Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 377-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF–4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 377-modda) qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarining qo‘llanilish tartibini belgilaydi.
1. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-son Ro‘yxatlariga (keyingi o‘rinlarda – Ro‘yxatlar deb yuritiladi) muvofiq ayrim toifadagi fuqarolar ega.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Mazkur Yo‘riqnomaning 8-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishchilarga, shuningdek ishchilarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlanishi uchun aniq bir vaqt yoki mavsum davomida Ro‘yxatlarda ko‘zda tutilgan ishlarda band bo‘lish talab qilingan taqdirda, ularning ushbu ishlarda band bo‘lganligi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim (masalan: 2-son Ro‘yxatning I-qismi “Tog‘-kon ishlari” I-bo‘limi 1-bandi “g” kichik bandiga asosan marksheyderlarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash uchun ular yer osti ishlarida bir yilda (hisobot davrida) ish vaqtining kamida 50 foizi bilan band bo‘lishi lozim. Har qanday holatda ko‘rsatib o‘tilgan ishlarda band bo‘lish tegishli hujjatlar (ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat ta’tili berish haqidagi buyruqlar, ish haqini hisoblash kitoblari, shaxtaga tushish vaqtini hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlar) bilan tasdiqlanishi lozim.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (keyingi o‘rinlarda – Nizom deb yuritiladi) 70-bandiga asosan, xodimlarning ayrim toifalari uchun belgilangan imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini tasdiqlash uchun (masalan: ishlarning qizg‘in uchastkalarida yoki qizg‘in ishlarda bandlik to‘g‘risida, muayyan moddalar yoki xavflilikning muayyan darajalariga kiradigan zararli moddalar bilan ishlash to‘g‘risida, yer osti ishlarida bandlik to‘g‘risida, ishlarni muayyan usulda bajarganlik to‘g‘risida, muayyan joyda ishlarni bajarganlik to‘g‘risida va shu kabilar) maxsus stajni tasdiqlash maqsadida faqat tashkilotning aniqlashtiruvchi ma’lumotnomalari qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Nizomning 35-bandi “j” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga asosan, bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri (shu jumladan puli to‘lanadigan ta’tilda bo‘lish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qo‘shilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Nizomning 58-bandiga asosan ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida to‘liq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar, tumanlar (shaharlar)ning mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar) tomonidan tashkil etiladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
31. Nizomning 74-bandiga asosan avariyalar va mahalliy ko‘lamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yong‘in, suv bosishi), tashkilotning to‘liq tugatilishi yoxud ushbu Yo‘riqnomaning 30-bandida nazarda tutilgandan boshqa sabablar bo‘yicha arxiv ma’lumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda va ularni olish imkoni bo‘lmaganda ish staji sud tartibida belgilanadi.
34. Qonunning 11-moddasi “a” kichik bandiga asosan mehnat staji mavjud bo‘lganda (erkaklarga kamida 20 yil va ayollarga kamida 15 yil), shundan:
mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi.
35. Qonunning 12-moddasi “b” kichik bandiga asosan, mehnat staji mavjud bo‘lganda (erkaklarga kamida 25 yil va ayollarga kamida 20 yil), mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshini erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi.
36. Mazkur Yo‘riqnomaning 34 va 35-bandlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlarning qo‘llanilish shartlari ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, qutqaruvchi bo‘lib muayyan dastur bo‘yicha qutqaruv ishlariga tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
54. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, tashkilotlarda imtiyozli pensiya ta’minoti bo‘yicha ro‘yxatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 41-moddasiga asosan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlashda maxsus stajning yig‘indisini chiqarish (o‘zaro hisobga olish)
T/R
Hisobga olinadigan ishlar va kasblarTalab qilinadigan maxsus staj

Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlanadigan Ro‘yxatlarning qismlari

Ro‘yxatlar №№ 1, 2 va 3 va ularning qismlariIshlar va kasblar turi
1.1-son Ro‘yxatning I va II-qismlarida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari 25 yil1-son Ro‘yxatning II-qismiKo‘mir, ruda va boshqa foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha bevosita yer osti va ochiq tog‘ ishlarida, shaxta va rudniklar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan ishchilar.
2.1-son Ro‘yxatning IV va V qismlarida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari 25 yil1-son Ro‘yxatning V-qismiTeatrlar va boshqa teatr-namoyish korxonalarining ayrim toifadagi artistlari
3.1-son Ro‘yxatning IV — VI qismlarida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari30 yil1-son Ro‘yxatning VI-qismi Teatrlar va boshqa teatr-namoyish korxonalarining ayrim toifadagi artistlari
4.1-son Ro‘yxatning I va II-qismlari va 2-son Ro‘yxatning II-qismida ko‘zda tutilg�n ishlar va kasblar turlari

erkaklar:
umumiy staj— 20 yil maxsus staj — 10 yil.
ayollar:
umumiy staj — 15 yil maxsus staj — 7 yil 6 oy

2-son Ro‘yxatning I-qismiEr osti va o‘ta xavfli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitlari mavjud ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan ishchilar
5.1-son Ro‘yxatning IV-qismi va 2-son Ro‘yxatning II-qismida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari 20 yil2-son Ro‘yxatning II-qismiSirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari
6.1-son Ro‘yxatning I va II-qismlari, 2-son Ro‘yxatning I-qismi va 3-son Ro‘yxatning I-qismida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari.

erkaklar:
umumiy staj — 25 yil maxsus staj — 12 yil 6 oy.
ayollar:
umumiy staj — 20 yil maxsus staj — 10 yil

3-son Ro‘yxatning I-qismiZararli va og‘ir mehnat sharoitlarida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan ishchilar
7.1-son Ro‘yxatning I va II-qismlari, 2-son Ro‘yxatning I-qismi va 3-son Ro‘yxatning I, VII va VIII (Qishloq joylarda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlari) qismlarida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari.25 yil3-son Ro‘yxatning VII-qismi Invalid bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiyaviy koloniyalar o‘qituvchilari
8.1-son Ro‘yxatning I va II-qismlari, 2-son Ro‘yxatning I-qismi va 3-son Ro‘yxatning I, VII va VIII (Qishloq joylarda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlari) qismlarda ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari.25 yil3-son Ro‘yxatning VIII-qismi Qishloq joylarda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlari
9.1-son Ro‘yxatning I va II-qismlari, 2-son Ro‘yxatning I-qismi, 3-son Ro‘yxatning I, VII, VIII va IX-qismlarida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari. 30 yil3-son Ro‘yxatning VIII-qismi Shaharda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlari
10.1-son Ro‘yxatning I va II-qismlari, 2-son Ro‘yxatning I-qismi va 3-son Ro‘yxatning I, VII va VIII (Qishloq joylarda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlari) qismlarida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari.25 yil3-son Ro‘yxatning IX-qismi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish organlari ishchilari (erkaklar)
11.1-son Ro‘yxatning I-qismi, 2-son Ro‘yxatning I qismi va 3-son Ro‘yxatning I va IX-qismlarida ko‘zda tutilgan ishlar va kasblar turlari. 20 yil3-son Ro‘yxatning IX-qismi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish organlari ishchilari (ayollar)
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 11- va 12-moddalariga asosan talab qilingan maxsus staj mavjud bo‘lmaganda imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya
2. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi, “a” bandi 5-xatboshiga asosan 2-son ro‘yxat bo‘yicha (o‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoiti mavjud ishlarda band bo‘lgan ishchilarga)
3. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi, “b” bandiga asosan 3-son ro‘yxat I- qismi bo‘yicha (zararli va og‘ir mehnat sharoiti mavjud ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan ishchilarga)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”