29.09.2011 yildagi O‘RQ-298-son
Hujjat 29.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
qamoqqa olingan — O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining normalariga muvofiq o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 225-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ushlab turish bayonnomasi ushlab turilganlarni qamoqda saqlashga asos bo‘ladi.
Sudning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda chiqargan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlashga asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yoki psixiatriya yordami ko‘rsatilgan taqdirda, shuningdek qamoqqa olinganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan taqdirda, ular qonun hujjatlariga muvofiq davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning ushbu Qonunning 22-moddasida sanab o‘tilgan shaxslar bilan uchrashuvlarini o‘tkazish, shuningdek qamoqqa olinganning telefon orqali limitlangan so‘zlashuv huquqini amalga oshirish;
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan normalardan tashqari, ichki tartib qoidalarida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning qamoqda saqlash joylaridagi xulq-atvor qoidalari, tegishincha ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning yonida bo‘lishi, saqlashi, posilkalar, yo‘qlovlar, banderollarda olishi hamda naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha sotib olishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining, eng zarur narsalarning ro‘yxati va miqdori belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qamoqqa olinganlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlar boshqa jinoyat ishi yuritilishi munosabati bilan ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida ular jazoni o‘tayotgan jazoni ijro etish muassasasining rejim turi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar olishga, oziq-ovqat mahsulotlarini, eng zarur narsalarni sotib olishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuniga to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ushbu moddaning uchinchi qismida sanab o‘tilgan shaxslardan boshqa hujjatlarni talab qilib olish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yoki psixiatriya yordami ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek qamoqqa olinganlarga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha statsionar sud-tibbiy yoxud sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan taqdirda, ular davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi. Bunda ularni qo‘riqlash va xulq-atvorini nazorat qilish ta’minlanadi. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joyi hududidan tashqariga olib chiqish jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ bilan kelishiladi. Ushlab turilgan va qamoqqa olinganga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lganda ularni davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqish qamoqda saqlash joyi boshlig‘ining yozma ruxsati bilan amalga oshirilib, keyinchalik jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ yozma ravishda xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslarga davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom” (02.03.2019-y., ro‘yxat raqami 3141), “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti bo‘yicha qoidalar” (20.05.2019-y., ro‘yxat raqami 3159).
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan vafot etgan shaxsning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilganidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa harakatlar bajarilganidan keyin vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakillariga yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslarga topshiriladi. Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslardan jasadni berish to‘g‘risida ariza tushmagan taqdirda, vafot etgan shaxsni dafn etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qamoqqa olinganlarning ish haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim va qonunda nazarda tutilgan chegirmalar qilinganidan keyin ularning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ta’sir doirasiga tushadigan huquqbuzarlik sodir etganlik;
Keyingi tahrirga qarang.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan alohida-alohida joylashtirish talablariga muvofiq umumiy kameralarda saqlanadi.
Agar qamoqqa olinganlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga ko‘ra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshgan shaxslarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan og‘ir kasallarga va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan alohida-alohida joylashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlashning boshqa imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda gazli va shikastlantiruvchi qurol qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ushlab turish yoki qamoqda saqlashning O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan muddatlari tugaganidan keyin ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni ozod qilish, ushlab turish muddatini uzaytirish, ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoxud qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoxud sudning qarori kelib tushmagan bo‘lsa, qamoqda saqlash joylarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat qiluvchi prokuror yoxud qamoqda saqlash joyining boshlig‘i ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni o‘z qarori bilan darhol ozod qiladi. Qarorning ko‘chirma nusxasi kechiktirmasdan jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga, shuningdek prokurorga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi