Ushbu Qonun aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
bolalarbop oziq-ovqat mahsulotlari — bolalar organizmining (uch yoshgacha) fiziologik xususiyatlariga javob beradigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlari;
gigiyena sertifikati — oziq-ovqat mahsuloti, texnologiya, uskuna va boshqa jarayonlar amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos ekanligini tasdiqlaydigan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar — oziq-ovqat xomashyosini qayta ishlash yo‘li bilan yoki sun’iy usulda hosil qilingan hamda bevosita ovqat bilan birga iste’mol qilishga yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shishga mo‘ljallangan tabiiy yoxud tabiiyga aynan o‘xshaydigan biologik faol moddalarning konsentratlari;
oziq-ovqatlar — oziq-ovqat xomashyosidan tayyorlangan hamda natural yoki qayta ishlangan holida iste’mol qilinadigan mahsulotlar;
oziq-ovqat mahsuloti — oziq-ovqat xomashyosi, (shu jumladan etil spirti), oziq-ovqatlar (shu jumladan alkogolli ichimliklar) va ularning tarkibiy qismlari, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqatlarga tegib turadigan moddalar, materiallar, yordamchi va qadoqlash materiallari hamda ulardan tayyorlangan buyumlar birga;
oziq-ovqat mahsuloti muomalasi — oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat;
oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilish — oziq-ovqat mahsulotini ma’lum shartlar bilan sotish, yetkazib berish va topshirishning boshqa shakllari;
oziq-ovqat mahsulotining sifati — oziq-ovqat mahsulotining iste’mol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini ta’minlaydigan mezonlar majmui;
oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi — oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga mosligi;
Keyingi tahrirga qarang.
oziq-ovqat xomashyosi — oziq-ovqatlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan o‘simlik, hayvonot, mikrobiologiya, shuningdek minerallar obyektlari, suv;
oziq-ovqatlarni hamda oziq-ovqat xomashyosini taqqoslash — oziq-ovqatlar hamda oziq-ovqat xomashyosi aniq turdagi va nomdagi mahsulotga doir normativ va (yoki) texnikaviy hujjatda belgilab qo‘yilgan muhim mezonlarga mos kelishini aniqlash;
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati) — bu muddat davomida oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashish, realizatsiya qilish chog‘ida xavfsizlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan taqdirda u foydalanishga yaroqli bo‘lib turadi, bu muddat tamom bo‘lganidan keyin esa mahsulot odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lib qolishi mumkin;
oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish — oziq-ovqat xomashyosining hamda oziq-ovqatlarning xossalari va mezonlarini ataylab o‘zgartirish yoki ularni almashtirib qo‘yish;
oziq-ovqat qo‘shimchalari — oziq-ovqatlarga belgilangan xossalarni baxsh etish va (yoki) ularni saqlab qolish maqsadida ataylab qo‘shiladigan tabiiy holdagi yoki sintez qilingan moddalar, birikmalar;
toksikologiya-gigiyena ekspertizasi — oziq-ovqat mahsuloti ustida amalga oshiriladigan bir turkum laboratoriya tadqiqotlari bo‘lib, ular mavjud normalar va qoidalar bilan qiyoslashga mo‘ljallangan bo‘ladi;
qadoqlash materiallari, yordamchi materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar — oziq-ovqat mahsulotini muomala jarayonida tashqi ta’sirlardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan vositalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bosh davlat veterinariya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa organlar (bundan keyin matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda, — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat tomonidan normalash oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish shart-sharoitlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini, davlat standartlarini, texnikaviy shartlarni (bundan keyin matnda normalar va qoidalar deb yuritiladi) belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsuloti hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalar oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar talablariga mosligi baholanganidan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ishlab chiqarilishi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, realizatsiya qilinishi va ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruxsat berilgan oziq-ovqat mahsulotini va uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish gigiyena sertifikati berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2006-yil 6-apreldagi O‘RQ – 31-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 113-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan qayta-qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqatlarni, ovqatga qo‘shiladigan oziq-ovqat qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va biologik faol qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Oziq-ovqat mahsuloti, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo qilishga mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalar ularning normalar va qoidalarga mosligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlanishi lozim.
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxati hamda sertifikatlashdan o‘tkazish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi ushbu Qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan davlat nazorati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida nazorat qilinadi va tekshiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini ta’minlaydilar. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalarga, normativ hamda texnologiya hujjatlari talablariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bajaradigan ishlar va xizmatlarning xususiyatlarini va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi hamda tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishiladi.
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarning talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda ishlarni amalga oshirishni va xizmatlar ko‘rsatishni aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yishlari shart.
Jamoat birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlashga doir normalar va qoidalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishni, oziq-ovqat mollari bilan savdo qilishni, umumiy ovqatlanish tizimini rivojlantirishning respublika va mintaqaviy maqsadli dasturlarini ishlab chiqish chog‘ida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash tadbirlari nazarda tutilmog‘i kerak.
Yuridik va jismoniy shaxslar yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish yoki uni takomillashtirish chog‘ida, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish chog‘ida oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini, yaroqlilik muddatini, sifat ko‘rsatkichlarini va nazorat qilish usullarini asoslab berishlari shart.
Oziq-ovqat mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari, uning xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar majburiy bo‘lib, ushbu mahsulotning normativ hujjatlariga kiritiladi.
Sifati va xavfsizligi muayyan vaqt o‘tganidan keyin o‘zgarishi hamda odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotiga yaroqlilik muddati belgilanadi.
Yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga, yangi texnologiya jarayonlarini, uskunalarni joriy etishga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xomashyosi esa veterinariya ekspertizasidan o‘tkazilganidan hamda mahsulot belgilangan normalar va qoidalarga mosligi haqida davlat sanitariya nazorati organining gigiyena sertifikati yoki xulosasi yoxud veterinariya nazorati organining xulosasi olinganidan va oziq-ovqat mahsuloti davlat reyestriga kiritilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotini yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalar talablariga muvofiq ishlab chiqaradilar.
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan oziq-ovqat xomashyosidan, oziq-ovqat qo‘shimchalardan, qadoqlash va yordamchi materiallardan va ulardan ishlangan buyumlardan, uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va biologik faol qo‘shimchalarni ishlatish taqiqlanadi.
Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotining sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga mos bo‘lishi ushbu Qonun 7-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mahsulotlarning sifati esa sertifikat bilan ham tasdiqlanishi kerak.
Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xomashyosini yetishtirish chog‘ida yem-xashaklar, yem qo‘shimchalari, hayvonlarni parvarishlashda ishlatiladigan veterinariya dori vositalari va preparatlarini qo‘llanishga ular davlat veterinariya nazorati organlari tomonidan davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishgan holda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘simliklardan olinadigan oziq-ovqat xomashyosini yetishtirish chog‘ida zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlarni qo‘llanishiga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonun hujjatlariga muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega bo‘lishi, ularda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
oziq-ovqatni nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
Oziq-ovqatlarni saqlaydigan va tashiydigan yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarga rioya etishlari, oziq-ovqat sifati saqlanishini va xavfsizligini ta’minlashlari shart.
Majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi.
Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda yo‘l qo‘yiladi.
mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lmasa, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa moslik sertifikati bo‘lmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti ushbu Qonunda ko‘rsatilgan normalar va qoidalarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotini yetkazib beruvchi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchining va eksport qiluvchi mamlakat maxsus vakil qilgan organning ushbu mahsulot xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini, tegishli ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lganida esa oziq-ovqat mahsulotining namunalarini taqdim etadi.
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti, texnologiyalar va uskunalar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligining normalar va qoidalariga mosligi davlat nazorati organlari tomonidan bojxona organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti tegishli davlat nazorati organlarining qaroriga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin bo‘lmagan, shuningdek davlat sanitariya va (yoki) veterinariya nazorati organlari tomonidan gigiyena va (yoki) veterinariya ekspertizasi va sertifikatlash sinovlari natijalari bo‘yicha ovqatga ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari uchun egasi tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishib olinadi.
Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash uning egasi tomonidan yoki mahsulot egasi shu ishlarni bajarishni shartnoma bo‘yicha topshiradigan tashkilotlar tomonidan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga davlat hokimiyati mahalliy organlarining, davlat nazorati organlarining, soliq organlarining va jamoatchilikning vakillari kiradi.
Oziq-ovqat mahsuloti hayvonlarga yem sifatida ishlatilgunicha yoki yo‘q qilib tashlagunicha alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari aniq ko‘rsatilgan holda saqlanishi kerak. Bunday mahsulotning but saqlanishi uchun uning egasi javobgar bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo‘q qilib tashlash usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yo‘q qilib tashlash bilan bog‘liq xarajatlarni uning egasi to‘laydi.
Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya va (yoki) veterinariya nazorati organlariga mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yo‘q qilib tashlanganligi haqida dalolatnoma taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.