O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 12-son, 98-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 1999-yil 1-iyunda 35/4-84-son bilan tasdiqlangan Mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat ko‘rsatish xodimlarini texnikani avaylab saqlaganligi va undan samarali foydalanganligi, yonilg‘i-moylash materiallarini tejab sarflaganligi uchun moddiy rag‘batlantirish tartibi (ro‘yxat raqami 771, 1999-yil 12-iyul) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.