25.06.2013 yildagi 178-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-martdagi PQ–1920-son qarori bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturining 65-bandini bajarish yuzasidan hamda aholining, ayniqsa yosh avlodning o‘sib borayotgan madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

I. Madaniyat va aholi dam olish markazlari faoliyatini tashkil etish

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tumanlari (shaharlari) bo‘yicha 1777 ta madaniyat uylari va klub muassasalari negizida, ular tomonidan ko‘rsatiladigan madaniy-ommaviy xizmatlardan keng aholi qatlamlarining foydalanishi ta’minlanishini hisobga olgan holda, 894 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarini (ulardan 38 tasi — imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun) aniqlash va joylashtirish sxemasini tasdiqlash.

2013-yil

III chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va texnik talablar asosida madaniyat va aholi dam olish markazlarining uchta namunaviy loyihalarini tegishli loyihalash institutini jalb etgan holda ishlab chiqish, bunda markazlarning qiyofasi va interyerining arxitektura-rejalashtirish yechimlariga yagona yondashuvlarni nazarda tutish.

2013-yil iyun-iyul

Madaniyat va sport ishlari vazirligi mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

3.

Madaniyat va aholining dam olish markazlarining joylashgan o‘rniga va xizmat ko‘rsatiladigan aholiga bog‘liq holda ularning I, II, III tiplari namunaviy shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil avgust

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Madaniyat va aholi dam olish markazlari rahbarlari va ijodiy xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil iyul

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

5.

Madaniyat va san’at markazlarida to‘garak ishlarining har bir turi bo‘yicha yangi, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2013-yil oxirigacha

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi

6.

To‘garaklar, studiyalar, havaskorlik birlashmalari badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangi uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish.

2013-yil oxirigacha doimo

Madaniyat vazirligi

7.

Madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun yangi repertuar to‘plamlari ishlab chiqish va ular bilan ta’minlash.

2013-yil oxirigacha doimo

Madaniyat vazirligi

8.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini zamonaviy axborot resurslari hamda davriy matbuot nashrlari bilan ta’minlash.

birinchi bosqich — 2013-yil oxirigacha
doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi

II. Madaniyat va aholi dam olish markazlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash

9.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarining ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan (ko‘p funksiyali zali mavjud bo‘lgan) mos binolarni qidirib topish va ajratish.

2013-yil

III chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

10.

2013 — 2018-yillarda madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal ta’mirlash hamda zamonaviy asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlashning manzilli ro‘yxatlari asosiy parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishish.

2013-yil

III chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

11.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini, shu jumladan
2013-yilda 37 ta obyektni mukammal ta’mirlash va jihozlashning aniqlashtirilgan har yilgi mintaqaviy manzilli ro‘yxatlarini sha�llantirish va tasdiqlash.

har yili
1-avgustgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklarining, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy boshqarmalari

12.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal ta’mirlash va jihozlashning mintaqaviy manzilli ro‘yxatlarini, keyinchalik tegishli protokol bilan tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritgan holda, har yili Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etish.

har yili
1-sentabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

13.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini muassasalarning turlari bo‘yicha jihozlash normativini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil

III chorak

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

14.

Maqbullashtirilayotgan madaniyat uylari va klub muassasalaridagi mavjud, foydalanishga yaroqli musiqa asboblari va anjomlarini yangidan tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlarining balansiga belgilangan tartibda o‘tkazish.

2013-yil II va
III choraklarida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Madaniyat va sport ishlari vazirligi

15.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq zarur musiqa asboblari, mebellar va anjomlar bilan jihozlashni hisobga olgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan madaniyat va aholi dam olish markazlari obyektlarini mukammal ta’mirlash uchun tanlov (tender) savdolari o‘tkazish.

har yilgi manzilli ro‘yxatlar tasdiqlangandan

keyin ikki oy muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

16.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari, shu jumladan madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining yil boshidagi bo‘sh qoldiqlari, I — III choraklar yakunlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlari bo‘yicha tejash natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar, shuningdek jalb etiladigan homiylik mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobiga madaniyat va aholi dam olish markazlarini mu�ammal ta’mirlash (rekonstruksiya qilish) va jihozlashga mablag‘lar ajratish.

yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi

17.

Madaniyat va aholi dam olish markazlariga ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, madaniy-ommaviy tadbirlarni sifatli o‘tkazish, shu jumladan transport xizmati ko‘rsatish uchun ularga zarur shart-sharoitlarni tashkil etish masalalarida ko‘maklashish.

doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan binolarni mahalliy hokimliklar balansiga qabul qilib olish hamda kelgusida ulardan samarali foydalanish, shu jumladan ularni birja va birjadan tashqari savdolar orqali sotish.

2013-2014-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari

III. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

19.

Yangidan tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlariga madaniyat uylari va klub muassasalari rahbar xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan tanlov asosida malakali rahbar kadrlarni tanlab olish bo‘yicha respublika komissiyasini tuzish.

Attestatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, respublika komissiyasi tarkibini tuzish va tasdiqlash, shuningdek madaniyat va aholi dam olish markazlarining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda rahbar xodimlarni yuqori talabchanlik, qat’iyatlilik va xolisona baholash vaziyatida attestatsiyadan o‘tkazish.

2013-yil iyul

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Madaniyat uylari va klub muassasalari sonini maqbullashtirish natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish va ko‘maklashish.

2013-yil II va
III choraklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

21.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida, Toshkent milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun tayyorlanadigan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini yo‘nalishlar va mutaxassisliklarni takomillashtirish.

2013-yil oxirigacha

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zstandart” agentligi

22.

Ko‘chma treninglar va mintaqaviy seminarlar o‘tkazish yo‘li bilan madaniyat va aholi dam olish markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish.

doimo, har yili tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq

Madaniyat va sport ishlari vazirligi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

23.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarida to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishga musiqa va san’at maktablari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini ko‘pi bilan 0,5 stavka hisobidan, kontrakt asosida jalb etish.

doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

24.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarida oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchi talabalarining, shuningdek madaniyat va san’at kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining o‘quv, ishlab chiqarish hamda diplomdan oldingi amaliyotini o‘tashini (stajirovkasini) ta’minlash.

doimo,

har yili tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

IV. Madaniy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari

25.

Har bir markazning ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi davlat siyosati asosiy yo‘nalishlarini bajarishga qaratilgan yillik kalendar rejalari — tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yildan boshlab har yili

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Mustaqillik”, “Navro‘z”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” milliy va kasb bayramlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa kasb bayramlariga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishga madaniyat va aholi dam olish markazlarining yanada keng jalb etilishini ta’minlash.

2013-yildan boshlab har yili

Bajaruvchilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Madaniyat va san’at, ma’naviy-axloqiy rivojlanish hamda milliy o‘z o‘zini anglashning o‘sishi sohalarida O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni keng va to‘liq ochib berishni ta’minlovchi ko‘riklar, ko‘rgazmalar, festivallar va tanlovlarni aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda tashkil etish va o‘tkazish.

2013-yildan boshlab doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida O‘zbekistonning boy ma’naviy va madaniy merosini saqlash va targ‘ib etishga yo‘naltirilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Chunonchi, folklor jamoalarini, milliy hunarmandchilik ustaxonalarini tashkil etish.

2013-yildan boshlab har yili

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

O‘quvchilar va talabalarning yozgi ta’tillari davrida bolalar va yoshlar uchun madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish.

2013-yildan boshlab har yili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Markaziy kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hok�mliklari

29.

Qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish, shu jumladan madaniyat va aholi dam olish markazlarida pulli to‘garaklar, studiyalar, havaskorlik jamoalari konsertlarini tashkil etish.

2013-yil

II chorak

doimo

Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

30.

Dastur doirasida bajarilayotgan tadbirlarni, madaniyat va aholi dam olish markazlari qatnashchilarining yutuqlari va muvaffaqiyatlari to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axb�rot vositalarida hamda Internet tarmog‘ida muntazam yoritib borish.

doimo

Bajaruvchilar mablag‘lari

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Madaniyat vazirligi

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 264-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/264/2857-son)