19.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2315
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2315-1, 08.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 14-modda)