19.12.2012 yildagi 245-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i, 19.12.2012 yildagi 245-son
Кучга кириш санаси
21.01.2013
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11 maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 19-son, 191-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari to‘plami, 2006-y., 39-sonli, 386-modda) muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11 maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y. 19-son, 191-modda) muvofiq, rux va mis ishlab chiqarishda xavfsizlik talablarini belgilaydi.
7. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi.
8. Foydalanuvchi tashkilotlarda xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
9. Tashkilotlarda xodimlar Kon-metallurgiya ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1902, 2009-yil 13-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 7-son, 75-modda) muvofiq yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlanadi.
22. Asosiy va yordamchi, texnologik va elektr-texnik uskunalarning konstruktiv elementlari izolatsiyasining “er”ga nisbatan qarshiligini, shuningdek yerga ulash qurilmalarining qarshiligini tekshirish ishlari Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1383, 9-iyul 2004-yil) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) muvofiq tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan “Texnologik va elektr-texnik uskunalarning konstruktiv elementlari izolatsiyasining qarshiligi” yillik jadval bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Izolatsiya qarshiligini, shuningdek yerga ulash qurilmalarining qarshiligini o‘lchash natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
31. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
32. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalari, Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 9-iyul 2004-yil) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 20-avgust 2004-yil) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
Zararli moddaAgregat holati, asosiy xususiyatlari, yong‘in-portlash xavfiBiologik ta’siri, xavflilik sinfi, ChYQKHimoya vositalari, birinchi yordam
Oltingugurt angidrid

O‘tkir hidli rangsiz gaz — og‘ir metallar gidrometallurgiyasidagi asosiy zararli modda. Suyulish harorati — 0,1° S Yonmaydi, portlamaydi.

Nafas yo‘llarini yallig‘laydi, nafas qisish va tirishish bilan kechadigan kuchli zaharlanishga, hatto bir necha soat yoki kundan keyin o‘pka shishishi oqibatida o‘limga olib kelishi. Qabul qilish chegarasi 3 mg/l. Surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Xavflilik sinfi — 3.
ChYQK — 10 mg/m3.

BKF va V markali filtrlovchi protivogazlar, toza havo yuboriladigan maskalar qo‘llaniladi. O‘tkir zaharlangan jabrlanuvchi toza havoga olib chiqilishi, ko‘zi va burni yuvilishi, og‘zi 2 foizli ichimlik sodasi eritmasi bilan chayilishi kerak.

Sulfat kislota

10,4° S. da eriydigan moyli suyuqlik, 330° S da parchalanib qaynaydi. Suv bilan har qanday nisbatda aralashadi va issiqlik ajraladi. Havoda tuman ko‘rinishida bo‘ladi (gidroaerozol). Yonmaydi, portlamaydi

Nafas yo‘llarini yallig‘laydi, qonli balg‘am, ko‘zlarning kuyishi, og‘ir holatlarda qusishni keltirib chiqaradi. Teriga tekkanda kimyoviy kuyishga olib keladi, yara uzoq vaqt bitmaydi. Xavflilik sinfi — 2.
ChYQK —1 mg/m3.

BKF va V markali filtrlovchi protivogazlar, toza havo yuboriladigan maskalar qo‘llaniladi. O‘tkir zaharlangan jab�lanuvchi toza havoga olib chiqilishi, ko‘zi va burni yuvilishi, og‘zi 2 foizli ichimlik sodasi eritmasi bilan chayilishi, sodali ingalatsiya qilinishi, sut berilishi kerak. Teri kuyganda ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish, bemorni tinch qo‘yish, isitish va maxsus maz yoki emulsiya surish, kasalxonaga yotqizish kerak

Uglerod oksidi

Hidsiz va ta’msiz rangsiz gaz, suyulish temperaturasi —191,5. Havo bilan 12,5 — 74,2 foiz aralashganda yonuvchan va portlaydi. Tarkibida uglerod bo‘lgan moddalarning to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi.

Qonda gemoglobin bilan birlashadi, kislorodni siqib chiqaradi. Bu esa organizmda kislorod tanqisligi, hushdan ketish va tez o‘limga olib keladi. Og‘ir zaharlanish holatlaridan keyin markaziy asab tizimining shikastlanishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xavflilik sinfi — 4.
ChYQK — 20 mg/m3.

SO, M markali filtrlovchi protivogazlar, gopkalit patronlar, shuningdek toza havo yuboriladigan maskalardan foydalaniladi. Zaharlanish holatlarida jabrlanuvchiga toza havo, tinchlik, issiqlik,kislorodli nafas kerak bo‘ladi, unga kofe berish va nashatir spirti hidlatilishi kerak.