O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyul № 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
2. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 16-martdagi 57-sonli buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
1. Neftni qayta ishlash korxonalari uchun mazkur sanoat xavfsizligi qoidalari (quyida — Qoidalar)ga amal qilinishi sanoat xavfsizligini ta’minlashga, neftni qayta ishlash tarmog‘ining xavfli ishlab chiqarish obyektlarida baxtsiz hodisa, avariyalarning oldini olishga yo‘naltirilgan talablarni belgilaydi.
2. Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.
3. Mazkur Qoidalar barcha ishlayotgan, loyihalashtirilayotgan va qayta qurilayotgan neftni qayta ishlash korxonalariga (NQK) taalluqli.
4. Bu holatda, shuningdek yong‘in va portlashdan xavfli, elektrxavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat muhofazasi talablari, hamda tasdiqlangan tegishli normativ-texnik hujjatlarda bayon etilgan tabiat muhofazasi organlari talablarini ham inobatga olish lozim.
5. Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan 2009-yil 5-yanvarda 01-sonli buyruq bilan tasdiqlangan, “Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neftkimyo va neftgazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari” talablariga, tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi.
6. Korxonaning har bir ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlab chiqarish jarayonini xavfsiz bajarish, avariya holatlarida ishlovchilar harakatini va ta’mir ishlarini amalga oshirish tartibini aniqlovchi zarur normativ-texnik hujjatlar mavjud bo‘lishi shart. Har bir ish joyi uchun qayd etilgan texnik hujjatlar ro‘yxati korxona bosh muhandisi (texnik direktori) tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Mazkur hujjat har uch yilda, shuningdek ularni ishlab chiqishga asos bo‘lgan normativ-texnik hujjatlar o‘zgarganda, sodir bo‘lgan avariyalar, ishlab chiqarishdagi shikastlanish yoki baxtsiz hodisalarni tekshiruv natijalari bo‘yicha qaytadan qo‘rib chiqiladi.
7. Mazkur qoidalar amalga kiritilishdan avval ishlab chiqilgan va bajarilgan, hamda uning talablariga to‘liq javob bermaydigan uskunalarni, texnologik jarayonlar, texnik moslama va asboblarni qo‘llash, amaldagi texnik hujjatlarga binoan “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hududiy organlari bilan kelishilgan, xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha choralar ta’minlanishi sharti bilan, ruxsat etiladi.
8. Qurilishi (qayta qurilishi) tugallangan obyektlarni ishga tushirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. NQKning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik qurilmalar sertifikatlangan bo‘lishi va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnik qurilmalarni qo‘llash qoidalariga javob berishi lozim.
10. NQK loyihalash standartlar, normalar va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan mazkur Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi neftgaz sanoatidagi xavfsizlik qoidalari va boshqa tegishli normativ huquqiy hujjatlariga asosan amalga oshirilishi kerak.
11. Loyihaviy yechimlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taminlashi va atrof muhitda qaytarib bo‘lmaydigan texnogen o‘zgarishlar vujudga kelish ehtimolini, shu jumladan zararli moddalar avariyali otqinlarini yo‘q qilinishini taminlashi zarur.
12. Loyihaviy yechimlarga yaxshilab hisob-kitob qilib asoslangan ishlab chiqarish jarayonlari va uskunalarni ishonchliligi va avariyasizligining baholanishi, atrof muhitga zararli moddalarni otqini bilan bog‘liq avariya holatlarini vujudga kelishi va oqibatlari ehtimolini bashoratlab baholash, hamda avariyaning oldini olish, chegaralash, bartaraf etishga, hamda xavfli ishlab chiqarish omillaridan ishchilar va aholini himoyalashga yo‘naltirilgan yechimlar kirishi kerak.
13. Loyihalash hujjati tarkibida gazdan xavfli obyektlar uchun qabul qilingan o‘lchamlarning hisob-kitobi va asoslanishi to‘liq hajmda taqdim etilishi lozim. Ulardan tashqari, har qanday iqlim sharoitida yer usti havo qatlamidagi zararli moddalardan zaharlanish me’yori miqdorining oshib ketish ehtimoli yo‘q qilinishi darkor.
14. NQK loyihalash hujjatida ehtimoli mavjud avariya holatlarida, ishchilar va aholining xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy-texnikaviy yechimlar, shu jumladan, quyidagilar asoslanishi va aniqlanishi kerak:
a) ehtimoli bor avariyali holatlarda ishchilar va aholini himoyalash uchun, shuningdek qayd etilgan holatlarni tezkor chegaralash va bartaraf etish uchun moddiy-texnik ta’minlash, maxsus avariya-qutqarish xizmatini tashkil qilish;
b) qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan avariyali tiklash ishlarini rejalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, shu jumladan, avariya hududidan ishlovchilar va aholini vaqtincha olib chiqish;
v) zarur bo‘lgan texnik vositalar, ishchilar va aholini ehtimoli bor avariyadan tezkor xabarlashni ta’minlovchi avariyali aloqa va xabarlash avtonom tizimini yaratish va ta’mirlash;
g) xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash va ehtimoli bor avariyali otqinlarni barvaqt aniqlash maqsadida havo muhitini nazorat qiluvchi zarur avtomatlashtirilgan texnik vositalarini yaratish va ta’minlash;
15. Ehtimoli bor avariyali holatlarda bufer zonadagi ishlovchilar va aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan har bir asosiy tashkiliy-texnikaviy yechimlarga doir loyihaviy hujjatda kerakli asbob, material va uskunalarning aniq turlari va miqdori, shuningdek zarurat bo‘lsa ularni joylashtirish, ishlatish va xizmat ko‘rsatish uchun maxsus inshootlar asoslanishi va belgilanishi darkor.
16. Ishlab chiqarish obyektlari, quvuro‘tkazgichlar va muhandislik tarmoqlarini joylashtirishda, mehnat muhofazasi bo‘yicha me’yoriy dalolatnomalarga, hamda tabiiy resurslarni qo‘riqlash va oqilona foydalanish borasidagi qarorlarga amal qilish lozim.
17. Hududning pastqam va tabiiy shamol tegmaydigan, hamda shamol tezligi asosan 1 m/s gacha bo‘ladigan, ko‘pincha shtil, inversiya, tuman (yiliga 30 — 40% dan oshmaydigan, qish davrida 50 — 60% kundan ortiq) bo‘ladigan joylarda xavfli ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish mumkin emas.
18. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini iloji boricha, aholi turar joylariga, odamlar yig‘iladigan joylar va yondosh xalq-xo‘jaligi obyektlariga nisbatan shamol yo‘nalishini hisobga olib (yillik shamol esishi eng ustuvor yo‘nalishini) joylashtirish lozim.
19. NQK va sanoat bog‘lamlarning bosh rejalarini tuzishda qo‘shimcha quyidagilarni nazarga olish lozim:
b) aholi yashaydigan punktlar, dam olish joylari va odamlar ommaviy yig‘ilish joylarini (zarurat bo‘lsa) sanitariya — himoyalash va bufer zonadan nariga chiqarish;
v) tabiatni muhofazalash inshootlari, shu jumladan shlamsaqlagich, shlamyig‘gich, sanoat oqova suvlarini mavsumiy tartibga keltirish sig‘imlarini tashkil qilish va jihozlash;.
20. Atmosfera havosini zararlaydigan va zararli moddalar avariyali otqini ehtimoli bor manbali ishlab chiqarish xonalarini yordamchi, omborxona, hamda maishiy-xizmat xonalari bilan bir binoda birlashtirish mumkin emas.
21. NQK maydonlarida berk va yarim berk hovlilar tashkil qiluvchi binolardan foydalanish mumkin emas.
22. Atmosferaga zararli va yonuvchan moddalar ajratib chiqaruvchi jarayonli, shuningdek tarkibida mazkur moddalar avariyali otqini ehtimoli bor manbali bino va inshootlarni ishlab chiqarish maydonlarida boshqa bino va inshootlarga nisbatan shamol eng ko‘p esadigan yo‘nalishini nazarga olib joylashtirish lozim.
23. Xavfli ishlab chiqarish obyekti maydoni, taraflarining o‘lchamidan qat’iy nazar, yo‘nalishi bo‘yicha kamida 90° bi tashkil qiluvchi, kamida ikkita asosiy transport kiradigan yo‘liga ega bo‘lishi zarur.
24. Sanoat maydonchasiga transport kirish asosiy yo‘llari va temir yo‘llarini bir tekislikda kesishi mumkin emas.
25. NQK ishlab chiqarish hududida daraxt ekish mumkin emas. Alohida o‘sgan dekorativ daraxtlar va past o‘suvchi butalar bundan istisno.
Piyodalar serqatnovligidan qat’i nazar, magistral va tashish yo‘llari, avtomobil o‘tish yo‘llari bo‘yicha piyodalar uchun yo‘llar nazarda tutilishi lozim.
26. Kirish va chiqish manifoldlaridan to‘siqlargacha bo‘lgan uchastkalardan tashqari, ishlab chiqarish maydonchalarida zaharli moddalar haydaladigan yer osti quvuro‘tkazgichlarni o‘tkazish mumkin emas.
27. Bino va uning tagida zaharli suyuqlikli muhandislik tarmoqlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
28. Zaharli suyuqlikli yer usti muhandislik tarmoqlarini maydon rejasi belgisidan pastroqdagi ochiq lotok va transheyalarda, hamda yarim chuqurlashtirilgan turdagi kanal va tonnellarda joylashtirish taqiqlanadi.
29. Yer usti maydonlarda ichida zaharli suyuqlik haydaladigan tranzit quvuro‘tkazgichlarni, binoning o‘tga chidamliligidan qat’i nazar devorlari va shiplarida joylashtirish mumkin emas.
30. Zaharli suyuqlikli quvuro‘tkazgichlarning temir yo‘l kirish yo‘llari bilan kesilishi mumkin emas, ikki tomonlama quyish-to‘kish temir yo‘l estakadalariga uzatilgan mahsulot o‘tkazgichlar bundan istisno.
31. Korxona hududi va undagi bino va inshootlarning joylashtirilishi sanoat xavfsizligiga doir normativ hujjatlar, qurilish me’yorlari va qoidalari, yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarga javob berishi lozim.
32. Loyihalashtirilayotgan korxona va ishlab chiqarish hududlari ishlab chiqarish zonalari, tovar-xomashyo, kimyoviy regentlar, ballonlar ombor zonalari, ma’muriy maishiy zonalar va yordamchi obyektlarga bo‘linishi kerak. Ishlab chiqarish zonalarida ishlab chiqarish obyekti bilan texnologik bog‘liq, chuqurga joylashtirilgan oraliq stansiyalari va boshqa yordamchi vazifadagi obyektlar o‘rnatilishi mumkin.
33. Barcha yer osti kommunikatsiyalar va kabel yotqizilgan yo‘llar ularning joyi va joylanishi hamda vazifalarini aniqlovchi belgilar bilan jihozlanadi.
34. Har bir tashkilotda kommunikatsiyalar bo‘yicha rejaning bajarilishi qayd qilib borilishi lozim. Obyektlarni qayta qurish, yangilarini joylashtirish va amaldagilarini yo‘q qilishda tashkilot loyihachiga kommunikatsiyalar bajarilishi rejasini va ijroiya bosh rejasini taqdim etadi.
35. Qurilish konstruksiyalarida nosozlik aniqlanganda (darz, armatura ochilib qolganda va h. k.), texnologik obyektni qayta qurish oldidan, bino yoki inshootning funksional vazifasi o‘zgarsa, shuningdek avariyali portlash yoki yong‘indan keyin bino tekshirilishi kerak.
36. Yer osti kommunikatsiyalari tasarrufida bo‘lgan ishlab chiqarish xizmatlari bilan kelishib o‘tkazilishi mo‘ljallangan (er-tuproq) ishlarni mazkur hudud tasarrufida bo‘lgan ishlab chiqarish rahbari tomonidan berilgan naryad-ruxsatnomasiz bajarish mumkin emas.
38. Ishlab chiqarish xonalariga kiradigan eshiklarda xonalarning portlash-yong‘in va yong‘indan xavfli turkumi va portlashdan xavfli zonalar sinflari belgilangan yozuvlar o‘rnatilishi kerak.
39. Ish jarayonida ishqor yoki kislotalar qo‘llaniladigan obyektlarda odam yuvinishga kirganda avtomatik ravishda ishlab ketadigan avariyali dushlar yoki o‘zi yordam beradigan rakovinalar o‘rnatilishi zarur. Avariyali dushlar va o‘zi yordam beradigan rakovinalarni o‘rnatish joylari va miqdori loyihada belgilanadi.
40. Boshqarish xonalari joylashgan binolar sanoat xavfsizligi talablari, qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak. Maydoni 60 m dan ortiq bo‘lgan boshqarish xonalari asosiy chiqish yo‘liga qarama-qarshi tarafdan zaxira chiqish yo‘liga ega bo‘lishi lozim. Asosiy kirish yo‘li tambur yoki koridor orqali o‘rnatilishi lozim, zaxiradagi chiqish eshigi binodan tashqariga ochilishi lozim, tamburga ega bo‘lmasligi ham mumkin, eshik zichlangan va issiq saqlaydigan bo‘lishi kerak. Agar boshqarish xonasi ikkinchi qavatda joylashgan bo‘lsa, binodan tashqarida chiqish uchun zaxirali narvon o‘rnatilishi kerak.
41. Korxona hududida shamol yo‘nalishi va tezligini aniqlovchi asbob o‘rnatilishi lozim. Asbob ko‘rsatmasi boshqarish xonasiga chiqarilishi lozim.
42. Tashkilot hududidagi avtomashina traktor va boshqa mexanizatsiyalashtirilgan transport vositalari yurishi mumkin bo‘lmagan joylarda tegishli taqiqlovchi belgilar o‘rnatilishi kerak.
43. Yo‘lning transport qatnaydigan qismini berkitish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni yong‘inga qarshi xizmat bilan kelishilgan korxona texnik rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan amalga oshirish lozim.
44. Ishlarni bajarish uchun boshqa tashkilotlardan NQK hududlariga kelgan ishchilar, belgilangan tartibda kirish yo‘l-yo‘rig‘ini olishlari kerak. Boshqa tashkilotlarning rahbar ishchi va mutaxassislari uchun ish joyidagi yo‘l-yo‘riqni obyekt rahbari berishi kerak. Boshqa tashkilotdan kelgan ishchilar NQK hududidagi ishlarni o‘z korxonalarining javobgar shaxslari rahbarligida bajarishlari lozim.
45. NQKda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyun dagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va ishchilar sog‘lig‘i va boshqa shikastlanishlarni tekshirish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibga ko‘ra tekshiriladi va qayd etiladi.
46. Tashkilot xodimlarni maxsus kiyim, poyabzal, himoya kaskalari (qishda — isitilgan shlem tagligi bilan) va boshqa shaxsiy himoyalash vositalari bilan ta’minlaydi. Portlash-yong‘indan xavfli obyektlarda foydalanishga mo‘ljallangan maxsus kiyim issiqbardosh materiallardan tikilishi kerak.
47. Ko‘zlarga begona narsalar, zararli suyuqliklar, bug‘ va gazlar tegishi, kuchli chiroq nuri ta’sir qilish xavflari bo‘lsa, ishchilar himoya ko‘zoynaklaridan foydalanishlari zarur.
48. O‘tkir ishqor yoki kislotalar bilan ishlaydigan ishchilar himoyalovchi ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar va tegishli maxsus kiyim, rezina etiklar va rezina fartuk bilan ta’minlanishlari lozim.
49. O‘tkir ishqor va kislotalarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun borat kislota yoki soda eritmalari mavjudligi ta’minlanishi lozim.
50. Radioaktiv moddalar bilan ishlaydiganlar Radioaktiv moddalar va ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash sanitariya qoidalariga asosan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
51. Zararli gaz, bug‘lar va changning havodagi yig‘ilishi yo‘l qo‘yilgan sanitariya me’yorlaridan yuqori bo‘lgan konsentratsiya hosil bo‘lish ehtimoli bor joylarda ishlaydigan ishchilar tegishli nafas olish a’zolarining shaxsiy himoya vositalari (NAShHV) bilan ta’minlanishi kerak.
Har bir xavfli ishlab chiqarish obyektida uning xususiyatlarini nazarga olib NAShHV turlari asoslanishi va loyihaviy hujjatda belgilanishi kerak.
NAShHV tanlashda va qo‘llashda sanoat gazniqoblarini qo‘llash bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalarga amal qilish lozim.
52. Ish joylarida tegishli NAShHVlarni qo‘llash, ularning ayrim qismlarining sozligini aniqlash, shuningdek yaxshi tutish, saqlash va dezinfeksiyalashga oid yo‘riqnoma bo‘lishi darkor.
53. NAShHVlarni tekshirish, ta’mirlash va brakka chiqarish ishlari ishlatish yo‘riqnomasiga asosan, gazdan qutqarish xizmati laboratoriyasida amalga oshirilishi lozim.
54. Chang chiqishi bilan bog‘liq ishlar bajarilayotganda ishchilar changga qarshi respiratorlar, himoyalash ko‘zoynaklarida va kombinezonlarda bo‘lishlari kerak.
55. Ishchilar NAShHVdan foydalanish, tekshirish va saqlash qoidalariga o‘rgatilishi zarur. Ularni qo‘llash va tekshirish qoidalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar, NQK texnik rahbari tasdiqlagan jadvalga ko‘ra o‘tkazilishi lozim.
56. Har bir xavfli ishlab chiqarish obyektida tegishli tur va rusumdagi NAShHV avariyali zaxirasi mavjud bo‘lishi lozim. Har bir obyekt uchun filtrlovchi avariyali gazniqoblar soni tegishli rusumdagi 3 — 5 komplekt (to‘plam) hisobidan butlanadi.
57. Filtrlovchi gazniqoblarning avariyali zaxiralari plombalangan qutilarda, shlangli gazniqoblar esa, plombalangan chamadonlarda saqlanishi zarur.
Avariyali zaxiralardagi plombalarning butunligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan smena topshirish va qabul qilishda tekshiriladi.
Avariyali zaxiraning mavjud va sozligi, NQK texnik rahbari tasdiqlagan jadvalga binoan, gazdan qutqarish xizmati ishchisi tomonidan har oyda kamida bir marta tekshiriladi.
59. Shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim va maxsus poyabzallarning to‘g‘ri saqlanishiga bevosita ishchilar va ish rahbarlari javobgardir.
60. NQK obyektlarining hududlari va ishlab chiqarish xonalari sanoat korxonalari sanitariya qoidalari va amaldagi me’yorlar talablariga binoan saqlanishi kerak.
61. Qurilishi tegishli texnik hujjatlar bilan asoslangan lotok, transheya, kotlovan va chuqurliklar, shu jumladan vaqtincha qurilganlar ham, qorong‘i paytda yoritilishi, plitalar bilan yopilishi yoki kamida 1 m balandlikdagi panjaralar bilan to‘silishi darkor.
62. NQKning hududida piyodalar uchun qattiq qoplamali yo‘laklar qurilib, ularning joylashtirilishi va saqlanishi ehtimoli bor avariya holatlarida ham xodimlarning bemalol harakatlanishini ta’minlashi lozim.
63. Yo‘llar, ko‘priklar transport va piyodalar o‘tish yo‘llari toza va soz saqlanishi, quvuro‘tkazgich estakadalari tagidagi o‘tish yo‘llari kerakli yo‘l belgilariga ega bo‘lishi va kunning qorong‘i paytida yoritilishi kerak.
