Toshkent shahri hududidagi kanallarni saqlash hamda ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek ularning o‘zanlarini va kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirishni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent shahar suv xo‘jaligi boshqarmasini tugatish hamda uning negizida Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzurida Kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasini (keyingi o‘rinlarda Ixtisoslashtirilgan boshqarmasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallarni va ulardagi inshootlarni saqlashga doir yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallar va suv xo‘jaligi inshootlarining zarur darajadagi sanitariya holatini va texnik jihatdan ishonchliligini ta’minlash;
kanallarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarini kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologiya norma va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish funksiyalarini amalga oshirish;
kanallarning shahardagi uchastkalarini ularning quyilish joylarini betonlash yo‘li bilan rekonstruksiya qilish, qirg‘oqlar bo‘yida zamonaviy landshaft arxitekturasini qo‘llagan holda rekreatsion zona barpo etish;
ajratilgan mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari, maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallar va inshootlar tizimining 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha bir qismini belgilangan tartibda Ixtisoslashtirilgan boshqarma tasarrufiga bersinlar.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Respublika suv resurslarini havzali boshqarish tamoyilidan kelib chiqqan holda, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvdan foydalanish va suv iste’molining belgilangan tartibiga rioya etilishini ta’minlash, umuman berilayotgan magistral kanallar (tizimlar) va inshootlar bo‘yicha suv olish va suv berish to‘g‘risidagi ishonchli hisob va hisobotlarni yuritish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida qoldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hududidagi kanallarni xatlovdan o‘tkazish hamda qarovsiz kanallarni va Toshkent shahri hududida joylashgan Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi magistral kanallari va inshootlari tizimining bir qismini berish bo‘yicha Idoralararo ishchi komissiya tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
5. Idoralararo ishchi komissiya (B. Rahmonov) 2013-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda Toshkent shahri hududida joylashgan qarovsiz kanallarni xatlovdan o‘tkazsin va ularni yangidan tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan boshqarma balansiga belgilangan tartibda o‘tkazsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tugatilayotgan Toshkent shahar suv xo‘jaligi boshqarmasining asosiy vositalari, mexanizmlari, avtotransporti, moddiy-texnika resurslari limitlari, shtat birliklari va budjet mablag‘larini berish – qabul qilib olishni;
Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning shtatlar ro‘yxatini va xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazishni;
Ixtisoslashtirilgan boshqarmani 4-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha zarur maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlashni ta’minlasin.
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Toshkent shahar suv xo‘jaligi boshqarmasining o‘tkazilayotgan xarajatlar smetasi mablag‘lari, shuningdek Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari, shu jumladan mahalliy budjet daromadlar qismining oshirib bajarilishidan va xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga olingan mablag‘lar Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashga, 2013-yilda maxsus texnika va asbob-uskunalar sotib olishga xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash hamda Ixtisoslashtirilgan boshqarmani zarur maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
10. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Suv xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 65-modda):
“1 ta magistral kanal boshqarmasi, 3 ta irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, 1 ta shahar suv xo‘jaligi” blokidan “1 ta shahar suv xo‘jaligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Ma’muriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunining “Jami” qatoridagi “139” raqamlari “132” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Ma’muriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha HAMMASI” qatoridagi “1495” raqamlari “1488” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: