimlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namunadagi kiyim va farqlovchi belgilar bilan ta’minlanadilar.
23. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va unga qarashli organlar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lar hisobidan ta’minlanadi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining soni Oliy Majlis Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhriga egadir.