24.05.2013 yildagi 248-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
 LexUZ sharhi
1. Xo‘jalik sudlari chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda Nyu-York shahrida 1958-yil 10-iyunda imzolangan “Chet el mamlakatlari hakamlik qarorini e’tirof etish va ijro etish to‘g‘risida”gi Konvensiya (bundan buyon — Nyu-York Konvensiyasi deb yuritiladi), Kiyev shahrida 1992-yil 20-martda imzolangan “Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Bitim (bundan buyon — Kiyev Bitimi deb yuritiladi), Minsk shahrida 1993-yil 22-yanvarda imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiya (bundan buyon — Minsk Konvensiyasi deb yuritiladi), Gaaga shahrida 1954-yil 1-martda imzolangan “Fuqarolik protsessi masalalariga doir Konvensiya” (bundan buyon — Gaaga Konvensiyasi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon — XPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llashlari lozim.
11. Sudlar chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma XPK 88-moddasining 6-bandida belgilangan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilishi mumkin emasligini inobatga olishlari lozim.
12. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlarni ko‘rish yakuni bo‘yicha XPKning 18-bobida hal qiluv qarorini qabul qilish uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha ajrim chiqariladi va uning asosida ijro varaqasi darhol beriladi.
12.1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra chet el sudi yoki arbitrajining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan berilgan ijro varaqasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
14.1. Nyu-York Konvensiyasi 4-moddasiga ko‘ra hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan taraf iltimosnomani berishda tegishli tartibda tasdiqlangan hakamlik qarori va hakamlik kelishuvining asli yoki tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi. Agar hakamlik qarori va kelishuv rasmiy (o‘zbek) tilida bayon etilmagan bo‘lsa, ushbu qarorni tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan taraf bu hujjatlarning rasmiy tildagi tarjimasini taqdim qiladi. Tarjima rasmiy yoki qasamyod qilgan tarjimon, diplomatik yoxud konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
14.2. Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish Nyu-York Konvensiyasining 5-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina rad etilishi mumkin.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, Nyu-York Konvensiyasi 5-moddasining 1-bandi asosida hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad etishga ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlarni isbotlovchi dalillar mavjud bo‘lgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Nyu-York Konvensiyasi 5-moddasining 2-bandi asosida hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad etishga sudga har qanday dalillar taqdim etilganligidan qat’i nazar, yo‘l qo‘yiladi.
Bundan kelib chiqib, XPKning 123-moddasiga asosan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilib, unda ishni tayyorlashga doir harakatlar, ishni sudda ko‘rishga tayinlash, uni o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida XPK 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadilar.
Xo‘jalik sudi XPKning 226-moddasiga muvofiq ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risida chet davlat sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda o‘ziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza o‘tkazish, joyni ko‘zdan kechirish va boshqalarni) ijro etadi.
Agarda bunday topshiriq taqdim etilgan bo‘lsa, uni qabul qilish XPK 117-moddasining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holat topshiriq ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish bo‘yicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.