“KREDIT AXBOROTI ALMAShINUVI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “va garovxonalar” hamda “va garovxonalarni” degan so‘zlar tegishincha “lombardlar va kredit byurolari” hamda “lombardlar va kredit byurolarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisi o‘zbekcha matnidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “va garovxonalar” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) VIII bo‘limning nomidagi “va garovxonalar” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomi va birinchi qismidagi “va garovxonalar” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “banklar” va “garovxonalar” degan so‘zlar tegishincha “banklar, kredit byurolari” va “lombardlar, kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “Banklar” degan so‘zdan keyin “kredit byurolari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin, o‘zbekcha matnidagi “garovxonalarga” degan so‘z esa “lombardlarga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “garovxonalarga” degan so‘z “lombardlar, kredit byurolariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “va garovxonalarning” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “garovxonalarning” degan so‘z “lombardlar va kredit byurolarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “banklarning” degan so‘z “banklar va kredit byurolarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “va garovxonalarga” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshisidagi “va mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar “mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi o‘zbekcha matnidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Banklar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida taqdim etadi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) kredit byurosiga uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi”;
“bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi”;
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda) 6-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“26) soliq to‘lovchilarni hisobga olish ma’lumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisobotlari to‘g‘risidagi axborotni kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi”;
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda) 1-ilovasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi 530-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
“Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish bank sirining buzilishi deb hisoblanmaydi”;
“Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-mayda qabul qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘RQ-33-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 5, 216-modda) 17-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasiga kredit tarixini shakllantirish uchun joylashtiriladi” degan so‘zlar “kredit tarixini shakllantirish uchun Kredit axboroti davlat reyestriga joylashtiriladi hamda kredit byurolariga taqdim etiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
LexUZ sharhi