Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida

I-bo‘lim Umumiy qoidalar

I-qism Huquqiy muhofaza

1-modda Huquqiy muhofazaning ta’min etilishi

2- modda Poshlina to‘lashdan va xarajatlarni qoplashdan ozod qilish

3-modda Shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvol to‘g‘risida hujjatlarni taqdim etish

II-qism Huquqiy yordam

4-modda Huquqiy yordam ko‘rsatish

5-modda Huquqiy yordam hajmi

6-modda Munosabatlar tartibi

7-modda Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomaning mazmuni

8-modda Bajarish tartibi

9-modda Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, da’vogar fuqarolarni, javobgar fuqarolarni, ularning vakillarini, ekspertlarni chaqirish

10-modda Hujjatlarni topshirish tartibi

11-modda Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash

12-modda Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari

13-modda Hujjatlarning haqiqiyligi

14-modda Fuqarolik holati to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlarni jo‘natish

15-modda Manzillarni va boshqa ma’lumotlarni aniqlash

16-modda Huquqiy masalalar bo‘yicha axborot

17-modda Tillar

18-modda Huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar

19-modda Huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish

II-bo‘lim Fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar

I-qism Vakolat

20-modda Umumiy qoidalar

21-modda Shartnoma bo‘yicha sudga tegishlilik

22- modda Sud jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi

II-qism Shaxsiy maqom

23-modda Huquqiy layoqat va muomalaga layoqat

24-modda Muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish. Muomalaga layoqatni tiklash

25-modda Bedarak yo‘qolganlikni e’tirof etish, vafot etgan deb e’lon qilish. O‘lim faktini belgilash

III-qism Oilaviy ishlar

26-modda Nikohdan o‘tish

27-modda Er-xotinlarning huquqiy munosabatlari

28-modda Nikohni bekor qilish

29-modda Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vakolatliligi

30-modda Nikohni haqiqiy emas deb e’tirof etish

31-modda Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish

32-modda Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar

33-modda Vasiylik va homiylik

34-modda Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vasiylik va homiylik masalalaridagi vakolatliligi

35-modda Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar ko‘rish tartibi

36-modda Vasiylik va homiylikka berish tartibi

37-modda Farzandlikka olish

IV-qism Mulkiy huquqiy munosabatlar

38-modda Mulkchilik huquqi

39-modda Kelishuv shakllari

40-modda Ishonch qog‘ozi

41-modda Tomonlarning kelishuvlar bo‘yicha huquq va majburiyatlari

42-modda Zararni qoplash

43-modda Da’vo qo‘zg‘atish muddati

V-qism Meros qoldirish

44-modda Tenglik tamoyili

45-modda Meros qilib olish huquqi

46-modda Merosning davlatga o‘tishi

47-modda Vasiyatnoma

48-modda Meros qilib olish ishlari vakolati

49-modda Meros qilib olish ishlari bo‘yicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati

50-modda Merosni muhofaza qilish choralari

51-modda Merosni berish

III-bo‘lim Qarorlarni e’tirof etish va bajarish

52-modda Qarorlarni e’tirof etish va bajarish

53-modda Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni e’tirof etish

54-modda Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish to‘g‘risida iltimosnoma

55-modda Qarorlarni e’tirof etish va majburiy bajarish tartibi

56-modda Qarorlarni e’tirof etishni va ijro etishni rad etish

IV-bo‘lim Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam

I-qism Jinoyatchilarni berish

57-modda Jinoyatchilarni berish majburiyati

58-modda Jinoyatchilarni berishga sabab bo‘luvchi jinoyatlar

59-modda Jinoyatchini berishni rad etish uchun asos

60-modda Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma va zarur bo‘lgan hujjatlar

61-modda Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga nisbatan qaror

62-modda Qo‘shimcha axborot

63-modda Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar uni ushlab turish

64-modda Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olinguniga qadar uni qamoqqa olish

