Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
KIMYoVIY-TEXNOLOGIK OBYEKTLARDA AVARIYA VAZIYATLARI TARQALIShINI ChEGARALASh VA BARTARAF ETISh REJASINI IShLAB ChIQISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI USLUBIY KO‘RSATMALARNI TASDIQLASh HAQIDA

“Sanoatgeokontexnazorat”
KIMYoVIY-TEXNOLOGIK OBYEKTLARDA AVARIYA VAZIYATLARI TARQALIShINI ChEGARALASh VA BARTARAF ETISh REJASINI IShLAB ChIQISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA USLUBIY KO‘RSATMALAR

I bob. Asosiy nizomlar

1 §. Asosiy tushunchalar va terminlar

2 §. Umumiy talablar

II bob. AVTChBERni tuzishga talablar

1 §. AVTChBER “A” avariya vaziyatlari rivojlanishi darajasi

2 §. “B” avariya vaziyati rivojlanishi darajasining AVTChBERsi

3 §. AVTChBER operativ qismini tuzishga doir talablar

III bob. Javobgarlik

IV bob. Yakuniy qoidalar

Avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish bo‘yicha tashkilotning ishlar mas’ul rahbari, ijrochilar va boshqa mansabdor shaxslarining majburiyatlari

1 §. Umumiy nizomlar

2 §. Mas’ul rahbarning majburiyatlari

3 §. Tashkilot texnik rahbarining majburiyatlari

4 §. Tashkilot dispetcherining majburiyatlari

5 §. Avariya-qutqaruv xizmati rahbarining majburiyatlari

6 §. Sex (uchastka, qurilma) boshliqlari, smena boshliqlari, sex boshlig‘i muovinlari, xizmatlar bosh mutaxassislarining majburiyatlari

7 §. Ishlab chiqarish xodimlari va MTXning majburiyatlari

8 §. Yong‘in xavfsizligi va tibbiy bo‘linmalar xizmatlarining majburiyatlari

AVARIYA VAZIYATLARI TARQALIShINI ChEGARALASh VA BARTARAF ETISh REJASI “A” DARAJASINING OPERATIV QISMI NAMUNASI

AVARIYA VAZIYATLARI TARQALIShINI ChEGARALASh VA BARTARAF ETISh REJASI “B” DARAJASINING OPERATIV QISMI NAMUNASI

Kimyoviy-texnologik obyektlar xavflilik holatining tahlili

AVARIYA VAZIYATLARI RIVOJLANIShI VA KELIB ChIQIShIGA IMKONIYAT YaRATADIGAN ASOSIY OMILLAR VA KELIB ChIQIShI MUMKIN BO‘LGAN SABABLAR RO‘YXATINI TUZISh ShAKLI NAMUNA

AVARIYA VAZIYATLARI RIVOJLANIShI, ULAR KELIB ChIQIShINING ASOSIY SABABLARINI KO‘RSATGAN HOLDA SSENARIYLAR TUZIShNING NAMUNAVIY SXEMASI

AVARIYALARNING RIVOJLANIShI VA KELIB ChIQISh ShAROITLARINI BOSQIChMA-BOSQICh TAHLILI JADVALI NAMUNA

OBYEKTDA (BLOK, QURILMA VA BOShQALAR) AVARIYAGA QARShI HIMOYa TIZIMI HOLATINING TAHLILI NATIJALARINI RASMIYLAShTIRISh NAMUNASI

AVARIYA VAZIYATLARI SABABLARI “IShLAMAY QOLIShNING DARAXT ShAKLIDAGI SXEMASI” TAHLILI VA UNING GAZ TAQSIMLASh STANSIYASIDA YuZAGA KELISh EHTIMOLLIGI (NAMUNA)

NEFTNI DASTLABKI QAYTA IShLASh QURILMASIDA AVARIYA VAZIYATIDA “HODISALARNING DARAXT ShAKLIDAGI SXEMASI” (FRAGMENT) — DG-1 DEGIDRATORNING BUZILIShI (NEFTNING 90t, T < 100 °S, R < 1 MRa) (NAMUNA)

AVARIYA VAZIYATLARI RIVOJLANIShINING TURLI SSENARIYLARINI AMALGA OShIRIShDA ZARARLANTIRUVChI OMILLARNI HOSIL BO‘LIShIDA QATNAShAYOTGAN XAVFLI MODDALARNING MIQDORI (NAMUNA)

