18.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2403-1
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2014
Hujjat 01.01.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2012-yil 23-oktabrdagi 4-mb-son qarori (ro‘yxat raqami 2403, 2012-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 566-modda) bilan tasdiqlangan 2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari ilovaga muvofiq Fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot shakli (31a-ilova) bilan to‘ldirilsin.