65-modda Berilishi talab etilayotgan shaxsni qidirishni amalga oshirish

66-modda Asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun javobgarlik

67-modda Shaxsni berish

68-modda Jinoyatchini berish muddatini uzaytirish yoki vaqtinchaga berish

69-modda Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi bir xil iltimosnomalar

70-modda Maxsus qoida

71-modda Jinoyatchini takroriy berish

72-modda Mol-mulkni berish

73-modda Tranzit tashish

74-modda Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritish natijalari to‘g‘risida xabar berish

II-qism Jinoiy ta’qibni amalga oshirish

75-modda Jinoiy ta’qibni amalga oshirish mumkinligi

76-modda Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risida iltimosnoma va zarur bo‘lgan hujjatlar

77-modda Haqiqiylikni guvohlantirish va tasdiqlash

78-modda Iltimosnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

79-modda Iltimosni ijro etish uchun asoslar

80-modda Rad etish uchun asos

81-modda Jinoiy ta’qibni amalga oshirishning mumkin emasligi

82-modda Shubha qilinayotgan shaxsning holati

83-modda Jabrlanuvchining huquqi

84-modda So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari

85-modda So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari

86-modda Mas’uliyatni engillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holat

87-modda Vaqtinchalik chora-tadbirlar

III-qism Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida maxsus qoidalar

88-modda Tergov ishlarini olib borishda ko‘rsatmalar berish yoki yordam ko‘rsatish uchun qamoqda saqlanayotgan shaxslarni berish

89-modda Berilishi talab etilayotgan shaxsni vaqtincha berish muddatlari

90-modda Tintish va olib qo‘yish

91-modda Jinoyatdan olinadigan daromadlar

92-modda Jinoyatdan olingan daromadlarga tegishli bo‘lgan yordamni ko‘rsatish

93-modda Nazorat qilinadigan etkazib berishlar

94-modda So‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar sudlariga tegishli bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqish tartibi

95-modda Ayblov hukmlari va sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida ma’lum qilish

96-modda Maxfiylikka rioya qilish

97-modda Foydalanishga oid cheklash

98-modda Guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish

99-modda Tashish bilan bog‘liq xarajatlar

100-modda Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish

101-modda Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining ishtirok etishi

102-modda Vaqtincha berilgan shaxslarni qurolli kuzatib borish

103-modda Jinoiy ishlar bo‘yicha yordam ko‘rsatish masalalariga oid aloqalar tartibi