ZARARLANTIRUVChI OMILLAR TA’SIR ETIShI EHTIMOLI BO‘LGAN ZONALAR HISOBINING ASOSIY NATIJALARI NAMUNASI

AVARIYA VAZIYATLARI SSENARIYSINING QISQAChA BAYoNI (NAMUNA)

USKUNALARNI (XLOR SAQLANADIGAN XONANI) JOYLAShTIRISh REJASINI TUZISh NAMUNASI

SITUATSION REJANI TUZISh NAMUNASI (YuZ BERIShI EHTIMOLLIGI ENG KO‘P BO‘LGAN AVARIYALAR UChUN — GTS HUDUDIDA SUYuLTIRILGAN UGLEVODOROD GAZLI QUVURNING YoRILIShI)

AVARIYA VAZIYATLARI TO‘G‘RISIDA TAShKILOT DISPETChERI TOMONIDAN DARHOL XABARDOR QILINIShI KERAK BO‘LGAN MANSABDOR ShAXSLAR, BO‘LINMALAR VA TAShKILOTLARNING RO‘YXATI NAMUNASI

AVARIYA VAZIYATLARI TO‘G‘RISIDA XABAR BERISh SXEMASI (NAMUNA)

ASBOB, MATERIAL, MOSLAMA VA ShAXSIY HIMOYa VOSITALARI RO‘YXATI (NAMUNA)

IShLAB ChIQARISh XODIMLARIDAN TUZILAYOTGAN ShTATSIZ AVARIYA-QUTQARUV TUZILMASINING (ShAQT) TEXNIKAVIY JIHOZLANISh TABELI (NAMUNA)

BLOK-SXEMANI TUZISh NAMUNASI (AMMIAK SOVITISh QURILMASINING BLOK-SXEMASI)

9-BLOKNING PRINSIPIAL SXEMASI (DRENAJ RESIVER R290 POZ.) (NAMUNA)

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
“Kimyoviy-texnologik obyektlarda avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalar” O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) muvofiq ishlab chiqildi.
14. Yil davomida sex, uchastka, bo‘linma, qurilmalarning har bir smenasida AVTChBER operativ qismining “A” darajasida (ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarga 5-ilova) nazarda tutilgan yuz berishi mumkin bo‘lgan avariya vaziyatlari bo‘yicha tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadvalga binoan o‘quv-mashq mashg‘ulotlari o‘tkazilishi kerak.
15. Sexlarda yiliga kamida bir marta AVTChBER operativ qismining “B” darajasidagi (ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarga 6-ilova) bitta yoki bir nechta pozitsiyalari bo‘yicha yilning turli fasllari va kecha-kunduzning turli vaqtida o‘quv trevogalari o‘tkazilishi kerak.
“A” darajasiga AVTChBER ilovalar, ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarning 5-bandida sanab o‘tilganlarga qo‘shimcha ravishda obyekt (sex, bo‘linma, qurilma, ishlab chiqarish uchastkasi va boshqalar) tarkibiga kiruvchi texnologik bloklarni xavfsiz to‘xtatish bo‘yicha yo‘riqnomani o‘z ichiga oladi.
38. AVTChBER “B” darajasi 24-bandda sanab o‘tilgan quyidagi qo‘shimcha hujjatlarni o‘z ichiga oladi:
43. “A” daraja AVTChBERning operativ qismi jadval (ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarga 4-ilova) ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi grafalarni o‘z ichiga oladi:
47. O‘zbekiston Respublikasi “Aholi va hududni texnogen va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotlari 1999-yil, 9-sonli, 221-modda) muvofiq “A” va “V” darajadagi avariya vaziyatlari uchun AVTChBERning operativ qismini ishlab chiqishda quyidagilarga amal qilish zarur:
48. Tashkilotda professional avariya-qutqaruv tuzilmalari bo‘lmaganda yoki gazdan qutqaruv ishlarini o‘tkazish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tgan boshqa professional avariya-qutqaruv tuzilmalari AVTChBERda belgilangan muddatda yetib kelmaganda, gazdan qutqaruv ishlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2006-yil, 39-son, 386-modda) asosan tuzilgan tashkilotning shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalariga kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlarida, ishlab chiqarishni avariya holatida to‘xtatish yoki odamlar ishtiroki bilan boshqa ishlarni o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda, ishchi zona atmosferasiga avariya holatida zaharli moddalarning ajralib chiqishi mumkinligi istisno bo‘lmagan barcha hollarda yuklatiladi.
11. “B” darajali avariya vaziyatlari rivojlanishida ushbu ilovaning 10-bandiga qo‘shimcha qilingan holda mas’ul rahbar quyidagilarga majbur:

