(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasalari shaklidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi (keyingi o‘rinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarini, shu jumladan jahon tendensiyalarini hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq qilish asosida ishlab chiqish;
elektron hukumatni rivojlantirish va davlat xizmatlarining sifatini oshirish uchun marketing va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish;
raqamli iqtisodiyotni tartibga solish sohasidagi vakolatlarni rivojlantirish bo‘yicha uslubiy asos, shuningdek, elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
davlat boshqaruvida raqamli platformalar va elektron boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, innovatsion raqamli texnologiyalarni sinov tariqasida ishga tushirish va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ularni keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
mavjud jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek funksional va operatsion jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
“Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun ilg‘or yutuqlar va ijobiy xorijiy tajribalarni doimiy o‘rganish va tahlil qilish, hozirgi holatni tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini istiqbollarini prognozlash va joriy etish, salohiyatini baholash;
“Elektron hukumat” tizimini samarali amalga oshirish uchun huquqiy va me’yoriy bazani takomillashtirish bo‘yicha maqsadli tahlil o‘tkazish va takliflar tayyorlash;
ma’lumotlarni doimiy yig‘ish va tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida AKT loyihalarini joriy qilish holatini monitoring qilish;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning maqsadli indikatorlari va ko‘rsatkichlarni belgilash;
Elektron tijorat subyektlari milliy reyestrini shakllantirish, yuritish va yanada takomillashtirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining xodimlarining cheklangan soni 150 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining amaldagi tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
6. Belgilab qo‘yilsinki, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minoti:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarning beg‘araz texnikaviy ko‘magi (grantlari);
xo‘jalik faoliyatidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jalb etiladigan, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish loyihalarini hamda tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan beg‘araz texnikaviy ko‘mak (grantlar)dan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish bo‘yicha mas’ul muvofiqlashtiruvchi etib belgilansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliya institutlaridagi O‘zbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish hamda uning axborot xavfsizligini ta’minlash loyihalari va tadbirlarini moliyalashtirish uchun beg‘araz texnikaviy ko‘mak (grantlar) va imtiyozli kreditlar mablag‘larini jalb etish masalalari bo‘yicha ishlarni faollashtirsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi ustavlari bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazini hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazini zarur yo‘nalishdagi malakali kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek Markazlarning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 516-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 699-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 516-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 699-modda)
12. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)