31.05.2011 yildagi PQ-1544-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2017
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qaroriga muvofiq hamda sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtachilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek sug‘urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining ilovaga muvofiq sug‘urta faoliyati turlariga qarab, sug‘urtachilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini 2012 — 2014-yillar mobaynida bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandi talablariga javob bermaydigan sug‘urtachilarning litsenziyalari amal qilishini qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib qo‘yish va tugatish choralarini ko‘rsin.