21.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1790-1
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining qarori, 21.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1790-1
Кучга кириш санаси
24.06.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2020
 LexUZ sharhi
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 17-son, 209-modda), “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 583-modda) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 330-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 9-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 6-oktabrdagi 25/4-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (ro‘yxat raqami 1080, 10.11.2001-y.)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 17-bandning “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli hududiy organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 41-bandning “e” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli hududiy organlariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli hududiy organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hududiy organlaridan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.