Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun iste’molchilarning o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlarini ta’minlash, xalq xo‘jaligida to‘lov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz yoki undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iste’molchilar va buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan to‘lamasalar, mahsulot jo‘natishi, ishlarni bajarishi va xizmatlar ko‘rsatishi taqiqlansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi 225-sonli “Neft mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi va 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli “Elektr issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tovarlar amalda jo‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab to‘qson kun o‘tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi 225-sonli “Neft mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi va 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli “Elektr issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi mavjudligiga yo‘l qo‘yayotgan korxona rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan juda qattiq ma’muriy va moddiy javobgarlik choralari, hatto jinoiy javobgarlikka tortish chorasi qo‘llanilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 4-iyuldagi PF-3274-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 92-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilarga mahsulot yetkazib berayotgan (ishlar, xizmatlarni bajarayotgan) mansabdor shaxslarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish ustidan nazoratni ko‘chaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazishlari va ularning o‘zaro hisob-varaqlarining holati ustidan doimiy nazoratni ta’minlasin, korxonalarning hisob-varaqlaridan to‘lovlar o‘tkazilishini kechiktirishga muntazam suratda yo‘l qo‘yayotgan tijorat banklarining filiallarini tugatishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi vazirliklar, davlat qo‘mitalarining, hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarining korxonalar va tashkilotlar bo‘yicha debitorlik-kreditorlik qarzi, shu jumladan muddati o‘tib ketgan qarzdorlik holati to‘g‘risida har oylik statistika hisobotini ishlab chiqsin va 1995-yilning iyulidan joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan xo‘jalik subyektlarining kasodga uchraganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ishlarni qo‘zg‘atish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 980-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi amaldagi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.