64. NQK portlash-yong‘indan xavfli obyektlari bo‘ylab uchqunso‘ndirgichi bo‘lmagan avtotraktor texnikasining yurishi mumkin emas.
65. Rels yo‘llari piyodalar yo‘llari bilan kesishgan joylarda rels kallaklari bilan bir tekisda yaxlit tagliklar o‘rnatilishi, hamda ogohlantiruvchi va taqiqlovchi belgilar o‘rnatish lozim.
66. Yo‘lning transport yuradigan qismini yopish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlash ishlari yong‘indan saqlash xizmati bilan kelishib bajariladi.
67. Ta’mirlash — qurilish ishlari olib borilgan NQK hududi tekislanib qurilish axlatlaridan tozalanishi darkor. Belgilangan uchastkada rejalashtirish va qurilish axlatidan tozalash ishlari tamomlanmaguncha qurilmani ishga tushirish mumkin emas.
68. NQK hududida mehnat xavfsizligiga oid plakatlar, xavfsizlik belgilari va “Portlashdan xavfli!”, “Yong‘indan xavfli!”, “Chekish man etiladi!” degan va boshqa lavhalar osib qo‘yilishi kerak.
69. NQK hududida, bino va yong‘indan saqlash xizmati bilan kelishib, ajratilgan “Chekish joyi” degan lavha o‘rnatilgan joylardagina chekish mumkin.
70. NQK hududida, texnologik tartib yoki yo‘riqnomalarda belgilangan doimiy va vaqtincha olovli ishlar bajariladigan joylardan tashqari, ochiq olov ko‘llanishi mumkin emas. Olovli ishlarni vaqtinchalik bajarish tartibi texnik rahbar tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomada belgilanadi.
71. NQK hududida neft mahsuloti va boshqa tez alangaluvchan suyuqliklar (TAS) to‘kilgan holda, yig‘ilgan ifloslarni xavfsiz utillashtirish bo‘yicha tezkor choralar qo‘llanishi shart.
72. Transport o‘tish va kelish yo‘llari, narvon maydonchalari, binodan chiqish va kirish joylari, yong‘inga qarshi uskunalarga, o‘t o‘chirish vositalariga, aloqa va signalizatsiyaga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘yish va ifloslantirish mumkin emas.
73. NQK hududidagi piyodalarni quvuro‘tqazgichlardan, lotok va transheyalardan o‘tish yo‘llarida panjarasining balandligi eng kamida 1 m, uzunligi eng kamida 1 m keladigan, ko‘prikchalar o‘rnatilishi lozim.
74. Quduq, lotoklar va chuqurliklardagi surma zulfinlar va boshqa armaturalar ularni yer yuzidan turib boshqaradigan moslamalarga ega bo‘lishi, hamda ta’mirlash va oldini olish (profilaktika) ishlari uchun qulay joylanishi lozim.
75. Ishlab chiqarish xonalarini, zarurat bo‘yicha, lekin smenada kamida bir marta ho‘l, nam yoki boshqa chang chiqarmaydigan usullar bilan tozalash lozim.
76. Artish uchun foydalangan latta-puttalar zich yopiladigan qopqoqli maxsus metall qutilarga yig‘ilib, smena yakunida ishlab chiqarish xonalaridan maxsus ajratilgan joyga olib chiqilishi darkor.
77. Material va uskunalarni vaqtincha saqlash uchun belgilangan miqdorda va ularni saqlash qoidalariga amal qilgan holda, yong‘indan saqlash xizmati bilan kelishilgan maxsus ajratilgan xona yoki joylardan foydalanish lozim.
79. Portlashdan xavfli har bir xona eshigining tashqi tarafiga uning portlashdan xavfli ta’riflari belgilangan yozuv osib qo‘yish kerak.
80. Tez alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar, zararli modda va reagentlardan namunalar olishni maxsus ajratilgan joylarda bajarish darkor.
81. Issiq apparatlar, uskuna va quvuro‘tkazgichlarning izolatsiyasi soz holda bo‘lishi kerak. Xonalarda uning yuzasi harorati 45°S dan, ochiq maydonlarda esa 60°S dan oshmasligi kerak.
82. Elektr uskunalar, shu jumladan nazorat va avtomatika asboblari, elektr asboblar va payvandlash apparatlarining tuzilishi, xavfli ishlab chiqarish hududining yoritilishi, belgilangan tartibda, tasdiqlangan elektr qurilmalarining tuzilish qoidalari talablariga javob berishi kerak, ularning ishlatilishi esa, belgilangan tartibda tasdiqlangan, iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ishlatish qoidalari talablariga va iste’molchilar elektr qurilmalarni ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga asosan amalga oshirilishi kerak.
83. Ko‘chma yoritqichlar sifatida portlashdan himoyalangan yoritqichlar ishlatilishi lozim. Aloqa texnik vositalarining yasalishi va o‘rnatilishi portlashdan xavfli xonalardagi zonalar klassiga mos bo‘lishi shart.
84. Havo bilan gaz va bug‘larning portlashdan xavfli aralashmasi vujudga kelishi ehtimoli bor joylarda ishlaganda, urganda uchqun chiqarmaydigan metalldan yasalgan asbobdan foydalanish lozim.
85. NQK ishlab chiqarish obyektlari, yong‘in nazorati organlari bilan kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha, o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
86. Yong‘inga qarshi ishlatiladigan inventar, yong‘indan saqlash xizmati bilan kelishilgan joylarda, belgilangan miqdorda va saqlash qoidalariga amal qilgan holda joylashtirilishi kerak.
87. NQK xavfli ishlab chiqarish obyektlari hududida va ishlab chiqarish xonalarida quyidagilar bajarilishi lozim:
a) xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan smena mobaynida kamida bir marta yong‘inga qarshi uskunalar, o‘t o‘chirish tizimi holati va sozligini hamda tizimlarda kerakli suv va bug‘ bosimi mavjudligini tekshirish;
b) har gal smena boshlanishi oldidan xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan shamollatish qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazib, ishga yaroqli ekanligini tekshirish;
v) smenada bir marta NO‘A, avtomatika va ehtiyot moslamalari holatini NUA ishchisi tomonidan ko‘zdan kechirib tekshirish.
88. Ish joylaridagi aloqa vositalari signal berish, yong‘indan saqlash xizmatini tibbiy muassasa, gazdan qutqarish xizmatini va NQK dispetcherini chaqirish tartibiga doir jadval belgilangan joyga osib qo‘yilishi lozim.
89. Isitish tizimi va shamollatish qurilmalari soz bo‘lishi va amaldagi yo‘riqnomalar, hamda rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash (POT) jadvaliga asosan tekshirilishi, hamda ta’mirlanishi kerak.
90. Isitish tizimi, isitish asboblari va boshqa elementlarning tuzilishi, issiqlik tashuvchi sifati, shuningdek xizmat ko‘rsatish davriyligi va turlari loyihaviy hujjat talablariga javob berishi shart. Xonalarni isitish uchun issiqlik tashuvchi sifatida yonuvchan va zararli moddalarni qo‘llash mumkin emas.
91. Isitish asboblari va isitish tizimining tuzilishi va joylashtirilishi ularni tekshirish va chang hamda ifloslardan tozalash uchun qulay bo‘lishi darkor.
92. Portlash va yong‘indan xavfli xonalarning poli ostidan o‘tgan isituvchi quvuro‘tkazgichlarning lotoklari qum bilan ko‘milishi, ularning ichki va tashqi devorlardan o‘tish joylari obdan zichlangan va izolatsiyalangan bo‘lishi kerak.
94. Ishlatilayotgan shamollatish qurilmalarining amaldagi samaradorligi loyiha talablariga mosligi, ishlatish tartibi tasdiqlangan jadval bo‘yicha, asboblar yordamida tekshirilishi lozim.
95. Avtomatik ishga tushirgich bilan jihozlangan shamollatgichlarda “Diqqat! Avtomatik ravishda ishga tushiriladi” degan lavha osib qo‘yilishi kerak.
96. Shamollatgich kamerasida shamollatish qurilmasining sxemasini osib qo‘yish, kamera eshigiga esa — qurilmani ishlatishga javobgar shaxsning ismi-shariflari yozilgan lavha o‘rnatish kerak.
97. Texnologik qurilma, uskunalar, ishlab chiqarish korxonalarini ta’mirlash bo‘yicha nuqsonlar qaydnomasida shamollatish qurilmalarini ta’mirlash va sozligini tekshirish nazarda tutilishi kerak. Shamollatish tizimi nosoz bo‘lgan texnologik qurilma yoki obyektni ta’mirdan qabul qilish mumkin emas.
98. Shamollatgich kameralaridan omborxona sifatida foydalanish va u yerni begona predmetlar bilan to‘sib qo‘yish mumkin emas.
99. Ishlab chiqarish obyektlarining suv bilan ta’minlash tizimi maxsus tayyorlangan xodim tomonidan loyiha va amaldagi sanitariya me’yorlariga asosan saqlanishi va ishlatilishi lozim.
100. Texnologik obyektlarning aylanma suv bilan ta’mirlash tizimlari uchun suvga portlash-yong‘indan xavfli suyuqliklar, bug‘lar va gazlar tushish ehtimoli paydo bo‘lganda ularni xavfsiz ishlashini ta’minlovchi choralar nazarda tutilishi kerak.
101. Texnologik reglamentlar va avariyani bartaraf qilish rejasida (ABR) nazarda tutilgan holatlardan tashqari, xo‘jalik — ichimlik suv o‘tkazgichlarni texnik maqsadlar uchun ishlatish mumkin emas.
103. Ishchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun favvoralanuvchi uchliklarga ega yopiq baklar va sanitariya me’yorlariga javob beradigan boshqa moslamalar bilan jihozlash kerak.
104. Oqova suvlarni tashlanishi, ularning ifloslanish darajasi, hamda tozalash inshootlarining samarali ishlashi ustidan, sanitariya nazoratining mahalliy organi bilan kelishilgan jadvalga asosan, kunlik laboratoriya nazorati tashkil qilinishi kerak. Oqova suvlardagi neft mahsulotlari va zararli moddalar tarkibi belgilangan me’yorlardan oshmasligi zarur.
105. Nosoz yoki noto‘g‘ri yasalgan gidroto‘sqichli kanalizatsiyani ishlatish mumkin emas. Har bir gidroto‘sqichdagi to‘siqni tashkil qiluvchi suv qatlamining balandligi 0,25 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
106. NQK hududi ichida undan tashqarida joylashgan sanoat kanalizatsiya quduqlari har doim yopiq bo‘lishi kerak. Quduqlarning qopqoqlari po‘lat yoki temir-beton halqa ichida kamida 10 cm qalinlikda qum bilan ko‘milishi kerak.
107. Ichida ish olib borilayotgan quduqlar atrofi to‘silishi va oldida “Ishlar bajarilyapti” degan ogohlantiruvchi lavha va belgilar o‘rnatilishi zarur.
108. Nosoz yoki ifloslangan, oqova suvlarni zarur darajada tozalanishini ta’minlay olmaydigan tozalash moslamali sanoat kanalizatsiyasini ishlatish mumkin emas.
109. Sanoat kanalizatsiyasining tutgich va tindirish hovuzlari kamida 1 m ga teng balandlikda to‘silgan bo‘lishi kerak.
110. NO‘A va A boshqaruv shchitida joylashtirilgan asboblarning aniqlanayotgan va ruxsat etilgan ko‘rsatkichlar chegarasi belgilangan yozuvlari bo‘lishi zarur.
111. Signal beruvchi lampalar va boshqa maxsus asboblarda signal mazmunini belgilovchi yozuvlari bo‘lishi kerak.
114. NUA va A vositalari ta’mirlashga, sozlashga yoki tekshirishga olingan bo‘lsa, darhol barcha o‘lchamlar bo‘yicha mos keladigan zaxira vositalarga almashtirilishi kerak.
115. Ishlab chiqarish yo‘riqnomalariga ko‘ra, smenadagi texnologik xodim ayrim asbob va avtomatika vositalarini faqat avariya vaziyatidagina o‘chirishi mumkin.
116. Har bir texnologik qurilma (obyekt)da, ishlab chiqarish yo‘riqnomada loyihalash instituti bilan kelishilgan, ulardan voz kechilsa, qurilma (obyekt) to‘xtalishi yoki xavfsiz ishlash tartibiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, himoyalash va jarayonni tartiblash vositalarining minimal miqdordagi ro‘yxati mavjud bo‘lishi lozim.
117. Nosoz NO‘A va A, shuningdek tekshiruv muddati o‘tgan asboblarni o‘rnatish va ishlatish mumkin emas.
118. Manometrning ko‘rsatkichlari xizmat ko‘rsatuvchi xodimga yaqqol ko‘rinadigan qilib, o‘rnatilishi, shkalasi vertikal tekislikda yoki old tomoniga 30º og‘gan bo‘lishi, o‘lchov chegarasi shkalaning uchdan ikkinchi qismida bo‘lishi lozim. Manometr tsiferblatida idishdagi ruxsat etilgan maksimal bosimga teng ko‘rsatkich bo‘yicha qizil chiziq yoki korpusida qizil rangli mil o‘rnatilishi kerak.
Xizmat ko‘rsatish maydonchasi polidan 3 m dan yuqori bo‘lgan joylarda manometr o‘rnatish mumkin emas.
119. NO‘A va A, muhosaralash va signal berish moslamalarini taftish qilish nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika vositalarini rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash nizomiga asosan tuzilgan jadval bo‘yicha o‘tkazilishi, hamda maxsus jurnallarda qayd etilishi darkor.
120. NO‘A va A havo tizimini va texnik havo tizimlarini qo‘shish, hamda NO‘A va A havo tizimi yo‘llariga havoni boshqa maqsadlarda ishlatish uchun kesib ulash mumkin emas.
121. NO‘A va A sexlarida simobli asboblar bo‘lsa, ularni ta’mirlash uchun ajratilgan alohida xonalarni nazarda tutish lozim.
122. Radioaktiv izotopli asboblarni ishlatganda radioaktiv moddalar va boshqa ionlanuvchi nurlanish manbalari bilan ishlashga oid sanitariya qoidalarni qo‘llash lozim.
123. NQK obyektlaridagi yashindan himoyalash qurilmasi “Bino va yashindan himoyalash qurilmalarini loyihalash va qurish bo‘yicha yo‘riqnoma” talablariga javob berishi kerak.
Yashindan himoyalash qurilmasi va statik elektrdan himoyalash “Elektr qurilmalar tuzilish qoidalari” (PUE)ning VII bo‘limi talablariga javob berishi kerak.
124. Statik elektr uchun mo‘ljallangan yertutash qurilmalari, odatda, elektr uskunalar uchun mo‘ljallangan yertutash bilan birlashtiriladi. Bunday yertutash qurilmalar PUE, GOST 21130 va SN 102 talablariga asosan bajarilishi kerak.
125. Statik elektrdan himoyalash uchun temir yo‘l sisternalariga quyish uchun mo‘ljallangan metall uchlik shlanglar diametri kamida 2 mm mis sim yoki kesimi kamida 4 mm bo‘lgan mis quvurcha bilan o‘ramalararo qadamni 100 mm dan oshirmay o‘ralib yerga tutashtirilishi kerak. Sim yoki quvurchaning uchlari quvuro‘tkazgich qismlariga va uchlikka payvandlab yoki bolt bilan mahkamlab biriktirilishi lozim.
Shlanglardagi uchliklar, hamda neft mahsulotni quyish va to‘kin uchun mo‘ljallangan tez ajratiladigan moslamalar uchqun chiqarmaydigan materialdan yoki uchqun chiqarmaydigan qoplamali po‘latdan yasalgan bo‘lishi zarur.
126. Temir yo‘l sisternalarni to‘ldirishda foydalanadigan quvur ustunlar yerga tutashtirilgan bo‘lishi kerak.
127. Tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar (kondensatlar) quyish yoki to‘kish uchun qo‘yilgan avtotsisternalar, jarayon paytida yerga tutashtirilgan bo‘lishi kerak. Avtotsisternalardagi statik elektr zaryadlarini bartaraf etish uchun, ularga yerga tegib turadigan metall zanjircha ulab qo‘yilishi lozim.
128. Rezervlardagi qabul qiluvchi quvuro‘tkazgichning joylanishi neft mahsulotni “o‘lik qoldiq” sathini nazarga olgan holda suyuqlik qatlami tagiga berilishini ta’minlash kerak.
129. Momaqaldiroq paytida yonuvchan suyuqliklardan namuna olish, shuningdek suyuqliklarni haydab kiritish yoki so‘rib chiqarish mumkin emas.
130. NQK hududidagi, qurilmalar va ishlab chiqarish xonalardagi uskuna va quvuro‘tkazgichlarni yig‘ish, ajratish va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun loyihaga binoan bajarilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan, yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalariga asosan ishlatiladigan, yuk ko‘tarish-transport vositalari va mexanizmlarini qo‘llash lozim.
131. Takelaj ishlari kunning yorug‘ paytida bajarilishi kerak. Kunning qorong‘i paytida takelaj (ortish-tushirish) ishlarini yuklarni tashish (siljitish) ishlariga ruxsatnomasi bo‘lgan mutaxassisning bevosita rahbarligi ostida bajarish kerak.
Katta o‘lchamli, og‘ir yuklarni ortish, tushirish, transportga tashish ishlarini ularni xavfsiz bajarish bo‘yicha javobgar shaxs ko‘rsatilgan, dastlab ishlab chiqilgan va NQK texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan ishlarni tashkil qilish rejasiga asosan bajarish kerak.
132. Yukko‘tarish mexanizmining harakat doirasidagi joy to‘silgan bo‘lishi, xavfli zona chegarasida esa — ogohlantiruvchi belgilarni o‘rnatish zarur.
133. Elektr asboblarning ishlatish elektr asboblar va moslamalarni ishlatishda xavfsizlik qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak.
134. Qo‘l elektr asboblari bilan ishlashga “Iste’molchilar elektr qurilmalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari” (IEQIXTQ) bo‘yicha o‘qitishdan o‘tgan va elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II malakaviy guruhga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
135. Elektr asbobga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari elektr xavfsizligi bo‘yicha, IEQIXTQ, IEQTIQ ga asosan kamida IV malakaviy guruhga ega elektr texnik xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.
137. Xizmat ko‘rsatuvchi uskunalar 1,5 m dan yuqorida joylashgan bo‘lsa (apparat, asboblar, lyuklar, surma zulfinlar va h. k) ular oldiga ko‘chmas narvonlar va to‘silgan maydonchalar o‘rnatilishi lozim.
3 m dan oshmagan balandlikda joylashgan kam xizmat ko‘rsatiladigan uskuna oldiga 60° qiyalikda narvon o‘rnatishga ruxsat etiladi.
138. Balandlikda ishlarni bajarishga mo‘ljallangan havoza va boshqa moslamalar inventarlik talabiga javob beradigan bo‘lishi va namunaviy loyihalarga asosan yasalishi darkor.
139. Quvuro‘tkazgichlarga mahkamlangan qo‘shimcha narvonlardan foydalanish va ularda ta’mirlash ishlarini o‘tkazish mumkin emas.
140. NQK hududida tuproq ishlarini bajarishga mazkur ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma — naryad, hamda bajarilayotgan ishlar hududidagi yerosti kommunikatsiyalar joylanish rejasi mavjudligida ruxsat etiladi.
141. Odamlar yoki avtotransport o‘tadigan joylarda transheyalar qazilsa, to‘siqlar o‘rnatilishi lozim.To‘siqlarda ogohlantiruvchi belgi yoki yozuvlar, tungi paytda esa — signallovchi yoritqich o‘rnatish lozim.
142. Texnologik jarayonlarni, sanoat xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarga binoan, texnologik loyihalashda qo‘llanadigan dastlabki ma’lumotlarga asosan ishlab chiqish kerak.
143. Barcha ishlab turgan va ishga tushirilayotgan korxonalar sanoat tajriba, sinov qurilmalari va mini — NQZ uchun texnologik tartib ishlab chiqilib belgilangan tartibda ishlab tasdiqlanadi. Texnologik tartiblar (reglament) tarkibi va mazmuni neftni qayta ishlash korxonalarining mahsulot ishlab chiqarishiga qo‘yilgan texnologik reglamentdagi belgilangan talablarga javob berishi lozim.
144. Texnologik reglamentlar (tartiblar)da tashqi havo muhitining salbiy haroratida neftni qayta ishlash korxonalarini xavfsiz ishga tushirish sharoitlari ishlab chiqilishi lozim.
145. Texnologik uskunalar, nazorat vositalari boshqarish, signal berish, aloqa va avariyaga qarshi avtomatik himoya (AQAH) vositalari quyidagi davriylikda tashqi ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:
a) texnologik uskunalar, quvuro‘tkazgichlar armaturasi, elektr uskunalar, himoya vositalari, texnologik quvuro‘tkazgichlar — har bir smena boshlanishi oldidan va smena mobaynida kamida har ikki soatda operator, mashinist, smena boshlig‘i tomonidan;
b) nazorat, boshqarish vositalari, bajarish mexanizmlari, avariyaga qarshi himoyalash, signal berish va aloqa vositalari — sutkada kamida bir marta, metrologik xizmat ishchilari tomonidan;
g) o‘t o‘chirish vositalari, shu jumladan avtomatik tizimlarni — har oyda kamida bir marta, yong‘indan himoyalash xizmati ishchilari bilan birgalikda maxsus tayinlangan shaxslar tomonidan.
146. Har bir portlash-yong‘indan xavfli obyekt uchun avariyani bartaraf qilish rejasi (ABR) ishlab chiqilishi va unda, bo‘linmani o‘ziga xos sharoitini nazarga olib, avariya holatlari va avariyalarning oldini olish, ular sodir bo‘lganda esa — bartaraf etish, zaharlanish, yong‘in yoki portlashni yo‘q qilish, ular oqibatini iloji boricha kamaytirish bo‘yicha choralar va xodimlarning harakati nazarda tutilishi kerak.
147. ABR da tashkilot hududidagi barcha shaxslarni avariya to‘g‘risida ogohlantirish va belgilangan zonalarda olov chiqish manbalar vujudga kelishini bartaraf qiluvchi choralar nazarda tutilishi lozim.
148. Avariya holatini bartaraf qilish rejalari tashkilot rahbari tomonidan aniqlanib tasdiqlangan korxona va ayrim obyektlar ro‘yxatiga asosan ishlab chiqiladi.
149. ABR bo‘yicha bilimlar attestatsiya sinovida tekshiriladi, amaliy malaka esa — bosh muhandis (texnik direktor) tasdiqlagan jadval bo‘yicha xodim bilan o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlar paytida sinaladi.
150. ABR ishlab chiqish talab qilinmaydigan ishlab chiqarish uchastkalarida avariya holatida, xodim tashkilot bosh muhandisi (texnik direktor) tomonidan tasdiqlangan, tegishli ish joyiga taalluqli sanoat xavfsizligiga oid yo‘riqnomalarga amal qilishi kerak.
151. Portlash-yong‘indan xavfli korxonalar yoki qurilmalarda ularni ishlatish va tajriba ishlarini o‘tkazish xavfsizligini ta’minlovchi qo‘shimcha choralar ishlab chiqilmagan bo‘lsa, yangi ish jarayonlarni yoki ayrim qismlarini sinash bo‘yicha tajribali ishlar o‘tkazish, yangi ishlab chiqilayotgan uskunalarning asosiy nusxalarini sinash, tajribali vositalar va avtomatlashtirish tizimini tekshirish ishlarini amalga oshirish mumkin emas.
152. Portlashdan xavfli va zararli moddalar saqlanadigan idish va apparatlarda o‘rnatilgan ehtiyot klapanlarning gaz tashlamalari mash’ala tizimiga yuborilishi zarur.
153. Texnik apparatlarning neytral gaz va bug‘lari tashlamasini atmosferaning xavfsiz joyiga chetlatish kerak. Chiqindi gazlar uchun quvur ustunining (svecha) balandligi eng yuqori nuqtadan kamida 5 m baland bo‘lishi lozim (bino yoki xizmat ko‘rsatish maydonchaning tashqi apparaturasi chiqindi gaz ustunidan 15 m radiusida). Sham (svecha)ning minimal balandligi maydonchaning rejalashtirilgan belgisidan kamida 6 m teng bo‘lishi kerak.
154. Bosim ostidagi suyultirilgan gazlar, tez alangalanuvchi suyuqliklar (TAS) omborlari bosim ostidagi suyultirilgan gazlar va TAS omborlari uchun o‘rnatilgan talablariga javob berishi lozim.
155. Portlash-yong‘indan xavfli obyektlarda o‘t o‘chirish tizimi turlari va ularni qo‘llash zarurati loyihalash tashkiloti tomonidan, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati korxonalari, bino va yong‘inga qarshi loyihalash bo‘yicha belgilangan talablariga ko‘ra aniqlanadi.
156. Issiq suvda ishlovchi isituvchi sputnik (yo‘ldosh)lar tizimining gidravlik barqarorlikda ishlashini ta’minlash uchun har bir yo‘ldoshda chegaralovchi shaybalar o‘rnatish darkor.
157. Nasos yoki kompressorning haydovchi va so‘ruvchi quvuro‘tkazgichlarida o‘rnatiladigan berkituvchi, kesuvchi va ehtiyot qurilmalar xizmat ko‘rsatishga qulay zonada bo‘lishi lozim.
159. Ehtiyot qurilmalarni tanlash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-texnikaviy hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
160. Qurilmani ishga tushirilishi texnologik reglamentga asosan bajarilishi lozim. Qurilmani ishga tushirish uchun, ishga tushirish va rejimga chiqarish muddatlari belgilangan, hamda ishga tushirish ishlari bo‘yicha javobgar shaxslar tayinlangan korxona bo‘yicha chiqarilgan buyruq asos bo‘ladi. Ishga tushirish bo‘yicha shaxslar zimmasiga barcha ishga tushirishdan oldingi ishlarni tashkil qilish va ularni xavfsiz o‘tkazish, hamda qurilmani ish rejimiga chiqarib, xavfsizlik choralarini ta’minlash ishlari yuklanadi.
161. Qurilmani ishga tushirishdan avval energiya bilan ta’minlash barcha tizimi (issiqlik, suv, elektr ta’minlash, inert gazlar bilan ta’minlash), isitish va shamollatish tizimlari ishga yaroqligi, hamda mazkur qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi mash’ala tizimining ishga shayligini tekshirish zarur.
162. Qurilmani ishga tushirish va to‘xtatishdan so‘ng, jarayonni o‘ziga xosligini nazarga olib, inert gaz yoki suv bug‘i bilan puflanishi va albatta uning (puflash) samaradorligi tahlillar orqali nazorat qilinishi shart.
163. Uskuna va quvuro‘tkazgichlar puflangandan so‘ng birinchi marta ishga tushirishdan avval, hamda uskuna va quvuro‘tkazgichni ochib bajarilgan ta’mirdan so‘nggi kislorod qoldig‘i, qo‘llanilayotgan yonuvchan moddalar bilan portlashdan xavfli konsentratsiyani vujudga keltirmasligi shart.
164. Apparat inert gazi bilan puflanib ta’mirga tayyorlanganda undagi yonuvchan moddalar ish zona havosidagi ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshmasligi zarur.
165. Kislota va ishqor eritmalarini tayyorlash bo‘yicha barcha operatsiyalar, odatda, reagent omborlarida, mexanizatsiyalashgan bo‘lishi, qo‘l mehnati ishlatilmay, xodim texnologik muhit bilan aloqada bo‘lmagan holda, texnologik tartibga asosan bajarilishi lozim.
166. Saqlanadigan ombordagi xavfliligi bo‘yicha I va II sinfga mansub zararli moddalar bilan bog‘liq barcha ishlar shamollatish tizimi ishlaganda bajarilishi kerak.
167. Metanoldan foydalanish bilan bog‘liq ishlar, mazkur ishlarni tashkil qilishda talab qilinadigan xavfsizlik talablariga asosan amalga oshirilishi zarur.
168. Xavfliligi bo‘yicha I, II va III sinfga mansub suyuq reagentlarni uzatuvchi, haydovchi quvuro‘tkazgichlarning flanetsli birikmalarida himoya g‘iloflari o‘rnatilishi darkor.
169. Reagentlarni apparatlarga qo‘yishda qo‘l mehnatidan foydalanish mumkin emas. Bu maqsadlar uchun nasos yoki inert gazi bilan siqib chiqarish tizimi nazarda tutilishi lozim.
170. Reagentlarni uzatishdan oldin vaqtincha ishlamagan apparat va quvuro‘tkazgichlar, zichligini va o‘tkazuvchanligini tekshirish lozim. Odamlar va transport o‘tish yo‘llari ustidan o‘tkazilgan reagentli quvuruzatgichlarda flanetslar o‘rnatish mumkin emas.
171. Nordon va kimyoviy ifloslangan va ishqorli suvlarni umumiy kanalizatsiyaga to‘kish mumkin emas.
172. Tarkibidagi vodorod 60% va undan ziyod bo‘lgan yonuvchan yengil gazlarni ehtiyot klapanlardan xavfsiz joydagi mash’ala qurilmasiga tashlash mumkin.
173. Tarkibida vodorod bo‘lgan muhitda ishlaydigan apparatlarning materiallarini vodoroddan emirilish ta’sirini nazarga olgan holda tanlash lozim.
174. Qurilmani o‘rnatishdan oldin uskuna, quvuro‘tkazgichlar, armaturalar, yer tutashgichlar, nazorat-o‘lchov asboblari, yorug‘lik va ovozli signal, muhosaralash, shamollatish, oqova vositalari, shaxsiy himoya va o‘t o‘chirish vositalarining to‘g‘ri montaj qilinganligini va ishga yaroqli ekanligini tekshirish lozim. Qurilma muhandis-texnik xodimlar rahbarligida ishga tushirilishi kerak.
175. Qurilmani o‘rnatishdan oldin apparatlar, idishlar va quvuro‘tkazgichlardan havoni siqib, umumzavod mash’ala tizimiga chiqarish taqiqlanadi.
176. Mash’ala hududidagi to‘siq ortiga mash’alaga javobgar sex boshlig‘ining ruxsatisiz ishchilarning kirishi taqiqlanadi.
178. Qurilmaning ta’mirlashga berilgan barcha apparatlari va ayrim bo‘laklarini ishga tushirishdan oldin, mash’ala tizimini qurilmadan uzib turib, zichlikka sinash zarur.
179. Qurilmaga bug‘ni qabul qilishdan oldin bug‘o‘tkazgichlardagi barcha tashlamalarni ochish va tizimni qizdirish uchun bug‘ keladigan tarmoqdagi zulfinini ohista ochish lozim. Kichik tarmoqlari bo‘lgan bug‘o‘tkazgichga bug‘ni qabul qilishda avval markaziy magistralga, so‘ngra har bir kichik tarmoqlarga yuborish zarur.
180. Qurilma ishlab turgan paytda apparatlardagi bosim va vakuumni kuzatib borish zarur. Operator xonasidagi shchitga o‘rnatilgan nazorat — o‘lchov asboblarining ko‘rsatmalarini vaqti-vaqti bilan, bevosita apparatning o‘ziga o‘rnatilgan, dublyor asboblar yordamida tekshirib turish darkor. Shkalasi yo‘q asboblarni shu joyning o‘zida nazorat asboblari vositasida tekshiriladi.
181. Uskunalarga quvuro‘tkazgichlar va apparaturalar ulangan joylarda nojipslik ro‘y berganda, ularni ishlatish taqiqlanadi. Aniqlangan barcha nozichlik va sizib chiqish joylar zudlik bilan bartaraf etilishi zarur. Nosozlik haqidagi barcha mulohazalar vaxta jurnalga yozib qo‘yiladi.
182. Uskuna, avtomatika, muhosaralovchi va signal beruvchi qurilmalarni ko‘rik va tekshiruvdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
a) yong‘inga qarshi uskunalar, gazniqoblar, o‘t o‘chirish tizimining sozligi holati, tizimdagi suv va bug‘ bosimining zarur o‘lchamlarda bo‘lishini — smena boshlig‘i tomonidan har safar smena boshlanishidan oldin;
b) shamollatish qurilmalarining sozligi va ishlashini — operator yoki smena boshlig‘i tomonidan, har safar smena boshlanishidan oldin;
v) barcha suv o‘tkazgich qurilmalar (quduqlar, gidrantlar, zulfinlar, zaxira idishlar, nasos qurilmalari va sh. k.), ko‘pik bilan o‘t o‘chirish qurilmalari — maxsus tayinlangan shaxslar tomonidan, yong‘in himoyasi xodimlari bilan birgalikda, har oyda kamida bir marta;
g) NO‘A va A, muhosaralovchi va signal beruvchi qurilmalar holati — NO‘A xizmati xodimlari tomonidan, har smenada kamida bir marta.
183. Apparatlarda deformatsiya ro‘y berishining oldini olish maqsadida, undagi harorat va bosimni asta-sekin va ravon ravishda o‘zgartirish zarur. Harorat va bosimni o‘zgartirish tezligi, korxona Bosh muhandisi tasdiqlagan, qurilmani ishga tushirish, to‘xtatishga doir yo‘riqnoma asosida belgilanadi.
184. Rektifikatsiya kolonnalari korpusida, bug‘latgichlarda, issiqlik almashtirgichlarda va boshqa apparatlarda yoki niqobli quvurlarda neft mahsulotlari sizib chiqishi aniqlanganda, ular alangalanib ketishining oldini olish uchun, sizib chiqqan joyga zudlik bilan bug‘ yuborib, apparat ishini to‘xtatib qo‘yish lozim.
185. Qaynoq neft mahsuloti sovugandan keyingina undan namuna olish mumkin. Namuna toza va qopqoqli metall idishga olinadi. Namuna olayotganda himoya ko‘zoynagi va qo‘lqoplardan foydalanishi zarur.
186. Texnologik apparaturalardan gazni atmosferaga chiqarish mumkin emas. Himoyalovchi klapanlar orqali, avariya sharoitida, gazlarning xavfsiz joyga chiqarish mumkin. Himoya klapanlardan chiqadigan dud bo‘ronlarning balandligi sex binosining eng yuqori nuqtasi yoki ochiq qurilmadagi eng baland ishchi maydonchasidan kamida 5 m ziyod bo‘lishi kerak (dud bo‘rondan 15 m radiusni hisoblab). Yer sathidan esa eng kamida 6 m baland bo‘lishi zarur.
188. Kondensator va sovutgichlardan chiqayotgan suvda neft mahsulotlari va boshqa bo‘lmasligi kerak.
189. Tarkibida 8% (hajmiy) dan ziyod vodorod sulfidi bo‘lgan gazlar uchun mash’ala quvuriga chiqaradigan maxsus tizim rejalashtirishi lozim. Mazkur tizim bo‘lmagan holatlarda vodorod sulfidli gazlar boshqa obyektlardan kelayotgan uglevodorod gazi bilan suyultirilib turib korxonaning umum mash’ala tizimiga yuborilishi zarur.
190. Issiq pech nasoslarining ishlashi ustidan muntazam nazorat o‘rnatilishi lozim. Issiq pech nasoslarini oz miqdordagi neft mahsulotlari bilan ta’minlanganda ishni to‘xtatish kerak.
Apparatlarga kelayotgan neft mahsulotlardagi bosim pasayib yoki eng pastki chegaraga tushib qolganda ishlab ketadigan yorug‘lik yoki ovozli signal berish vositalarining bo‘lishi shart.
191. Salniklar va nasoslarning issiq qismlarini sovutish tizimi nosoz bo‘lgan nasoslarni, haddan tashqari qizib ketmasligi uchun ishlatish taqiqlanadi.
192. Zaxiradagi issiqlik nasoslarini ishga tushirishdan avval, ularga issiq neft mahsulotini yuborib asta-sekinlik bilan qizdirib olish lozim.
193. Idishlardagi nam saqlagich suvlarni chiqarmay turib kolonnani namlash uchun suv sepish mumkin emas.
194. Qurilmalardan avariya vaziyatlarida ishlatiladigan idishlarga keladigan avariya quvuro‘tkazgichlarni doimiy bir yo‘nalishdagi nishablikka ega bo‘lishi va butun uzunligi bo‘ylab zulfini bo‘lmasligi (kesib, ajratadigan va boshqa.) kerak.
195. Avariya vaziyatlarida ishlatiladigan idishlarga oldindan avariya bug‘ quvuro‘tkazgichlarini ulamay turib, ularga issiq neft mahsulotlarini tashlash mumkin emas. Neft mahsulotini tashlash jarayoni tugagandan keyin avariya quvuro‘tkazgichni bug‘ bilan puflab tozalash zarur. Yopiq avariya rezervuardan har vaxtada suvni chiqarib yuborish kerak.
196. Gaz, bug‘ yoki suyuq mahsulotlari sizib chiqadigan uskunalar va quvuro‘tkazgichlarni ishlatish mumkin emas. Barcha nosozliklar bartaraf etilishi shart.
Agar nosoz apparat o‘rniga rezerv (zaxiradagi) apparat bo‘lsa, ishlashni rezerv apparatga ko‘chirib turib, sizib chiqish joylari (nosozliklar) apparatni uzib qo‘yib tuzatilishi kerak. Tayyorlangan apparatdagi ta’mir ishlarini tegishli yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ishlab turgan quvuro‘tkazgich va uskunalardagi nosozlikni bartaraf etish taqiqlanadi.
197. Portlashdan xavfli bug‘ aralashmalari va gaz bilan havo aralashmalari bor joylarda ish olib borganda uchqun chiqib baxtsiz hodisa ro‘y berishining oldini olish maqsadida po‘latdan yasalgan qo‘l asboblarini qo‘llash taqiqlanadi. Mazkur maqsadlar uchun urganda uchqun chiqarmaydigan metall (mis, jiz, latun) yoki mis qoplamali qilib yasalgan asboblarni, kesuvchi po‘lat asboblarga esa konsistent moy (solidol, tavot va sh.k) surkab turib ishlatish lozim.
198. Barcha portlash — olovdan xavfli bino va qurilma joylashgan hududlarga ogohlantiruvchi “Portlashdan xavfli”, “Olovdan xavfli”, “Chekish taqiqlanadi” kabi lavhalar osib qo‘yish zarur. Vaqtincha gazlashgan zonalarni o‘rab (to‘sib) qo‘yib to‘siqlarga ogohlantiruvchi “Gazlashgan” yozuvi yoki belgilari o‘rnatiladi.
