LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning huquqni qo‘llash amaliyoti va norma ijodkorligi faoliyatida qonuniylikka qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida uning rolini kuchaytirish, Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasining qoidalarini izchil amalga oshirish maqsadida:
Belgilansinki, Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.
norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligini, davlat va jamiyat qurilishi sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning qonunchilik bazasini izchillik bilan takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; amaldagi qonun hujjatlaridagi “oq dog‘lar”ni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash;
markazda va joylardagi davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash;
sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlashga, sud hujjatlarining so‘zsiz ijro qilinishiga, sudlar faoliyatini har tomonlama moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
nodavlat notijorat tashkilotlar, boshqa fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatishining qonuniyligini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni, ularning aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishda, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol ishtirokini ta’minlash; mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘tkazish;
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash; shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash, shartnomalarni tuzish va bajarishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashishlarga, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasida ma’muriy to‘siq va g‘ovlarni yaratishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat tomonidan tartibga solish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining ishonchli huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi amaliyotini tizimli asosda tekshirishlar o‘tkazib, o‘rganib boradi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining huquqni qo‘llash amaliyotini tizimli asosda o‘rganib boradi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan, ro‘yxatdan o‘tkazadi;
vazirlik oldida turgan vazifalarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlardan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni, tahliliy materiallarni so‘raydi va oladi;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qiladi;
qonun hujjatlarini turkumlashtirish, kodekslashtirish ishlarini olib boradi, norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish, mamlakatda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamoatchilikni keng xabardor qilinishini ta’minlaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining tuzilmalari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2–6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining eng ko‘p soni 160 kishi etib belgilansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati va hududiy adliya organlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashni (keyingi o‘rinlarda Idoralararo kengash deb yuritiladi) 7-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifi qabul qilinsin.
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishini muvofiqlashtirish;
huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini yaxshilash, shuningdek ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarining huquqiy bilim darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
aholi bilan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ushbu ishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’lim boshqarmasi Idoralararo kengashning ishchi organi etib belgilansin.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatida qonuniylikni, shu jumladan ularga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish hamda ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirishni ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi ahvolini o‘rganish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruh to‘g‘risida nizom va uning yangilangan tarkibi;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilishning aniq samarali mexanizmlarini nazarda tutgan holda Adliya organlari tomonidan davlat organlari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat va monitoring o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ko‘rib chiqish uchun kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmalari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qaror talabidan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.A.Muxitdinov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.
2. Vazirlik tizimiga Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti, boshqa adliya organlari va muassasalari kiradi (keyingi o‘rinlarda matnda adliya organlari va muassasalari deb yuritiladi).
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash Vazirlikka ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar hamda Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Vazirlik o‘z faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Adliya organlari va muassasalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga egadir.
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyatini tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish, ular tomonidan kiritiladigan yoki qabul qilinadigan qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan har tomonlama ekspertizani amalga oshirish; amaldagi qonun hujjatlarida “oq dog‘lar”ni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash;
fuqarolik jamiyati institutlarining har tomonlama rivojlanishini, ularning aholining turli qatlamlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol ishtirokini huquqiy ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishining qonuniyligini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni ta’minlash; mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘tkazish;
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
sudlar faoliyatini har tomonlama moddiy-texnikaviy va moliyaviy ta’minlash, sud hujjatlarining so‘zsiz ijro etilishiga, sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat tomonidan tartibga solish tizimini izchil takomillashtirib borish;
bozor islohotlarini chuqurlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, bu sohada byurokratik to‘siq va g‘ovlarni yaratishga yo‘l qo‘ymaslik;
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash, shartnomalarni, eng avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasida shartnomalarni tuzish va bajarishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining samarali huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
8.1. Norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish sohasida:
a) qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalarini tayyorlashning zarurligi masalalari bo‘yicha oldindan kelishishni amalga oshiradi;
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan tahlil qiladi va huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi qoidalarni aniqlash yuzasidan tahlil qiladi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring va tahlil qilishni amalga oshiradi;
qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash, qonunchilikdagi “oq dog‘lar”ni bartaraf qilish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim qiladi, qonun hujjatlarini kodekslashtirish bo‘yicha ishlarni olib boradi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, ularning kengashlari, qo‘mitalari va komissiyalari bilan qonunchilik faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha doimiy amaliy aloqada bo‘ladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan hujjatlar toifasiga kiritish haqida qarorlar qabul qiladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibini bajarish bo‘yicha ishini nazorat qiladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning ahvoli to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilib turadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga oladi va qonun hujjatlarini turkumlashtirish ishlarini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlaydi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini belgilaydi va ularga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
d) adliya organlari va muassasalari faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning 8.2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
8.3. Mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mahalliy, shuningdek chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish sohasida:
nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar, xalqaro va xorijiy nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
o‘zi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan mablag‘lar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda, mamlakat aholisining turli qatlamlari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalashda faol qatnashishini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
qonun hujjatlarini buzayotgan va taqiqlangan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazadi;
xalqaro va xorijiy nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari tomonidan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yig‘ilishlar, aksiyalar va shu kabilar) o‘tkazilishini hamda ular tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishini kelishadi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati haqida, shu jumladan, ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi haqidagi hisobotlarni qabul qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki ularni tugatish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi va belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilgan davlat mablag‘larini ular o‘rtasida taqsimlaydi;
8.4. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash sohasida:
inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xalqaro tajribani o‘rganadi va xalqaro-huquqiy normalarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish, aholida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat ruhini, qonunga itoatkorlikni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
davlat organlarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi holatini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda advokaturaning rolini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlanishiga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi monitoringini amalga oshirish sohasida;
fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini xolisona va har tomonlama ko‘rib chiqishini ta’minlaydi, ular bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi;
8.5. Davlat organlari, jamoat tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot bo‘yicha ishlarini samarali muvofiqlashtirish sohasida:
huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’limning ahvolini tahlil qiladi, ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni oshirish va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarning aholi o‘rtasida targ‘ib qilinishini tashkil etadi;
huquq sohasidagi ta’lim ishlarining uslubiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining talabalari va o‘quvchilari uchun yuridik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari, shuningdek boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi;
jamiyatni huquqiy axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi;
adliya organlari va muassasalarini zarur qonunchilik materiallari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yaratish va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning undan belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi;
kodekslar va qonun hujjatlari to‘plamlarining, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami”ning rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari ma’lumotlarining elektron bazasini yaratish qoidalarini belgilaydi, ularning ijro etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
8.6. Sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijrosini ta’minlash sohasida:
sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlarni amalga oshiradi va uning takomillashtirilishi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
sudlarning binolarini qurish va ta’mirlashga ajratilgan mablag‘lar samarali o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va sudlarning faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
sudyalar va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlari, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli organlarga kiritadi;
a) notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha:
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi;
notarius stajori faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
chet elda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ularning muhri ko‘chirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni bajaradi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yadi;
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlar, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni ro‘yxatga olish reyestrlari shaklini tasdiqlaydi, O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
notariuslar tomonidan kasb majburiyatlarining, shu jumladan notarial ish yurituv qoidalarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olishni tashkil qiladi, FHDY organlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va ularni nazorat qiladi;
FHDY organlarini tashkil qiladi, qayta tashkil qiladi va tugatadi, ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
FHDY va notariat idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
FHDY organlarini va O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini qat’iy hisobdagi gerbli guvohnomalar blankalari bilan ta’minlaydi;
notariat va FHDY organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ushbu organlar uchun ko‘rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat notarial idoralarining notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar, FHDY organlari tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxatlarini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlari, ro‘yxatlardan ko‘chirmalar, ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlarining nusxalari berilganligi uchun to‘lovlar miqdorlarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va advokatlik tuzilmalarining faoliyatida ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
advokatlarga litsenziyalar berishni va advokatlik tuzilmalarini (advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlik hay’atlari) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga qo‘yishni amalga oshiradi;
tegishli adliya organida davlat ro‘yxatidan o‘tgan (hisobga qo‘yilgan) advokatlik tuzilmalarida ishlayotgan advokatlarning Yig‘ma davlat reyestrini yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda advokatlik tuzilmalarining statistika ma’lumotlarni taqdim qilish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;
advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
v) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarning yuridik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
