LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sud qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda – Sud departamenti) faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, sud ijrochilarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Bajarilayotgan ishlarning murakkabligi, hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda birinchi, ikkinchi va uchinchi toifadagi sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlarini o‘z ichiga olgan sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlarini toifalashtirish tizimi joriy etilsin.
birinchi toifadagi sud ijrochilarining bo‘limlariga shahar bo‘limlari, shuningdek ijro hujjatlarining o‘rtacha yillik hajmi 15 mingtadan ortiq, 250 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan hududga xizmat ko‘rsatuvchi sud ijrochilarining tuman bo‘limlari kiradi;
ikkinchi toifadagi sud ijrochilari bo‘limlariga ijro hujjatlarining o‘rtacha yillik hajmi 8 mingtadan ortiq hamda 100 mingdan 250 minggacha aholisi bo‘lgan hududga xizmat ko‘rsatuvchi sud ijrochilarining tuman bo‘limlari kiradi;
birinchi toifadagi tuman (shahar) bo‘limlari sud ijrochilarining mehnatiga haq to‘lash tarif razryadi 2 tarif razryadiga, ikkinchi toifadagi bo‘limlarda – 1 tarif razryadiga 2-ilovaga muvofiq oshirilsin;
ijro hujjatlari bo‘yicha undirilayotgan mablag‘larning davlat daromadiga qaytarilishi bo‘yicha ish samaradorligi uchun sud ijrochilarining lavozim maoshiga oylik ustama haqi miqdorlari 3-ilovaga muvofiq o‘rnatilsin.
Belgilansinki, sud ijrochilariga ish samaradorligi uchun ustama haqini to‘lash Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
nisbatan ish hajmi kamroq bo‘lgan tumanlardan 160 nafar sud ijrochisi lavozimlarini katta hajmdagi ijro ish yuritishlar mavjud bo‘lgan tumanlarga o‘tkazish orqali sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari sonini qayta taqsimlash to‘g‘risidagi;
bir-birini takrorlovchi va ortiqcha 28 nafar lavozimlarni qisqartirish hamda bo‘shagan shtat birliklarini Sud departamentining hududiy (viloyat) boshqarmalarida tashkiliy nazorat ishi va ish yurituvni mustahkamlashga yo‘naltirish yo‘li bilan markaziy apparat va hududiy (viloyat) boshqarmalar xodimlari sonini optimallashtirish to‘g‘risidagi;
sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari tuzilmasiga 1 nafardan ish yurituvchi-kotib, Sud departamentining hududiy (viloyat) boshqarmalarida 1 nafardan arxivarius lavozimini kiritish orqali Sud departamentining quyi bo‘linmalarini mustahkamlash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Belgilansinki, arxivarius va ish yurituvchi-kotib lavozimlarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
4. Sud departamentiga qonun hujjatlariga muvofiq uning vakolatiga kiruvchi ishlar bo‘yicha surishtiruvni amalga oshirish vazifasi yuklatilishi munosabati bilan:
Sud departamenti markaziy apparatida – 3 nafar boshqaruv xodimidan iborat surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘limi;
Sud departamentining hududiy (viloyat) boshqarmalarida – har birida 3 nafargacha surishtiruvchilardan, jami 34 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat surishtiruv sektorlari tashkil etilsin.
Belgilansinki, Sud departamentining surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘yicha tashkil etilayotgan bo‘linmalari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga, shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga doir jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv olib borish;
ijro hujjatlari talablarini ijro etmaslik va ijro ish yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni aniqlash, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatni tizimli tahlil etishni tashkillashtirish, shuningdek ma’muriy ish yurituv, ma’muriy huquqbuzarliklarni hisobga olish va statistikasini yuritishning yagona amaliyotini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek profilaktika qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
5. Sud ijrochilarining faoliyatida kompyuter, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida:
Sud departamenti markaziy apparatida – 3 nafar boshqaruv xodimidan iborat axborot ta’minoti va mol-mulkni qidiruv bo‘limi;
Sud departamentining hududiy (viloyat) boshqarmalarida – har birida 3 nafargacha xodimdan, jami 42 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat axborot ta’minoti va mol-mulkni qidiruv sektorlari tashkil etilsin.
