Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
2. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 1-bandi shartlariga amal qilgan holda hukmni ijro etish uchun iltimosnoma bilan murojaat etsa, berish jazo muddatining tugashiga olti oydan ortiq vaqt qolgan holdagina amalga oshirilishi mumkin.
4. Agar berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bir necha alohida jinoiy qilmishlarga taalluqli bo‘lib, ularning bir nechtasi ushbu moddaning 1- va 2-bandlaridagi shartlarga to‘g‘ri kelmasa, lekin ushbu qilmishlardan eng kamida bittasi berishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, shaxsni berishga ruxsat etilishi mumkin.
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab etilayotgan shaxsni u o‘z fuqarosi ekanligi sababli yoki ushbu Shartnoma 3-moddasining 4-bandiga muvofiq berishga rozi bo‘lmasa, shu Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasi asosida talab etilayotgan shaxsni unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ash uchun o‘z vakolatli organlariga topshirishi lozim. Buning uchun so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga ushbu ishga aloqador hujjatlar, dalillar va o‘g‘irlangan buyumlarni topshirishi kerak.
2. Berish talab etilayotgan shaxsni jinoiy ta’qib etish yuzasidan iltimosnomaga ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi tomonidan berilgan hibsda saqlash to‘g‘risidagi qarorning nusxasi yoki hibsga olish to‘g‘risidagi orderning nusxasi ham ilova etilishi kerak.
3. Hukm ijrosini amalga oshirish uchun berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagilar ham ilova etilishi kerak:
2. Tavsiyada berilishi talab etilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda agar ma’lum bo‘lsa, turar joyi; ishning faktik holatlari haqida qisqacha ma’lumot; 7-moddada ko‘rsatilgan hibsda saqlash to‘g‘risidagi qaror yoki hibsga olish haqida order yoxud hukm chiqarilganligi to‘g‘risida ma’lumot berilishi hamda berish to‘g‘risida iltimosnoma darhol yuborilishi ko‘rsatilishi lozim.
5. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik berish to‘g‘risida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan taqdirda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qayta hibsga olinishiga monelik qilmaydi.
4. Ushbu moddaning 5-bandida ko‘rsatilganidan tashqari hollarda, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilishi lozim bo‘lgan shaxsni o‘tkazish sanasi belgilanganidan so‘ng 15 kun ichida qabul qilmasa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxsni ozod qilishi va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu shaxsni aynan o‘sha jinoyati uchun berish yuzasidan takroriy iltimosnomasini bajarishni rad etishi mumkin.
ushbu moddaning 1-bandi qoidalari qo‘llanmaydi.
3. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan narsalar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning o‘ziga jinoiy ishda ashyoviy dalil sifatida zarur bo‘lsa, ularni berish ish yuzasidan harakatlar tugagunicha kechiktirilishi mumkin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”