LexUZ sharhi
Tomonlar Dasturda nazarda tutilgan, ikki davlatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi sohalarda hamkorlikni jadallashtiradilar.
Tomonlar Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-turkman Qo‘shma komissiyasiga Dasturning bajarilishini muvofiqlashtirishni va uni amalga oshirilishini nazorat qilishni topshiradilar.
Dastur bajarilishi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan komissiyaning majlislarida yiliga kamida bir marotaba ko‘rib chiqiladi.
Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan mazkur Shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Ular ushbu Shartnomaning 10-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradigan va kuchga kirish paytidan boshlab uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

T/r

Yo‘nalishlar nomi (vazifalar)

Yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar (vazifalar)

Bajarish muddati

Bajaruvchilar

Turkmaniston tomonidan

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan

I. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

1.1.

O‘zaro mahsulotlar (xizmatlar) yetkazib berish hajmini va turlarini ko‘paytirish.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida o‘zaro eksport-import qilishning hajmini oshirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida o‘zaro mahsulot yetkazib berish to‘g‘risidagi Bitim doirasida.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi

TIAISV “O‘zavtosanoat” AK, “O‘zqurilishmateriallari� AK, "O‘zbekyengilsanoat" DAK, “O‘zeltexsanoat” Uyushmasi, “O‘zkimyosanoat” DAK

1.2.

Ikki davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish.

Tomonlar ishbilarmon doiralarining ikki davlat hududida o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma, iqtisodiy yarmarka, biznes-forumlarda ishtirok etishi uchun tashriflarini tashkil etish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo-

sanoat palatasi, Turkmaniston Ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Uyushmasi

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

Ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘rialoqalar o‘rnatishga ko‘maklashish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo-

sanoat palatasi, Turkmaniston Ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Uyushmasi

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

Ikki davlat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo- sanoat palatasi

Savdo-sanoat palatasi

Qo‘shma korxonalar, kompaniya va korxonalar vakolatxonalari va filiallarini tashkil etishga, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirishga ko‘maklashish.

2013 — 2017-yillar

tegishli vazirlik va idoralar

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

1.3.

Milliy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasida Turkmaniston milliy ko‘rgazmasini tashkil etish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo-

sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

Turkmanistonda o‘zbek sohaviy ko‘rgazmalarini tashkil etish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

II. Transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlik

2.1.

Tomonlarning tranzit va transport salohiyatlaridan samarali foydalanish, ikki davlat hududidan yuklar o‘tishini ta’minlaydigan xalqaro transport yo‘laklari va magistrallarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

O‘zbekiston va Turkmaniston hududi bo‘ylab temir yo‘l transporti bilan tashiladigan asosiy eksport yuklari (paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari, rangli metallar, tekstil mahsulotlari) tranzitiga qo‘shimcha tarif yengilliklari berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

TIAISV, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, TIV

O‘zbek tashqi savdo yuklarini “Turkmenboshi” porti va Kaspiy dengizi orqali paromda o‘tkazish orqali tashishda xizmatlar vaqti va narxini kamaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

TIAISV, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, TIV

2.2.

Transport sohasida ko‘p tomonlama va ikkitomonlama normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va to‘la-to‘kis bajarish.

2000-yilning 21-sentabrida Ashxobod shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida temir yo‘l transporti bilan tranzit yuklarni tashishni tartibga solish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga, ikki davlat hududi orqali eksport-import tranzit yuklarini tashishda qo‘shimcha hududlar kiritishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2013-yil

Tegishli vazirlik va idoralar

TIAISV, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, TIV

2.3.

2011-yil 25-aprelda Ashxobod shahrida imzolangan Eron Islom Respublikasi, Omon Sultonligi, Qatar Davlati, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida xalqaro transport hamda tranzit yo‘lagini tashkil etish Bitimini amalga oshirish.

Bitim doirasida qo‘yidagi asosiy vazifalarni oldiga qo‘ygan Ishchi qo‘mitani shakllantirish (Bitimning 10-moddasiga asosan):

— yo‘nalishlarni belgilash;

— xalqaro yuk tashishni tartibga solishni soddalashtirish va uyg‘unlashtirish;

— yuk tranzitida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq soliq, boj va boshqa to‘lovlarni hamda yig‘imlarni optimallashtirish;

— xavfli va taqiqlangan yuklar, hamda ikki maqsadli mahsulotlar ro‘yxatini belgilab olish;

— Tranzit koridori bo‘yicha transport infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarga investitsiyalar jalb etishga ko‘maklashish.

Bitim kuchga kirishi bilan

Tegishli vazirlik va idoralar

TIAISV, TIV, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, tegishli vazirlik va idoralar

2.4.

Ikki davlat o‘rtasida avtomobil tashuvi tizimini takomillashtirish.

1996-yil 16-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasidagi xalqaro avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish aloqasi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2013-yilning
I-choragi

Tegishli vazirlik va idoralar

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

III. Atrof-muhitni himoya qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan
suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishda hamkorlik

3.1.

Transchegaraviy qazilma-konlari bo‘yicha hamkorlik.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida transchegaraviy qazilma konlari bo‘yicha Bitimni tuzish.

2013-yil

Turkmaniston Neftgaz sanoati va mineral resurslar vazirligi, Turkmangeologiya davlat korporatsiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Geologiya va kartografiya davlat qo‘mitasi, “O‘zbekneftegaz” MXK, tegishli vazirlik va idoralar

3.2.

Ikki davlat hududida joylashgan, shu jumladan suv xo‘jaligi va elektrnergiya obyektlaridan foydalanilayotganda ekspluatatsiya xodimlari, avtotransporti va mexanizmlarining obyektlarga kirish, chiqish va obyektda turish shartlarini tartibga soluvchi o‘zaro kelishilgan yondashuvga amal qilish.

