Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘SIMLIK XOM AShYoSINI SAQLASh, QAYTA IShLAB ChIQARISh VA UNDAN FOYDALANISh BO‘YIChA PORTLASh VA YoNG‘IN XAVFI MAVJUD BO‘LGAN IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARI UChUN SANOAT XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA

O‘SIMLIK XOM AShYoSINI SAQLASh, QAYTA IShLAB ChIQARISh VA UNDAN FOYDALANISh BO‘YIChA PORTLASh VA YoNG‘IN XAVFI MAVJUD BO‘LGAN IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARI UChUN SANOAT XAVFSIZLIGI QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar

II. Tashkilot va mansabdor shaxslarga nisbatan talablar

III. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish va qurishga nisbatan talablar

IV. Portlash xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar

1-§. Xonalar, binolar va inshootlarga nisbatan talablar

2§. Ishlab chiqarish jihozlari(texnik qurilmalar)ga nisbatan talablar

3§. Masofadan turib avtomatlashtirilgan holda boshqarish, jihozlarni blokirovka qilish va ishini nazorat qilish

4§. Aspiratsiya va pnevmotransport

5§. Isitish va ventilatsiya

6§. Elektr qurilmalari

7§. Elektrostatik uchqun xavfsizligi

8§. Xom ashyo va chiqindilarni transportirovka qilish va saqlash

9§. Qurilish-montaj ishlari

V. Sanoat xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar

1§. Hududlarning tuzilishi va saqlab turish

2§. Ishlab chiqarish va omborxona binolari

3§. Siloslar, bunkerlar

4§. Yerto‘lalar, tonnellar, galereyalar va maydonchalar

5§. Jihozlarga nisbatan umumiy talablar

6§. Jihozlarni joylashtirish

7§. Jihozlardan foydalanish

8§. Don qurituvchilardan foydalanish

9§. Siloslar va bunkerlarda ishlash

10§. Yuklash-tushirish va ombordagi ishlarni bajarish

11§. Ta’mir ishlari

12§. Mexanizatsiyalashmagan qo‘l asboblari bilan ishlash

13§. Pnevmatik asbob-uskunalarda ishlash

14§. Olov bilan bog‘liq ishlar

15§. O‘simlik xomashyosini siloslar, bunkerlar va omborlarda saqlash o‘z-o‘zidan yonib ketishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar

VI. Javobgarlik

VII. Yakuniy qoida

ILOVA
O‘simlik xomashyosi turlari va uni qayta ishlab chiqarish mahsulotlarining ro‘yxati, ularga tegishli bo‘lgan Qoidalar

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur “O‘simlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish bo‘yicha portlash va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi Qoidalari” (bundan keyin – Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi” qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda)ga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-yil. 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘simlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarida portlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, avariya holatlari va ishlab chiqarishda shikastlanish hollarining oldini olish hamda tashkilotlarda avariya hollari oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Ushbu Qoidalarning ilovasiga muvofiq o‘z tarkibida portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarish obyektlariga (bundan keyin — xavfli ishlab chiqarish obyektlari) ega, ularda bir joydan boshqa joyga ko‘chayotgan, qayta ishlab chiqilayotgan va saqlanayotgan o‘simlik xomashyosi va uning qayta ishlab chiqilgan mahsuloti, portlash xavfi bor chang-havo aralashmasini hosil qilish imkoni bor, yondirish manbaidan portlashi, o‘z-o‘zidan yonishi yoki yonishi va uni bartaraf etgandan so‘ng mustaqil yonishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlarining barcha tashkilotlariga Qoidalar tegishlidir
12. Xavfli ishlab chiqarish obyekti uchun loyiha hujjatlari tarkibida “Davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolariga sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va taqdim etish tartibi haqidagi Nizom”ga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabr 271-sonli qarorining 4-ilovasi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari to‘plami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqiladi. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasining me’yoriy huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi, aniqlashtiriladi hamda sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi.
14. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertizaning ijobiy xulosasi mavjud hollarda “Sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish tizimi to‘g‘risidagi Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabr 271-sonli qarorining 2 ilovasi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari to‘plami, 2008-yil, 50-son, 496-modda)ga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektini Qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
v) o‘sha qavatning o‘zidagi qo‘shni xonaga yuqorida “a” va “b” bandlarda ko‘rsatilgan, chiqish joylar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur, qurilish me’yorlari va qoidalarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
75. Mazkur Qoidalarning 6974-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan moslamalar ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan seriyali ishlab chiqarilayotgan jihozlarning komplektatsiyasiga kiritilishi zarur.
91. Ishlayotgan noriylardan foydalanishda ularni nazorat vositalari bilan jihozlanmaguncha (mazkur Qoidalarning 69-bandi), uning barabanda probuksovka qilishi hamda lenta va kovshlarni noriy quvuri, golovka va bashmak kojuxiga tegishi hollarini istisno etadigan darajada noriy lentasining tortilishi va yurishini sozlash ta’minlanishi zarur.
133. Elektr qurilmalaridan foydalanish “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish Qoidalari” (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul;O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 27-son, 317-modda), “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi Qoidalari” (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 18-avgust; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
138. Ishlab chiqarish xonalaridagi portlash va yong‘in xavfi mavjud zonalarida, mazkur Qoidalarning 127-bandida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, elektr isitish asboblaridan foydalanish man etiladi
592. Silos va bunkerlarga pastki lyuk orqali, yuqoridan qandaydir jismning tasodifan tushib ketishining oldini olish maqsadida, mazkur Qoidalarning 576-bandi talablariga rioya qilib, silos qopqog‘ining yuqoridagi kirish tuynugi yopilgan holda kirishga ruxsat beriladi.
657. Olov bilan bog‘liq ishlar 13-55-09-sonli STH “Portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2009-yil 4-may 87-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 29-may 20-15-200/13 sonli xati) talablariga muvofiq bajariladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”