____________________________________________________________________________________

(texnologik blokning nomi)

Avariya vaziyatining nomi, darajasi va joyiAvariya vaziyatini tanitadigan belgilariAvariyaga qarshi himoyaning optimal usullari Avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etishda avariyaga qarshi himoya (AQH)ning texnik vositalari (tizimlari) Ijrochilar va ularning harakati tartibi
A. Suyuq xlor saqlanadigan omborxonalarda bug‘latgich- konteyner uchastkasidagi quvurlardan suyuq xlorning sizib chiqishi 1. Xlor saqlanadigan omborxona havosining zaharli gazlar bilan to‘yinishi: o‘tkir hid; havo muhitining yashilsimon sariq rangi. 2. Avariya ventilatsiyasining ishlab ketishi. 3. Quvurlardan xlor oqib ketishidan hosil bo‘ladigan shovqin.
4. Omborxonaga kirish joyining tashqarisida joylashgan, binoda xlorning REChK oshib ketish haqida signal beruvchi ovozli signalizatsiyaning ishlab ketishi.
5. Konteynerda xlorning ko‘p sarflanishi va xlor bosimining pasayishi
Omborxona binosida xlor miqdorini aniqlash va nazorat qilish avtomatik tizimining mavjudligi1. Xlorli konteynerlarda berkituvchi armatura. 2. Sanitariya kolonnasida yutilish tizimi bilan avariya ventilatsiyasi (12 karrali) 3. Tezda o‘rnatiladigan zichlovchi halqasimon qisqichlar. 1. Avariyani birinchi bo‘lib sezgan xodim qolgan xodimlarni bu haqida chaqiriq bilan ogohlantiradi va zudlik bilan tashkilot dispetcheri (birinchi navbatda) va xlorlash qurilmasi boshlig‘ini (smenaning katt�sini) xabardor qiladi. 2. Dispetcher sxemaga asosan avariya to‘g‘risida xabar beradi. 3. Avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish bo‘yicha ishlarga qurilma boshlig‘i (smenaning kattasi) rahbarlik qiladi. 4. Ishlab chiqarishning xloratorda ishlovchi xodimlari — shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalari a’zolari (ShAQT) kimyoviy trevoga signali bo‘yicha teri va nafas olish organlarini himoyalovchi, izolatsiyalovchi vositalarni kiyadi, birinchi yordam ko‘rsatish kerak bo‘lgan jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatish va evakuatsiya qilish choralarini ko‘radi: 4.1. Ikki kishidan kam bo‘lmagan tarkibda xlor gazi bilan to‘yingan omborxonada odamlar yo‘qligini tekshiradi va jabrlanuvchilarni evakuatsiya qilish choralarini ko‘radilar:bunda jabrlanuvchini darhol izolatsiyalovchi nafas olish apparatiga ulanadi, qisqa, bo‘sh, bexavotir yo‘l bilan toza havoga olib chiqiladi. 4.2. Tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar jabrlanuvchiga birinchi yordamni ShAQT yoki ushbu usullarni qo‘llay oladigan tashkilot ishchilari ko‘rsatadilar. 5. Xlor gazi bilan to‘yingan zonadan odamlarni qutqarish va chiqarish ishlari tugaganidan keyin, ShAQT a’zolari avariya vaziyatining tarqalishini chegaralash choralarini ko‘radilar: 5.1. Ventilatsiya va xlor tashlanmalarini neytrallashning avtomatik ulanish tizimi ishlamay qolganda, sanitar kalonna (absorber)ni neytrallash eritmasi bilan ta’minlovchi nasoslarni qo‘l bilan ishga tushirish, so‘ngra avariya ventilatsiyasini yoqish kerak. 5.2. Konteynerda berkituvchi ventilni (№ 1) yopib, quvurga xlor kelishi to‘xtatiladi va xlorni texnologik tizimdan chiqarib tashlash maqsadida, xlorator bo‘limida suvni xlorlash davom ettiriladi. 5.3. Suyuq xlorning sizib chiqish joyini aniqlash. 5.4. Xlorning quvurlardan sizib chiqishini bartaraf qilish choralarini ko‘rish: sizib chiqish joyiga rezinali plastir qo‘yib, tez montaj qilinadigan zichlovchi halqasimon qisqich bilan tortiladi. 5.5. Ombor xonalarini zararsizlantirish, bug‘langan xlorni abgazlarni sanitariya tozalash tizimida yutish yo‘li bilan o‘tkaziladi.5.6. Suyuq xlorning sizib chiqishi bartaraf etilib, texnologik tizimning germetikligiga erishilgach, xlorni xlorlashga berish bilan konteynerni bo‘shatish va suvni zararsizlantirishni bajarish, aks holda sanitar kolonnaga abgazlar tomonidan azot bilan texnologik tizimni puflashni bajarish.6. Quvurning nosoz uchastkasini ta’mirlash yoki almashtirish.
Sex (qurilma va h.k) boshlig‘i
Sexning (qurilma va h.k) bosh mutaxassislari
Avariya vaziyatlari rivojlanishining har bir mumkin bo‘lgan (kutiladigan) bosqichlari uchun uning yuz berishi, bir darajadan boshqasiga o‘tish sharoitlarining tahlili (ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarga 10-ilova) o‘tkaziladi, mumkin bo‘lgan oqibatlar baholanadi, ogohlantirish va bartaraf etishning optimal vositalari, obyektning avariyaga qarshi himoyaga tayyorgarligi aniqlanadi.
Agar avariyaga qarshi himoya tizimi holatining tahlili natijalarini rasmiylashtirishda (ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarga 11-ilova) obyektning avariyaga qarshi himoyaga tayyorgarligi yetarlicha emasligi aniqlansa, obyektni nazorat vositalari, avtomatik rostlash, avtomatik yong‘inga oid xabarlagich va o‘t o‘chirish, portlashdan ogohlantiruvchi va portlashdan himoya qiluvchi vositalar, tez harakatlanuvchi ajratkichlar, obyektni avariya holatida xavfsiz to‘xtatish, odamlarni xabardor qilish, himoya qilish va qutqarish tizimi bilan jihozlash, zararlantiruvchi reagentlar zaxirasini yaratish, zararli tashlanmalarni ushlab qolish va zararsizlantirish tizimini takomillashtirish, tartibsiz tashlanmalarni tashkilot hududi va undan tashqariga tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan tizim o‘rnatilishini nazarda tutadigan tadbirlarni tatbiq etish ustuvorligi bilan maxsus dasturlar ishlab chiqilishi kerak.