199. Yong‘in va portlashdan xavfli joylarda temir mixli yoki metall nag‘alli oyoq kiyimlarida ishlash taqiqlanadi.
200. Barcha texnologik apparatlar, agregatlar va quvuro‘tkazgichlar bir-biridan farqlanuvchi bo‘yoq (belgi)li bo‘lishi lozim. Turli bino (xona)lardagi bir xil apparatlarning ayrim uchastkalari va bo‘yi baland apparatlar qaysi qavat yoki xonada bo‘lishidan qat’i nazar bir xil markirovka (belgi)ga ega bo‘lishi zarur.
201. Elektr qurilmalar, elektr apparaturalar, elektr tarmoqlari va yoritish armaturalarini “Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari”ga muvofiq ishlatish kerak.
202. Pechlarda navbatchi (pilotli), pilikli moslama bilan jihozlangan yondirgichlar bo‘lishi va ularga alohida yonilg‘i keladigan tizimli bo‘lishi kerak.
203. O‘choq ichida portlash ro‘y berganda pech konstruksiyasi buzilib ketishining oldini olish maqsadida uning radiant kameralaridagi yon devorlariga (o‘zi portlab ketadigan) himoyalovchi klapanlar o‘rnatiladi.
204. Pechni ishga tushirishdan oldin, uning ichida, o‘chog‘ida, dud bo‘ronlarida ta’mirdan keyin biror predmet qolib ketmaganligiga amin bo‘lish kerak. O‘choqqa (forsunkalarga) o‘t qalashdan oldin uning barcha lyuklari va tirqishlari berk bo‘lishi lozim.
206. Pechni to‘xtatganda yoki avariya vaziyatlarida uning zmeyeviklarini puflash uchun qo‘llaniladigan inert gazli quvuro‘tkazgichlar va bug‘o‘tkazgichlarga teskari klapanlar va 2 tadan berkituvchi zulfinlar o‘rnatish joyiz.
Zulfinlar o‘rtasiga, zulfinlardagi zichlikni tekshirish va bug‘ kondensatlarni tashlab yuborish uchun sinov (puflovchi) jo‘mrak joylashtirish lozim. Zmeyevikni bug‘ bilan puflovchi quvuro‘tkazgich doimo issiq holatda va kondensatsiz bo‘lishi zarur.
Ko‘p sonli zmeyeviklar mavjud bo‘lganda, taqsimlagichdan oldin umum zulfinli aylanma (eshkakli) taqsimlagich o‘rnatish lozim. Zmeyevikni puflashni masofadan turib boshqarishni tashkil etilganda, zulfinni boshqarish posti pechdan eng kamida 5 m narida, bug‘ o‘chirgich armaturaning yonida joylashishi va unga yerdan turib xizmat ko‘rsatish lozim.
208. Quvursimon isitish pechlari ularning forsunkalariga keladigan gazsimon yonilg‘ining bosimi, belgilangan eng past chegaradan ham tushib ketganda yoki yonilg‘i kelmay qolganda o‘z-o‘zidan ishlab ketadigan signal berish moslamasi bilan jihozlanishi zarur.
Forsunkalarga gazsimon yonilg‘i beradigan quvuro‘tkazgichlarga bosim pasayib ketganda avtomatik tarzda berkitadigan yopuvchi (ajratib qo‘yadigan) klapan o‘rnatiladi. Gazsimon va suyuq yonilg‘ilarda ishlaydigan forsunkalar quvuro‘tkazgichlariga berkitish (ajratuvchi) klapanlarini o‘rnatish talab qilinmaydi.
209. Pech quvurlari qizib kuygan holatlarida o‘choq ichida zmeyeviklarga, radiant kameralarga va qo‘shaloq qutilarga suv bug‘ini yuboruvchi, hamda zmeyevik tizimida avariya ro‘y berganda, unga xomashyo va yonilg‘i berishni to‘xtatadigan avtomatik moslama o‘rnatiladi.
210. O‘choq ichini suv bug‘i bilan puflab tozalamay turib, forsunkalarni yoqish taqiqlanadi. Puflashni mo‘ridan bug‘ alomatlari chiqa boshlagandan boshlab 15 min davomida bajarish kerak. Ko‘p kamerali pechlar uchun kameralarni puflash, eng oxirgi zulfinni ochgandan keyin 20 min davom etishi lozim.
211. Suyuq yonilg‘ida ishlaydigan forsunkalarni yoqish uchun, unga avval yonib turgan mash’alani yaqinlashtirib turib, bug‘ va havo kelishiga erishib, so‘ngra forsunkaga yonilg‘i keladigan quvuro‘tkazgichdagi jo‘mrakni asta-sekin ochish lozim.
212. Mash’alani shimdirish uchun tez alangalanadigan mahsulotlar (benzin, ligroin, kerosin va sh.k.)dan foydalanish taqiqlanadi. Yonib turgan mash’ala quti (yashik)dagi quruq qum yordamida o‘chiriladi.
213. Qurilmani ishga tushirishdan avval pechdagi barcha gaz o‘tadigan tarmoqlarni inert gaz bilan puflab, chiqindini mash’ala tizimiga tashlash lozim.
214. Barcha ishlamayotgan (jumladan, vaqtincha ishlamayotgan) forsunkalarga gaz boradigan quvuro‘tkazgichlar berkitilgan bo‘lishi zarur.
216. Forsunkalarga gaz kondensat bilan qo‘shilib kela boshlaganda, gaz keladigan jo‘mrakni zudlik bilan berkitib, kondensatni “gaz mash’ala” tarmog‘iga tashlash lozim.
218. Forsunkani yoqish paytida, alanga chiqib kuyib qolishdan saqlanish uchun, forsunka oynasining yon tarafida turish lozim. Biror sababga ko‘ra gaz yonmasa yoki yonish to‘xtab qolsa, ishchi jo‘mrakni berkitib, o‘choqni yana bir bor bug‘ bilan puflash, forsunkalarga kelayotgan o‘tkazgichlardagi gazni “svecha”ga chiqarib yuborish, hamda forsunkalarni qayta yoqish kerak.
219. Yonilg‘i quvuro‘tkazgichlaridagi gaz va suyuq yonilg‘ining bosimi avtomatik tarzda tartibga solinadi.
220. Pech ishlayotgan paytda zmeyevik quvurlarining, quvur osmalarining va pech devorlarining holatini kuzatib turish ta’minlanishi lozim. Pechning quvurlarida shishib (bo‘rtib) chiqish, devorlarida defomatsiya alomatlari, osma moslamalar uzilib ketish holatlari ro‘y berishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
221. Zmeyevik quvurlarining pech gabaritlaridan tashqariga chiqib turgan, ulangan joylarini, qo‘l, badan tegib kuyib qolmaslik uchun izolatsiyalash zarur.
222. Quvur pechlarining egizaklaridan (juftlaridan) mahsulot sizib chiqa boshlasa, bunday pechlarni ishlatish taqiqlanadi. Tiqinlarni mahkamlash uchun boltlarni mahkamlashni quvurlardagi bosimni pasaytirib, zmeyevikni mahsulotlardan bo‘shatib turib bajarish kerak.
223. Pech o‘chog‘idagi yonish jarayoni me’yoriy rejimda bo‘lishga erishish lozim; barcha forsunkalar tekis (bir xil) yuklanib, mash’ala (olov)ning uzunligi bir xil o‘lchamli bo‘lishi zarur.
224. Forsunkalar yonishini kuzatishda himoya ko‘zoynagini taqib, qarash tirqishining yonida turish kerak.
225. Zmeyevik quvurlarining qizib-ko‘pchib ketishi holatlari ro‘y berganda, pechga mahsulot kelishini tezda to‘xtatib, yondirgich yoki forsunkalarni o‘chirish va o‘choqqa bug‘ yuborish lozim.
226. Qizigan zmeyevik quvurlarini mahsulot yo‘nalishi bo‘ylab bug‘ yoki inert gaz bilan puflash kerak. Avariya vaziyatlari uchun mo‘ljallangan idish bo‘lsa puflashni mahsulot yo‘li bo‘ylab yoki teskarisiga (kuygan joy holatiga qarab) bajarish lozim va o‘choqqa iloji boricha mahsulot tushmasligiga erishish zarur.
227. Puflashni boshlashdan oldin zmeyevikdagi bosim puflanayotgan bug‘ yoki inert gaz bosimidan past bo‘lishi kerakligiga e’tibor berish kerak.
Zmeyevikka bug‘ yuborishdan oldin bug‘o‘tkazgichdagi kondensat to‘lasicha chiqarib tashlanishi lozim.
228. Pechni ta’mirlash uchun to‘xtatishdan oldin zmeyevik ichidagi mahsulot texnologik tartibga ko‘ra inert gaz yoki suv bug‘i bilan puflab chiqarib yuborilishi kerak.
Quvurlar ruxsat etilgan me’yordan ortiq darajada eyilib (yupqalashib) ketganda, ularni almashtirish lozim.
230. Qurilmaning elektr qismiga 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr-qurilmalarida ishlashga huquqi bor elektrtexnik xodim, IEQIXTQ, IEQTIQ ga asosan xizmat ko‘rsatadi.
231. Elektr degidratorga xizmat ko‘rsatuvchi elektr texnik xodim ixtisosi bo‘yicha kamida IV elektr xavfsizlik guruhiga mansub bo‘lishi kerak.
232. Har bir elektr degidrator tanasida, narvonga yaqin joyda, hamda boshqaruv shchitining tegishli panelida (old va orqa tomonlarida) uning tartib raqami bo‘lishi lozim.
233. Transformatorlar va reaktiv g‘altaklar joylashgan yuqoridagi maydoncha to‘r yoki panjarali to‘siqqa ega bo‘lib, unga “Yuqori kuchlanish! Hayot uchun xavfli!” degan yozuv osib qo‘yish zarur.
234. Elektr degidrator ishlab turganda, uni ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘siq ichiga kirish taqiqlanadi.
235. Elektr qurilmali elektr degidratorni o‘rab turgan to‘siqda, eshigini ochganda, kuchlanishni uzib qo‘yadigan muhosaralash moslamasi bo‘lishi kerak.
236. Elektr degidrator ishlayotganda unga ko‘tarilish uchun qo‘yilgan narvonga “Kirma, o‘ldiradi!” degan lavha osib qo‘yish lozim.
238. Elektr degidrator apparatidagi neft sathi pasayganda kuchlanishni uzib qo‘yadigan qurilma o‘rnatilishi kerak. Barcha muhosaralash qurilmalarining ishini, grafikka ko‘ra, bir yilda kamida bir marta tekshirib turish zarur.
239. Elektr degidratorni neft bilan to‘ldirgandan keyin, kuchlanishni ulashdan oldin, unda to‘planib qolgan gaz va bug‘ni gaz havo quvuri orqali yopiq tizimga chiqarib yuborish kerak.
240. Elektr degidratorning yuqorisidagi maydonchada va uning ichiga o‘rnatilgan uskunalarni ta’mirlash uchun, berk apparatlarda ishlash va elektr ta’mir olib borishga rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomani olib, quyidagi tadbirlarni tartib bo‘yicha bajargandan keyingina kirishish mumkin:
a) asosiy elektr tarmog‘idagi, hamda tezkor tarmoqdagi kuchlanishlarni uzib qo‘yib, o‘sha joylarga “Ulamang — odamlar ishlayapti!” degan plakat osib qo‘yish;
v) ikkala transformatorlarning yuqori kuchlanish tarafida kuchlanish (elektr toki) yo‘qligini tekshirish;
241. Ogohlantiruvchi “Ulamang — odamlar ishlayapti!” degan plakatni faqat tezkor xodim farmoyishi bo‘yicha echib olinishi mumkin.
242. Oraliq stansiya, schit va yig‘malarning taqsimlovchi qurilmalar elektr sxemalarning qayta ulanishi elektr qurilmaga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodim bajarishi kerak. Tezkor qayta ulanishni bajarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
244. Elektr degidrator va tindirgichlardagi suvni avtomatlashtirilgan yoki berk usulda chiqarib tashlash lozim.
Atmosfera — vakuumli va termik kreking qurilmalarini ishlatishda mazkur qoidaning IV bobning 1-§ da bayon etilgan talablarga rioya qilish zarur.
245. Qurilmaga yuborilayotgan neft mahsulotning ostidagi suv miqdorini muntazam ravishda kuzatib borish lozim va mazkur o‘lcham loyihada belgilanganidan ziyod bo‘lmasligi kerak.
246. Atmosfera — vakuum qurilmaning vakuum qismini xom neft bilan ishga tushirish taqiqlanadi. Mazkur maqsadlar uchun mazutdan foydalanish lozim.
247. Barometrik kondensatorga kelayotgan suv maromi belgilanganda, kondensatordan chiqib ketayotgan suvga suyuq neft mahsulotning ham ergashib ketmasligiga e’tibor berish zarur.
248. Barometrik kondensatorga barobarlashtiruvchi quvuro‘tkazgich orqali qaynoq neft tushmasligi uchun, o‘rtalik vakuum qabul qilgichlardagi suyuqlik sathining normal holatda bo‘lishiga erishish kerak.
249. Issiq pech nasoslarining ishini doimiy ravishda nazorat qilib turish kerak. Nasosga kelayotgan mahsulot miqdorining kamayishi yoki bosimi reglament bo‘yicha ruxsat etilgan chegarasigacha tushib ketishni yorug‘lik yoki ovozli signal bilan xabar berilishini ta’minlash lozim.
250. Reaktorlarga mahsulot (xomashyo, katalizator) solishdan oldin, uning ichida odamlar yoki begona narsalar yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim.
251. Katalizatorni to‘kish, chiqarib olish va elash paytida respiratorlar, himoya ko‘z oynagi va qo‘lqoplardan foydalanib, ta’minotchi yuborgan muayyan katalizatorning texnik shartlariga ko‘ra, ular bilan ishlaydigan xavfsizlik talablariga rioya qilishlari zarur.
252. Reaktorlarni katalizatorlar bilan to‘ldirayotgan xodimlar ikki taraflama telefon yoki baland ovozli (radio) aloqasi bilan ta’minlanishlari zarur.
254. Katalizatorlarni reaktorlarga quyib bo‘lgandan keyin apparatlar va quvuro‘tkazgichlar tizimidagi zichlik (jipslik) inert gazi vositasida tekshirib ko‘rish zarur.
256. Tashqi devorlari texnologik reglament bo‘yicha muayyan metall uchun ruxsat etilgan miqdordan ortiq qizib ketgan reaktorlarni ishlatish taqiqlanadi.
Reaktorning futerlangan yuzali devorlaridagi haroratni nazorat qilib borish va qizigan joylardagi xavfni bartaraf etish maqsadida reaktor tanasini usti qismiga termoparalar o‘rnatish zarur.
258. Qurilmalarni normal ishlatish jarayonida reaksiyaga yuborilayotgan xomashyo bilan aylanayotgan gazning o‘zaro nisbatini bir maromda ushlab turish lozim. Kompressorlardan biri buzilib, o‘rniga zaxiradagisini quyish imkoni bo‘lmaganda, qurilmani avariya tarzda to‘xtatish zarur.
259. Xomashyo nasoslari to‘xtab qolganda reaktorlardan xomashyo idishiga “teskari oqim” (“yo‘l”) bilan vodorodli gaz kelib tushmasligi uchun ajratib qo‘yuvchi moslamani o‘rnatish rejalashtirilishi kerak.
260. Reaktorga inert gaz keladigan quvuro‘tkazgichga ovozli va yorug‘lik signalini ulab, inert gaz tarkibida kislorod miqdori belgilangan ziyod bo‘lganda, gaz kelishini to‘xtatib qo‘yadigan o‘zi yozadigan gaztahlillagich o‘rnatish zarur.
261. Qurilmada normal texnologik rejimiga erishilgandan keyin, unga keladigan inert gaz tarmog‘ini uzib qo‘yish kerak.
262. Katalizatorni regeneratsiya qilishdan oldin tizimdagi aylanma gazni inert gaz yordamida puflab chiqarib yuborish zarur.
263. Reaktor blokini ishga tushirishdan oldin va ta’mirlagandan keyin tarkibida eng ko‘pi bilan 0,5% (hajmiy) kislorod bo‘lgan inert gaz bilan puflab chiqish lozim.
264. Katalizatorni regeneratsiyalash paytida reaktorga kirayotgan va undan chiqayotgan gazni tahlil qilib, tarkibidagi kislorod, uglerod dioksidi (karbonat angidridi) va uglerod oksidi miqdorini aniqlab turish zarur.
265. Reaktordan katalizatorni chiqarib olishga, uni to‘liq regeneratsiyalab, inert gaz bilan puflagandan keyingina kirishish mumkin.
266. Regeneratsiyalanmagan yoki sustlashtirilmagan holdagi katalizatorni reaktordan chiqarish taqiqlanadi.
268. Ish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kuyib qolishining oldini olish maqsadida, reaktor atrofini yerdan balandligi eng kamida 1,5 m keladigan sim to‘r yoki panjara bilan to‘sib qo‘yish zarur.
269. Reaktor katalizatordan bo‘shatilgandan keyin xodimlarning maxsus ish kiyimlari katalizator changidan tozalanishi va yuvishga topshirilishi kerak.
270. Suyuq o‘yuvchi (kislorodlar ishqorlar, fenol va sh. k) haydashga mo‘ljallangan quvuro‘tkazgichlar, nasos salniklarining ishlab chiqarish binolari ichidagi flanetsli ulangan joylariga himoyalovchi g‘ilof o‘rnatilishi kerak.
271. Ishchilarni ishqor ta’siridan kuyib qolishining oldini olish uchun, ishqor bilan bog‘liq ishlarni, ular maxsus korjoma, himoya ko‘zoynaklari va ishqorga bardoshli qo‘lqoplar kiyib bajarishlari lozim.
272. Qattiq (qotib qolgan) kaustik sodani urib maydalash taqiqlanadi. Ularni maxsus bochkalarda bug‘ yordamida eritish kerak.
273. Barabandagi ishqorni bug‘ bilan eritishda uning tagiga suv bug‘ini sekin-asta yuborish zarur, aks holda ishqor tomchilari yoki bug‘ oqimi ishchini kuydirib quyishi mumkin.
274. Barabanga bug‘ kelishini to‘xtagandan keyingina, ishqorning erishini kuzatish uchun barabanni qiyshaytirish mumkin.
276. Ishqorli barabanni bir kishi dumalatishi taqiqlanadi. Chunki baraban yiqilib ishchini shikastlantirishi mumkin.
277. Kaustik sodani eritish bachoklariga quyish va ishqoriy eritmani aralashtirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi zarur.
278. Sisternalardan ishqoriy eritmalarni to‘kishda barcha uskunalari ishga yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.
279. Tozalash apparaturasiga reagentlarni chelaklab yoki boshqa yo‘llar bilan quyish taqiqlanadi. Mazkur ishlarni faqat nasos yoki monjus yordamida bajarish kerak.
280. Idishlarni kislota bilan to‘ldirish paytida atmosferaga chiqadigan gaz va bug‘larni neytrallashtirish lozim.
282. Monjusga kislotani quyishdan oldin, monjusdan apparatga kislota boradigan quvuro‘tkazgichning ishga yaroqli ekanligiga amin bo‘lish kerak.
284. Monjusga kislota to‘ldirishdan oldin monjus va quvuro‘tkazgichlardagi ochish — berkitish qurilmalari (zulfinlar) ishga yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilish zarur.
285. Monjusdagi kislotani bosim ostida siqib chiqarish paytida quvuro‘tkazgichlarda turli ta’mir ishlari (flanetsdagi boltni burab mahkamlash, xomutlar o‘rnatish va sh. k.) o‘tkazish, hamda monjus quvuro‘tkazgichdagi jo‘mraklarni qayta ulash taqiqlanadi.