Belgilansinki, Sud departamentining axborot ta’minoti va mol-mulkni qidiruv bo‘yicha tashkil etilayotgan bo‘linmalari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
ijro hujjatlarining elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, ular hisobini yuritishning hamda sud qarorlari, qonun hujjatlarida belgilangan organlarning hujjatlarini ijro etish muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;
qarzdorlarning mol-mulkini qidirishda, ijro ish yuritishning boshqa vazifalarini bajarishda banklar, davlat soliq xizmati organlari, “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi organlari, boshqa moliya-kredit tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar bilan elektron ma’lumot almashinuvni tashkillashtirish;
umumiy yurisdiksiya sudlari, xo‘jalik sudlari, ijro hujjatlarini bergan boshqa organlar bilan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining tezkor va o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan o‘zaro elektron, axborot-kommunikatsiya hamkorlikni amalga oshirish;
sud ijrochilariga qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi ustidan nazorat qilishni va tizimli monitoringini amalga oshirishni tashkil etishga axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalarni joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlari bilan o‘zaro elektron axborot hamkorlikni amalga oshirishda qarzdorlarning shaxsiy ma’lumotlarining sir tutilishini ta’minlash; shuningdek Sud departamentining Yagona axborot-kompyuter tarmog‘iga samarali xizmat ko‘rsatish va texnik qo‘llab quvvatlash hamda xavfsizligini ta’minlash.
6. Sud departamentining yangi tuzilmasi, Sud departamenti hududiy (viloyat) boshqarmalarining, sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 4 — 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Sud departamentining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1352 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 44 nafar etib belgilansin, bunda qo‘shimcha 82 nafar boshqaruv xodimi lavozimlari ajratilishi nazarda tutilsin.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Sud departamenti shtat xodimlarining o‘rnatilgan cheklangan soni doirasida Sud departamenti, uning hududiy (viloyat) boshqarmalari, sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralar, tijorat banklari qarzdorlarning mol-mulkini qidirishda sud ijrochilari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda belgilangan tartibda o‘zaro tezkor hamkorlikni ta’minlasin.
Adliya vazirligi bilan birgalikda Sud departamenti va uning hududiy (viloyat) boshqarmalari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga mazkur qaror talablariga muvofiq o‘zgartirishlar kiritsin;
mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarning Davlat budjeti parametrlari doirasida moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Sud departamentining surishtiruv vazifasini bajaradigan xodimlarini Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida tizimli ravishda tayyorlanishi va qayta tayyorlanishini ta’minlasin, bunda Sud departamenti bo‘linmalariga yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlarga alohida e’tibor qaratsin;
bir oy muddatda sud ijrochilarining formali kiyim-bosh namunalari hamda Sud departamenti maxsus avtotransport vositalari bo‘yoqlarining rangli grafik sxemalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 83 va 90-moddalari talablarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
10. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
№ | Hududlar | Sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari | ||
1-toifa | 2-toifa | 3-toifa | ||
