Keyingi yillarda respublika shaharlari va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirishga, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini zamonaviy shaharsozlik me’yorlari va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish borasida ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shaharlar, viloyat va tuman markazlarini, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini, shu jumladan obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy maxsus transport va mexanizatsiya vositalari bilan jihozlash hisobiga, obodonlashtirish tubdan yaxshilandi. Ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bir qancha chora-tadbirlar ko‘rildi.
Shu bilan birga respublika shaharlari va tumanlarida obodonlashtirish bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishga yagona yondashuv mavjud emas. Obodonlashtirish bo‘linmalari turlicha tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko‘rsatadi, turlicha boshqaruv tuzilmalariga ega. Natijada aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish samaradorligi pasayib ketmoqda.
Respublika shaharlari va tumanlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek mahalliy budjetlar xarajatlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublika shaharlari va tumanlaridagi obodonlashtirish masalalari bo‘yicha tashkilotlarni (bo‘linmalarni) qayta tashkil etish va ularning negizida obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Shaharsozlik hamda sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin. Ularning asosiy vazifalariga shu jumladan quyidagilar kiradi:
ko‘chalar, skverlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa ko‘kalamzor zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
yo‘l-ko‘prik xo‘jaligini (ko‘chalar, yo‘laklar qatnov qismining yo‘l qoplamasi, bekat ko‘tarmalari, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport chorrahalari va yo‘l o‘tkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash;
drenaj xo‘jaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sun’iy havzalar, yer osti va yomg‘ir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;
nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya bo‘limlariga olib kelish;
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya me’yorlariga, sanitariya, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga hamda boshqa me’yorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 632-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
shaharlar va tumanlarni obodonlashtirish boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
viloyatlarga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar tumanlari obodonlashtirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Poytaxtni obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarori bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi, apparati tuzilishi va u to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
faoliyat ko‘rsatib turgan obodonlashtirish tashkilotlarini (bo‘linmalarni) qayta tashkil etishni hamda ularning negizida shaharlar va tumanlarda ushbu qarorga 2 — 4-ilovalarda nazarda tutilgan namunaviy tuzilmalarga muvofiq obodonlashtirishning tegishli boshqarmalari tashkil etilishini;
Shaharlar va tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalari to‘g‘risidagi ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida obodonlashtirish boshqarmalari haqidagi nizomlar tasdiqlanishini;
obodonlashtirish boshqarmalariga joy ajratilishini va zarur hollarda ularni ma’muriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirishni;
obodonlashtirish boshqarmalarini malakali mutaxassislar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan butlashni ta’minlasinlar.
5. Shaharlar va tumanlarda obodonlashtirish boshqarmalarini qayta tuzish va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 5-ilovaga* muvofiq ishchi guruh tashkil etilsin.
Ishchi guruh (N.M.Xanov) ushbu qarorni amalga oshirish yuzasidan joylarda davlat hokimiyati organlari ishi muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, ularga zarur metodik yordam ko‘rsatsin va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Namunaviy nizom viloyatlar markazlari bo‘lgan shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti), viloyatga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda Obodonlashtirish boshqarmasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Obodonlashtirish boshqarmasi mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga binoan tashkil etiladi, viloyatlarga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlar va tumanlar hokimliklarining budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasasi va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Obodonlashtirish boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat, tuman va shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Obodonlashtirish boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, shtamplar va blankga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamiga ega bo‘ladi.
4. Shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarni, shu jumladan quyidagi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish Obodonlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ko‘chalar, skverlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa ko‘kalamzor zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
yo‘l-ko‘prik xo‘jaligini (ko‘chalar, yo‘laklar qatnov qismining yo‘l qoplamasi, bekat ko‘tarmalari, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport chorrahalari va yo‘l o‘tkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash;
drenaj xo‘jaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sun’iy havzalar, yer osti va yomg‘ir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;
nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya bo‘limlariga olib kelish;
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya me’yorlariga, sanitariya, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga hamda boshqa me’yorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 632-modda)
5. Obodonlashtirish boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
yashil dov-daraxtlarni parvarish qilish (daraxtlar va butalarga shakl berish, yashil dov-daraxtlarni sug‘orish, o‘simliklar novdalariga suv purkash, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, begona o‘tlarga qarshi kurashish, o‘simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy va biologik himoya qilish hamda boshqa agrotexnika tadbirlari va ishlarini amalga oshirish);
obodonlashtirish obyektlarining texnik holatini har yili ko‘zdan kechirish va baholash, ularning natijalari bo‘yicha kamchiliklar dalolatnomalarini hamda mukammal va joriy ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlarini tuzish;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlashni amalga oshirish yuzasidan pudrat shartnomalari tuzish;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq o‘z kuchlari bilan hamda ixtisoslashgan pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladigan obodonlashtirish obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlashning bajarilishi yuzasidan nazoratni va texnik nazoratni amalga oshirish;
obodonlashtirish obyektlarining muddatidan oldin eskirishi va buzilishining oldini olish hamda ularni ish holatida saqlash bo‘yicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
bayramlarga, madaniy va siyosiy tadbirlarga, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalarning kelishiga tayyorlash davrida shaharlar va tumanlar ko‘chalarini, maydonlarini bezatish;
yoritqichlardagi elektr chiroqlarini, ishdan chiqqan nur taratgichlarni almashtirish, ko‘chalar, yo‘lkalar, hududlarning yoritilganlik darajasini o‘lchash, yoritqichlarni o‘z vaqtida yondirish va o‘chirish, tashqi yoritish elektr tarmoqlarini, uskunalar va inshootlarni ularning soz holatdaligi yuzasidan nazorat qilish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
ko‘chalar va boshqa joylarda tutilgan nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus joylar tashkil etish;
odamlar va hayvonlarga jarohat yetkazgan yoxud ularga kutilmaganda xuruj qilgan hayvonlarni keyinchalik karantin qilish uchun davlat veterinariya bo‘limlariga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
hayvonlarning quturishi sodir bo‘lgan taqdirda tegishli davlat veterinariya bo‘limlari bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish, shuningdek nobud bo‘lgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
qabristonlar hududida zarur tartib va tozalikni ta’minlash, fuqarolarga (tashkilotlarga) ularning buyurtmanomalariga binoan dafn etish uchastkalarini bepul taqdim etish, vafot etganlarni qabrlarni qazish norma va qoidalariga rioya etgan holda dafn etish, fuqarolarning qabristonda ko‘rsatiladigan xizmatlarga buyurtmalarini bajarish;
yig‘ishtirish-tozalash (supurish, sug‘orish, yuvish, changlarni, qorlarni, muzlarni yo‘qotish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik tozalash va ko‘chalarni tozalash-yuvish, eskirgan (qurigan), qirqilgan daraxtlar, shox-shabbalar va barglarni yo‘qotish) ishlari kompleksini amalga oshirish;
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish;
Obodonlashtirish boshqarmasi obyektlarida tovar-moddiy boyliklar va elektr energiyasidan oqilona foydalanilishini, unga ajratilgan budjet mablag‘larini sarflashning samaradorligi va oshkoraligini, ularning hisobga olinishini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar topshirilishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
sun’iy inshootlarda ishlarni olib borishga texnik ruxsatnoma berish, shuningdek qurilayotgan sun’iy inshootlar va yer ostidan o‘tadigan umumiy muhandislik kollektorlarining holati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari ko‘rsatish;
obodonlashtirish boshqarmalarining axlatlarni yig‘ish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini santariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 632-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Obodonlashtirish boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Obodonlashtirish boshqarmasiga mahalliy davlat hokimiyati tegishli hududiy organining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Obodonlashtirish boshqarmasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘rinbosarning, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatining alohida bo‘limlari (uchastkalari)ga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarligi darajasini belgilaydi;
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining bajarishi uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
shtatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda, Obodonlashtirish boshqarmasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash fondi, shuningdek Obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlari smetasi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, keyinchalik ularni tegishli moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazadi;
xodimlarni belgilangan tartibda ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi, mehnat shartnomalariga (kontraktlariga) o‘zgartirishlar kiritadi va ularni to‘xtatadi;
Obodonlashtirish boshqarmasi nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi va uning manfaatlarini himoya qiladi, o‘z vakolati doirasida shartnomalar tuzadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Boshliq o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Obodonlashtirish boshqarmasi manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarga pul mablag‘larining o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakati (harakatsizligi) bilan Obodonlashtirish boshqarmasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan Obodonlashtirish boshqarmasiga berilgan mol-mulk yo‘qolganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, har yili mahalliy budjetlar parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar;
vaqtinchalik foydalanilmayotgan binolar va davlatning boshqa mol-mulkini o‘zga tashkilotlarga ijaraga berishdan;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan xayriya yordamidan olinadigan qo‘shimcha daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
10. Budjet mablag‘larini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Obodonlashtirish boshqarmasining bo‘limlari (uchastkalari) bo‘yicha taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining funksional klassifikatsiyasiga muvofiq, tasdiqlangan mahalliy budjet parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
11. Hisobga olishni, statistik va moliyaviy hisobotlarni yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Obodonlashtirish boshqarmasi hisobot davri tugagandan keyin vakolatli organlarga ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini nazorat qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Obodonlashtirish boshqarmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 440-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 632-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.