19.07.2011 yildagi 208-son
4. Belgilansinki, Dastur tadbirlarini amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar har yili tashkilotlarga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, shuningdek moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Bajaruvchilar

I. O‘quv-metodik tadbirlar

1

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini (belgilangan o‘quv soatlari doirasida) va oliy ta’lim muassasalari talabalarini (bir o‘qituvchiga talabalar soni nisbatining belgilangan normativlari doirasida) o‘qitish dasturiga “Hayot xavfsizligi” o‘quv kursini joriy etish.

2012-yil sentyabrOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
2

Sinovdan o‘tgan “Sog‘liq va hayot xavfsizligi asoslari” va “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kurslarini nashr etish va respublikaning barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini ta’minlash.

2012-yil sentyabrXalq ta’limi vazirligi
3

Fuqarolar yig‘ini kengashi va “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari a’zolarini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) birlamchi avariya-qutqarish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishga o‘qitish va tayyorlash, shuningdek ularni zarur texnik vositalar bilan ta’minlash.

2011-2012-yillar mobaynida“Mahalla” jamg‘armasi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqarolar yig‘inlari kengashi
4

“Hayot xavfsizligi”, “Sog‘liq va hayot xavfsizligi asoslari” va “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kurslarini ishlab chiqish, ularni respublika ta’lim muassasalari pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlarining o‘quv rejalariga kiritish.

2012-yil sentyabrOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
5

Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda “Seysmologiya va seysmometriya” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash dasturini takomillashtirish.

2011-yil dekabrOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
6

Aholi orasida zilzilaga chidamli yakka tartibdagi uylar qurish qoidalari to‘g‘risida “Zilzilaga chidamli uy qurish” qo‘llanmasini (2.01.03-96 “Seysmik tumanlarda qurish” qurilish me’yorlari va qoidalari talablarini hisobga olgan holda) ishlab chiqish, nashr etish va tarqatish.

2011—2014-yillar mobaynida“Mahalla” jamg‘armasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zR FA Seysmologiya instituti, fuqarolar yig‘inlari kengashi
7

Quyidagilar uchun:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun;
oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi uchun zilzila xavfi bo‘lganda va yuz berganda aholining harakat qilishi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish va nashr etish.

2012-yil avgustXalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi
8

Zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilish qoidalarini ko‘rsatgan holda o‘quvchilarning xavfsizligi pasporti va “Maktab o‘quvchisining shaxsiy xavfsizligi” qo‘llanmasini o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida va boshqa tillarda (hammasi bo‘lib yettita tilda) nashr etish.

2013-yil avgustXalq ta’limi vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi

II. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

9

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublarini tashkil etish, ularni tegishli ravishda tayyorlashni tashkil etish.

2011-2012-yillar mobaynida“Kamolot” YIH Markaziy kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi
10

“Yosh qutqaruvchi” klublari o‘rtasida uch bosqichli musobaqalar (shahar, tuman, viloyat, respublika) o‘tkazilishini tashkil etish.

har yili fevral—aprel oylaridaYoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
11

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini “Hayot xavfsizligi” o‘quv kursi bo‘yicha malakali o‘qituvchilar bilan butlash choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2011-yil sentyabrOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
12

Vazirlar Mahkamasiga Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining markaziy apparatlarida, shuningdek ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalarida “Sog‘liq va hayot xavfsizligi asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” va “Hayot xavfsizligi” kurslarini o‘qitishni yaxshilashni muvofiqlashtirish va metodik yordam berish maqsadida bir nafardan (hammasi bo‘lib 30 nafar) mutaxassis lavozimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi masalasi bo‘yicha takliflar kiritish.

2011-yil sentyabrXalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi
13

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallalarida “Zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) aholining o‘z vaqtida va mutanosib harakat qilishi” mavzusida ko‘rgazmali mashq va taktik-maxsus mashqlarni tashkil etish va o‘tkazish.

2011-2012-yillar mobaynidaFavqulodda vaziyatlar vazirligi,
“Mahalla” jamg‘armasi, fuqarolar yig‘inlari kengashi
14

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti negizida ta’lim oluvchilarda zilzilalar paytida o‘z vaqtida va mutanosib harakat qilish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun tegishli yolg‘ondakam holatlar trenajyorlari bilan jihozlangan maxsus joy tashkil etish masalasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2012-yil yanvarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,
Moliya vazirligi
15

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida ta’lim muassasalarining rahbarlari tarkibini zilzilalar yuz berganda harakat qilishga o‘qitish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish.

2013-yil yanvarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
16

Seysmik faollikning 8-9 balli zonasida joylashgan yirik aholi punktlari hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish.

2014-yil iyunO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Axborot-ma’rifiy tadbirlar

17

Har yili zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar (tabiiy va texnogen tusdagi) yuzaga kelishining xususiyatlari va sabablarini, shuningdek zilzilalar xavfi tug‘ilganda aholining amaliy harakatlarini ochib beradigan turli ilmiy-ta’lim ommabop qisqa metrajli filmlar va videoroliklar yaratish.

2012—2015-yillar mobaynidaO‘zbekiston MTRK, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
18

Ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar (tabiiy va texnogen tusdagi), shuningdek zilzilalar yuz berishi mexanizmlari, ular yuz berganda aholini ogohlantirish va uning tezkorlik bilan harakat qilishi choralari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi ma’rifiy xususiyatga ega bo‘lgan animatsion, multimediy va boshqa o‘quv materiallarini ishlab chiqish.

2011—2013-yillar mobaynidaO‘zbekiston MTRK,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi
19

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi kanallarida manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillarini jalb etgan holda “Hayot xavfsizligining dolzarb masalalari” mavzusida axborot-ta’lim beruvchi teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar turkumlarini, shuningdek “Hayot xavfsizligi bilimdoni” viktorinasini tashkil etish.

2011-yil 1-avgustdanO‘zbekiston MTRK,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
20

Favqulodda vaziyatlar vazirligining veb saytida “Favqulodda vaziyat: unda qanday harakat qilmoq kerak?” ruknini tashkil etish, uni zilzilalar oqibatida yuz bergan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) profilaktikaga va aholining harakat qilishiga tegishli metodik materiallar bilan doimiy ravishda to‘ldirib borish.

2011-yil oktyabrFavqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
21

Zilzilalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mavjud axborot-ta’lim beruvchi internet-portallarini qo‘llab-quvvatlash va yangilarini tashkil etish. Ta’lim muassasalarining mahalliy tarmoqlarida “Sog‘liq va hayot faoliyati asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” va “Hayot xavfsizligi” o‘quv kurslari bo‘yicha elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalar tashkil etish.

2011-yil oktyabrO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi
22

Respublika gazeta va jurnallarida “Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar beradi”, “Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish”, “Hayot xavfsizligi” va shu kabi ruknlar tashkil etish.

2011-yil 1-oktabrdanO‘zbekiston matbuot va axborot agentligi
23

“Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida” va “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga muvofiq turli xususiyatga ega bo‘lgan yirik favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda aholini radio va televideniye vositasida xabardor qilish bo‘yicha mavjud matnlarga tuzatish kiritish.

2011-yil avgustO‘zbekiston MTRK,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
24

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar va halokatlar xavfi to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilish maqsadida ishlab turgan obyektlar bo‘yicha, mahalliy va hududiy xabar berish tizimlarini takomillashtirish va yangi zamonaviylarini qurish.

2014-yil yanvarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar