Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

3. Fuqarolik protsessual kodeksi 237-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, birinchi instansiya sudi murakkab bo‘lmagan masalalarni hal qilish bo‘yicha alohida xona (maslahatxona)ga kirmagan holda ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrimlar, jumladan, uchinchi shaxslar, vakillar, davlat boshqaruv organlarini ishda ishtirok etishga jalb qilish yoki ishga kirishi, prokurorning ishda ishtiroki, guvohlarni chaqirish, boshqa dalillarni chaqirib olish yoki ishga qo‘shish, ishni ko‘rishni keyinga qoldirish yoki davom ettirish, qarshi da’voni qabul qilish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, ishni mazmunan ko‘rish tamom bo‘lganligini e’lon qilish va sud muzokaralariga o‘tish, ishni mazmunan ko‘rishni tiklash masalalari bo‘yicha chiqarilishi mumkin.
arizani harakatsiz qoldirish (FPK 154-moddasi), arizani qabul qilishni rad etish (FPK 153-moddasi),arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish (FPK 151-moddasi), da’voni ta’minlash (FPK 248-moddasi), ishni sudda ko‘rishga tayyorlash (FPK 160-moddasi), dalillarni ta’minlash (FPK 64-moddasi), sud topshiriqlari (FPK 65-moddasi), ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish (FPK 83-moddasi), ekspertiza tayinlash (FPK 84-moddasi), javobgarni qidirish (FPK 140-moddasi), ishni sudda ko‘rishga tayinlash (FPK 161-moddasi), rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik (FPK 29-moddasi), ishni sudning yopiq majlisida ko‘rish (FPK 10-moddasi), ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rish (FPK 224-moddasi), ish yuritishni to‘xtatib turish yoki tiklash (FPK 95, 96-moddalari), jarima solish (FPK 122-moddasi), ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish (FPK 42-moddasi), taraflar, uchinchi shaxs yoki qonuniy vakilni protsessual huquqiy voris bilan almashtirish (FPK 43-moddasi), dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish (FPK 58-moddasi), bir turdagi ishlarni birlashtirish (FPK 156-moddasi), bir necha talabni ajratish (FPK 157-moddasi), ishni sudda ko‘rishni tiklash (FPK 205-moddasi), ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish (FPK 147-moddasi), hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish (FPK 213-moddasi), hal qiluv qarorini tushuntirish (FPK 215-moddasi), hal qiluv qarorini darhol ijro etish (FPK 220-moddasi), hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni bo‘lib — bo‘lib ijro etish, uni ijro usuli va tartibini o‘zgartirish (FPK 216-moddasi), darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash (FPK 222-moddasi), sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish (FPK 232-moddasi), arizani ko‘rmasdan qondirish (FPK 98-moddasi), ish yuritishni tugatish (FPK 100, 101-moddala�i), sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish (FPK 2385-moddasi), sud buyrug‘ini bekor qilish (FPK 23810-moddasi), protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash (FPK 130-moddasi).
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunda FPK 65, 84, 98, 101, 153, 180, 194, 23810, 3098, 30913-moddalarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha chiqariladigan ajrimlar mazmuniga nisbatan qo‘shimcha talablar belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”