№ t/r

Avariya vaziyatlarining nomi

Qanday sharoitlarda avariya vaziyatlari vujudga kelishi mumkinligi

Avariya vaziyatlarining mumkin bo‘lgan rivojlanishi

Avariya vaziyatlari kelib chiqishi sharoitlarining asosiy prinsiplari

Avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etishni ogohlantirish vositalari va usullari

Izoh

Texnologik uskunalardan mahsulotning to‘kilishi

To‘kilgan mahsulotning massasini, uning tarkibi, agregat holatini, fizik-kimyoviy, portlash xavfi bo‘lgan va zaharli xususiyatlarini aniqlash. Issiqlik tashuvchilar va texnologik muhitning apparaturaga tushadigan to‘g‘ri va teskari oqimlarini berkituvchi bloklararo vositalarining holatini tekshirish; ularning me’yoriy hujjatlar talablariga mosligini tekshirish, tez harakatlanuvchi o‘chirish moslamalarini tekshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning blokirovka qiladigan moslamalarni harakatga keltirish bo‘yicha malakalarini tekshirish. Gaz-havo, chang-havo, bug‘-havo, zaharli portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar hosil bo‘lish ehtimolligini, suyuqlik to‘kilgan maydonning kattaligini, zararlanish zonasini baholash

Avariya holatida apparaturalarni blokirovka qilish, suyuq faza to‘kilgan maydonni kamaytirish, uni yopiq tizimlarga olib borish, apparaturalardan suyuq fazani avariyada foydalanadigan sig‘imlarga quyish. Gaz fazasini mash’alaga (yopiq tizimga, neytrallash uskunalar) tashlash. Odamlarni xavfli zonadan olib chiqish.



1. Texnologik uskunalarning to‘liq va qisman buzilishi


Portlash miqdoriy energetika tavsifining tahlili (ortiqcha bosim, bosim o‘sishining tezligi) va ularni apparatura chidamliligi tavsifi bilan taqqoslash. Portlashda uskunalarni buzilishdan himoyalash vositalarining mavjudligi (saqlovchi klapanlar, portlash membranalari, ajratkich va shu kabilar)

Saqlovchi moslamalar, portlashni bartaraf etish avtomatik tizimlari bilan jihozlash, apparatura tavsiflari chidamliligini oshirish

Uskuna, quvur, berkitish armaturalari, saqlovchi va zichlovchi moslama va boshqalarning me’yor (loyiha, reglamentlarga) talablariga muvofiqligini tekshirish; apparaturaning texnikaviy holatini baholash (payvandlangan birikmalar sifati, qismlarga ajratiladigan birikmalarni yig‘ish, emirilish darajasi va shu kabilar).

Uskunalarni diagnostika qilish va defektoskopiya bazasining rivojlanishi; reja-ogohlantirish ta’mirlashining tizimini takomillashtirish; ma’naviy eskirgan va me’yorlarga mos kelmaydigan uskunalarni almashtirish

1.1. Eskirish, yuqori vibratsiya, materiallarning charchashi, tashqi ta’sir manbalari. Korroziya.

Muomaladagi moddalarning korrozion xususiyatlari o‘rganilishini tekshirish, korroziya va eskirish tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi, uskuna materiallarining mosligi (quvur, himoya qoplamasi, zichlovchi materiallarning). Asboblarning (quvurlarning) tashqi va ichki ta’siri manbalaridan mexanik shikastlanishi uchun sharoitlar mavjudligi

Yuqori ishonchli, samarali himoya qoplamasi va himoya moslamalari bo‘lgan uskunalarni qo‘llash.

Apparat, mashina va quvurlar, aylanuvchi moslamalar birikmalar mahkamligining ishonchliligi va to‘g‘riligini tekshirish

1.2.Jarayon parametrlarining kritik qiymatlardan chetga chiqishi

Muomalada bo‘lgan mahsulotlar xususiyatining o‘rganilishini tekshirish; ular tahlili; o‘ta xavfli moddalarni aniqlash; texnologik jarayonlar xavfliligi va ular kritik qiymatlarini belgilovchi parametrlarni aniqlash; parametrlardan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan vositalar bilan jihozlashning yetarliligini baholash, ularning samaradorligi, ishonchliligi.

Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish va avariyaga qarshi himoyalash vositalari bilan qo‘shimcha jihozlash, ular ishonchliligi va samaradorligini oshirish; texnologik jarayonlarini takomillashtirish.



1.3. Portlash xavfi bo‘lgan muhitning hosil bo‘lishi va apparatda o‘t oldirish manbasi mavjudligi

Portlash xavfi bo‘lgan moddalar xususiyatining texnologik jarayon bosimi va harorati ostidagi taxlili.

Portlash xavfi bo‘lgan texnologik aralashmalarni inert gazlari bilan flepiatizatsiyasi, ignibitorlovchi qo‘shimchalarni kiritish, texnologik muhit tarkibi, jarayonning harorati va bosimi, apparatga reagentlarni kiritish usulining o‘zgarishi. Apparatda texnologik muhit bo‘lish vaqtini qisqartirish, uskunalarni yerga ulash, statik elektr energiyasining zaryadlarni olib ketish va neytrallash vositalarini qo‘llash

Doimiy va tasodifiy o‘t oldirish manbalarining mavjudligi va ularning o‘z-o‘zidan alanga olish harorati va o‘t oldirish minimal energiyasi bilan taqqoslashdagi tavsifi

O‘t oldirish manbasiga yo‘l qo‘ymaslik, portlash xavfi bo‘lgan aralashmalarning oldini olish bo‘yicha nazorat va rostlash vositalarini qo‘llash.