286. Kislotani siqib chiqarish, qayta quyish, haydash paytida quvuro‘tkazgichlar va armaturalarda nosozlik aniqlanganda, monjusga siqilgan havo kelishini to‘xtatib, uning ichidagi havoni chiqarib yuborish va tizimni ta’mirlashga tayyorlash kerak.
287. Ishlamayotgan monjusni bosim ostida qoldirish taqiqlanadi. Havo yo‘lidagi jo‘mrak (“havo jo‘mragi”) ohista ochib bosimni pasaytirish lozim. Monjusni ishga tushirish paytida undagi bosimni nazorat qilib turish zarur.
289. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun monjusning qulay va ko‘rinadigan joyga manometr o‘rnatish zarur. Manometrning sifonli quvurchasi doimiy ravishda ajratuvchi suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.
290. Vaqtincha ishlamay turgan, reagentlarni haydashga mo‘ljallangan quvuro‘tkazgichlarni ishga tushirishdan oldin jipsligi (zichligi) inert gaz yoki havo bilan damlab, sinab ko‘rish lozim.
291. Reagentli quvuro‘tkazgichlardagi zulfinlarni ochish yoki yopishda lom, quvurcha va sh.k.dan foydalanish taqiqlanadi.
292. Quvuro‘tkazgichlar va apparatlardagi jo‘mraklar va boshqa armaturalarni bloklarga ajratish va moylash ishlarini ularning ichida kislota yo‘qligida bajarish kerak.
294. Odamlar va transport o‘tadigan joylarning tepasidagi kislota o‘tkazgichlarda flanetsli ulamalar o‘rnatish mumkin emas.
295. Qurilmani ishga tushirishdan avval lyuklar berkligini, tiqinlar echib olinganligini, flanetsli va boshqa ulamalar zichligini tekshirish zarur.
296. Barcha tindirgich tizimni ishga tushirishdan oldin, amaldagi me’yorlarga ko‘ra, bosim ostida sinab ko‘rish zarur.
297. Tindirgichni neft mahsuloti bilan to‘ldirishda, hamda uni butunlay bo‘shatish paytida “havo jo‘mragi” ochiq holatda bo‘lishi kerak.
298. Namuna olish paytida jo‘mrakning shamol kelayotgan tomonida turish lozim. Namuna olishda mahsulotning sachrab, to‘kilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik darkor.
Moylarni kontaktli tozalash qurilmasida ishlaganda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mazkur Qoidalarning VI bobidagi 1, 5 va 6-paragraflarida bayon etilgan xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilishlari shart.
299. Tegirmon (gil maydalagich) ishlayotgan paytda unda biror ta’mir ishlarini bajarish taqiqlanadi.
301. Maydalangan (kukun) gilni aralashtirgichga yuborishda haydovchi quvuro‘tkazgich va apparatlardagi barcha ulangan joylar germetikligi ta’minlanishi lozim.
302. Tegirmon va aralashtirgich joylashgan binoda chang paydo bo‘lganda, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar changto‘sgich respiratorlardan foydalanishlari kerak.
304. Aralashtirgichga gil to‘ldirishni unda sath ko‘rsatgichi borligida va turboaralashtirgichni ishga tushirgandan keyin bajarish kerak.
305. Mexanik tarzda ishlovchi aralashtirgichlarni ishlatganda qopqog‘ining yuqori lyuki berk bo‘lishi zarur.
308. Aralashtirgichdagi moy yuzasini nazorat qilib turish uchun avtomatik sath moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Sathni reyka yoki boshqa usul (qo‘l bilan)da o‘lchash taqiqlanadi.
310. Filtrni tozalash, ta’mirlash, diskni almashtirish paytida shturvalga filtrning qopqog‘i o‘z-o‘zidan yopilib qolishining oldini oluvchi himoya zanjirni tashlab qo‘yish kerak.
311. Filtr va quvuro‘tkazgichni bir maromda qizdirish darkor. Buning uchun ularga issiq mahsulotni asta-sekin yuborish lozim.
313. Texnologik reglamentga ko‘ra, filtr-pressni, avval sovutmay turib, havo bilan puflash mumkin emas.
314. Filtrning barcha disklarini puflab bo‘lgandan keyingina, uni tozalash uchun ochish mumkin. Ayni puflash paytida oldin to‘xtatib qo‘yilgan disklarni qaytadan ishga tushirish kerak.
316. Echib olingan disklar, moyli qipiqlar, filtrlash qog‘ozlarini bino (xona)da qoldirish taqiqlanadi.
317. Filtr disklarini yuvish uchun issiq suvli vannalar bilan jihozlangan maxsus xona (bino) ajratilgan bo‘lishi kerak.
319. Filtr — pressning namunaolgich naychalarini jo‘mraklar ochiqligida va filtrning o‘zi bosim ostida bo‘lganda tozalash taqiqlanadi.
320. Selektiv eritmalar rezervuari turadigan maydoncha sementlangan, toza holatda bo‘lishi kerak. Unda oqova suv ketadigan tizim va to‘kilgan eritmani yuvish uchun suv jo‘mragi bo‘lishi lozim.
321. Selektiv eritmani har bir rezervuarda avtomatik satho‘lchagich, pastgacha tushirilgan namunaolgich, hamda avariya vaziyatlarida eritma yoki erituvchini so‘rib olish uchun quvuruzatgich o‘rnatilishi lozim.
322. Selektiv erituvchi solingan rezervuar va idishlardagi mahsulot sathini reyka (yog‘och) bilan o‘lchash taqiqlanadi. Mazkur ishlar masofadan turib, operator xonasidagi shchitdagi orqali o‘tkaziladi.
323. Selektiv erituvchi solingan rezervuar va apparatlardan namunani maxsus yo‘l-yo‘riq olgan xodimlar oladi.
325. Sath o‘lchashni o‘tkazayotganda filtrlovchi gaz niqob kiyib olishi lozim. Ayni paytida ochiq lyuk ustiga enkayish mumkin emas. Namuna oluvchi shaxs lyukning shamol kelayotgan tomonida turishi zarur.
326. Furfurol, fenol va boshqa erituvchilar solingan rezervuarlardagi suvni oqova tizimiga tashlamay, balki alohida idishga yig‘ib, barcha to‘plangan suvni undagi eritmani ajratib olishga jo‘natish lozim.
327. Propanni to‘kish va quyish ishlarini “Suyultirgan uglevodorodli gazlarni quyish — to‘kish va tashishga oid yo‘riqnoma”ga rioya qilib bajarish zarur.
328. Propanni quyish va to‘kishda sisterna to‘g‘ri o‘rnatilganligini, shlang va gaz barobarlovchi tarmoq ulanganligini tekshirgandan keyingina nacosni ishga tushirish kerak.
329. Suvni chiqarib tashlash va propandan namuna olishni kuzatuvchi ishtirokida, shamolga orqa qilib turib bajarish lozim.
330. Fenol solingan bochka (baraban) jildirish yoki joyini o‘zgartirishni ohista, ravon, silkitmay bajarish zarur. Aks holda bochka yorilib (buzilib) fenol to‘kilib, ishchini kuydirib quyish mumkin.
331. Fenolni bug‘lantiruvchi kamera yaxshi germetiklangan (zichlangan) bo‘lishi lozim. Kameraning qopqoqlari va lyuklar zich yopilgan bo‘lishi kerak.
336. Fenol va nitrobenzolni atrofi bug‘ qatlami (“bug‘ ko‘ylagi”) bilan o‘ralgan sisternalarda tashish kerak.
337. Fenol bilan ishlagan vaqtda maxsus korjoma kislotabardosh qo‘lqop va himoya ko‘zoynaklarini kiyib olish zarur. Bosim ostidagi apparatlardan namuna olayotganda gazniqob taqib olish kerak.
338. Maxsus korjoma va himoya vositalari ishga yaroqli, neft yoki erituvchi mahsulotlar bilan ifloslanmagan bo‘lishi lozim.
339. Maxsus korjoma va himoya vositalarining inson tanasiga bevosita tegib turadigan joylari (yoqa, yeng uchlari va sh.k.) erituvchi mahsulotlar bilan ifloslanganda darhol ularni echib tashlab, qurilma javonida saqlanayotgan tozasiga almashtirish, kirlarini zararsizlantirib, yuvishga topshirish zarur.
342. Apparat yoki rezervuarlarda avariya sodir bo‘lganda, ular ichidagi selektiv erituvchilarni avariya rezervuarlari yoki idishiga nasos bilan tortib olishi kerak. Agar mahsulot qaynoq bo‘lsa, rezervuarlarda suv yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur.
343. Barcha avariya tarmoqlari bug‘ bilan isitish moslamasiga ega bo‘lishi yoki har safar apparatdan o‘ta qovushqoq mahsulotni chiqargandan keyin, kam qovushqoq va qotib qolmaydigan (to‘nglamaydigan) mahsulot bilan yuvib yuborilishi kerak.
344. Barcha ishlab chiqarish sexlarida issiq va sovuq suvlarni aralashtirgichi o‘rnatilgan yuvinish moslama (umivalnik)lari bo‘lishi zarur.
345. Ish joyida erituvchi moddalarning hidi sezilganda, xodimlar zudlik bilan bu haqida sex ma’muriyatiga xabar berib, gazlashish oqibatlariga barham berish choralarini qo‘llashi lozim.
347. Xonani tozalash paytida erituvchi moddalar to‘kilib ketganda, xodimlar gazniqob taqib olishlari zarur.
349. Nasos salniklarini zichlashtirish uchun moy yuborgich tizimi doimo soz holatda bo‘lishi lozim. Moy zichlagich tizimidagi bosim nasosining salnik kamerasidan oldingi mahsulot bosimidan ziyod bo‘lishi kerak.
350. Bug‘o‘tkazgich va nasoslardagi suv bug‘i kondensatini selektiv erituvchilar uchun mo‘ljallangan oqova tizimiga tashlash taqiqlanadi.
351. Apparatlar, nasoslar va quvuro‘tkazgichni ochishdan oldin ulardagi selektiv erituvchilar qoldig‘ini, yopiq drenaj tizimi orqali maxsus idishga yig‘ish lozim.
352. Erituvchilarni haydovchi nasoslarning asosi (fundamenti)ga to‘kilgan erituvchilarni yig‘ish va maxsus drenajga chiqarish uchun mo‘ljallangan moslamalar bilan jihozlanishi zarur.
353. Nitrobenzol to‘kilgan joyga qipiq sepib, uni shimdirib olish, maxsus ajratilgan joyda yoqib yuborish kerak. Nitrobenzol to‘kilgan joyni sovuq suv bilan yaxshilab yuvish darkor.
354. Barcha tashlama suvlar sutkasiga kamida bir marta tahlil qilib, nitrobenzol bor-yo‘qligini aniqlash zarur.
355. Ekstrakt va rafinat eritmalardan nitrobenzolni regeneratsiyalashda eritmani 230°S dan ziyod darajada qizdirish taqiqlanadi.
356. Nitrobenzolni haydagan nasoslarni ta’mirlashni ularni oldin suv bilan obdan yuvib, yuvindi suvlarda erituvchi modda yo‘qligini, laboratoriya tahlili tasdiqlangandan keyingina boshlash kerak.
357. Selektiv tozalash qurilmasida zarur dori-darmonlar va bog‘lash vositalari bilan butlangan aptechka (dori qutisi) bo‘lishi shart.
358. Ko‘zga erituvchi tomchilari tushganda, shikastlangan shaxs yuzini suvga cho‘ktirib, ko‘zini tez-tez ochib, suv bilan yuvishi va so‘ngra tezda vrachga murojaat qilish zarur.
359. Erituvchi badanga tekkanda, bosim ostidagi suv bilan obdan yuvish, zaruratga ko‘ra vrachga borish lozim.
360. Moyli distillyatlarni selektiv erituvchilar bilan yuvish sexlari san-propusnik turidagi sanitariya-maishiy uskunalar bilan jihozlanishi kerak.
361. Selektiv tozalash qurilmalarida ishlagan barcha xodimlar ish yakunida dushda yuvinishlari shart.
362. Erituvchilar va ular mavjud bo‘lgan aralashmalar bilan bajariladigan ishlar, ayniqsa yuklash, tashish, aralashtirish, tushirish va sh. k. lar albatta mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
363. Erituvchilar va ular aralashmalari bilan bevosita to‘qnashadigan ishlarni qo‘lda bajarish mumkin emas.
364. Sentrifugalardagi kuzatuv oynasining qopqog‘i doimo yopiq bo‘lib, uni shu holatda ushlab turuvchi prujinali to‘g‘nog‘ichi bo‘lishi lozim.
365. Qurilmani ishga tushirishdan oldin sovutgich bo‘limi tizimining zichligi sinab ko‘rilgan bo‘lishi zarur.
366. Vakuum-filtrga inert gaz yuboruvchi quvuro‘tkazgich, texnologik kartada belgilangan, tizimdagi bosimni bir maromda ushlab turuvchi klapan bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
367. Filtr tanasida ruxsat etilgan me’yordan ziyod bosim paydo bo‘lmasligi uchun, ortiqcha gazni atmosferaga (bino tashqarisi)ga chiqarib yuborishni ko‘zda tutish lozim.
368. Har bir vakuum-filtr tanasi erituvchilar bug‘ini so‘rib olib, inert gaz bilan puflovchi tizimiga ega bo‘lishi kerak.
369. Vakuum-filtr tanasi ichidagi yuvuvchi va puflovchi kollektorlar, hamda cho‘kindilarni qirib oladigan pichoqlar uchqun chiqarmaydigan metalldan yasalgan bo‘lishi zarur.
370. Baraban elektr dvigatellarini va vakuum-filtr shneki ishini to‘xtatuvchi knopka (tugmacha)lar bevosita vakuum filtrga xizmat ko‘rsatish maydonchasida, avariya tugmalari esa — qulay va xavfsiz joyda bo‘lishi kerak.
371. Vakuum-filtrni ta’mirlash uchun ochishdan oldin uni ichidagi mahsulotni chiqarib tashlash, ta’minlovchi idishdan uzib qo‘yish, eritgichlar bug‘ini so‘rib olish, harorati eng ko‘pi bilan 60°S bo‘lgan inert gazi bilan puflab, puflangan gazni bino tashqarisiga chiqarib yuborish zarur. Ta’mirlashga doir navbatdagi ishlar texnik hujjat talablari asosida bajarilishi lozim.
Moylarni parafinsizlashtirish qurilmalari vakuum-filtridagi bandaj simini tortish, chekankalash, tuzatish, matoni yamash, shnekdagi oraliq podshipnikni tekshirish kabi maqsadlarda qurilma ishini qisqa vaqtga to‘xtatganda, vakuum filtrni uzib qo‘ymasa ham bo‘ladi. Ayni paytda quyidagi ishlarni bajarish zarur:
b) zulfinlar vositasida texnologik quvuro‘tkazgichlardan uzib turib, “Ochmang — odamlar ishlayapti” degan yozuvni osib qo‘yish darkor. Zulfinni yopiq holatida qulflab qo‘yish;
d) vakuum-filtr ichida shlangli gazniqobda ishlash va uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish;
e) ishlovchi brigada 3 kishidan iborat bo‘lib, ulardan biri — muhandis texnik xodim — rahbar bo‘lishi.
373. Apparatlarni tozalash, ta’mirlash va avariyani bartaraf etish ishlari, maxsus ishlab chiqilgan yo‘riqnomaga ko‘ra, javobgar shaxsning bevosita kuzatuvi ostida bajarilishi lozim.
374. Apparatura va idishlarni issiq suv bilan yuvmay yoki bug‘ bilan bug‘lamay turib tozalash va ichki ta’mirini o‘tkazish mumkin emas.
375. Eritgichlar solingan apparaturani tozalash, ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlashni ishchilar zarur maxsus korjoma va shlangli gazniqoblarni qo‘llab bajarishlari shart.
376. Baraban (bochka)ga solingan kalsiy xloridni qo‘lda maydalash taqiqlanadi; eritmani tayyorlash mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
377. Katalizatorlarni aralashtiruvchi qurilmani ishga tushirishdan oldin zanjirli uzatmalarni ko‘rikdan o‘tkazish, moylash, shchit va to‘r to‘siqlarini mustahkamligini tekshirish lozim.
378. Kristallizatorning yog‘doni (maslyonka)ga moy quyayotganda, hamda kristalizatorning zanjirini moylovchi tosga (tog‘ora-idish)ga moy quyayotganda elektrdvigatel ishini to‘xtatib qo‘yish kerak.
379. Elektr energiyasining kelishi yoki aralashtirgich qurilma to‘xtab qolganda, kristallizatordagi mahsulot sovub (qotib) qolmasligi uchun, sovutish apparatini to‘xtatib, kristalizatorni mahsulotdan bo‘shatish zarur.
382. Shnekka gach to‘ldirishda uni bir tekisda joylashtirib, so‘ngra shnekni ishga tushirish kerak. Aylanayotgan shnekka gachni kurak yoki boshqa asbob va narsalar bilan itarib to‘ldirish taqiqlanadi.
383. Hattoki, to‘xtab turgan gachli shnekdan gachni himoyalanmagan qo‘l bilan tortib (chiqarib) olish taqiqlanadi.
384. Ishlab turgan shnekni ta’mirlash mumkin emas. Mazkur ishlarni bajarish uchun shneklarni to‘xtatish zarur.
385. Ishlayotgan shnek qopqoq bilan berkitilgan bo‘lishi lozim. Qopqog‘ini echib qo‘yib shnekni ishlatish taqiqlanadi.
387. Parafin terlaganda, xodimlar kamera ichiga kirishlari uchun undagi harorat 45°S dan ziyod bo‘lmasligi va xodimlarning kamera ichida turish muddati 5 — 10 minutdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
388. Terlatish kamerasi eshigini ochganda, operator qaynoq havo bug‘idan kuyib qolmasligi uchun eshikning yon tomonida turishi lozim.
390. Parafinni sulfat kislotasi va ishqordan tozalash paytida, ushbu qoidalarda bayon etilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur.
391. Parafinni perkolatsiya usulida tozalashda filtrlarga perkolatsiyalovchi moddani to‘ldirish ishlari mexanizatsiyalangan bo‘lishi kerak. Mazkur moddani quyayotgan ishchilar changdan himoyalovchi respiratorlarni taqib olishlari zarur.
392. Perkolyator ishlab turganda, hamda bug‘ bilan puflanganda yoki ligroin bilan yuvganda uning lyuklarini ochish taqiqlanadi.
394. Mahsulot bilan ishlaganda bug‘ kelishi to‘xtab qolganda, parafin haydashni to‘xtatib, quvur o‘tkazgichni havo bilan puflash yoki (ruxsat etilgan paytlarda) filtr orqali xomashyo idishiga o‘tkazish lozim.
395. Odamlar ishlayotgan bino (xona)ga ammiak bug‘lari kirmasligi (paydo bo‘lmasligi) uchun sovutuvchi qurilmalarning quvuro‘tkazgichlari va apparatlaridagi ulanmalarning zichligi (jipsligi) ustidan nazorat o‘rnatish kerak.
397. Sovutish qurilmalarining nazorat qilishda ishlatiladigan ko‘chma yoritgichlar portlashdan himoyalanib ishlangan bo‘lishi zarur.
398. Sovutish qurilmalari joylashgan xonalarda ammiakdan himoyalovchi gazniqoblar, qo‘lqoplar va aptechka bo‘lishi shart.