Ikki davlat hududida joylashgan, shu jumladan suv xo‘jaligi va elektrenergiya obyektlaridan foydalanilayotganda ekspluatatsiya xodimlari, avtotransporti va mexanizmlarining obyektlarga kirish, chiqish va obyektda turish shartlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2013-2014
yillar

“Turkmenenergo” DEK, Turkmaniston Energetika vazirligi

Davlat bojxona qo‘mitasi, IIV, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi

Tomonlar chegara oldi hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston xo‘jalik obyektlaridan foydalanish va ularni ta’mirlash-qayta tiklash ishlarini o‘tkazish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo Bitimni amalga oshirish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, TIV, Adliya vazirligi, MXX Davlat chegarasini himoya qilish qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zkommunxizmat” Agentligi

3.3.

Atrof-muhitni himoya qilish va suv xo‘jaligi sohasida hamkorlik.

Turkmaniston hududida to‘lov asosida foydalanilayotgan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi obyektlarining hududini aniqlashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlar olib borish va ulardan foydalanish masalalarini muhokama qilish.

2013-2014
yillar

Turkmaniston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turkmaniston Suv xo‘jaligi vazirligi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, TIV

Iqlimni global isishi sohasida tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma ishchi uchrashuvlar o‘tkazish va ushbu oqibatlarga moslashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarini muhokama qilish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Tabiatni himoya qilish vazirligi

Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi

IV. Favqulodda holatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik

4.1.

Tabiiy hodisalar, xavfli texnogen va ekologik jarayonlarning hamkorlikda monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek favqulodda hodisalarni oldindan aniqlash va ularning oqibatlarini baholash.

Favqulodda holatlarni monitoring qilish va oldindan aniqlash borasida tajriba almashish maqsadida ishchi uchrashuvlarni o‘tkazish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

Aholi va hududlarni himoya qilishga doir o‘tkaziladigan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni almashish uchun ishchi uchrashuvlarni tashkil qilish.

2013-yil

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

Zararli chigirtkalarning chegara oldi hududlarda ko‘payishini yillik mavsumiy monitoring qilish va monitoring natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotni majburiy doimiy ravishda o‘zaro almashishni amalga oshirish.

Har yili

Tegishli vazirlik va idoralar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

4.2.

Favqulodda holatlarni bartaraf etishda o‘zaro yordam ko‘rsatish.

Zaruriy yordam ko‘rsatish maqsadida trans- chegaraviy favqulodda holatlarning tahdidi va paydo bo‘lishi yuzasidan qo‘shma tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhni tashkil etish.

Tomonlarning kelishuviga asosan

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

Transchegaraviy favqulodda holatlarni bartaraf etishda o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun texnik vositalar maxsus zaxirasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish.

Tomonlarning kelishuviga asosan

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

4.3.

Qo‘shma konferensiya, seminar, ishchi yig‘ilishlar, o‘qishlar va mashg‘ulotlar tashkil qilish.

Tajriba almashish bo‘yicha quyidagi masalalarda qo‘shma seminar va konferensiyalarni tayyorlash va o‘tkazish:

— favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasidagi chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish;

— favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish paytida mahalliy hokimiyatlarning favqulodda vaziyatlarga qarshi chora ko‘rish xizmati harakatlarini muvofiqlashtirish.

20142017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

Chegara oldi hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Favulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

V. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohasida hamkorlik

5.1.

Quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun tadbirlarni muvofiqlashtirish:

oliy ta’lim sohasida tomonlar hamkorligi;

O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘rialoqalarni o‘rnatish va rivojlantirish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Professor-o‘qituvchilar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, katta ilmiy xodim-tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va boshqalar ishtirokida akademik almashish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Toshkent tibbiyot akademiyasida gigiyena yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi

— sog‘liqni saqlash sohasida va epidemiologiya masalalari bo‘yicha tomonlarning o‘zaro sa’y-harakatlari;

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishni tashkil etish sohasida hamkorlik.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Maxsus tibbiy yordamni tashkil etish sohasida hamkorlik.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Epidemiologiya sohasida ma’lumot va tajriba almashish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazish, olim, aspirant va talabalar almashinuvi;

Fan va ta’lim sohalaridagi dolzarb mavzularga, ikki davlat tarixi, madaniyati va san’atining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sanalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konerensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarida qatnashish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha yosh olimlar tajriba orttirishlari uchun amaliyotlarni tashkil qilish, qo‘shma konferensiya va seminarlar o‘tkazish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi va Turkmanistonda chop etiladigan ilmiy to‘plamlarda ilmiy maqolalar va qo‘shma tadqiqotlarning natijalarini chop etish.

2013 — 2017-yillar

Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2011-yil 5-mayda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida ilmiy-texnologik hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim doirasida tadqiqot loyihalarini hissali moliyalashtirish orqali qo‘shma tanlovni tashkil qilish va o‘tkazish.

2013-2014
yillar

Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni mvofiqlashtirish qo‘mitasi

madaniyat va san’at, sport.

Turkman madaniyat va san’at arboblarining “Sharq taronalari” (“Melodii Vostoka”) Xalqaro musiqiy festivalida qatnashishi.

2013 — 2017-yillar

tegishli vazirlik va idoralar

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Ikki davlat hududlarida bo‘lib o‘tadigan madaniyat va san’at sohasidagi xalqaro tadbirlar, hamda sport musobaqalari va turli bellashuvlarda ikki davlat vakillarining qatnashishlarini tashkillashtirish va ularga ko‘maklashish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Madaniyat vazirligi, Sport bo‘yicha Turkmaniston davlat qo‘mitasi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi