04.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2449
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 04.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2449
Кучга кириш санаси
08.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 131-modda) va 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 587-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 131-modda) va 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 587-modda) qarorlariga muvofiq, yagona soliq to‘lovi (bundan buyon matnda YST deb yuritiladi)ning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
5. Hisoblangan YST summasini YSTning eng kam miqdori bilan solishtirish uchun YSTning hisob-kitob summasi butun chakana savdo korxonasi bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovining ma’lumotnoma-hisob-kitobi (bundan buyon matnda Ma’lumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoriga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, unda YST qo‘shimcha hisoblanmaydi va YST O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) belgilangan tartibda to‘lanishi lozim, ya’ni YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblangan summa to‘lanadi.
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi 2013-yilning birinchi choragi uchun YSTni 4% stavka bo‘yicha hisoblayotgan bo‘lsin. Mazkur korxona soliq imtiyozlariga ega emas. Ushbu holatda YSTning hisob-kitob summasi va YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblab chiqarilgan YST summasi bir-biriga teng bo‘ladi. Agar mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoridan, ya’ni 2013-yilning birinchi choragi uchun eng kam ish haqining (bundan buyon matnda EKIH deb yuritiladi) 30 baravaridan (Toshkent shahrida nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida belgilangan) kam bo‘lsa, u holda YST hisobot choragi uchun EKIHning 30 baravari miqdorida to‘lanadi. Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoriga (EKIHning 30 baravariga) teng yoki undan ortiq bo‘lsa, u holda YST o‘rnatilgan 4% stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Chakana savdo korxonalari soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotlari taqdim etiladigan muddatlarda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Turg‘un savdo shoxobchalari to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi. Ushbu ma’lumot bir marta taqdim etiladi, mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ko‘rsatkichlar

Satr kodiJamiJumladan, YST to‘lovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha

1* asosiy faoliyat turi

2

3

4

5

12345678
Hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum
(hisobot davri uchun YST hisob-kitobining 040-satri
— oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobining
040-satri)
010
YSTning belgilangan stavkasi020
Hisobot choragi uchun YSTning hisob-kitob summasi
(010-satr x 020-satr / 100)
030
Qat’iy belgilangan soliqning belgilangan stavkasi
(eng kam ish haqiga karrali miqdorda)
040xxxx
Hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori050xxxxx
Hisobot choragi uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasi
(050-satr – 030-satr)
060**xxxxx
Oldingi hisobot davri uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan
summasi (oldingi Ma’lumotnoma-hisob-kitobning 080-satri)
070xxxxx
Hisobot davri uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasi
(060-satr + 070-satr)
080xxxxx
* Agar chakana savdo korxonalari YSTning turli stavkalari belgilangan turli aholi punktlarida joylashgan bir nechta turg‘un savdo shoxobchalariga ega bo‘lsa, unda Ma’lumotnoma-hisob-kitobiga asosiy raqam belgilari ustiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilanadigan qo‘shimcha ustunlar (11, 12, 13 va h. k.) kiritiladi.
** Agar 3-ustunning “030”-satri 3-ustunning “050”-satridan katta yoki unga teng bo‘lsa, u holda “060”-satrda “0” qiymat ko‘rsatiladi.
Izoh: hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qat’iy belgilangan soliq stavkasidan va yil boshiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
Agar chakana savdo korxonalari bir nechta turg‘un savdo shoxobchalariga ega bo‘lsa, hisobot davri uchun YSTning eng kam miqdori, hisobot davri uchun turg‘un savdo shoxobchasining joylashgan yeri bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan qat’iy belgilangan soliq stavkalarini qo‘shish orqali butun korxona bo‘yicha hisoblab chiqariladi.

Rahbar ______________________________________
(imzo)

Bosh buxgalter ____________________________
(imzo)

M.O‘.