O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyati hokimining tumanga bo‘ysunuvchi Dashtobod shahrini viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi iltimosi qondirilsin.
2. Xalq deputatlari Dashtobod shahar Kengashiga deputatlar saylovini o‘tkazish xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga topshirilsin.