05.06.2013 yildagi 794-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2014
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2013-yilda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish birinchi va ikkinchi ilovaga muvofiq korxona, tashkilotlarga yuklatilsin.
2. Urganch tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (J. To‘rayevga)ga 1-2-ilovalarda keltirilgan korxona va tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
tashkil etiladigan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq bo‘lishini;
5. Tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (J. To‘rayev) bir hafta muddatda mazkur qarorni 1-2-ilovalarda ko‘rsatilgan korxona va tashkilot rahbarlari e’tiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.