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Nukus shahri | Qo‘ng‘irot tumani Chimboy tumani Ellikqal’a tumani Xo‘jayli tumani | Taxiatosh shahri To‘rtko‘l tumani Beruniy tumani Amudaryo tumani Kegeyli tumani Shumanoy tumani Qorauzyak tumani Taxtako‘pir tumani Nukus tumani Qonliko‘l tumani Mo‘ynoq tumani |
2. | Andijon viloyati | Andijon shahri Asaka tumani | Andijon tumani Jalaquduq tumani Izboskan tumani Qo‘rg‘ontepa tumani Baliqchi tumani Shahrixon tumani Marhamat tumani Oltinko‘l tumani | Xo‘jaobod tumani Buloqboshi tumani Bo‘z tumani Paxtaobod tumani Ulug‘nor tumani Xonobod shahri |
3. | Buxoro viloyati | Buxoro shahri G‘ijduvon tumani | Romitan tumani Peshku tumani Jondor tumani Vobkent tumani Qorako‘l tumani Shofirkon tumani | Buxoro tumani Qorovulbozor tumani Olot tumani Kogon tumani Kogon shahri |
4. | Jizzax viloyati | Jizzax shahri | Jizzax tumani Zomin tumani | Arnasoy tumani Baxmal tumani G‘allaorol tumani Do‘stlik tumani Zarbdor tumani Zafarobod tumani Paxtakor tumani Mirzacho‘l tumani Forish tumani Yangiobod tumani |
5. | Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahri Shahrisabz tumani Chiroqchi tumani | Qarshi tumani G‘uzor tumani Koson tumani Nishon tumani Yakkabog‘ tumani Qamashi tumani Kitob tumani Kasbi tumani | Dehqonobod tumani Muborak tumani Mirishkor tumani |
6. | Navoiy viloyati | Navoiy shahri Zarafshon shahri | Karmana tumani Qiziltepa tumani Xatirchi tumani | Navbahor tumani Konimex tumani Nurota tumani Uchquduq tumani Tomdi tumani |
7. | Namangan viloyati | Namangan shahri | To‘raqo‘rg‘on tumani Namangan tumani Mingbuloq tumani Chust tumani Yangiqo‘rg‘on tumani Norin tumani Pop tumani Uchqo‘rg‘on tumani Chortoq tumani Uychi tumani | Kosonsoy tumani |
8. | Samarqand viloyati | Samarqand shahri Kattaqo‘rg‘on shahri Pastdarg‘om tumani Samarqand tumani Urgut tumani | Kattaqo‘rg‘on tumani Oqdaryo tumani Bulung‘ur tumani Jomboy tumani Payariq tumani Ishtixon tumani Paxtachi tumani | Tayloq tumani Narpay tumani Nurobod tumani Qo‘shrobod tumani |
9. | Sirdaryo viloyati | Guliston shahri | Sirdaryo tumani Boyovut tumani | Yangiyer shahri Mirzaobod tumani Xovos tumani Sayxunobod tumani Guliston tumani Oq oltin tumani Sardoba tumani Shirin shahri |
10. | Surxondaryo viloyati | Termiz shahri | Denov tumani Qiziriq tumani Sherobod tumani Sho‘rchi tumani | Angor tumani Boysun tumani Jarqo‘rg‘on tumani Muzrobod tumani Oltinsoy tumani Sariosiyo tumani Uzun tumani Termiz tumani Qumqo‘rg‘on tumani |
11. | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona shahri Qo‘qon shahri Marg‘ilon shahri Quvasoy shahri | Bag‘dod tumani Buvayda tumani Beshariq tumani Dang‘ara tumani Quva tumani Toshloq tumani Rishton tumani Oltiariq tumani Uchko‘prik tumani Farg‘ona tumani Qo‘shtepa tumani O‘zbekiston tumani | Yozyovon tumani So‘x tumani Furqat tumani |
12. | Xorazm viloyati | Urganch shahri | Gurlan tumani Qo‘shko‘pir tumani Urganch tumani Xazorasp tumani Xonqa tumani Xiva tumani | Bog‘ot tumani Shovot tumani Yangiariq tumani Yangibozor tumani |
13. | Toshkent viloyati | Angren shahri Chirchiq shahri Olmaliq shahri Bekobod shahri Zangiota tumani | Qibray tumani Yangiyo‘l tumani Bo‘stonliq tumani O‘rtachirchiq tumani Ohangaron tumani Bo‘ka tumani Chinoz tumani Yuqorichirchiq tumani Bekobod tumani | Quyichirchiq tumani Oqqo‘rg‘on tumani Piskent tumani Parkent tumani |
14. | Toshkent shahri | Uchtepa tumani Mirzo Ulug‘bek tumani Mirobod tumani Olmazor tumani Sirg‘ali tumani Shayxontohur tumani Xamza tumani Chilonzor tumani Yunusobod tumani Yakkasaroy tumani Bektemir tumani | - | - |
Jami | 40 | 81 | 73 |
Keyingi tahrirga qarang.
