Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Ushbu Nizom “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) va “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 317-modda) muvofiq haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Haydovchilar, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan haydovchilardan tashqari, har ikki yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
9. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma beriladi va ushbu tibbiy ma’lumotnomada tibbiy ko‘rik natijalari ko‘rsatib o‘tiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
15. Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandiga muvofiq agar hududiy O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) organlari yoki transport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog‘lig‘iga nisbatan shubha tug‘ilgan bo‘lsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin.
16. Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandiga muvofiq agar haydovchi kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tishdan bo‘yin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy DYHXX xodimi tomonidan, belgilangan tartibda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
17. Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 38-bandiga muvofiq transport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslar, haydovchilik guvohnomasini olish uchun mahrum qilish muddatidan qat’i nazar, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
18. Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 55-bandiga muvofiq tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tish muddati belgilangan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” katagiga “Tibbiy ma’lumotnoma majburiy” degan muhr qo‘yiladi.
20. Haydovchilarning transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq haydovchilarga nomzodlar va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda transport vositasini boshqarishga umumiy tibbiy va qo‘shimcha tibbiy moneliklar ro‘yxatlariga (bundan buyon matnda tibbiy moneliklar ro‘yxatlari deb yuritiladi) asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
274. Nogironligi bo‘lgan haydovchilar va haydovchilikka nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan hujjatlarga nogironlikni belgilovchi TMEK xulosasini ilova qilgan holda umumiy asoslarda tibbiy komissiyaga murojaat qiladilar.
(21-bob O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)

Haydovchilik toifalari

Tibbiy moneliklar

“A” toifa

1. Ko‘rish o‘tkirligi korreksiya bilan 0,6 dan past yaxshi ko‘radigan ko‘zda, 0,2 dan past yomonroq ko‘radigan ko‘zda. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yig‘indisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki ko‘zdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak.

2. Shox pardaning refraksion jarrohlik amaliyotlaridan so‘nggi (keratotomiya, keratomilez, keratokoagulatsiya, refraksion keratoplastika) 3 oygacha davri yoki asoratlari mavjud va refraksiya +8,0 D dan –8,0 D gacha oshgan holat.

3. Ko‘rish faoliyatining jiddiy buzilishlari bilan kuzatiladigan ko‘z pardasining surunkali kasalliklari, qovoqlarning turg‘un o‘zgarishlari, shu jumladan, ularning shilliq pardalari, ko‘rish va ko‘z olmasining harakatini cheklovchi qovoq mushaklarining parezlari.

4. Jarrohlik yo‘li bilan bartaraf qilib bo‘lmaydigan ko‘z yoshlanishi.

5. Paralitik g‘ilaylik va ko‘zlarning hamjihat harakatlarining boshqa buzilishlari.

6. Turli etiologiyali g‘ilaylik natijasida kelib chiqqan turg‘un diplopiya.

7. Spontan nistagm.

8. Har qanday meridiandagi ko‘rish maydonining 20 gradusdan ko‘pga cheklanishi.

9. Rang ajratish buzilishlari (monoxromaziya, dixromaziya, protanopiya, deyteranopiya).

10. To‘r parda va ko‘rish nervining degenerativ va distrofik kasalliklari (pigmentli retinit, ko‘rish nervining atrofiyasi, to‘r pardaning ko‘chishi).

11. Bir qo‘l kafti yoki oyoq panjasining yo‘qligi, shuningdek harakatning jiddiy qiyinlashuviga olib keluvchi qo‘l kafti va oyoq panjasining deformatsiyasi.

12. Qo‘l barmoqlari yoki falangalarning yo‘qligi, shuningdek qo‘ldagi falangalararo bo‘g‘imlarning harakatsizligi:

o‘ng yoki chap qo‘l bosh barmog‘ining ikki falangasini yo‘qligi;

o‘ng qo‘ldagi ikkita yoki undan ortiq barmoqlar yo‘qligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda bo‘lsa ham to‘liq buklanib tirishish.

chap qo‘ldagi uchta yoki undan ortiq barmoqlar yo‘qligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda bo‘lsa ham to‘liq buklanib tirishish.

13. Oyoqlarning 6 sm va undan ortiqroq kaltalanishi. Oyoqning uzunligi 75 sm dan ortiqroq (tovon suyagidan son suyagi katta ko‘stining o‘rtasigacha) bo‘lsa, oyoq suyaklari, yumshoq to‘qimalari va bo‘g‘imlarida defektlar mavjud bo‘lmasa va harakatlar hajmi saqlangan bo‘lsa tekshiriluvchilar yaroqli deb hisoblanishi mumkin.

14. Yaqqol nyevrologik simptomatikasi bilan kechadigan kalla suyaklarining travmatik deformatsiyalari va defektlari.

15. Bir quloqning to‘liq karligi, ikkinchi quloqning so‘zlashuv nutqini 3 metrdan kam masofada, pichirlash nutqini 1 metr masofada qabul qilishi holatlarida, yoki so‘zlashuv nutqini har bir quloqda 2 metrdan kam bo‘lgan masofada qabul qilishi.

16. Xolesteatoma, granulatsiya yoki polip (epitimpanit) bilan asoratlangan o‘rta quloqning bir tomonlama yoki ikki tomonlama surunkali yiringli yallig‘lanishi. Fistula simptomining mavjudligi.

