LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 22-oktabrdagi 135, 32, 2018-67, 257-V-3 va 4-qq-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1411-3, 26.10.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 36-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 583-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qo‘mitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 419-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
1. Nomidagi va 1-banddagi “buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda” degan so‘zlar “buxgalteriya hisobida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda” degan so‘zlar “buxgalteriya hisobida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 1-banddagi “kredit uyushmalari” degan so‘zlar “boshqa kredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Bx — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1.1.12-bandiga, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.”;
e) 36 va 38-bandlardan “va boshqa hisobotlarning tegishli moddalarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“37. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-sonli shakl) aks ettiriladi.”.