Lavozim nomi | Mehnatga haq to‘lashning YaTS bo‘yicha razryadlari | ||
1-toifa | 2-toifa | 3-toifa | |
Bo‘lim boshlig‘i — katta sud ijrochisi | 11 | 10 | 9 |
Sud ijrochisi | 10 | 9 | 8 |
Budjetga undiruv | Lavozim maoshlariga ustama haq miqdori | ||
1-toifa bo‘limlarda | 2-toifa bo‘limlarda | 3-toifa bo‘limlarda | |
70 dan 80 foizgacha | 30 | 25 | 20 |
80 dan 90 foizgacha | 35 | 30 | 25 |
90 foizdan yuqori | 40 | 35 | 30 |
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 31-avgustdagi PQ–458-son qarorida:
2) 7-bandning ikkinchi xatboshidan “baholovchilarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini joriy etishni, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizomda:
“Sud departamenti faoliyatiga aralashish, shuningdek ijro hujjatining qonuniy ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida Sud departamenti organiga yoki sud ijrochisiga har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sud departamentining faoliyatini muvofiqlashtirish va me’yoriy-uslubiy ta’minlash yo‘li bilan Sud departamenti faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Sud departamenti faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
“Sud departamenti Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan o‘rnatilgan boshqaruv xodimlari sonining 10 foizigacha bo‘lgan doirada qo‘shimcha boshqaruv xodimlarini ta’minlashga haqli”;
“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan vakolat doirasida va tartibda surishtiruv va ma’muriy amaliyotni yuritadi”;
“sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda ko‘rsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
qonunga muvofiq Sud departamenti organlari vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha surishtiruvni amalga oshiradi;
to‘rtinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“10. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish jarayonida Sud departamentining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan o‘tkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga, shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish;
o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, o‘zga shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish;
o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, sud ajrimi asosida o‘zga shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish;
qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qo‘yish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari hamda o‘zga qimmatliklarini xatlash;
qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari bo‘yicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qo‘yish;
olib qo‘yilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transportidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos bo‘lgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik bo‘lgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni so‘rab murojaat etish;
qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan ijro usuli va tartibini o‘zgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilish;
ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan qarzdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
mol-mulkni baholash uchun baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan shaxsni jalb etish;
qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash.
Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin”;
“Sud departamentining direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi hisoblanadi”;
z) 15-bandning uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Hududiy boshqarmalarning boshliqlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari hisoblanadi.
Sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limalariga bo‘lim boshlig‘i – katta sud ijrochisi rahbarlik qiladi.
Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“71) zarurat bo‘lganda, Sud departamenti faoliyatining ayrim sohalari bo‘yicha hamda Sud departamenti faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha Sud departamenti direktori huzuridagi muvaqqat yoki doimiy maslahat, ilmiy-maslahat, ishchi kengashlar va boshqa kollegial organlarni tashkil etadi;
72) O‘zbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi sifatida protsessual vakolatlarni amalga oshiradi”;
“O‘zbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek Sud departamenti markaziy apparati surishtiruv bo‘linmasining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga muvofiq Sud departamenti organlari rahbarlari sifatida funksional majburiyatlariga ko‘ra surishtiruv organining boshlig‘i vazifasini bajaradilar”;
“Sud departamenti xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan xizmatni o‘tash, rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi o‘rnatiladi.
