01.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2320
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 01.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2320
Кучга кириш санаси
11.02.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda) asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb yuritiladi) kassa ijrosini amalga oshirish va uning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
26. Budjetga ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarning yozma arizasiga ko‘ra qaytarib beriladi yoki kelgusi to‘lovlar yoxud boshqa to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.
27. Davlat budjetiga ortiqcha to‘langan bojxona to‘lovlari Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 947, 2000-yil 14-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son) asosan tartibga solinadi.
32. Davlat budjetidan O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan xarajatlar amalga oshiriladi. Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjet asosida yagona g‘azna hisobvarag‘ida mavjud qoldiq doirasida amalga oshiriladi.
45. Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar tayinlash sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1111, 2002-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son) asosan rasmiylashtiriladi.
50. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur Yo‘riqnomaning 1 — 9-ilovalarida keltirilgan shakldagi hisobotlarni elektron fayl ko‘rinishida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kunlik taqdim etib boradi.