Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
KO‘MIR ShAXTALARIDA AEROGAZ NAZORATI TIZIMI BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA

ILOVA
Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha yo‘riqnoma

I bob. AGN tizimining vazifasi, tarkibi va foydalanish doirasi

II bob. AGN tizimiga bo‘lgan talablar

§ 1. Xavfli va zararli gazlarning tarkibini nazorat qilish

§ 2. Xavfsiz aerogaz rejimini ta’minlash uchun qurilma va jihozlarni nazorat qilish va boshqarish

§ 3. AGN tizimining texnik vositalari majmuasi

§ 4. AGN tizimidan olinadigan axborot

III bob. Loyihalash, montaj qilish, ekspluatatsiyaga topshirish

IV bob. AGN tizimini ekspluatatsiya qilish

1 §. Umumiy qoidalar

§ 2. AGN guruhining tarkibi va majburiyatlari

§ 3. AGN tizimini ekspluatatsiya qilish va tekshirish qoidalari

§ 4. Kon yuzasidagi obyektlarni tekshirish

V bob. Yakuniy qoida

2-ILOVA
AGN tizimini ekspluatatsiyaga topshirish-qabul qilish Akti

3-ILOVA
AGN guruhi ishchilarini ekspluatatsiya qoidalariga tayyorlashning namuna dasturi

4-ILOVA
AKG tizimini ekspluatatsiya qilish xizmati uchun jihozlar, asboblar va uskunalarning Namuna ro‘yxati

5.1-ILOVA
“Metan” majmuasini ekspluatatsiya qilish va unga xizmat ko‘rsatish Jurnali

5.2-ILOVA
AGN tizimini ekspluatatsiya qilish va unga xizmat ko‘rsatish Jurnali

5.3-ILOVA
AGN tizimini rejali tekshirish Jurnali

6-ILOVA
AGN muhandis-operatorining Jurnali

7-ILOVA
Metan datchiklarini tekshirish uchun metan havoli qorishmalarni tayyorlash 1 Uslubi

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha Yo‘riqnoma (quyida matnda “AGN bo‘yicha Yo‘riqnoma”) O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, quyidagi bosqichlarda ko‘mir shaxtalarida bajarilishi majburiy bo‘lgan aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha me’yorlar va talablarni belgilaydi:
10. Elektr energiyasidan foydalangan holda tik qatlamlarni ishlovchi, bexosdan ko‘mir va gaz chiqarishi bo‘yicha xavfli bo‘lgan shaxtalarda, 9-bandda ko‘zda tutilgan nazoratga qo‘shimcha ravishda, elektr energiyasi foydalanilayotgan kavlash maydonlarining kiruvchi oqimlarida statsionar apparat yordamida metan konsentratsiyasi nazorat qilinishi kerak.
58. Asosiy nazorat datchiklaridan olingan joriy axborotlar majburiy ravishda saqlanadi (40 b.). Ma’lumotlarni saqlash uchun to‘plash oralig‘i, ularni saqlash muddati va shakli nazorat tizimi loyihasida belgilanadi. Bunda ma’lumotlarni to‘plashning oralig‘ini saqlash 1 daqiqadan ortmasligi, saqlash muddati esa — kamida 1 yil bo‘lishi kerak. Arxivni tuzishda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: arxivlangan parametr va nazorat punktining nomi, olingan sana va vaqt. AGN tizimida saqlanayotgan axborotni qog‘ozga chiqarish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak.
63. O‘ziyozar uskunalar va jurnallarda (5.1, 5.2., 5.3., 6-ilovalar) yozilgan yoki kompyuter xotirasida to‘plangan axborotlar AGN tizimi bilan jihozlangan barcha kon inshootlarida ishlarini bajaradigan maydonlar va kon xizmatlari tomonidan operativ ishlarda foydalaniladi. VTB maydoni esa, metan konsentratsiyasining oshishi sabablarini aniqlash, uni me’yorlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek tizimning ishlashida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
96. AGN muhandis-operatori yo‘nalish elektr chilangarlari tomonidan har bir ko‘zdan kechirib chiqish natijalari bo‘yicha jurnalga (5.1.—5.3.-ilovalar) apparaturaning holati to‘g‘risida yozuv kiritadi, o‘ziyozar asboblarning va o‘lchagichlarning ko‘rsatkichlarini telefon orqali yo‘nalish chilangarlariga berilgan datchik ko‘rsatmalari bilan solishtiradi. Teleo‘lchovlar natijalari har oyda muhandis-operatorning jurnaliga kiritiladi (6-ilova). AGN tizimi muhandis-operatorining jurnalini yuritish uchun kompyuterdan foydalanish mumkin.
Smena davomida muhandis-operatorning jurnaliga (6-ilova) signalizatsiya qaysi datchikdan olinganligi, elektr energiyasi o‘chganligi yoki o‘chmaganligi (qaysi vaqtda), elektr ta’minotining uzilishi davomiyligi to‘g‘risida ma’lumot kiritiladi.
Nazorat datchigi turi ventilatsiya sxemasida, mazkur Yo‘riqnomaning 40, 43-bandlarida ko‘rsatilgan belgisiga muvofiq ko‘rsatiladi, unga datchikning tartib raqami qo‘shiladi va, agarda yer osti nazorati stansiyasi foydalanilayotgan bo‘lsa, chiziqchadan keyin konsentratning tartib raqami ko‘rsatiladi (masalan M1-1, M2-1, S1-1).

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”