399. Idishni suyultirilgan propan bilan to‘ldirishda, belgilangan me’yordan ortib ketmasligiga e’tibor berish zarur. Agar normadan ziyod quyilgan bo‘lsa ortiqchasini idishdan chiqarib (so‘rib) olish kerak.
400. Qurilma ishlayotgan paytda bug‘latgich to‘lib-toshib ketishi, moy yoki asfalt oraliq idishga to‘kilishining oldini olish uchun, bir bug‘latgichdan boshqasiga suyuqlik oqishini belgilangan maromda ushlab turish zarur.
401. Kondensat va suvning sathi ruxsat etilgan darajadan ortib ketganda, kompressorning qabul qiluvchi tomonidagi kondensat to‘plagichga kompressor ishini avtomatik tarzda to‘xtatadigan qurilma o‘rnatilishi kerak.
402. Oraliq idish, unga bug‘latgichlardan tushayotgan mahsulotlardan vaqti-vaqti bilan tozalanib turilishi kerak.
403. Saqlovchi klapanlar nosoz yoki kokslanib qolib, mash’alaga chiqarish imkoniyati bo‘lmaganda yoki avtomatik tartiblovchi asboblar ishdan chiqqan holatlarda qurilmani ishga tushirish yoki ishlatish taqiqlanadi.
404. Suyuq propan namunasini olayotganda va propanli idishlardagi o‘lchash oynalarini puflashda shamol kelayotgan tomonga orqa qilib turish kerak. Namunalarni mavjud bosimga dosh beradigan maxsus namuna olgichlarga olish lozim.
405. Qurilmaga propan haydovchi nasoslarning vallari har ikkala tomonidan zichlashtirilgan bo‘lishi kerak.
406. Propan haydovchi nasoslarga moylash uchun moy yuboruvchi nasoslarda rezerv nasoslarni avtomatik tarzda ishga tushiruvchi elektr maxsus moslamasi bo‘lishi zarur.
407. Quvurli pechlarda mahsulotni qizdiruvchi asfaltsizlantirish qurilmalarida, propanli apparatura tomoniga bug‘li parda hosil qiluvchi yong‘inga qarshi devor rejalashtirilishi kerak. Pech bilan yong‘inga qarshi devor o‘rtasida biror apparat yoki uskunani joylashtirish taqiqlanadi.
408. Ekstraksiyalovchi ustundan kir (iflos)lar va uchlik (Rashig halqasi) bo‘shatishda ko‘targich moslamalarini qo‘llash zarur. Mazkur ishlarda foydalanilayotgan chig‘irning tormozi ishga yaroqli bo‘lib va trosida tugunlar bo‘lmasligi kerak.
409. Fenol, fosfor sulfidi, benzosulfokislota va boshqa solingan baraban va bochkalarni ombordagi sexga olib borish va qo‘shilmalar ishlab chiqarish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi zarur.
410. Fosfor sulfidi solingan baraban (bochka)larni umumalmashgich shamollatish tizimi, hamda inert gazi olib kelingan maxsus xonada ochish lozim.
411. Fosfor sulfidli barabanlarni bevosita aralashtirgichga qo‘yishdan oldin ochish lozim. Agar mahsulot yerga to‘kilgan bo‘lsa, uni yig‘ib olib, binodan tashqariga chiqarish kerak.
412. Reagentlarni eritgichlarda eritish paytida, zmeyevikka bug‘ yuborishni tartiblash yo‘li bilan eritgichdagi haroratni nazorat qolib borish zarur.
413. Eritgichdan fenol bug‘lari sizib chiqa boshlasa, zmeyevikka suv bug‘ini berishni to‘xtatish va suv yuborish kerak. Sizib chiqish holatini bartaraf etishni, faqat smena bo‘yicha rahbar ko‘rsatnomasiga binoan bajariladi.
414. To‘kilgan fenol va monoxlorli oltingugurtni yig‘ib olish va ularga o‘xshash boshqa bilan ishlaganda gazniqob va rezina qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
416. Sulfat kislotani bochkadan chiqarib olgandan keyin bochkani qo‘l nasosi yordamida suvsiz, obdan tozalangan mineral moy bilan yuvish lozim.
Ohakni so‘ndirishda yoki kalsiy gidroksidi bilan ishlaganda ishchilar rezina qo‘lqop va himoya ko‘zoynagidan foydalanishlari lozim.
419. Alkilfenollar va ularning tuzlarini formaldegid yordamida kondensatsiyalovchi reaktorda so‘ruvchi shamollatgich o‘rnatilishi kerak.
420. Reaktorga fosfor sulfidini yuborishdan oldin uni inert gaz bilan puflab yuborish va alkilfenolga ishlov berish jarayonida doimiy ravishda gaz berib turish zarur.
422. Aralashtirgichga reagentlarni haydash tugagandan keyin monjusdan dozatorgacha va dozatordan aralashtirgichgacha bo‘lgan quvuro‘tkazgichlarni havo yoki inert gaz bilan puflab yuborish kerak.
423. Reagentlarni aralashtirgichga haydash va so‘ngra aralashtirish paytida aralashtirgichning yuqoridagi lyukini berk holda ushlab turiladi.
424. Aralashtirgichdagi massa qotib qolgan bo‘lsa, aralashtiruvchi mexanizmni ishga tushirish taqiqlanadi.
425. Reduktor ichida shovqin va zarbalar ro‘y berganda uni darhol to‘xtatib, mexanikni chaqirish lozim.
426. Ishlab turgan reaktordan namuna olish yoki reaksion massaning haroratini o‘lchash maqsadida kuzatuv lyuklarini ochish taqiqlanadi. Namunani tashqi tomonidan suv bilan sovutiladigan namuna olgich naychalar orqali olinadi.
427. Oltingugurtlantiruvchi, bariylovchi, kalsiylashtiruvchi fosforlashtiruvchi aralashtirgichlardan mahsulot otilib (sakrab) chiqib ketishining oldini olish uchun, aralashtirgichlarga texnologik kartada belgilangan tezlikda va miqdorda yuborib turish zarur.
428. Germetik apparatlardagi texnologik jarayonni kuzatib borish uchun (chiroqli) yoritilgan, germetik kuzatuv oynalarini o‘rnatish lozim.
429. Aralashtirgichlardagi qizdirish zmeyeviklarini ta’mirlash uchun chiqarib olish va qismlarga ajratish qulay bo‘lishi uchun ulardagi flanetsli ulanmalar sonini iloji boricha kamroq qilish kerak.
430. Aralashtirgichni qattiq kimyoviy bilan to‘ldirish ishlari mexanizatsiyalantirilgan va germetik (jips) holatda bo‘lishi lozim.
432. Atmosfera bosimi sharoitida ishlayotgan aralashtirgichlarda sath darajasi belgilangan me’yordan ziyod to‘lib-toshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan, ortiqcha mahsulotni alohida idishga chiqarib yuboruvchi maxsus quvurchalar jihozlanishi lozim.
433. Filtr ishlayotgan paytida, rama bilan qog‘oz o‘rtasidan mahsulot o‘tib (sizib) ketishiga imkon bermaslikni, filtrga kirishdagi bosim mo‘ljaldagi ishchi bosimdan ortib ketmasligini kuzatib borish zarur.
434. Filtr-press va tsentrifigalardan chiqarilgan cho‘kindilar yig‘ilgan joyda so‘ruvchi shamollatgich bo‘lishi kerak.
435. Sentrifuga teshiklari (tirqishlar)ning tozaligini nazorat qilib, hamda unga haddan tashqari ortiqcha zo‘riqishiga yo‘q quymaslik lozim. Sentrifuga teshiklarini apparatni to‘xtatib, sovutib, elektr zanjirining kamida ikki yerini ajratib quyib turib tozalash kerak.
436. Ishchining badaniga fenol, quruq kalsiy oksidi, bariy gidroksidi va boshqa tushganda, kuygan joyni suv bilan obdan yuvish zarur.
437. Qo‘shilmalar ishlab chiqarish paytida ajralib chiqqan vodorod sulfidi va vodorod xloridini maxsus moslamalar yordamida ushlab qolib, atmosferaga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
438. Benzosulfatkislota yoki fenol bilan ifloslangan korjoma va himoya vositalari echib tashlanishi va boshqasiga almashtirilishi zarur.
439. Ohakni maxsus temir, so‘ruvchi zontlar ostida so‘ndirish kerak. Ohakni so‘ndirish paytida yoki kalsiy gidrooksidi bilan ishlaganda ishchilar rezina qo‘lqop va himoya ko‘zoynaklarini kiyib olishlari zarur.
440. Chang sodir bo‘ladigan jarayonlarda (mashina, vagonchalardan so‘ndirilmagan ohak va kaliy gidrooksidini tushirish, elash, apparatlarga yuklash) xodimlar respirator va himoya ko‘zoynaklarini taqib olishlari shart.
441. Mashina va vagonlardan ohakni tushirib olish, elash va apparatlarga so‘ndirilgan ohakni solish ishlarini mexanizatsiyalashtirish lozim.
442. Bo‘sh idishlarni yoki mahsulot solingan idishlarni yuklash yoki tushirish ishlarini maxsus tushirish platformasi bo‘lmagan joylarda bajarganda yaxshi, ishonchli yog‘och (taxta)dan yasalgan nishabli moslama (nakat)lardan foydalanish zarur.
443. Avtoklav va tayyorlovchi (qaynatish) qozonlariga xizmat ko‘rsatganda bug‘ qatlami (“rubashka”)dagi bosimni belgilangan me’yordan ko‘tarib yuborish taqiqlanadi.
444. Avtoklavlarda surtmalarni qaynatish paytida undagi lyuklar germetik holatda yopilgan bo‘lishi kerak.
445. Avtoklavlarda saqlagich klapanlardan tashqari, bosim belgilangan me’yordan ko‘tarilib ketganda ishlab ketadigan ovozli signalizatsiya o‘rnatilishi zarur.
446. Qaynatish qozonlarida sovunlash jarayonini bajarayotganda haddan tashqari ko‘piklanib, qozondan toshib, oqib ketishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
447. Qozon va avtoklavlardagi sovun yoki surtmadan namuna olish uchun barcha aralashtiruvchi mexanizmlarni to‘xtatish lozim.
448. Qaynoq massa otilib chiqishining oldini olish uchun ohak sutini qaynatish qozonida qolgan qizitilgan moy qoldig‘i ustiga yuborish taqiqlanadi.
449. Tayyor surtmalarni idishlarga quyayotganda ehtiyot bo‘lish lozim. Idishga mahsulot quyishdan oldin uning ichida suv yo‘qligiga amin bo‘lish kerak.
450. Motordan qaynatish qozonlarigacha boradigan remenli transmissiya uzatmalari, shkivlar, hamda val (o‘q) tutashgan joylar to‘silgan bo‘lishi zarur.
451. Idishlarga solingan tayyor mahsulotlarni korxona hududi ichida tashish, taxlash ishlarini ko‘tarish-tashish qurilmalari (yuradigan, buriluvchi kranlar, avto- va elektrkorlar, shtabeltaxlovchilar) yordamida bajarish kerak.
452. Koks kamerasining bo‘g‘zidagi qopqoqni, faqat neft mahsulotlarini chiqarib tashlash va koks massasini kameraning yuqorisidagi suv bilan 90°S temperaturagacha sovutish uchun uni suv bug‘i bilan damlab puflagandan so‘ng ochish lozim.
453. Kamerani ochishdan oldin undagi suv va neft mahsulot bug‘larini shamollatgich yordamida so‘rib olib, atmosferaga chiqarib yuborish kerak.
v) kameraning ochishga tayyorligini, ya’ni devorlar haroratini, kamerani boshqa tizimdan zulfinlar yordamida ajratib qo‘yilganligi, suv yo‘qligi;
455. Koksni suv yordamida kesish (parchalash)da ishlatiladigan yuqori bosimli nasos, o‘zidan chiqayotgan quvuro‘tkazgichda bosim belgilangan me’yordan ziyod bo‘lganda dvigatel ishini to‘xtatib qo‘yadigan muhosaralash qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
456. Koksni suv bilan kesishga xizmat qiladigan yuqori bosimli nasosning muhosaralash qurilmasi nosoz bo‘lganda ishlatish taqiqlanadi.
457. Yuqori bosim ostida suv yuboriladigan egiluvchan shlang yaxshilab mahkamlangan bo‘lishi lozim. Gidrorezka (suv bilan kesish) paytida shlang ostida turish taqiqlanadi.
458. Koksni kesish uchun berilayotgan suvning bosimini kuzatib turish uchun burg‘ilovchining boshqaruv pultiga monometr o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
459. Koks kamerasidagi burg‘ilovchi chig‘ir, suv bilan kesish paytida, gidrorezak (kesgich) kameraning tepadagi lyukidan yuqoriga ko‘tarilib ketishining oldini oluvchi, muhosaralash qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
460. Burg‘ilash chig‘irida tal blokini kronbloki tagiga sudrab kelishiga qarshilik qiladigan tormoz tizimi bo‘lishi lozim.
461. Har bir kameraning lyuki yonidagi ishchi maydonchada, burg‘ilash asboblari va uskunalarni qish (sovuq) paytlarida isituvchi shlangli bug‘ ustunlarini o‘rnatish zarur.
464. Chig‘ir yoki rotor ishlab turganda, muhosaralash qurilmasi mavjudligidan qat’iy nazar burg‘ilovchi boshqaruv pulti yonida turishi shart.
465. Yuqori bosimli nasosning koksni suv bilan kesishga suv beruvchi ustunlaridagi suvni qish paytida har safar ish tugaganidan keyin to‘kib tashlash zarur.
466. Yuqoridagi xizmat ko‘rsatish maydonchada mahkamlab qo‘yilmagan, nokerak narsalarni qoldirish man etiladi.
467. Burg‘ilash qurilmasida qo‘lda ishlatiladigan barcha asboblar mustahkam dastali bo‘lib, asbobga yaxshi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
468. Shtanganing zanjirli uzatmasi “yulduzcha”sini ishga tushirish uchun bosqon, lom va boshqa narsalarni qo‘llash mumkin emas.
470. Tal kanatning 25 cm uchastkasida kanatdagi umumiy simlar sonining 10% dan ziyodi uzilganligi aniqlanganda, ularni ishlatish taqiqlanadi.
472. Qattiq rusumli bitumlarini maydalash va idishlarga solish bo‘limida polni nam holatda tozalash uchun suv tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
a) oksidlovchi — kublardagi mahsulot sathi eng kamida 2 m ga etgandagina havo beradigan muhosaralash qurilmasi;
b) kublarga havo berishni quyidagi holatlarda avtomatik ravishda to‘xtatishini ta’mirlovchi muhosaralash qurilmalari:
1) suyuq fazadagi harorat 270°S dan ziyodga ko‘tarilganda (o‘ta eruvchan bitumlar uchun 320°S dan yuqori);
3) suyuq va bug‘ fazalari haroratining orasidagi farqi 15°S gacha (o‘ta eruvchan bitumlar uchun 20°S gacha) pasayganda;
4) kubdagi bosim saqlovchi qurilma (saqlovchi klapan, portlovchi klapan, saqlagich membranalar, uzuvchi plastinkalar va sh. k.) uchun belgilangan bosim 90% ga etganda;
v) uskunadagi quyidagi ish rejimi o‘zgarganligi va texnologik jarayonning parametrlari ruxsat etilgan chegaraga etganligi haqida avtomatik tarzda xodimlarni ogohlantiruvchi signalizatsiya bilan:
474. Har bir oksidlovchi kub quyidagi holatlarni qayd etib, o‘lchovchi asboblar komplekti bilan jihozlanishi kerak:
b) statsionar gaztahlillagich yordamida bug‘ fazadagi ozod kislorod miqdorini gaztahlillagich xulosalari laboratoriya tahlili yordamida vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi;
475. Gudronni uzluksiz ravishda oksidlash jarayoni quyidagi omillarni ta’minlovchi asboblar komplekti bilan jihozlanishi zarur;
b) aralashtirgichga yuborilayotgan xomashyo miqdoriga qarab havo va retsirkulyat sarfini tartiblash;
476. Gudronni uzluksiz oksidlovchi apparatlar quyidagi holatlar haqida signal berish va avtomatik muhosaralanishini ta’minlovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak:
a) retsikulyat va xomashyo kelishi to‘xtab qolganda, aralashtirgichga havo berishni to‘xtatuvchi moslama;
b) reaktordan chiqayotgan mahsulotning harorati me’yordan yuqori bo‘lganda, reaktordagi zmeyeviklarni havo bilan puflash quvuro‘tkazgichlaridagi tartiblovchi to‘sgich (zaslonka) ochuvchi moslama.
477. Oksidlovchi kublarga xomashyo (mahsulot) solingandan keyin uning yuqorisidagi bo‘shliqning balandligi kamida 2 m bo‘lishi kerak. Barcha oksidlovchi kublar ko‘piklashga qarshi qo‘shimcha modda yuboruvchi tizimga ega bo‘lishi zarur.
478. Kublar va reaktorlarga havo yuborishdan oldin barcha havo kollektorlaridagi namlik va moy bug‘lari qolmaguncha havo bilan puflash lozim.
479. Havo yo‘lidagi resiver orqali kondensatni muntazam ravishda, har smenada kamida bir marta chiqarib turish zarur.
482. Bunkerga bitumni quyish paytida va ayniqsa quyishni boshlashda bunkerdagi qaynoq bitum oqimi otilib chiqishning oldini olish maqsadida tarqatish kublari va rezervuarlardagi zulfinlarini asta-sekin ochish lozim.
483. Apparatlar, texnologik quvuro‘tkazgichlarni puflash, kompressor va ustunlarni zichlikka sinashni faqat inert gaz yoki suv bug‘i bilan bajarish kerak.
484. Bitum namunasini qopqoqli quruq metall idishga, jo‘mrakni ohista sochib, qaynoq mahsulotdan kuyib qolmaslik usulini qo‘llab olish lozim. Namunani qo‘lqopsiz, tegishli, maxsus kiyim, himoya ko‘zoynagi yoki niqobsiz olish taqiqlanadi.
486. Bitumni temir yo‘l bunkerlariga, qog‘oz qoplariga va shaklli idishlarga quyish, vagonlar va avtobitum tashuvchi mashinalarga yuklash, maydalash, qattiq rusumli bitumlarni idishlarga solish, hamda bitumni havza, chuqur, o‘ralardan chiqarib olish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi zarur.
487. Kublarga xomashyo solishdan oldin uning ichida soda (ishqor), qish vaqtlarida muz yoki qor yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim.
488. Kubga havo beradigan quvuro‘tkazgich titrash va zarbalarga uchramasligi uchun ularni kub ichiga mahkamlab o‘rnatish kerak.
489. Ishlab turgan oksidlovchi kub tomiga chiqish taqiqlanadi. Agar mazkur ishni bajarish zarurati tug‘ilganda, kubga kelishini to‘xtatib qo‘yish darkor.
490. Davriy ravishda ishlaydigan oksidlovchi — kublarga xomashyo yuborish, hamda xomashyo va bitumni bir kubdan ikkinchisiga haydash ishlarini mahsulotning harorati 230°S dan ziyod bo‘lmaganda bajarish kerak.
491. Uzluksiz ishlaydigan reaktorlarga xomashyoni yuborish, uning harorati 280°S dan yuqori bo‘lmaganda bajariladi.
492. Barcha oksidlovchi — kublarda saqlovchi klapanlar yoki portlovchi plastinalar o‘rnatilishi lozim.
493. Jo‘mraklarda qotib qolgan bitumni suv bug‘i yoki induksion elektr isitgich yordamida qizdirib, eritish kerak. Ayrim vaziyatlarda jo‘mraklarni qizdirib, bitum eritish uchun ochiq olovdan foydalanish mumkin. Bu holatda yong‘in nazorati organlarining ruxsatnomasini olish va yong‘in xavfsizligiga oid zarur choralarga amal qilish shart.
495. Qaynoq bitum quyilayotgan ochiq havzalar (o‘ralar, chuqurliklar) to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
497. Bitumni bo‘laklarga kesish va transportga ortish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi zarur.
498. Bitumni idishlar (bochkalar, qog‘oz qoplar)ga quyish, hamda qattiq bitumlarni kesib maydalash paytida himoya ko‘zoynagini taqish zarur.
499. Davriy ravishda ishlaydigan kublardan va tarqatish kublaridan bitumni to‘kib olish quyidagi vaziyatlarda bajariladi:
Yuqori haroratda eruvchan bitumlar (A va B rusumdagi rubrakslar) havzalarga harorati 270°S gacha bo‘lganda to‘kiladi.
500. Oksidlovchi kublardan tarqatish kublariga bitumni haydayotganda tarqatish kubida va yangi yaqin joylarda odamlar bo‘lishi taqiqlanadi.
502. Shlem quvurlarni tozalashda, ishlarni xavfsiz o‘tkazish uchun tegishli havozalar (tagliklar) o‘rnatish lozim.
503. Bitumni temir yo‘l bunkerlari va avtotsisternalarga quyish joyidagi estakadaning tepasiga ayvon (shiypon)lar yopib, atmosfera yog‘inlaridan saqlanadi.
504. Temir yo‘l bunkerlari yoki sisternalarga bitum quyganda, ichidagi suv, qor va boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirib ko‘piklashish va otilib chiqishga sabab bo‘ladigan holatlarning oldini olish zarur.
505. Tanasi, qopqoqlari, hamda ag‘darilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan berkitish moslamasi nosoz bo‘lgan temir bunkerlarga bitum quyish taqiqlanadi.
506. Bitum quyish paytida temir yo‘l bunkerlari ustida yoki avtobitum tashigich mashina kabinasida turish taqiqlanadi. Bunker qopqoqlarini ochish va yopishni estakada maydonchasida turib bajarish kerak.
507. Temir yo‘l bunkerlariga va avtotsisternalarga bitum quyish estakadalarida transport haydovchilariga komanda berish uchun qo‘llaniladigan ovoz berish radio (gromkogovoritel)lari bo‘lishi lozim.
508. Bitumni qog‘oz qoplarga quyishda qopning butunligini tekshirib ko‘rish darkor. Qog‘oz qoplarning yuqori qismida 150 — 200 mm o‘lchamidagi bo‘sh joy qoldirib bitum to‘kilib ketishining oldini olish zarur. Bitum quyish bilan band bo‘lgan ishchilar maxsus korjoma, himoya ko‘zoynaklari va qo‘lqoplardan foydalanishlari lozim.
510. Taqsimlovchi kubning chiqarish tarmog‘idagi berkituvchi qurilmasi, ishchi idishni to‘ldirayotganda kuyib qolishdan saqlanadigan masofada bo‘lishi kerak.
512. Etil suyuqligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari ruxsat etgan, qurilmaning maxsus omborlarida saqlanadi.
513. Omborning saqlovchi idishlari joylashgan barcha hududi, hamda binolari toza va sarishta holatda bo‘lishi kerak.
514. Etillangan benzinni tayyorlash qurilmasi o‘rnatilgan, hamda sisternalardan etil suyuqligini to‘kish joylari to‘sib o‘ralgan bo‘lishi zarur.
515. Etil suyuqligi bilan, tibbiy o‘tgan va tetraetilqo‘rg‘oshin (TEQ) bilan ishlashga ruxsatnoma olgan erkaklar ishlashi mumkin.
516. Mazkur qurilmani ishlatishga aloqasi bo‘lmagan shaxslarni qurilma hududida bo‘lishi taqiqlanadi.
518. Ishlab chiqarish xona (bino)laridagi so‘ruvchi shamollatish, elektruskunalar va yoritish moslamalari portlashdan xavfsiz qilib yasalgan bo‘lishi zarur.
519. Etil suyuqligi bor omborxonalarda ishlaganda, hamda mazkur suyuqliklarni quyish, to‘kish va saqlash bilan bog‘liq jarayonlarda, urganda uchqun chiqarmaydigan materiallardan yasalgan qo‘l asboblaridan foydalanish lozim.
520. Etil suyuqliklari bilan bajariladigan barcha jarayonlar, jumladan etillangan benzinni tayyorlash (benzinga etil suyuqligini aralashtirish) ishlarini germetik usulda amalga oshirish kerak.
g) sisternani to‘ldirish, bo‘shatish paytida bug‘ va gazlarni chiqaruvchi, sisternani inert gaz bilan to‘ldiruvchi shtutser;
522. Etil suyuqligi saqlanadigan idish yaxshilab yerga tutashtirilgan va yashin ta’siridan himoyalangan bo‘lishi kerak.
523. Idishlarga etil suyuqligini quyishdan oldin ularni inert gazi bilan puflab yuborish zarur. Tekshirilmagan va yaxshilab tayyorlanmagan idishlarga etil suyuqligini quyish taqiqlanadi.
526. Saqlanayotgan etil suyuqligining harorati 35°S dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Harorat belgilangan me’yordan ko‘tarilib ketganda idishni sovutish choralarini qo‘llash lozim.
527. Temiryo‘l sisternalaridan etil suyuqligini quyib olish ishlarini kunduzi, etilaralashtirgich qurilmasining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari va gazdan qutqarish xizmati xodimining ishtirokida bajarish kerak.
528. Temir yo‘l sisternalaridan etil suyuqligini quyish ishlari maxsus jihozlangan maydonchalarda amalga oshiriladi.
531. Temir yo‘l sisternalaridan etil suyuqligini 70 — 10 kRa (0,7 — 1,0 ati) dan yuqori bo‘lmagan bosim ostidagi inert gaz yordamida quyib olinadi. Saqlash idishlaridan siqilib chiqayotgan bug‘larni TEQ ning tozalash tizimi orqali havoga chiqarib yuborish lozim.
532. Etil suyuqligidan bo‘shagan sisternani toza aviatsiya yoki avtomobil benzini bilan 2-marta yuvib yuborish zarur. Sisternalardagi benzin qoldiqlari to‘laligicha chiqarib yuborilgandan keyin, sisternani 100 kRa (1,0 ati) bosim ostidagi inert gazi bilan to‘ldirib, ishonchli va germetik tarzda berkitib, yuk yuboruvchiga qaytarish uchun temir yo‘l stansiyasiga jo‘natiladi.
533. Etil suyuqliklari saqlangan idishlar ichida biror ish bajarilishi zarurati tug‘ilganda avval quyidagi tayyorgarlik ishlarini bajarish shart:
v) benzin qoldiqlari chiqarib tashlangandan keyin, idishni ishlab turgan tarmoqdan uzib qo‘yib turib bug‘lash. Idishdagi suv bug‘i sovutgich orqali chiqarib yuboriladi. Sovutgichdan chiqayotgan suv kondensati tarkibida tahlillar natijasida tetraetilqo‘rg‘oshin yo‘qligi aniqlangandagina bug‘lash ishi tugagan hisoblanadi;
Idish ichidagi navbatdagi ishlar neftni qayta ishlash va neftkimyo sanoat korxonalarida gazdan xavfli ishlarni xavfsiz bajarishni tashkil qilishga doir yo‘riqnomalar asosida amalga oshiriladi.
534. Benzinga etil suyuqligini aralashtiruvchi qurilmada ishlovchi barcha shaxslar har 6 oyda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
535. Etil suyuqligi bilan ishlash joyida degazatsiyalash va moddalarni zararsizlantiruvchi vositalar bo‘lishi kerak.
536. Etil suyuqligi bilan ishlash joylari (omborlar)dagi pol va devorlar, hamda sisterna kommunikatsiyalarining tashqi (yuza) qismlari har kuni ish tugagandan keyin (ifloslangan taqdirda) xlorli ohak bo‘tqasi bilan degazatsiyalanishi (gazsizlantirishi) va toza kerosin yoki soda va sovun eritmasi shimdirilgan latta bilan artib chiqilishi zarur. Sement va asfalt qoplamali joylar va temir yo‘l polotnosini xlorli ohak bo‘tqasi yoki xlorlangan suv bilan degazatsiyalab, 15 — 20 min dan so‘ng suv bilan yuvib tashlanadi. Tetraetilqo‘rg‘oshini bor yuvindi suv va boshqa suyuqliklarni maxsus tozalovdan o‘tkazgandan keyingina umumiy sanoat oqova tizimiga tashlash mumkin. Tozalash usuli va yuvindilarni tashlash joylari sanitariya — epidemiologiya xizmatining mahalliy organlari bilan kelishib aniqlanadi.
537. Etil suyuqligi bilan ifloslangan korjomani darhol almashtirish uchun, qurilmada maxsus kiyim, ichki kiyim, poyabzal va gazniqobning birvaqtda ishlayotgan 3 xodimga bir komplekt hisobidan zaxirasi bo‘lishi shart. Etil suyuqligi maxsus kiyimga tushganda, kiyimni zudlik bilan almashtirish lozim.
538. Azot olish uchun qo‘llaniladigan qurilmadagi gidravlik bersitgichlar ishga yaroqli bo‘lib uglerod oksidi bor gazni sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
539. Pechdan mo‘rilar orqali chiqayotgan gazlardagi kislorod va uglerod oksidining miqdorini aniqlab turish uchun pechga yorug‘lik va ovozli signal beruvchi gaztahlillagichlar o‘rnatilib, uning ko‘rsatkichlari operator xonasidagi shchitda qayd etilishi va xizmatchilarga kislorod va uglerod oksidining miqdori belgilangan me’yordan ortib ketganligi haqida xabar berilishi kerak.
540. Pechga yondirish uchun kelayotgan havo va yonilg‘i bosimini avtomatik tartiblagichlar orqali, belgilangan me’yorda ushlab turish lozim. Ayni paytda belgilangan bosim rejimining o‘zgarganligi haqida yorug‘lik, ovozli signal berish vositalari nazarda tutilishi kerak.
542. Pech o‘chog‘i forsunkalari o‘chib qolganda, avtomatik tarzda yonilg‘i kelishini to‘xtatib qo‘yib operator xonasiga signal beradigan moslamalar bilan jihozlanishi kerak.
543. O‘choqdagi forsunkalar o‘chib qolganda avval o‘choqni inert gaz yoki bug‘ bilan puflab yuborish, so‘ngra forsunkalarga eng oz yonilg‘i yuborib turib, pilik (zapalnik) yordamida yoqish lozim.
544. Forsunkalarni yoqishni qulay va xavfsiz amalga oshirish uchun yonilg‘i va havo keladigan zulfinlarni pechning nazorat qilish oynasiga yaqinroq qilib joylashtirish kerak.
545. O‘choqning ayrim joylari haddan tashqari qizib ketishining oldini olish uchun o‘choq devorlari haroratini nazorat ostiga olish zarur.
547. Gidrozatvorlarni vaqti-vaqti bilan cho‘kindilardan tozalab turish kerak. Mazkur ishlarni himoya ko‘zoynagini taqib bajarish darkor.
549. Texnologik pechning o‘chog‘iga o‘t yoqishdan oldin o‘choqni 15 min davomida havo bilan puflab, “svecha” (“sham”)ga chiqarib yuborish zarur.
551. Nordon gazlarni qabul qilish bilan bog‘liq qurilmalarni ishga tushirish gazdan qutqarish xizmati xodimlarining ishtirokida amalga oshirish zarur.
553. Qurilmaga yonilg‘i gaz va vodorod sulfidini qabul qilishdan oldin, tizimni 15 min davomida inert gaz bilan puflab yuborish zarur. Inert gaz tarkibidagi kislorod 0,5% dan (hajmiy) ziyod bo‘lmasligi kerak.
554. Qurilmaga nordon gazlarni qabul qilib olgandan keyin indikator qog‘oz vositasida flanetslar, zulfinlar, lyuklardan gaz sizib yoki oqib chiqishi yo‘qligini tekshirish lozim.
555. Reaktor — generator va qizdirgichlar o‘chog‘ida portlovchi aralashmalar paydo bo‘lishining oldini olish uchun, o‘choqqa kelayotgan gaz va havo miqdorlari nisbati to‘g‘ri ekanligini nazorat qilib borish zarur.
Havoning bosimi pasayishi tufayli havo-o‘tkazgichlarga vodorod sulfidi tushishining oldini olish maqsadida vodorod sulfidi tarmog‘ining goryelka (yondirgich) oldidagi zulfinga ajratgich (kesgich) o‘rnatish kerak.
557. Nazorat oynasining usti oltingugurt bilan qoplanib qolmasligi uchun uni vaqti-vaqti bilan havo bilan puflab turish kerak.
558. Vodorod sulfidi o‘tkazayotgan quvuro‘tkazgichlar joylashgan maydonchaga chiqishda gazniqob taqib olish shart.
559. Ichida vodorod sulfidi bo‘lgan apparatlar, agregatlar va quvuro‘tkazgichlarni ochishdan oldin ularni inert gaz bilan puflab yuborish zarur.
560. Reaktor-generatorlarni ochishdan oldin uni 50°S gacha sovutib, yonuvchi gaz butunlay chiqquncha inert gaz bilan, so‘ngra havo bilan puflash lozim.
Gazdan xavfli joylarda ishlaganda, reaktorning gaz kameralarida oltingugurt yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur.
v) oltingugurt saqlanayotgan chuqurchalardagi oltingugurt, gazniqobsiz, portlashdan himoyalanmagan yoritgichlarni qo‘llab, o‘lchash taqiqlanadi.
562. Oltingugurtni haydovchi nasosni faqat smena (brigada) boshlig‘ining ruxsati bilan ishga tushiriladi.
564. Oltingugurtni yuklash va tushirish ishlari butunlay mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. Qoliplardan oltingugurtni tushirishda ko‘tarish mexanizmining sozligini tekshirib ko‘rish lozim.
565. Oltingugurtni yuklash va tushirishga oid barcha ishlar smena (brigada) boshlig‘ining nazorati ostida bajarilishi kerak.
568. Yuklash va bo‘shatish ishlarini bajarayotgan ishchilar maxsus korjoma, maxsus poyabzal va respiratorlardan foydalanishlari zarur.
569. Uskuna va quvuro‘tkazgichlarni ishlatish va ta’mirga tayyorlash jarayonida pirofor birikmalar faolligini susaytirishga oid chora va vositalar jarayonni loyihalovchi tomonidan inobatga olinadi.
570. Uskunalarning ishi tugallanib, mahsulotdan bo‘shatilgandan keyin uning barcha apparatlari va quvuro‘tkazgichlarini suv bug‘i bilan bug‘lab yuborish kerak.
571. Apparat kondensatdan bo‘shatilgandan keyin uning pastki shtutser yoki lyukini ochib, undagi havodan namuna olib, mahsulot bug‘larining xavfli konsentratsiya miqdori tahlil qilinadi. Mazkur miqdor alanga tarqalishi mumkin bo‘lgan konsentratsiya quyi chegarasining eng ko‘p bilan 20% ni tashkil etishi mumkin.
572. Apparatni tozalash paytida, uning devorlaridagi cho‘kma (kir)larni xo‘llab turish lozim. Tozalashni uchqun chiqarmaydigan asboblar yordamida bajarish kerak. Mazkur ishlarni bajarishga, belgilangan tartibdagi, naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
573. Uskunalar ichidan chiqarib olingan pirofor cho‘kindilarni yo‘q qilib yuborilguncha ho‘l (nam) holatda saqlash zarur.
574. Mini (kichik) NQZ loyihalash, qurish va ishlatish neftni qayta ishlovchi korxonalar uchun normativ-texnik hujjatlar va sanoat xavfsizligi qoidasi asosida amalga oshiriladi.
575. Kichik NQZ boshqarmasi binolari portlashdan xavfli obyektlardan, buzilish darajasi bo‘yicha 3-sinfga mansub masofadan yaqin bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi va to‘lqin zarbalariga nisbatan mustahkamligi kamida 28 kRa bo‘lishi kerak.
576. Kolonna (ustun)simon apparatlar, tashqi yuqori haroratdan saqlanishi uchun 4 m balandlikkacha himoya (o‘ralgan)langan bo‘lishi kerak.
577. Zaruratga qarab, texnologik sxema, loyihalovchi tashkilot tomonidan bloklarga bo‘linib, har bir blok uchun energetika darajasi aniqlanib, bloklarning portlashdan xavflilik kategoriyasi belgilanib, texnologik blokning portlashdan xavflilik minimal darajasini ta’minlovchi tegishli talablar bajariladi.
578. Kichik NQZ tarkibida alohida tozalash inshooti yoki sanoat oqovasini to‘plovchi moslamalar rejalashtirilishi kerak.
579. Apparatura va quvuro‘tkazgichlardan chiqadigan tashlama (yoki) sizib chiqqan mahsulot maxsus idish yoki to‘plagichlarga yo‘naltirilib, so‘ngra sanoat oqovalarini yig‘uvchi tozalash inshootlariga yuboriladi.
580. Qurilmalarni puflash uchun vosita sifatida ballonlardagi inert gazdan foydalanish mumkin. Inert gaz zaxirasini belgilashda mini NQZ to‘xtatishni va obyektni xavfsiz holatga o‘tkazishni ta’minlashi, ya’ni tizimda bug‘-, gaz-, havo aralashmasining portlashdan xavfli konsentratsiyasining yo‘qligini ta’minlashi zarurligi inobatga olinadi.
581. Mini NQZ da ro‘y beradigan yong‘inni o‘chirish va uskunalarni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan suv zaxirasi, ko‘chma yong‘in texnikasining ishiga zarur bo‘lgan miqdorga qarab belgilanadi, ya’ni 170 l/s dan kam bo‘lmasligi kerak.
582. Portlashdan xavfli obyektlardagi yong‘inni o‘chirish tizimi (nasoslar, tashqi, mahsulot-xomashyo parklari va sh.k.lar) statsionar (muqim) yoki ko‘chma yong‘in texnikasidan iborat bo‘lishi mumkin.
583. Laboratoriyada xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha umumiy javobgarlik laboratoriya mudiri (boshlig‘i) zimmasiga yuklatiladi.
584. Laboratoriyaning har bir xonasida xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya bo‘yicha mutasaddi shaxsning familiyasi yozib qo‘yilishi lozim.
585. Laboratoriya bino (xona)siga, laboratoriya ishiga bevosita aloqasi yo‘q, begona kishilarning kirishi taqiqlanadi.
586. Laboratoriyada bajariladigan barcha ishlar bo‘yicha xavfsizlik texnikasiga oid batafsil yo‘riqnomalarni laboratoriya mudiri (boshlig‘i) ishlab chiqishi va barcha xonalaridagi ish joylarida yo‘riqnoma bo‘lishi shart.
