18.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2371
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ–843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 18-son, 145-modda) va 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011–2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-dekabrdagi 322-sonli “Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 52-son, 567-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash” (keyingi o‘rinlarda 13-son MBMS deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ–843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) va 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) qarorlariga muvofiq intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlarni baholash sohasida O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatining normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
7. 13-son MBMSni amaliyotda qo‘llashda 13-son MBMSning ilovasida keltirilgan Uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanish lozim.
52. Gudvill qiymatini aniqlashda, gudvill NMA bo‘lib, uni tashkilotdan alohida identifikatsiya qilish va baholash mumkin bo‘lmagan turli omillar ta’siri natijasida vujudga kelishini inobatga olish kerak, shu sababli gudvill O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymati baholash”ga (ro‘yxat raqami 2026, 2009-yil 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 44-son, 475-modda) muvofiq baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalarga
1-ILOVA

Erishilgan natijaning koeffitsiyenti (K1)

T/r

Erishilgan natija

Qiymat
1.NMA (IMO) muayyan mahsulot (texnologik jarayon), retseptura va boshqalar uchun aniqlovchi hisoblanmagan ayrim berilgan ikkilamchi texnik tavsiflarga erishishga imkon beradi.0,5
2.NMA (IMO) hujjatlarda (texnik shartlar, yo‘riqnomalar, pasportlar va h. k.) qayd qilingan ayrim texnik tavsiflarga erishishga imkon beradi. 0,6
3.Hujjatda qayd etilgan aniq mahsulot (texnologik jarayon) uchun aniqlovchi hisoblanuvchi asosiy texnik tavsiflarga erishish.0,7
4.NMA (IMO) hujjatda qayd etilgan mahsulotning (texnologik jarayonining) yangi asosiy texnik tavsiflariga erishishga imkon beradi.0,8
5.NMA (IMO) mashhur o‘xshash turlar orasida yuqori asosiy texnik tavsiflarga ega bo‘lgan yangi mahsulotni (texnologik jarayonni) olishga erishishga imkon beradi0,9
6.NMA (IMO) xalq xo‘jaligida birinchi marta o‘zlashtirilgan va sifatli yangi texnik tavsiflarga ega bo‘lgan yangi mahsulotni (texnologik jarayonni) olishga erishishga imkon beradi.1

Hal qilingan texnik vazifaning murakkablik koeffitsiyenti (K2)

T/r

Texnik vazifani hal qilishning murakkabligi

Qiymat
1.

NMA (IMO) bir oddiy detalning konstruksiyasi bilan bog‘liq birgina oddiy yechimiga, oddiy jarayonning bir parametrining o‘zgarishiga, jarayonning bir operatsiyasiga, bir dasturga, retsepturaning bir ingrediyentiga, asosiy bo‘lmagan uzelning, mexanizmning konstruksiyasiga, asosiy bo‘lmagan parametrlarning, murakkab bo‘lmagan jarayonlarning o‘zgarishiga, retsepturaning asosiy bo‘lmagan ingrediyentlarining o‘zgarishi va hokazolar daxl qiladi.

0,6
2.

NMA (IMO) mashinalar uzellari, mexanizmlari, jarayonlar qismlarining, retseptura va h. k.larning qismlarining, yoki bir necha asosiy uzellar konstruksiyasi, texnologiyaning asosiy jarayonlari hamda retsepturaning (asosiy) qismi va h. k. bilan bog‘liq yechimlarga daxl qiladi.

0,7
3.

NMA (IMO) mashinalar, uskunalar, stanoklar, apparatlar, inshootlar, texnologik jarayonlar, retseptura va h. k.ning konstruksiyasi bilan bog‘liq yechimlarga to‘liq daxl qiladi.

0,8
4.

NMA (IMO) mashina, uskuna, stanok, apparat, murakkab kinematikali inshoot, radioelektron sxemali nazorat apparati konstruksiyasi bilan bog‘liq, kuchli mashinalar, dvigatellar, agregatlar, kompleks texnologik jarayonlar, murakkab retsepturalar, dasturlar majmui va h. k.lar bilan bog‘liq yechimlarga daxl qiladi.

0,9
5.

NMA (IMO) yangi turdagi asbob-uskunalardan, yangi boshqaruv va tartibga solish tizimlaridan, yangi murakkab kompleks texnologik jarayonlaridan, yangi dasturiy majmualardan, alohida murakkablikdagi yangi retsepturadan va boshqalardan iborat bo‘lgan mashinaning, apparatning, avtomatik uzluksiz liniyalarini nazorat qilish murakkab tizimiga ega inshootning konstruksiyasi bilan bog‘liq yechimlarga daxl qiladi.

1,1
6.

NMA (IMO) asosiy tarzda fan va texnikaning yangi bo‘limlariga taalluqli alohida murakkablikdagi konstruksiyalar, texnologik jarayonlar va retsepturalar bilan bog‘liq bo‘lgan yechimlarga daxl qiladi.

1,25

Yangilik koeffitsiyenti (K3)

T/r

Yangilik

Qiymat

1.Baholanayotgan NMA (IMO)ning yangiligi mashhur texnik yechimlar va vositalarni yangi vazifasi bo‘yicha qo‘llashdan iborat.0,5
2.Baholanayotgan NMA (IMO)ning yangiligi berilgan texnik natijani ta’minlovchi, ya’ni prototip bilan taqqoslaganda ajralib turuvchi xususiyatlari mashhur elementlar orasidagi yangi aloqalarga, operatsiyalarning o‘zgacha izchilligiga yoki ingrediyentlarning o‘zgacha �oizli tarkibiga ishora qiluvchi ko‘rsatmalarga ega bo‘lgandagi mashhur texnik yechimlarning yangi majmuidan iborat.0,6
3.NMA (IMO) shunday vazifani hal qiluvchi, lekin hujjatda qayd etilgan ajralib turuvchi o‘ziga xos belgilari bo‘lgan prototipga ega.0,7
4.NMA (IMO) yangi vazifa yoki mashhur vazifa prinsipial tarzda yangi usul (pioner kashfiyot) bilan echiladigan, ya’ni prototipiga ega bo‘lmagan, jiddiy farqlarning majmui bilan tavsiflanadi.0,8
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalarga
2-ILOVA