02.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1055-1
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1997-y., 9-son, 230-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi “2011—2015-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi islohotlar ko‘lamini chuqurlashtirish va kengaytirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirish mezonlari va baholash tizimlarini belgilash hamda amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1464-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2001-yil 23-iyundagi 02/20-16-son “Bojxona yuk deklaratsiyasining elektron nusxasini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1055, 2001-yil 25-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.