17. Surunkali yiringli mastoidit, mastoidektomiyadan keyingi asoratlar (kista, oqma yara).

18. Vestibulyar analizatori faoliyatini buzilishiga olib keluvchi turli etiologiyadagi kasalliklar, bosh aylanishi sindromi, nistagm (Menyer kasalligi, labirintitlar, turli etiologiyadagi vestibulyar krizlar va boshqalar).

19. Bachadon va qinning tushishi, rektovaginal va qovuq-qin oqma yaralari, to‘g‘ri ichak sfinkteri butunligining buzilishi, moyak yoki urug‘ tizimchasining istisqosi, harakatni chegaralovchi churralar.

“V” toifa

1. Ko‘rish o‘tkirligi korreksiya bilan 0,6 dan past yaxshi ko‘radigan ko‘zda, 0,2 dan past yomonroq ko‘radigan ko‘zda. Taksi haydovchilari va operativ xizmat transport vositalari haydovchilari (tez tibbiy yordam, yong‘in xavfsizligi, militsiya, avariya-qutqaruv xizmati, harbiy avtomobil noziri) uchun ko‘rish o‘tkirligi korreksiya bilan 0,8 dan past bir ko‘zda, ikkinchi ko‘zda 0,4 dan past. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yig‘indisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki ko‘zdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak.

2. “A” toifaning 2 — 19-bandlariga qaralsin.

3. 150 sm dan past bo‘lgan bo‘y.

“S” toifa

1. Ko‘rish o‘tkirligi korreksiya bilan 0,8 dan past yaxshi ko‘radigan ko‘zda, 0,4 dan past yomonroq ko‘radigan ko‘zda. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yig‘indisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki ko‘zdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak.

2. “A” toifaning 2 — 19-bandlariga qaralsin.

3. 160 sm dan past bo‘lgan bo‘y.

4. Umumiy jismoniy rivojlanishi past.

“D” toifa

1. “S” toifaning 1 — 4-bandlariga qaralsin.

2. Yo‘lovchi transporti uchun — nutq buzilishlari va logonyevroz (duduqlanish)ning og‘ir shakllari.

“E” toifa

1. Tirkama ulanadigan “V”, “S” yoki “D” toifali transportga taalluqli tibbiy moneliklar.

2. Oyoqlarning birining 6 sm va undan ortiqroq kaltalanishi.

Tramvay, trolleybus boshqarish

1. “S” toifaning 1 — 4-bandlariga qaralsin.

2. Yurak ritmning sun’iy implantant boshqaruvi.

Konstruktiv tavsiflar bo‘yicha belgilangan transport vositalarini boshqarish moneliklari (nogironlar uchun qo‘l bilan boshqariladigan avtomobil va motoaravachalar)

1. “A” toifaning 1 — 10-bandlariga qaralsin.

2. Bir qo‘l kafti yoki oyoq panjasining yo‘qligi, shuningdek harakatning jiddiy qiyinlashuviga olib keluvchi qo‘l kafti va oyoq panjasining deformatsiyasi (transport vositasiga tegishli konstruktiv moslamalar o‘rnatilgan holatlar bundan istisno).

3. Qo‘l barmoqlari yoki falangalarning yo‘qligi, shuningdek qo‘ldagi falangalararo bo‘g‘imlarning harakatsizligi:

o‘ng yoki chap qo‘l bosh barmog‘ining ikki falangasining yo‘qligi;

o‘ng qo‘ldagi ikkita yoki undan ortiq barmoqlar yo‘qligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda bo‘lsa ham to‘liq buklanib tirishish.

chap qo‘ldagi uchta yoki undan ortiq barmoqlar yo‘qligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda bo‘lsa ham to‘liq buklanib tirishish (kaft kuchi va ushlab olish faoliyati saqlangan holatlar bundan istisno).

4. “A” toifaning 14 — 19-bandlariga qaralsin.

format A-5

083/h shakldagi tibbiy

O‘zbekiston Respublikasi

ma’lumotnoma

Sog‘liqni saqlash vazirligi

___________________________

(muassasa nomi)

Haydovchining (haydovchilikka nomzodning)
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha
MA’LUMOTNOMA

Familiyasi _________________________________
Ismi ______________________________________
Otasining ismi _____________________________
Tug‘ilgan sanasi va yoshi _______________________
Yashash joyi _____________________________________________________________
Ish joyi ________________________________________________________________
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sanasi 20___ yil “____” _____________________________

Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha
XULOSA

1. “A” toifadagi transport vositasini boshqarishga ____________________________.
2. “V” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________.
3. “S” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________.
4. “D” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________.
5. “E” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________.
6. Tramvay boshqarishga __________________.
7. Trolleybus boshqarishga __________________.
8. Yollanib ishlashga __________________.
9. Alohida belgilar _______________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
Ushbu ma’lumotnomani amal qilish muddati20____ yil “____” ________gacha.

3,5 x 4,5 rasm

Komissiya raisi

(F.I.O.)

__________________

(imzo)

Kotib

(F.I.O.)

__________________
M.O‘.

(imzo)

* Xulosaning 1 — 8-bandlari to‘g‘risiga yaroqli yoki yaroqsiz degan belgi qo‘yiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”