Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 11.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 208-modda quyidagi mazmundagi 36-band bilan to‘ldirilsin:
2) 217-modda “aholi nomidan oladigan” degan so‘zlardan keyin “shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bo‘linmalari tomonidan olinadigan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 2171-modda chiqarib tashlansin;
4) 324-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-298-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda) 30-moddasining uchinchi qismidagi “belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”