Respublikamiz davlat mustaqilligi va demokratik jamiyat qurilishi jarayonida yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, malakali mutaxassislar tayyorlashda o‘qituvchilar, tarbiyachilar va boshqa pedagog xodimlarning xizmatlarini hamda mavqeyini inobatga olib:
1. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi xodimlari kuni” etib oktyabr oyining birinchi yakshanbasi belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq, ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilsin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” Qonuniga qarang.