O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 921-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil 27-dekabrdagi 14n-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 921-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini belgilaydi.
yo‘lovchi — havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim bo‘lgan shaxs;
havo kemasi ekipaji — havo kemasi komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar.
2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining tashuvchilari tomonidan tashiladigan barcha yo‘lovchilar uchun majburiydir.
3. Havo kemasi (bundan buyon matnda HK deb yuritiladi) ichida yo‘lovchi quyidagilarni bajarishga majburdir:
mazkur Qoidalarni, HK komandirining yoki ekipaj a’zosining havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va HK ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulk but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish tartibi va imkoniyatini ta’minlashga doir farmoyishlarini bajarishga;
HK sahnida uchish taloniga, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida HK ekipaji a’zolarining ko‘rsatmasiga muvofiq joylashishga;
“Kamarlarni taqish” tablosi yoqilishi bilan xavfsizlik kamarini taqishga va u o‘chmaguncha yechmaslikka.
giyohvand moddalarni, tamaki mahsulotlarini (nosvoy va boshqalarni ham) iste’mol qilishi, shuningdek elektron sigaretlardan foydalanishi;
tashuvchi tomonidan iste’mol qilish uchun taklif qilingan belgilangan me’yordan tashqari, shuningdek boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan sotib olingan alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishi;
HK ekipaji a’zolarining xizmat vazifalarini bajarishlarida ularga to‘sqinlik qilishi yoki ularning ishlariga aralashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
HKning yurish, ko‘tarilish, va qo‘nish vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalanishi, jumladan HK bortida turib fotosuratga va video tasvirga olishi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2016-yil 8-yanvardagi 67-N-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2416-1, 12.01.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 2-son, 17-modda)
HKning mol-mulkini (pledlar, yostiqlar, idish-tovoqlar, oshxona jihozlari, elektron vositalar, qutqarish nimchalari va boshqalarni) olib ketishi va shikastlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
5. HK ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan yoxud shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa, u bilan tuzilgan tashish shartnomasi tashuvchi tomonidan tashish yo‘nalishining istalgan manzilida bekor qilinishi mumkin.
6. Yo‘lovchi HK ekipaji a’zolaridan tashish shartnomasi shartlarida belgilangan xizmatlarning ko‘rsatilishini talab qilishga haqlidir.
7. Yo‘lovchi jamoat tartibini buzayotgan, o‘zini yoki boshqa shaxslarni zaruriyatsiz bezovta qilayotgan hamda sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, mol-mulkiga yoki sog‘lig‘iga yoxud hayotiga tahdid tug‘dirayotgan yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatish talabi bilan HK ekipaji a’zolariga murojaat qilish, shuningdek xuddi shunday harakatlar qilayotgan HK ekipaji a’zolari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.