yuridik xizmatlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soladigan aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida chora-tadbirlar ko‘radi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlariga huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalar beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi va attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
yuridik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirishni tashkillashtiradi va malaka oshirishni o‘taganligi haqida sertifikat beradi;
yuridik xizmatlarining ma’lumotlar bazasini tuzish va yuritish tartibini, ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi;
8.8. Tadbirkorlikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
tadbirkorlikni huquqiy ta’minlash va rivojlantirishning samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini himoya qilish, mikrofirmalar, kichik korxonalar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini tekshirishlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining shakli va to‘ldirish tartibini tasdiqlaydi, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida uning tarqatilishini ta’minlaydi va uni to‘ldirish tartibiga rioya qilinayotganligi bo‘yicha monitoring amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning 8.8-kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
davlat tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlarini tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda aniqlaydi, o‘rganadi va monitoringini amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ularni xabardor qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga shartnomalarni, eng avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi xo‘jalik shartnomalarini tuzishda va bajarishda huquqiy yordam ko‘rsatadi;
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarini shartnoma intizomini buzganligi uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar qo‘llanishi ustidan nazorat olib boradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilishi bo‘yicha mas’uliyatini oshirish yuzasidan ish olib boradi;
qishloq xo‘jaligida shartnomalar tuzish va bajarishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonunchilikka rioya qilishi ustidan nazorat olib boradi;
8.10. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni tashkil etishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash sohasida:
auditorlik tashkilotlarini, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini, birjalarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarini, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, soliq maslahatchilari tashkilotlarini, bozorlarni, lombardlarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va o‘z ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘radi;
“bir darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning, shu jumladan ro‘yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibini murakkablashtiradigan turli shakllarini qo‘llashga, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga to‘sqinlik qiluvchi boshqa byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “bir darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan yagona markazlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(8-bandning 8.10-kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
“bir darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan yagona markazlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
(8-bandning 8.10-kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
8.11. Xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini samarali huquqiy himoya qilishni ta’minlash sohasida:
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish bo‘yicha takliflarni kelishadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va ijro etishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va bajarish haqida belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi tomonlardan biri hisoblanadigan xalqaro-huquqiy hujjatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida tuzilgan qarz va kredit shartnomalari bo‘yicha yuridik xulosalar beradi;
o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi va uning fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
xorijiy davlatlar sudlarida va xalqaro arbitrajlarda tomonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan nizolar ko‘rib chiqilayotganda vakillik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqiy, shu jumladan sudda himoya qilishni amalga oshiradi;
8.12. Zamonaviy talablarni hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohasida:
davlat organlarining yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Toshkent davlat yuridik universitetida, Toshkent yuridik kollejida, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyda va Vazirlik tizimining boshqa ta’lim muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;
(8-bandning 8.12 kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-2071-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 47-son, 616-modda)
huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
kadrlar ishini, huquqshunoslar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
adliya organlari va muassasalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
adliya organlari va muassasalari xodimlarining noqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqadi, ushbu masalalar bo‘yicha shikoyat va arizalarning har tomonlama xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlar bo‘yicha zarur hollarda joylarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda tekshirish o‘tkazgan holda adolatli qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi;
adliya organlari va muassasalarining shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganadi, bu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni umumlashtiradi va kiritadi;
davlat organlari va boshqa organlardan olingan huquqiy statistika ma’lumotlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi;
adliya organlari va muassasalarida statistika hisoboti va birlamchi hisobga olish hujjatlari shakllarini ishlab chiqadi;
fuqarolik holati dalolatnomalari va notarial harakatlarni ro‘yxatga olish, shuningdek adliya organlari va muassasalari faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha statistikasini yuritadi;
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi;
8.15. Adliya organlari va muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlashni amalga oshirish sohasida:
adliya organlari va muassasalari xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi, adliya organlari va muassasalari binolarini, shu jumladan davlat notarial idoralari, FHDY organlari, sud ijrochilari bo‘limlarini kapital qurish va ta’mirlash choralarini ko‘radi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
adliya organlari va muassasalarini belgilangan tartibda moliyalashtirishni amalga oshiradi, adliya organlari va muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
adliya organlari va muassasalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini ko‘radi, sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat sud-ekspert muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengashni boshqaradi;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji va boshqa adliya muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
(8-bandning 8.16 kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-2071-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 47-son, 616-modda)
9. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek adliya organlari va muassasalari orqali amalga oshiradi.