V-bo‘lim Yakunlovchi qoidalar

104-modda Ushbu Shartnomani qo‘llash masalalari

105-modda Boshqa xalqaro Shartnomalarga munosabat

106-modda Qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni kiritish

107-modda Shartnomani kuchga kiritish

108-modda Shartnomaning amal qilish muddati

109-modda Vaqtga ko‘ra amal qilish

 LexUZ sharhi
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar aniq ish bo‘yicha, shu jumladan, qarorni ijro etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga tatbiq qilinadi.
1. Ushbu Shartnomaning 2-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etgan shaxsning shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi hujjatlar asosida beriladi. Ushbu hujjatlar hududida ushbu shaxs yashash va turish joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.
2. Agar iltimosnoma taqdim etgan shaxs Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashash va turish joyiga ega bo‘lmasa, u holda ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hujjatlar unga u fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilishi mumkin.
2. Adliya muassasalari ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam ko‘rsatadilar.
3. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha boshqa muassasalar huquqiy yordam haqidagi iltimosnomalarni adliya muassasalari orqali jo‘natadilar.
g) «v» kichik bandda ko‘rsatilgan shaxslarning vakillari bo‘lganda — ularning ismi, familiyasi va manzili;
6. Ushbu Shartnomaning 19-moddasiga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan taqdirda, so‘ralayotgan adliya muassasasi so‘rayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomani va ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
3. Ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan shaxslar, agar ular so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega bo‘lishsa-da, ularni so‘roq qilgan adliya muassasasi ularga bundan buyon ularning bu erda bo‘lishlariga zarurat yo‘qligini xabar qilgan kundan boshlab 15 kun o‘tgungacha ketishmasa, ushbu band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yo‘qotadilar. Ushbu shaxslar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan o‘ziga aloqador bo‘lmagan ayb bilan ketolmagan vaqt ushbu muddatga qo‘shilmaydi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi bevosita manfaatdor shaxslarga ularning iltimoslariga ko‘ra tarjimasiz va bepul jo‘natilishi mumkin.
1. Ushbu bo‘limning II — V qismlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashash joyiga ega bo‘lgan shaxslarga, ularning fuqaroligidan qat’i nazar, da’volar ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga esa da’volar hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, uning vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga beriladi.
1. Agar tomonlarning nizoni ushbu sudlarga o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma kelishuvi mavjud bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishni boshqa hollarda ham ko‘rib chiqishlari mumkin. Bunda 20-moddaning 3-bandidan va ushbu bo‘limning II-V qismlari bilan belgilangan boshqa normalardan, shuningdek tegishli Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligidan kelib chiqadigan mutlaq vakolat Tomonlarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas.
1. Ushbu moddaning 2- va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.
4. Ushbu moddaning 1-3-bandlari qoidalari tegishli ravishda muomalaga layoqatlilikni tiklashga ham qo‘llanadi.
5. Ushbu moddaning 2- va 3-bandlarida nazarda tutilgan va kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni hududida ushbu shaxs doimiy yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlar munosabati bilan qabul qilingan farmoyishlar ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga jo‘natiladi. Agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon boshqacha chora belgilagan bo‘lsa, ushbu farmoyishlar bekor qilinishi mumkin.
1. 28-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Agar ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashashsa, u holda ham ushbu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.
2. 28-moddaning 2-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinlar hududlarida yashaydigan ikkala Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.
1. Nikohni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 26-moddaga muvofiq nikohdan o‘tishda qo‘llangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qo‘llanadi.
5. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-bandlariga muvofiq qonunchiligi qo‘llanadigan Ahdlashuvchi Tomonning sudi vakolatlidir.
2. Kechiktirish mumkin bo‘lmagan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan vaqtinchalik chora-tadbirlarni o‘zi ko‘rishi mumkin. Bunda u 34-moddaga muvofiq vakolatli muassasani xabardor qilib qo‘yishga majburdir. Ushbu chora-tadbirlar 34-moddada ko‘rsatib o‘tilgan muassasa tomonidan boshqa qaror qabul qilingunga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.
1. Vasiylik va homiylikdagi shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga, turar joyiga yoki mulkka ega bo‘lgan hollarda 34-moddaga muvofiq vakolatli organ vasiylik yoki homiylikni boshqa Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga berishi mumkin. Vasiylik yoki homiylikni berish surayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni o‘ziga qabul qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu haqda so‘ralgan muassasa xabardor qilib qo‘yiladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan muassasa uni o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylikka olingan yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy maqomiga aloqador masalalar bo‘yicha qaror chiqarish huquqiga ega emas, lekin bu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bo‘yicha zarur bo‘lsa nikohdan o‘tishiga ruxsat berishi mumkin.
4. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida ariza berilgan paytda farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ishlari bo‘yicha vakolatlidir. Ushbu moddaning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda esa er-xotinlar oxirgi yashash joyiga yoki turar joyiga ega bo‘lgan yoki hozir ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi muassasa vakolatlidir.
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida eslatilgan ishlar bo‘yicha hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos bo‘lib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar ko‘rgan hududida javobgar yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham da’vo arizasi berishi mumkin.
1. Mulkni meros qilib qoldirish huquqi, ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari, meros qilib qoldiruvchi hududida oxirgi turar joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bo‘yicha belgilanadi.
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlaridagi qoidalar meros to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqiladigan ishlar munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolarni ko‘rib chiqishda ham qo‘llaniladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ko‘rilgan choralar to‘g‘risida meros beruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tezda xabardor qilinadi. Ko‘rsatilgan vakolatxona yoki muassasa ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.
3. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ko‘rilgan chora-tadbirlar meros qilish to‘g‘risidagi ishni amalga oshirishga vakolati bo‘lgan adliya muassasasi, shuningdek diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
2. Ushbu moddadagi 1-bandning qoidalari vasiylik va homiylik bo‘yicha qarorlarga ham, shuningdek fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarga ham tegishli bo‘ladi.
1. 52-, 54-moddada nazarda tutilgan qarorlarni e’tirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma, hududida majburiy bajarish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Quyidagi hollarda 52-moddada nazarda tutilgan qarorlarni e’tirof etish va majburiy ijro etish uchun ruxsatnoma berishni rad etish mumkin:
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan jinoyat qilinganligi uchun chiqarilgan hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish, agar jazo muddati tamom bo‘lgunga qadar kamida olti oy qolgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
4. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma bir necha alohida jinoyatlarga taalluqli bo‘lsa, ulardan hammasi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmasa, unda talab qilinayotgan jinoyatchini berishga, hech bo‘lmaganda jinoyatlardan biri jinoyatchini berishga sabab bo‘lsa, shu shart bilan ruxsat etilishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga iloji boricha qisqa muddatda qo‘shimcha axborot taqdim etish uchun zarur choralar ko‘radi.
5. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida uni qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga to‘sqinlik qilmaydi.
1. Ushbu Shartnomaning 63-moddasida nazarda tutilgan iltimosnoma asosida ushlangan shaxs alohida hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq faksimil aloqa orqali berilgan qamoqqa olish haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxalari, yoxud ayblov qismi va chiqarilgan hukm bayon qilingan holdagi tasdiqlangan undan ko‘chirma bo‘lganda jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar qamoqqa olinishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan jo‘natiladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo‘lgan vaqt davrini kelishib oladilar. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, agar jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlar bilan kelishib olingan vaqtdagi davrda kelib tushmasa, qamoqqa olingan shaxsni ozod qiladi.
2. Qidirishni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 7- va 17-moddalariga muvofiq tuziladi va har qanday hollarda quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
6. Ushbu moddaning 5-bandiga muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida uni qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga to‘sqinlik qilmaydi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda asossiz ushlab turish va/yoki qamoqqa olish bilan keltirilgan zararni qoplash Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan jinoyatchini berish muddatini uzaytirish muddatini o‘tkazib yuborishi yoki shaxsga nisbatan tergovga jiddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lsa, unda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomondan talab qilinayotgan shaxsning muddatini uzaytirish o‘rniga so‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar bilan birgalikda belgilanadigan shartlarga muvofiq vaqtinchaga berishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidasi, agar berilgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududidan chiqib ketish imkoniyatiga ega bo‘lsa va uni jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod etilgandan so‘ng bir oy davomida berilishi munosabati bilan chiqib ketmasa, yoki ushbu shaxs oldin undan chiqib ketib, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga ixtiyoriy ravishda qaytib kelsa, qo‘llanilmaydi.
