Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
SUG‘URTAChILARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YaNADA OShIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

ILOVA
Sug‘urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz MIQDORLARI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2017
Hujjat 31.05.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qaroriga muvofiq hamda sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtachilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek sug‘urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining ilovaga muvofiq sug‘urta faoliyati turlariga qarab, sug‘urtachilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini 2012 — 2014-yillar mobaynida bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandi talablariga javob bermaydigan sug‘urtachilarning litsenziyalari amal qilishini qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib qo‘yish va tugatish choralarini ko‘rsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”