Sud departamentining martaba darajasiga ega bo‘lgan xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi formali kiyim-bosh va farqlash belgilarini kiyadilar.
Formali kiyim-bosh buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
“Sud departamenti organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Sud departamentiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, bo‘yoqlarning rangli grafik sxemalariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi. Xizmat avtotransporti, shu jumladan maxsus avtotransport, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlash me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
5) 7-ilovada (Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “ko‘chmas mulkni” so‘zlaridan keyin “shu jumladan, (jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi obyekti hisoblanadigan) yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektni” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “ko‘chmas mulk” so‘zlaridan keyin “shu jumladan yer uchastkasi, qurilishi tugallanmagan obyekt” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
“Undiruvni ko‘chmas mulkka, shu jumladan mulk huquqi asosida qarzdorga tegishli bo‘lgan yer uchastkasi, qurilishi tugallanmagan obyektga qaratilgan taqdirda, qarzdorning mazkur mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda tegishli hujjatlar baholash uchun baholovchi tashkilotga yuboriladi. Qarzdorga tegishli va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini, keyinchalik undiruvni unga qaratish maqsadida, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sud ijrochisi “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi organiga murojaat qilishga haqli. Bunda, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi sud ijrochisining yozma topshirig‘iga qarzdorning mazkur ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Qarzdorning huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiradi”;
“Avtomototransport vositalari, ko‘chmas mulk va qurilishi tugallanmagan obyektni baholashni ularni ko‘zdan kechirish bilan bir vaqtda o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi”;
d) 9-bandning birinchi gapidagi “hujjatlarning” so‘zi “hujjatlarning, yer uchastkasi davlat daromadiga o‘tkazilgan taqdirda – shuningdek yer uchastkasi plani ilova qilingan holda Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderining yoki Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxalarining ham” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “hamda qurilish bo‘yicha buyurtmachining ta’sis hujjatlari” so‘zlari “qurilayotgan uy-joyni sotishda esa – mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 17-bandning ikkinchi xatboshidan “auksion o‘tkazish shartlari o‘zgartirilmagan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Yer uchastkasini sotish bo‘yicha auksionda ishtirok etish uchun jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti nusxasini, yuridik shaxslar esa yurdik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani qo‘shimcha ravishda taqdim etadilar”;
“28. Agar auksion o‘tkazilmagan deb topilishi munosabati bilan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk auksion savdolarida sotilmagan taqdirda, ushbu Nizomning 26-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra auksion o‘tkazilmagan deb topilishi bundan mustasno, savdo tashkilotchisi avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkning narxini arzonlashtirish yoki ularni qaytarish masalasini hal etish uchun sud ijrochisiga xabarnoma yuboradi.
29. Sud ijrochisi xabarnomani olgandan keyin uch kundan kechiktirmay avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulkning narxini arzonlashtirish yoxud ularni qaytarish masalasini hal qiladi:
davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk narxining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha;
avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk narxining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha.
Arzonlashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi, shundan so‘ng arzonlashtirilgan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk takroriy auksionga qo‘yiladi.
Garovga qo‘yilgan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha mazkur mol-mulkni auksion savdolarida sotishda, shuningdek ushbu Nizomning 26-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra dastlabki auksion o‘tkazilmagan deb e’lon qilinganda, avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk arzonlashtirilmaydi va birinchi baholangan narx bo‘yicha takroriy auksionga qo‘yiladi.
30. Avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk takroriy auksion savdolarida sotilmagan taqdirda, u ushbu Nizomning 29-bandiga muvofiq arzonlashtirilgan narxda sud ijrochisi tomonidan undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qaratilgan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk esa sotilgunga qadar ushbu Nizomda belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va takroriy auksion savdolarida qo‘yilishi lozim. Garovga qo‘yilgan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk sotilmagan taqdirda, sud ijrochisi garovga oluvchiga mol-mulkni takroriy auksion savdolaridagi boshlang‘ich sotish narxidan 10 foizga kamaytirilgan summada o‘zida qoldirishni taklif qiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“a1) korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini tugatish tartiboti doirasida ta’minlaydi”;
2) 17-bandning “b” kichik bandi “shu jumladan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3) 18-banddagi “statistika organlarini” so‘zlaridan keyin “sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limini” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
“191. Sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazgan organning bildirishnomasini olgan kundan keyin o‘n kundan kechiktirmay ish yurituvida tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatining mavjudligini belgilangan tartibda aniqlashtiradi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lsa, sud ijrochisi u bo‘yicha ijro ishi yuritishni qonunda belgilangan tartibda tamomlaydi va tugatish tartiboti doirasida ijro etish uchun tugatuvchiga yuboradi”;
5) 21-banddagi “natijalarini” so‘zidan keyin “shuningdek tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
6) 30-bandning ikkinchi xatboshidagi “tugallangandan” so‘zidan keyin “shuningdek korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
“31. Tugatish balansi korxonaning muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Ayni paytda, tugatuvchi tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Sud departamenti hududiy boshqarmasiga so‘rov yuboradi.
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishi shart. Sud departamentining hududiy boshqarmasi, korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqida tugatuvchiga uch ish kuni mobaynida yozma javob berishi shart”;
8) 32-banddagi “olingandan” so‘zidan keyin “shuningdek ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi olingandan” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
“tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi”;
“Ayni paytda, tugatuvchi tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Sud departamenti hududiy boshqarmasiga so‘rov yuboradi. Bunda, Sud departamenti hududiy boshqarmasi tugatuvchidan so‘rovni olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yozma javob yuboradi”;
11) 43-bandning “b” kichik bandi “shu jumladan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
13) 49-bandning uchinchi xatboshi “shu jumladan ijro hujjati bo‘yicha bajarilmagan talablar mavjud bo‘lganda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
14) 1-ilovada (Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish sxemasi):
uchinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “xatlovdan o‘tkazish” so‘zlaridan keyin “shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
beshinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “statistika organlarini xabardor qilish” so‘zlari quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin:
oltinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “natijalarini” so‘zlaridan keyin “shuningdek ijro hujjatlari reyestrini” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
to‘qqizinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “taqdim etish” so‘zlaridan keyin “Sud departamenti organiga ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan so‘rov yuborish” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
o‘n birinchi bosqichning “Mexanizm” ustuni quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi”;
15) 2-ilovada (Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish sxemasi):
ikkinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini taqdim etish” so‘zlaridan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shib qo‘yilsin:
uchinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “xatlovdan o‘tkazish” so‘zlaridan keyin “shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
“ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarorida:
1) 1-ilovaning (Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 13-bandi ikkinchi xatboshidagi “mablag‘larining” so‘zlaridan keyin “va Sud departamenti organlari tomonidan Jamg‘armaga undirilayotgan boshqa mablag‘larning” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda) 4-bandi o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizomning 2-bandi oltinchi va yettinchi xatboshida ko‘rsatilgan manbalar bo‘yicha Sud departamenti organlari tomonidan undirilgan mablag‘larning bir qismi bilan bir qatorda, Jamg‘armaga kelib tushgan ijro yig‘imlari, sud ijrochilari tomonidan undirilgan jarima summalari, shuningdek birjalar, baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari va o‘zga shaxslar tomonidan mol-mulkni baholash yoki sotishda zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarni bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) uchun jarima va penyalar Sud departamentining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud ijrochilarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek sud ijrochilari faoliyatini va majburiy ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorining 24a-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Lavozim nomlanishi | Tuman (shahar) toifalari bo‘yicha razryadlar | |||
1-toifa | 2-toifa | 3-toifa | ||
Bo‘lim boshlig‘i – katta sud ijrochisi | 11 | 10 | 9 | |
Sud ijrochisi | 10 | 9 | 8 | ”. |