Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) muvofiq, buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan texnik talablarni, tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ko‘zdan kechirishda, tekshirishda, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ish tartibi va normativ muddatlarni, hamda har bir quvur uchun texnik hujjatlarni rasmiylashtirishda ro‘yxat va shakllarini belgilaydi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”