O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
tovarlarni deklaratsiyalash mexanizmini joriy etish ularning amalda bojxona hududiga olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki deklaratsiya taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining, ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar va idoralarning yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda 2013-yil 1-yanvardan boshlab eksport operatsiyalarini bojxonada “on-layn” rejimida rasmiylashtirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sanitariya-epidemiologik xulosaga mos keladigan tovarlar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-maydagi 392-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son)
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasi taqdim etish tartibini;
import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasi taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobillarda xalqaro yuk tashishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy hujjatlar ro‘yxati 3-bandining “g” kichik bandi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi “va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish bo‘limlarida — hujjatlar topshirilgan kundan tashqari ikki ish kunida amalga oshiriladi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“xo‘jalik yurituvchi subyektlarning import operatsiyalarini Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat va monitoring qilish Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.”;
19-banddagi “import kontraktlari import qiluvchi korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish bo‘limlarida hisobga qo‘yilgandan keyin” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“22. Import qiluvchi korxonaning xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lov amalga oshirilgan bitta xorijiy sherik bilan import qiluvchi korxona tomonidan tuzilgan ikkita va undan ortiq import kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.”;
— fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq da’vo muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari korxona daromadlariga ko‘chirilganda;
— kontraktlar bo‘yicha yig‘majildlar boshqa vakolatli banklarga o‘tkazilganda — yig‘majildlarni qabul qilish-o‘tkazish dalolatnomasi asosida;
2) kontrakt bankda hisobga qo‘yilgan sanadan boshlab bir yil o‘tgach, agar ushbu muddatda to‘lov amalga oshirilmagan va tovar (ish, xizmat) import qilinmagan bo‘lsa;
g) Import kontraktini hisobga olish va uning harakatini nazorat qilish sxemasida (Import operatsiyalari bo‘yicha kontraktlarni hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish to‘g‘risidagi Nizomga ilova):
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshidagi “shuningdek korxonalarning o‘zi ishlab chiqargan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish, sotib olish va ularni olib chiqib ketish tartibida:
“20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan eksport kontraktlari bo‘yicha tovarni olib chiqishda yuklab jo‘natish joyidagi bojxona bo‘linmalariga bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ilovaning nomidagi va 1-banddagi “Import kontraktlarini hisobga qo‘yish va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
13-banddagi “va Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmasining valyuta nazorati bo‘limi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
15-bandning ikkinchi xatboshidagi “bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“16. Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlari vakolatli bank tomonidan TSOga kiritilgan kontrakt ma’lumotlarini bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari bilan taqqoslashi kerak va tafovutlar bo‘lmagan taqdirda bojxona yuk deklaratsiyasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi”;
Sxemadagi “Vakolatli bank. Hisobga qo‘yish va 2 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda axborotni TSOga kiritish” bloklari “Vakolatli bank. Hisobga qo‘yish va 8 ish soati mobaynida axborotni TSOga kiritish” bloklari bilan almashtirilsin;
Sxemadagi “Hududiy bojxona boshqarmasi. Hisobga qo‘yish va 2 ish kuni mobaynida axborotni TSOga kiritish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “chet elda korxona ta’sis etgan tashkilotning yoki ushbu Nizomning 6-bandida sanab o‘tilgan boshqa tashkilotlarning tegishli ma’lumotnomasini eksportchi tomonidan taqdim etgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining birja savdolarida tuziladigan eksport-import kontraktlarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 29-maydagi 96-son qaroriga ilova 2-bandining o‘ttiz ikkinchi — o‘ttiz sakkizinchi xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 36-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Chetdan keltirilayotgan texnologik uskunalarni va ularga ehtiyot qismlarni, shuningdek komponentlarni, xomashyo va materiallarni mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonda foydalaniladiganlar toifasiga kiritish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda):
b) 19-banddagi “kontrakt hisobga qo‘yilgan joydagi bojxona organiga va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
10. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlar va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 25–bandi va Nizomga 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 11-bandida: