Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ–1900-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 16-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda), “Bank siri to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda) va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 230-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ–1900-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayonida Bank depozitorlari Milliy axborotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda BDMAB deb yuritiladi) bo‘yicha qarzdorlar va ularning debitorlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ochilgan bank hisobvaraqlarini (keyingi o‘rinlarda bank hisobvaraqlari deb yuritiladi) qidirishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish Bosh Markazi (keyingi o‘rinlarda ABM deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining (keyingi o‘rinlarda Sud departamenti deb yuritiladi) organlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini belgilaydi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”