Respublika aholisini tadbirkorlik sohasiga keng ko‘lamda jalb etishni ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida xususiy biznesning rolini sifat jihatidan oshirish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va respublikaning boshqa tashkilotlari o‘zlarining kundalik faoliyatida:
moddiy-texnika, axborot va kadr resurslariga erishishda tadbirkorlar bilan davlat korxonalarining to‘la teng huquqliligini og‘ishmay ta’minlasinlar;
qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, tadbirkorlarning tezkor-xo‘jalik va xo‘jalik-tijorat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘ymasinlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi.
tomonlardan birining aybi bilan ko‘rilgan zararni va boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, iqtisodiy munosabatlarda boshqaruv organlari bilan tadbirkorlarning ikki tomonlama mas’uliyati prinsipiga amal qilsinlar.
O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi va Adliya vazirligi tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar hamda Farmonlarning qat’iyan bajarilishini nazorat qilishni ta’minlasinlar. Ularni so‘zsiz bajarish va qonunbuzarliklarning oldini olish borasida tezkor choralarni ko‘rsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-iyuldagi PF-3466-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 329-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi 1995-yilda Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan, rekonstruksiyalash, texnika bilan qayta qurollantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan mablag‘larning 50 foizga qadarini topshirsin.
Mazkur mablag‘lar avvalo loyihalarni amalga oshirishda o‘z ulushi bilan qatnashish, kreditlar berish, shuningdek tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolatlar berish yo‘li bilan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4 va 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-iyuldagi PF-3466-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 329-modda)
6. Xususiy korxonalarda yollanib ishlaydigan xodimlar soni bo‘yicha amaldagi cheklashlar bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Iqtisodiy sudlarga xususiy korxona egalaridan poshlina haqini oldindan to‘lattirmay da’vo arizalarini qabul qilishga ruxsat berilsin, keyinchalik uning haqi sud qarori chiqarilgandan so‘ng so‘zsiz undirib olinsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning moddiy-texnika negizini amalda mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Davlat raqobat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
mahsulot ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni va turli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish uchun foydalanilmay yotgan ishlab chiqarish binolarini belgilangan tartibda xususiy korxonalarga ijaraga berishni;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 573 — 578-moddalari va O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuni.
chala qurilgan ishlab chiqarish inshootlari hamda foydalanilmayotgan uskunalarni kimoshdi savdosi va tanlovlar orqali sotishni amalda keng joriy qilsinlar.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasi:
1995-yilning I choragida dehqon (fermer)lardan va xususiy korxona egalaridan qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlarini xarid qiluvchi doimiy ishlaydigan ulgurji ixtisoslashtirilgan bozorlarni tashkil qilsinlar;
bo‘sh yotgan binolarni tadbirkorlarning tayyor mahsulotlari saqlanadigan omborlarga aylantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashsinlar.
10. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi:
tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mahalliy xomashyo va materiallar bilan ta’minlaydigan ulgurji-vositachi tuzilmalarni;
xomashyo va materiallarga buyurtmalarni yig‘ish, ularni xarid qilish, navlarga ajratish, saqlash, zarur holga yetkazish hamda ularni tadbirkorlarning buyurtmalari bo‘yicha sotish bilan shug‘ullanuvchi tijorat markazlari va savdo uylarini tashkil qilsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Z. Usmonov respublikaning katta shaharlarida supermarketlar barpo etishda xususiy korxona egalariga yordam ko‘rsatsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga turar joy binolarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar — diplomatiya korpusining xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasiga vakil qilib yuborilgan matbuot xodimlariga, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalarining xodimlariga, qo‘shma korxonalarda doimiy asosda ishlaydigan shaxslarga, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiladigan va yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslarga xususiy mulk qilib sotishlariga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
14. Har yili xususiy korxonalar egalarining tanlovlarini o‘tkazib, g‘oliblarni — eksportga mahsulot chiqarish bilan shug‘ullanuvchi firmalarni xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda tanishtirib turish to‘g‘risida Tadbirkorlar uyushmasi bilan Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaning taklifi qabul qilinsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat mulk qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida bozor munosabatlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmog‘ini kengaytirishga oid tadbirlar tizimini ishlab chiqsin.
16. Toshkent shahar hokimi shu yilning I choragida Respublika jamg‘arma birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasiga ularning faoliyati uchun normal shart-sharoitlarni ta’minlab beradigan binolar ajratilishini ta’minlasin.
17. O‘zteleradio, gazeta va jurnallarning tahririyatlari xususiy korxona egalarining ish tajribasini targ‘ib qilishni avj oldirsinlar, ularning aniq-ravshan namunalari asosida tayyorga ayyorlik psixologiyasini bartaraf etish va ular shu negizga tayanib o‘zlarining moddiy farovonligini ta’minlash, shuningdek xayriya faoliyatini amalga oshirishi sohasidagi keng imkoniyatlarni namoyish qilsinlar.
18. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 55-sonli “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 1995-yil 4-apreldagi 117-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar apparati tarkibida xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etish to‘g‘risida”gi va 1995-yil 19-apreldagi 135-sonli “Supermarketlar shoxobchalarini tashkil etish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari.