O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-apreldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Supermarket turidagi do‘kon to‘g‘risida Vaqtinchalik namunaviy nizomning 4-bandidagi “shu jumladan, valyuta almashtirish punktlari tashkil etish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida” 1991-yil 22-noyabrdagi 297-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida valyuta bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 7-oktabrdagi 499-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 4-son, 19-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-yil, 6-son, 34-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 6-son, 30-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta almashtirish operatsiyalarini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 148-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyuldagi 317-son qaroriga ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 7-son, 64-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 15-avgustdagi 355-son qaroriga ilovaning “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati” bo‘limining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 8-son, 71-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta operatsiyalarini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 1-oktabrdagi 420-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2003-yil 7-oktabrdagi 434-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 10-son, 95-modda).