10. Vazirlik o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlardan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hujjatlarni, statistika va boshqa ma’lumotlarni, tahliliy materiallarni, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rash, talab qilish va olish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ko‘rib chiqishi uchun qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ta’lim, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlardan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalar olish hamda ko‘rsatib o‘tilgan organlar va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda ushbu loyihalarni tayyorlash bo‘yicha komissiyalar (ishchi guruhlari) tashkil etish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha belgilangan tartibga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarga davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish, shuningdek tegishli organlar oldiga bunda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning qonunga zid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarish;
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalariga: ushbu organlarning norma ijodkorligi faoliyati ustidan monitoring olib borish jarayonida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida; ishlab chiqish muddatini ko‘rsatgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarurligi to‘g‘risida; ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi to‘g‘risida; qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya qilinishini tekshirish. Ko‘rsatib o‘tilgan organlarning rahbarlariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishini, ularning sabablarini hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek insonning buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash choralarini ko‘rish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
xorijiy davlatlarning sudlari va xalqaro arbitrajlarda O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor huquqiy nizolar bo‘yicha da’vogar va javobgarning vakili sifatida ishtirok etish;
huquqiy, shu jumladan, sud masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining vakili sifatida ishtirok etish;
tegishli organlarga sudyalar va sud apparati mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish;
advokatlarga berilgan litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va tugatish;
advokatlik tuzilmalariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuborish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarda huquqiy ishlar ahvolini, shuningdek ularning yuridik xizmatlari faoliyatini tekshirish, ulardan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etishlarini talab qilish, ko‘rsatilgan organlarning va tashkilotlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yoki ularning aybi bilan davlatga yoki tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi masala bilan yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini qonun hujjatlariga muvofiq tugatish;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar bilan tanishish yo‘li bilan o‘rganib chiqish;
(10-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
tadbirkorlik subyektlarining “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarini ko‘rib chiqish, barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlariga rioya etish bo‘yicha qonun hujjatlarining og‘ishmay bajarilishini tekshirish. Ko‘rsatib o‘tilgan organlar va tashkilotlar rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan: aniqlangan qonun hujjatlari buzishlarini, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida; tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklari, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mansabdor shaxslar tomonidan buzilishi holatlari aniqlanganda, shuningdek adliya organlarining qonuniy talablari mansabdor shaxslar tomonidan bajarilmaganda, aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi takliflar kiritish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan nazorat organlari va litsenziyalovchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining inson, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlarini buzuvchi qarorlarini, shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) to‘xtatib qo‘yish;
jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar bo‘yicha inson, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida davlat boji to‘lamasdan sud instansiyalariga takliflar kiritish;
inson, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlariga, shuningdek shartnoma intizomiga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi to‘g‘risida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaatlarni tekshirishni amalga oshirish, shuningdek Vazirlik faoliyati doirasiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish;
(10-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
xo‘jalik shartnomalari bajarilishi jarayoni ustidan monitoringni amalga oshirish, shartnoma intizomi buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish, shuningdek shartnoma majburiyatlarini bajarilmaganligi (lozim darajada bajarilmaganligi) natijasida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; taqdimnomada bayon qilingan talablar belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda vakolatli organlar yoki sudlar oldiga shartnoma intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek ularga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishini tekshirish, ulardan tegishli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etishlarini talab qilish, ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish, ta’sis hujjatlarini va qonun hujjatlarini buzganligi uchun mansabdor shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish uchun, shuningdek ularning aybi bilan davlatga yoki tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yig‘ilishlar, aksiyalar va shu kabilarda) ishtirok etish;
siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
nodavlat notijorat tashkilotlarning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan hollarda akkreditatsiyadan mahrum qilish;
tegishli davlat organlari va muassasalaridan nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatish bo‘yicha tartib-taomilni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rash;
o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar organlari va xalqaro tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish;
barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlardan huquqiy statistikani tashkil etish va yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilish;
adliya organlari va muassasalari faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bo‘linmalar tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash.
davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshirishni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek boshqa tashkilotlarning hududlariga va binolariga kirish;
Konstitutsiya, qonunlar va boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, nazorat tuzilmalarining qarorlari va boshqa hujjatlarini ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish uchun olish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida ma’lumotni so‘rashga va olishga haqlidir.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
12. Vazirlik o‘z vakolati doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlar, notariuslar, advokatlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Vazirlik, zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarishga haqlidir.
13. Vazirlik davlat organlarining huquqni qo‘llash amaliyoti va norma ijodkorligi faoliyatida qonun hujjatlari talablariga, qonuniylikka rioya qilishi ustidan ta’sirchan nazorat qilinishi, shuningdek o‘ziga yuklatilgan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
14. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan adliya vaziri (keyingi o‘rinlarda Vazir deb yuritiladi) boshchilik qiladi.
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to‘rt nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
yakkaboshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyatining alohida qismlarini boshqarishi hamda adliya organlari va muassasalarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash va Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi ahvolini o‘rganish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhiga rahbarlik qiladi;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi;
Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek adliya organlari va muassasalarining nizom (ustav)larini tasdiqlaydi;
xodimlar belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparatining, shuningdek adliya organlari va muassasalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
tegishli davlat organlariga adliya organlari va muassasalarini tashkil etish hamda ularning xodimlari sonini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Vazirlik markaziy apparati, boshqa adliya organlari va muassasalari xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, boshqa adliya organlari va muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
adliya organlari va muassasalari xodimlariga belgilangan tartibda martaba darajalari beradi, adliya organlari va muassasalari xodimlariga oliy martaba darajalari berish uchun ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etadi;
adliya organlari va muassasalarining xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, Vazirlik tizimining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini faxriy unvonlar berishga va O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;
16. Adliya organlari va muassasalarining, shu jumladan Vazirlik tizimidagi ilmiy va ta’lim muassasalari xodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq maxsus darajali unvonlar, martaba darajalari beriladi va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi to‘lab boriladi.
Martaba darajalari berish va ulardan mahrum etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadi.
17. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik faoliyatining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishni davom ettirish; inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish; huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; tadbirkorlikni huquqiy ta’minlash va rivojlantirish samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; shartnoma intizomini mustahkamlash, shuningdek huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 252-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Vazir paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-2071-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 47-son, 616-modda)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)
T/r | Hudud nomi | Shtat birliklari soni |
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi | 31 |
2. | Andijon viloyat adliya boshqarmasi | 28 |
3. | Buxoro viloyat adliya boshqarmasi | 28 |
4. | Jizzax viloyat adliya boshqarmasi | 28 |
5. | Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi | 30 |
6. | Navoiy viloyat adliya boshqarmasi | 27 |
7. | Namangan viloyat adliya boshqarmasi | 28 |
8. | Samarqand viloyat adliya boshqarmasi | 32 |
9. | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi | 29 |
10. | Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi | 28 |
11. | Toshkent viloyat adliya boshqarmasi | 34 |
12. | Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi | 31 |
13. | Xorazm viloyat adliya boshqarmasi | 28 |
14. | Toshkent shahar adliya boshqarmasi | 36 |
JAMI | 418 |
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 34-modda)