1 .Zaharli bulutning hosil bo‘lishi, tarqalishi va hududning zararlanishi

Bulutning mumkin bo‘lgan o‘lchamlari, shakli, konsentratsiyasi, og‘ishining yo‘nalishi va tezligi, tarqalishini chegaralash tizimining mavjudligi va samaradorligi va zaharli bulutlarning cho‘kishi, zarur tayyorgarlikning mavjudligi, avariya vaziyatlarida harakatlanish uchun xodimlarni himoya vositalari bilan ta’minlash va sonini baholash. Muomalada bo‘lgan mahsulotlar zaharli xususiyatlari o‘rganilishini tekshirish tashlab yuborilgan mahsulot massasi, ularning atrof muhitga ta’siri, loyihada nazarda tutilgan texnikaviy vositalarning neytralizatsiyasi, dezaktivizatsiyasi va boshqalar samaradorligini baholash.

Ob-havo sharoitlari, zaharli bulutning tarqalishini matematik modellashtirish va bashoratlash kompyuter tizimlarini joriy etish to‘g‘risida tezkor axborot bilan ta’minlash, samarali cho‘ktiruvchi va to‘suvchi tizimlar bilan jihozlash, shtatsiz va professional gazdan qutqarish tuzilmalarining avariya holatida ishlab chiqarishlarni to‘xtatish va uning rivojlanishi boshlang‘ich bosqichlarida avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralashga doimiy tayyorgarligini ta’minlash

Korxonaning energiya bilan to‘yinganligini hisobga olgan holda avariyaning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan masshtablari va yanada rivojlanish yo‘llarini bashoratlash.

Suyuq fazani berk tizimlarga olib borish. Sanitariya qurilmalarini neytrallash, dezaktivlash tizimlarini qo‘llash

1.1. Odamlarning zaharlanishi

Korxona asosiy rejasining ratsionalligi, zararlanish mumkin bo‘lgan zonalardagi odamlarning mavjudligi va sonini baholash; shaxsiy va jamoa himoya vositalari bilan jihozlash, xabarlash va xavfli zonadan odamlarni evakuatsiya qilish va ular samaradorligini baholash

Xavfli zonadagi odamlar sonini kamaytirish, samarali himoya tizimi bilan jihozlash, xabarlash va odamlarni evakuatsiya qilish, odamlarni qutqarish bo‘yicha xodimlar va maxsus bo‘linmalarning harakatlari

2. Xona, tashqi qurilma hajmida but-, chang-, gaz-havo bulutlarining hosil bo‘lishi va portlashi, odamlarning jarohatlanishi

Hajmiy-rejalashtiriladigan qarorlarning ratsionalligini baholash, zararli moddalar konsentratsiyasi pasayishiga to‘sqinlik qiladigan harakatsiz zonalarning mavjudligi, avtomatik gazosignalizatorlar (gazoanalizatorlar), samarali avariya ventilatsiyalari, yutuvchi sanitariya qurilmalari bilan jihozlanishi

Yaxshi shamollatiladigan maydonchalardagi texnologik tizimning (qurilma) tuzilishi; xonalarni samarali ventilatsiya (sanitariya qurilmalari), havo muhitini nazorat qilish asboblari bilan jihozlash. O‘t oldirish manbalariga yo‘l qo‘ymaslik

Portlash xavfi bo‘lgan bulutning mumkin bo‘lgan o‘lchami, shakli, konsentratsiyasi, og‘ish yo‘nalishini baholash, doimiy va tasodifiy o‘t oldirish manbalarining mavjudligi va tavsifi; Vayron bo‘lgan zonalarni hisoblash va yangi vayronagarchiliklarning avariya rivojlanishiga ta’sirini baholash (“domino” effekti). Zararlanish mumkin bo‘lgan zonada odamlar mavjudligi va ularning bo‘lishi mumkin bo‘lgan soni

Uskunalarni maydonchada joylashtirishning ratsional rejalashtirilishi. Xodimlarni zararlantiruvchi omillardan himoya moslamalari bilan ta’minlash (portlash to‘lqini; yuqori harorat va shu kabilar).

3. Yong‘in yuz berishi va odamlarning jarohatlanishi

Baholash va tahlil: bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in masshtablari (maydon, yonuvchi mahsulotlar miqdori, yonayotgan mahsulotlar tarkibi, shu jumladan to‘liq bo‘lmagan); o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va samarasi; xodimlarning yong‘in o‘chog‘ini bartaraf qilish bo‘yicha harakatlanishni bilishi; ShYoXQ tezkorligi va jihozlanganligi; o‘t oldirish manbalarining mavjudligi va tavsifi. Yong‘inning miqdoriy energetik tavsifi taxlili (nurlanish energiyasi), bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararlanish zonasida odamlarning mavjudligi va soni.

O‘t oldirish manbasiga yo‘l qo‘ymaslik; samarali o‘t o‘chirish vositalari, signalizatsiya va aloqa vositalari bilan jihozlanish; odamlarni qutqarish, yong‘inni o‘chirish bo‘yicha xodimlar va maxsus bo‘linmalarning harakati. Sanoat maydonchasini ratsional rejalashtirish. Yong‘inning bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri zonasi tashqarisida ma’muriy, maishiy va yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarni joylashtirish; odamlarni qutqarish bo‘yicha xodimlar va maxsus bo‘linmalarning harakati.

3.1. Alangani boshqa obyektlarga o‘tishi

Yong‘in miqdoriy energetika tavsifining tahlili (nurlanish energiyasi); yong‘in ochiq alangasining xavfli jadalligi zonasida odamlar doim bo‘ladigan o‘zaro bog‘liq bloklar (qurilmalar), MPB, ma’muriy, maishiy, yordamchi binolar mavjudligi.

Sanoat maydonchasini ratsional rejalashtirish. Yong‘in ta’siri bo‘lishi mumkin bo‘lgan zona tashqarisida ma’muriy, maishiy va yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarni joylashtirish; odamlarni qutqarish bo‘yicha xodimlar va maxsus bo‘linmalarning harakati.

3.2. Keyinchalik portlash bilan yong‘inda EAS, YoS va suyuq gazli uskunalarning qizib ketishi

Yong‘in tarqalishi mumkin bo‘�gan zonada yonuvchi mahsulotli sig‘imli uskunalarning mavjudligi (mahsulotlarning to‘kilishi). Avariya holatida bo‘shatish va tizimining mash’alaga (svecha) tashlash tizimi, ekranlarni sovitish tizimi va boshqalarning mavjudligi va samaradorligi.

Yong‘in tarqalishi mumkin bo‘lgan zonadan sig‘imli uskunani olib chiqish. Uni avariya holatida bo‘shatish, mash’alaga (svecha) tashlash, sovitish tizimlari vositalari bilan jihozlash; ekran va boshqalarni o‘rnatish.

3.3. Apparatura, kommunikatsiya, bino, inshootlarning buzilishi, odamlarning jarohatlanishi

Portlash miqdoriy tavsifining tahlili (ishlatilayotgan energiya, portlashning ortiqcha bosimi, zarb to‘lqini ta’sirining jadallik zonasi radiusi), zarb to‘lqini xavfli jadalligi zonasida odamlar doim bo‘ladigan o‘zaro bog‘liq bloklar (qurilmalar), MPB, ma’muriy, maishiy, yordamchi binolar mavjudligi

Sanoat maydonchasini ratsional rejalashtirish; ma’muriy, maishiy va yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarni xavfli zonadan tashqarida joylashtirish, MPB, boshqarish va avariyaga qarshi himoya tizimi binolarining mustahkamligini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; xavf to‘g‘risida xabarlashni va xodimlarni xavfli zonadan chiqarishni tashkil etish; avariya vaziyatida ishlab chiqarishni xavfsiz to‘xtatish avtomatika tizimini joriy etish; odamlarni qutqarish bo‘yicha xodimlar va maxsus bo‘linmalarning harakati.

Parametr

Ssenariy guruhi raqami

SlS2S...SN

Alangali shar

Alangali sharning davomiyligi, s76682600
Nurlanish bilan zararlanish darajasi (bulut og‘ishini hisobga olmagan holda), m
Qo‘shni sig‘imlarning buzilishi, m26522060
Yog‘och konstruksiyalarning alangalanishi, m45938580
Obyekt uchun xavfsiz masofa, m812680115

To‘kilgandan keyingi yong‘in

Yong‘inning maksimal maydoni, m2189065001040
Yong‘inning davomiyligi, min6521015
Ochiq alanga bilan zararlanish radiusi, m6010043
Nurlanish bilan zararlanish darajasi, m
Qo‘shni sig‘imlarning buzilishi, m253020
Yog‘och konstruksiyalarning alangalanishi, m405030
Obyekt uchun xavfli masofa, m758555

Tashlama portlash pastki chegarasining 0,5 masofagacha tarqalishi

Tarqalishning masofasi, m114040170

Yoqilg‘i-havo bulutining portlashi

Zarb to‘lqinining zararlanish darajasi, m
Bino va inshootlarning to‘liq yoki qisman buzilishi, m14085
Bino ayrim elementlarining qulab tushishi, xodimlarning jarohatlanishi, m240170
Eshik, deraza o‘rinlarining shikastlanishi, xodimlarning jarohatlanishi, m710430

Yoqilg‘i-havo bulutining portlashi

Zarb to‘lqinining zararlanish darajasi, m
Bino va inshootlarning to‘liq yoki qisman buzilishi, m16080
Binoning ayrim elementlarining qulab tushishi, xodimlarning jarohatlanishi, m320130
Eshik, deraza o‘rinlarining shikastlanishi, xodimlarning jarohatlanishi, m795380

Zaharli zararlanish

Birlamchi bulut bilan zararlangan zona chuqurligi, m1600590
Ikkilamchi bulut bilan zararlangan zona chuqurligi, m130010001030
Zararlangan zonaning to‘liq chuqurligi, m225010001330
Zararlanish ehtimolligi bo‘lgan zona maydoni, km27,951,6028

To‘kilgandan keyingi yong‘in

Halokatli zararlanish zonasining uzunligi, m77565320
Halokatli zararlanish zonasining kengligi, m80834
Boshlanish zararlanish zonasining uzunligi, m1650190675
Boshlanish zararlanish zonasining kengligi, m1402064
Halokatli zararlanish zonasining maydoni, km20,0490,00040,034
Boshlanish zararlanish zonasining maydoni, km20,1810,0030,034

Zaharli zararlanish

30 daqiqali ekspozitsiyada halokatli zaharli dozalarga erishish zonasining o‘lchami, m31055300
Boshlanish zararlanish zonasining o‘lchami, m1600194610
№ t/r

Nomi

Soni

Izoh

1.Avtonom havo izolatsiyalovchi nafas olish apparatiSmenadagi ShAQTning har bir a’zosiga bittadan apparatJihozlangan apparat massasi 14 kg dan oshmasligi kerak. Apparat himoya ta’sirining vaqti — 40 min kam emas, havo sarfi sharoitlarida — 40 1/min.
2.Germetik himoya kostyumSmenadagi ShAQTning har bir a’zosiga o‘lchamini hisobga olgan holda bittadanAgap shikastlangan teri orqali zararlanuvchi ta’sir ko‘rsatadigan modda vujudga kelishi mumkin bo‘lsa, majburiy jihozlanishga kiradi
3.Shlangli gaz niqobTexnologik bo‘linmaga — ikkitadan kam bo‘lmasligi kerakTurli xildagi sig‘im, quduq, kollektorlar mavjudligida
4.Maxsus kamar va signal-qutqaruv arqoni Texnologik bo‘linmaga — ikkitadan kam bo‘lmasligi kerakSinovdan o‘tishi va sertifikatsiyalanishi kerak. Arqon uzunligi — 20 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

Obyektda professional avariya-qutqaruv xizmati (tuzilmasi) yo‘qligida majburiy jihozlanish

5.Upkani sun’iy ventilatsiya qilish portativ apparatiBitta apparat
6.ZambillarFaqat zambillar�Zambillar uchta bog‘li bo‘lishi kerak
7.Balandlik jihozlarining to‘plami Bitta to‘plamTo‘plam balandlikda ishlar olib borish yoki jabrlangan shaxsni balandlikdan tushirish ehtimoli bo‘lganda zarur
8.Qutqaruv moslamasiHar bir ikkita nafas olish apparatiga bittadan kam bo‘lmagan moslamaNafas olish apparati bilan bir to‘plamda qo‘llaniladi
9.Nafas olish apparatiga zaxiradagi havo ballonlari Har bir nafas olish apparatiga bittadanTo‘latilgan holda saqlanishi kerak
10.Upkani sun’iy ventilatsiya qilish apparatigaBitta apparatga ikkitadan kam bo‘lmagan ballonlarTo‘latilgan holda saqlanishi kerak

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”