4. Ahdlashuvchi Tomon hududidan uchib o‘tayotgan havo kemasi bu erda rejadan tashqari qo‘ngan hollarda u olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonlarning vakillarining iltimosnomasiga ko‘ra ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq olib ketilayotgan shaxsni tranzit tashish to‘g‘risida iltimosnoma olgunga qadar 48 soat davomida qamoqda saqlashi mumkin. Bunday iltimos matnni berishning texnik vositalari, shuningdek telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordamida berilishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shaxslarni berish Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda kelishib olgan muddatda, lekin bir oydan oshmagan muddatda, alohida hollarda esa ikki oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
1. Ushbu Shartnomaning 68-moddasiga muvofiq berilishi talab etilayotgan shaxsni berish muddati Ahdlashuvchi Tomon bilan birga, odil sudlovni amalga oshirish manfaatlaridan kelib chiqib va Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi bilan ruxsat etilgan qamoqda saqlash muddatlarini hisobga olgan holda, belgilanadi.
2. Ushbu Shartnomaning 68-moddasida va ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda vaqtincha beriladigan shaxsni qamoqda saqlash muddatlari so‘rayotgan va so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli qonunchiligiga ko‘ra har bir jinoiy ish bo‘yicha alohida hisobga olinishi kerak.
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘zining qonunchiligi yo‘l qo‘yadigan doiralarda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Shartnomaning 72-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda jinoiy ish bo‘yicha isbot sifatida foydalanish uchun buyumlar va hujjatlarni tintish, olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi iltimosini bajaradi.
2. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 1-moddasiga muvofiq yo‘llangan iltimosni olib, jinoyatdan olingan biron-bir daromad uning yurisdiksiyasi doirasida bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun zarur choralar ko‘radi hamda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tekshirish natijalaridan xabardor qiladi.
Hibsdagi shaxslarni ushbu Shartnomaning 88-moddasida nazarda tutilgan ko‘rsatma berish yoki tergovni o‘tkazishga yordam berish uchun vaqtincha berish chog‘ida olib o‘tish bilan bog‘liq xarajatlar, ushbu shaxslarni uchinchi davlatlarning hududlari orqali tranzit olib o‘tish xarajatlari ham shu jumlaga kiradi, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan qoplanadi.
2. Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 7- va 17-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi hamda u qidirilayotgan shaxs turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday axborot bilan birgalikda qidirilayotgan shaxsning imkoni boricha to‘liqroq tavsifini o‘z ichiga olishi kerak.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakillariga ular o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqni muhofaza Qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomi joriy etiladi. Shunga muvofiq ravishda ular o‘zlari bo‘lgan davlat va o‘z davlatlarining huquqiy himoyasidan foydalanadilar, shaxsiy daxlsizlikka, qurolni saqlash va olib yurish, va shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi asosida hisobda turadigan o‘q otar qurolni va maxsus vositalarni ishlatish huquqiga egadirlar va o‘z funksiyalarini o‘zlari bo‘lgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq bajaradilar.
3. Ushbu moddaning 2-bandida eslatib o‘tilgan adliya muassasalari vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni tergov qilishda ular fuqarolari hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga zarur yordam va ko‘mak beradi. Bunday hollarda jinoyatchilarni jinoiy ta’qib qilish iltimosnoma bo‘yicha Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga binoan ular fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga berilishi mumkin.
4. Adliya muassasalari vakillarining hisobda turadigan o‘q otar quroli, unga o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududiga maxsus ro‘yxatlar (ruxsatnomalar) bo‘yicha qo‘yiladi, ularning shakli va mazmuni har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tomonidan kelishilishi kerak va albatta yana olib chiqib ketilishi kerak. Qurol-yarog‘, o‘q-dori, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini olib chiqib ketish eslatib o‘tilgan ro‘yxatlar (ruxsatnomalar) asosida amalga oshiriladi hamda adliya muassasalari vakillari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirishlarida bojxona organlari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Ushbu modda qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarga uchinchi davlatlar tomonidan berilgan shaxslarni Ahdlashuvchi Tomonlar hududi orqali tranzit olib o‘tish hollariga ham joriy etiladi. Ushbu Shartnomaning 73-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlarning olib o‘tilayotgan shaxslarni kuzatib borayotgan vakillarida o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari mavjud ekanligi to‘g‘risida ushbu Shartnomaning 73-moddasi 1- va 4-bandlariga muvofiq taqdim etiladigan tranzit olib o‘tish to‘g‘risidagi iltimosnomada ma’lum qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari saqlash uchun so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalariga topshirilishi kerak, bunda ularning saqlash tartiblari gaplashib olinadi.
Ushbu Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha ushbu Shartnomaning 107-moddasida nazarda tutilgan shartlarga binoan kuchga kiradigan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”