17.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2413
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining qarori, 17.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2413
Кучга кириш санаси
27.01.2013
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) o‘quvchilariga (bundan buyon matnda o‘quvchilar deb yuritiladi) akademik ta’til berish tartibini belgilaydi.
5. Salomatligini tiklash maqsadida o‘quvchiga akademik ta’tilning berilishi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan Ta’lim muassasalari o‘quvchilariga tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha akademik ta’til berishga oid kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)