29.11.2010 yildagi 339-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i, 29.11.2010 yildagi 339-son
Кучга кириш санаси
04.12.2010
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
“Ko‘mir shaxtalarida ishlatishga mo‘ljallangan dizel yuritmali transport mashinalari uchun xavfsizlik me’yorlari” O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va ko‘mir shaxtalarida dizel yuritmali mashinalarni konstruksiyalashtirish, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha to‘plangan tajribalarning umumlashtirilishi asosida tayyorlangan.