587. Laboratoriya alohida binoda yoki V, G, D kategoriyalariga mansub binolar yonida joylashishi lozim.
588. Ishchi xonalardan chiqish eshiklari koridor tomonga yoki bevosita tashqariga ochiladigan bo‘lishi kerak. Koridor eng kamida 2 ta chiqish joyiga ega bo‘lishi lozim.
b) benzin, kerosin va boshqa tez alangaladigan mahsulotlar shimdirilgan latta, ochiq kiyimlarni saqlash;
v) bug‘ quvuro‘tkazgichlar va isitish moslamalari ustida biror (nam) narsani quritish; quvurlar va isitish moslamalari ustida neft mahsulotlari bilan ishlash, to‘kilgan neft mahsulotni tozalamay qoldirish;
591. Laboratoriyaning eshigini birinchi bo‘lib ochgan xodim, laboratoriya xonasidagi havoda berkitilmagan yoki nosoz jo‘mraklardan chiqqan gaz bor-yo‘qligini tekshirishi kerak.
592. Laboratoriya havosida nosoz ulamalar, jo‘mraklar va zulfinlardan sizib chiqqan gaz borligi sezilganda, gaz tizimidagi umumiy zulfinni berkitib turib, xona (bino)ni shamollatish zarur.
593. Gaz jo‘mraklari va zulfinlarini malakali chilangar har oyda kamida bir marta tekshirib, ta’mirlab turishi shart.
594. Laboratoriya binosida TAS, YoS va gazlarning bir sutkasiga sarfidan ortiq miqdorda saqlash taqiqlanadi. TAS, YoS larni maxsus bino (ombor)larda saqlash lozim.
595. Laboratoriya uchun mo‘ljallangan gaz tarmog‘i ish joylaridagi jo‘mrak va zulfinlardan tashqari binoning tashqarisida joylashtirilgan umumiy berkitish zulfiniga ega bo‘lishi kerak. Gaz va suv jo‘mraklari ish stoli va so‘ruvchi shamollatish shkaflarining ishlash uchun qulay joyiga o‘rnatilishi lozim.
596. Oqish-so‘rish shamollatish tizimi laboratoriyaning barcha xonalarida ish boshlashdan oldin ishga tushirilib, ish oxirida to‘xtatilishi zarur. Tunu-kun ishlaydigan laboratoriyadagi shamollatish tizimi uzluksiz ravishda ishlashi kerak. Nosoz shamollatish tizimli sharoitda ish bajarish mumkin emas.
597. Xavfliligi bo‘yicha I va II sinflarga mansub moddalar bilan ishlaganda, laboratoriyada boshqa xonadagi tegishli shamollatish tarmog‘i bilan bog‘lanmagan alohida shamollatish tizimi bo‘lishi lozim.
598. So‘ruvchi shkaflar ichiga o‘rnatilgan yoritish moslamalari portlashdan himoyalangan bo‘lishi zarur.
599. O‘chirgich (ajratgich)lar, shtepsel moslamalari, laboratoriya avtotransformatorlari so‘ruvchi shkafdan tashqariga o‘rnatilishi lozim.
600. Xavfliligi bo‘yicha I va II sinflarga mansub moddalar bilan bo‘ladigan ishlarni rezina qopqoq kiyib, so‘ruvchi shkaflar yoki maxsus jihozlangan (“Izotop” turidagi) shkaflarda, yoki so‘ruvchi shamollatgich o‘rnatilgan bokslarda o‘tkazish lozim.
601. So‘ruvchi shamollatish shkaflarning, shkafning ochiq oynasi o‘lchamidagi, havo so‘rish tezligi 0,5 — 0,7 m/s bo‘lishi lozim.
O‘ta zararli moddalar bilan (tetraetilqo‘rg‘oshin, simob, vodorod sulfidi va sh.k.) ishlaganda, havo so‘rish tezligi 1 — 1,5 m/s bo‘lishi zarur.
602. So‘ruvchi shkaflar zararli bug‘ va gazlarni chiqarib (so‘rib) oluvchi moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
603. TAS, YoS va zaharli suyuqliklar bilan ishlaydigan so‘ruvchi shkaflar suv kelish va oqova tizimi bilan uskunalanishi shart.
604. So‘ruvchi shkaflar to‘liq ishga yaroqli holatda bo‘lishi kerak. Oynasi siniq so‘ruvchi shkaflardan foydalanish taqiqlanadi.
605. Ishga aloqasi yo‘q neft mahsulot solingan idishli ishchi stollari, asboblar va laboratoriya uskunalari bilan shkaflarni to‘ldirib tashlash mumkin emas.
606. So‘ruvchi shkaflarda tutun hosil qiluvchi kislotalar, oson bug‘lanadigan reaktivlar va erituvchilarni bir sutkalik ehtiyojda oshmaydigan miqdorini zarur holatlar uchun saqlash uchun laboratoriya mudirining ruxsati bo‘lishi kerak.
607. O‘zaro qo‘shilganda yong‘in yoki portlash hosil qiluvchi kimyoviy moddalarni bir yerda saqlash mumkin emas. Saqlashga mo‘ljallangan xavfli va o‘ta xavfli moddalar va materiallarni ajratish jarayoni yong‘in xavfsizligi talablariga mos holda bajarilishi lozim.
608. Tutun hosil qiluvchi kislotalar, tez bug‘lanadigan reaktivlar va erituvchilarning bir sutkalik miqdori, mazkur so‘ruvchi shkaflarda saqlanishi zarur.
609. Saqlash, berish, tashish va hisobini olib borishda alohida shartlar talab etiladigan moddalar (sulema — xromli simob, sinil kislota va uning tuzlari, oltingugurtli uglerod, metanol va boshqa) maxsus qulflab, plombalar qo‘yiladigan metall shkaflarda saqlanishi lozim. Ular saqlanadigan idishlar o‘ta germetik bo‘lib, ustida moddaning nomi va “Zahar!” degan yozuvi bo‘lishi shart.
610. Metall holatidagi natriy (kaliy) suv (nam)dan nariroqdagi idishda, kerosin ostida saqlanishi lozim. Ishlatilgandan qolgan (qoldiq) natriy (kaliy)ni rakovinaga tashlamay, kerosin solingan idishda saqlash kerak.
611. Laboratoriyaga suyuq azot va kislorodni metall Dyuar idishida olib kelish va saqlash zarur. Suyuq azot va kislorodni tez alangalanadigan moddalar, moylar va yog‘lar bilan birga bir bino (xona)da saqlash yoki tashish mumkin emas.
612. Ichida yondirgich (goryelka)lari, ochiq elektr asboblari, uchqun chiqaruvchi elektr uskunalari va boshqa alanga manbalari bor xona (bino)larda suyuq kislorod bilan ishlash mumkin emas.
613. Biror laboratoriya apparatini ishga tushirishdan oldin uni vakuum ostida germetiklikka va barcha tizimni to‘g‘ri yig‘ilgan (butlangan)ligini tekshirish zarur.
614. Vakuum hosil qilinishi kerak bo‘lgan shisha idishlar singanda parchalaridan himoyalanish uchun u g‘ilof bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
615. Ballonlar bilan ishlaganda, bosim ostidagi ishlaydigan idishlarga oid normativ hujjatlar talablariga rioya qilish zarur.
616. Ballonlar doimo toza holatda bo‘lishi kerak. Har bir xodim ballonlarga xos alohida belgilarini bilishi lozim. Ballonlarni bevosita ishlatuvchi xodimlar o‘rgatilgan bo‘lishlari va parvarishlash qoidalarini bilishlari kerak.
619. Ballonlardagi gaz laboratoriya xona (bino)siga gazo‘tkazgichlar yordamida olib kiriladi va har bir ish joyida ochib-yopish qurilmasi o‘rnatiladi. Ballonlar laboratoriya binosining tashqi tomoniga joylashtirilib, tepasiga yog‘in-sochin va quyosh nuridan saqlovchi ayvoncha yasaladi va atrofi sim to‘r bilan o‘rab qo‘yiladi.
621. Ichida siqilgan va suyultirilgan gazi bor ballonlar armaturasini, shu joyning o‘zida ta’mirlash mumkin emas.
622. Laboratoriya xonasida muayyan tahlil ishlariga aloqasi yo‘q ishlarni bajarishga ruxsat etilmaydi.
623. Oltingugurtli uglerod, benzin, efir va boshqa tez alangalanadigan suyuqliklar to‘kilib ketganda, hamda gazning o‘tkir hidi sezilganda, barcha yondirgich (goryelka)larni o‘chirib, zudlik bilan nosozlik sabablarini aniqlashga kirishib, to‘kilgan suyuqliklarni yig‘ishtirib olish lozim.
624. Neft mahsulotlari, selektiv eritgichlar va shu kabi moddalar solingan idishlarni faqat maxsus ajratilgan xonalarda yuvish mumkin.
625. Kislota, ishqor va boshqa kimyoviy moddalar solingan idishlarni yuvishga topshirishdan oldin ulardagi moddalarni to‘liq chiqarib tashlab va tegishli usullar bilan neytrallashtirish lozim.
626. Idishlarni yuvish va tozalash usuli ifloslantiruvchi moddaning tafsiloti, fizik va kimyoviy xossalariga ko‘ra tanlanadi.
628. I va II sinflarga mansub o‘yuvchi va zararli moddalarni maydalash ishlarini so‘ruvchi shkaf ichida yopiq hovonchada bajarish kerak. Mazkur ishlarni bajarayotgan xodimlar himoya ko‘zoynaklari va rezina qo‘lqoplaridan foydalanishlari zarur.
629. Selektiv eritkichlar (nitrobenzol, anilin, furfurol, fenol va boshqa) bilan ishlaganda mazkur suyuqliklarni inson badaniga va kiyimiga tushirmaslikka harakat qilish lozim.
630. Selektiv eritgichlar va tarkibida mazkur suyuqliklar mavjud bo‘lgan neft mahsulotlari, maxsus ajratilgan joylarda, yaxshi yopiladigan idishlarda saqlanishi kerak.
Selektiv eritkichlar zaxirasini laboratoriyaning maxsus berk xonasida saqlash lozim. Smena davomida zarur bo‘ladigan selektiv eritgichlar miqdori eritkichlar sarfi jurnalida qayd etilishi zarur. Selektiv eritkichlar ro‘yxati tashkilotning texnik direktori (bosh muhandisi) tomonidan tasdiqlanadi.
631. Kislotalar solingan butil (shisha idish)larni korzinalarga joylab tashish lozim. Tashishni 2 kishi bajaradi.
632. Sulfat kislotasini suyultirishda suvga kislotani asta-sekinlik bilan quyish kerak. Kislotaga suvni quyish mumkin emas.
633. Barcha ishlatilgan kimyoviy reaktivlar va zararli moddalar maxsus belgisi bor idishlarga to‘planishi lozim. Mazkur mahsulotlarni rakovina (oqova tizimi)ga to‘kish taqiqlanadi. Ish yoki smena oxirida barcha chiqindi eritmalar laboratoriyadan tashqariga chiqarilishi zarur.
635. Simob zaxirasini omborlarda qalin devorli, tiqini zich o‘rnashadigan shisha idishlarda yoki tova (taglik)ga o‘rnatilgan, tiqini zich joylashadigan temir idishlarda saqlash lozim. Simob solinadigan shisha idishning hajmi 500 cm3 dan ziyod bo‘lmasligi kerak. Ombordagi simobni xavfsiz tashishga imkon beradigan yetarli idish va moslamalar (idish solinadigan metall to‘rli futlyar) zaxirasi bo‘lishi kerak.
636. Simobli idishni ochishni ma’muriyat tomonidan maxsus tayinlangan va tegishli saboq olgan xodim bajaradi.
637. Apparatlarni qismlarga ajratganda alangalanmagan detallar borligi aniqlansa, apparatni qismlarga ajratilgan xonadagi suv to‘ldirilgan maxsus idishlarda ularni saqlash zarur.
638. Apparatlardagi zichlikka putur etganida simob oqib chiqib ketmasligi uchun ishlab chiqarish sexlariga o‘rnatilgan apparatlarning eng oxiri (chetki, “dum” qismi)ga suv bilan to‘ldirilgan simob tutqichlar o‘rnatilishi kerak.
639. Barometr va vakuummetrlardagi ochiq idishlarga solingan simob bug‘lanib ketmasligi uchun mazkur idishlarga 1-2 mm qalinlikda toza glitserin quyish lozim.
640. Simobni qo‘lda ushlash, hamda apparatga og‘iz yordamida puflash yoki apparatdan havo so‘rib olish taqiqlanadi.
641. Apparatning ochiq idishlaridagi simob to‘kilishi mumkin bo‘lgan ishlar, hamda ularni isitish, yuvish va simobni distillatsiyalash jarayonlari alohida xonalarda bajarilishi kerak.
642. Ombordan simobni olish uchun, laboratoriya boshlig‘i kunlik ehtiyojdan ziyod bo‘lmagan miqdorga ruxsat berishi lozim.
643. Simob bilan ish bajariladigan stolning chetlari 1 cm balandlikdagi yonli va simob oqib tushishi uchun teshikchasi bo‘lishi kerak.
Simob oqib tushadigan stol teshigining tagiga suvli idish joylashtirib, uni har kuni simobdan tozalab turish kerak.
644. Simob bilan ishlash stolining, hamda so‘ruvchi shamollatish shkaflarining tagida g‘aladon quticha yoki javonchalar bo‘lmasligi kerak.
645. Apparaturaning bo‘rtib — chiqib turgan qismlaridan sinib, buzilib qolishi oqibatida simob oqib chiqib ketishining oldini olish maqsadida ular g‘ilof yoki to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim.
646. Apparatura va asboblarga simob to‘ldirishda ularni so‘ruvchi shkaf ichidagi tagliklarga qo‘yib turib, mutasaddi shaxs nazorati ostida bajarish zarur.
647. Simob bilan qo‘shilib alanga hosil qiluvchi metall buyum, qism va ashyolarning yuzasiga moyli bo‘yoq yoki lok surtib qo‘yish lozim.
648. Simob pol, yerga to‘kilishining oldini olish uchun, simob solingan idishni qora po‘latdan yasab, emal bilan bo‘yalgan taglik (patnissimon)ga joylashtirib ishlash kerak.
649. To‘kilgan simobni tezda va yaxshilab germetik shisha idish (ballon)ga yoki sirlangan va chinni idishga yig‘ib olish zarur. Mazkur ishlarni bajarishda rezina “nok” (so‘rgich), vakuum nasos yoki boshqa vositalardan foydalanish lozim. Simob batamom yig‘ib olinganligini lupa yordamida tekshiriladi.
650. Pol (er)ga to‘kilgan simob qoldig‘ini temir xloridining 20% li eritmasi shimdirilgan latta yordamida tozalanadi.
651. Ish jarayoni davomida va yakunida ish joyi va apparatlarni simobning mayda tomchilaridan tozalash zarur.
652. Xona (laboratoriya) har kuni namlab tozalash (artish)dan oldin lupa yordamida aniqlangan simob zarrachalarini mexanik yo‘l bilan — rezina “nok” (so‘rgich), suv oqimli vakuum nasos va boshqa vositalar bilan obdan yig‘ishtirib olinadi.
653. Bir oyda kamida bir marta xonada to‘liq tozalash o‘tkaziladi. Bu jarayonda devorlar, pollar, stol va boshqa mebellarni sovunli suv bilan yuvib, temir xloridining 20% li eritmasi bilan artib, so‘ngra yana bir bor sovunli suv bilan artib chiqiladi.
654. Ifloslangan simobni rezina tiqinli, suvli bankaga to‘plash lozim. Uni oqova tizimiga to‘kish mumkin emas.
655. Simob bilan ishlanadigan xona (bino)dagi havoda simob bug‘lari miqdorini bilish uchun har 2 haftada bir marta havo tarkibini tahlil qilib turish zarur.
656. Havodagi simob bug‘larining o‘ta yuqori konsentratsiyasi aniqlanganda, tegishli tozalash ishlarini qayta o‘tkazib, havo muhitini qo‘shimcha ravishda tahlil qilish lozim.
658. Simob bilan ishlovchilar, ovqatlanishdan oldin maxsus korjomani echib, qo‘lni sovunlab yuvib, og‘izni margansovkaning kuchsiz eritmasi (pushti rangdagi) bilan chayqab, tishlarni tozalash kerak.
659. Simob bilan ishlovchilarga maxsus sof sut ish boshlanguncha berilishi lozim. Sut o‘rniga boshqa narsalar berish mumkin emas.
660. Ish oxirida ishchi korjomasini echib, changyutgich yoki yumshoq mo‘yna bilan tozalab yuborib, shkafga joylashtirib qo‘yishi, og‘zini margansovkaning kuchsiz eritmasida chayqab tashlab, dushda yuvinishi lozim.
661. Barcha texnik qurilmalardan ularning texnik tafsiloti, pasportidagi ma’lumotlar va belgilangan tartibda tasdiqlangan ishlatishga oid yo‘riqnomalarga mos ravishda foydalanish lozim.
662. Barcha texnologik apparatlarda texnologik sxemada ko‘rsatilgan aniq ko‘rinib turadigan pozitsiyalariga belgilar yozilgan bo‘lishi kerak. Kolonna turidagi, turli qavatlardagi xonalar joylashgan apparatlarning har bir qavatda belgisi bo‘lishi zarur.
663. Kolonna turidagi apparatlarni tozalash va ta’mirlash uchun ularning lyuklarini ochishni eng yuqoridagisidan boshlash kerak. Pastdagi lyukni ochishdan oldin, apparatning yuzasida hosil bo‘lgan cho‘kindilar alangalanib ketmasligi uchun, bug‘li shlangni tayyor holda ushlab turish zarur.
664. Tez alangalanadigan va gazsimon mahsulotlar, selektiv eritkichlar va reagentlardan namuna olish ishlarini binoning tashqarisida bajarish lozim. Buning uchun namuna olish quvurchasini bino (xona)ning tashqarisiga chiqarish zarur. Namunani binoning ichida turgan holda olish zarurati tug‘ilganda namuna olish quvurchasini so‘ruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan maxsus shkaf ichiga o‘rnatish lozim. Ayni paytda shkaf eshikchalari ochilishi bilan shamollatish tizimi avtomatik ravishda ishlab ketishi kerak.
665. Uskunalarni joylashtirishda xizmat ko‘rsatish va qurilmalarni ta’mirlash sharoitlarini, hamda quyidagi shartlarni hisobga olish zarur:
b) mashinalarga xizmat ko‘rsatish fronti bo‘yicha o‘tish joylarining kengligi kamida 1,5 m bo‘lishini;
v) apparatlar orasidagi, hamda apparatlar bilan qurilish konstruksiyalari orasidagi (doira bo‘ylab xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lganda) masofa kamida 1 m bo‘lishini.
666. Tashqaridagi qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga isinishlari uchun alohida xona rejalashtirilishi lozim.
667. Yayov yuriladigan isitilgan o‘tish joylari bilan jihozlanmagan ishlab chiqarish binolarida yoki xodimlar tashqaridagi qurilmalarga xizmat qilishlari zarur bo‘lgan sharoitlarda ustki kiyim saqlanishi uchun alohida xona bo‘lishi kerak.
669. Portlashdan xavfli joylardagi qurilmalarda ishlaganda uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish lozim.
670. Portlash — yong‘indan xavfli va zaharli muhitlar bilan ishlovchi texnologik uskunalarni ochish (germetikligini buzish) bilan bog‘liq barcha ishlar gazdan xavfli ishlar kategoriyasiga mansub hisoblanib, gazdan xavfli va ta’mirlash ishlarini xavfsiz o‘tkazishni tashkil qilish va mazkur qoidalar talablariga rioya qilgan holda bajarilishi kerak.
671. Montaj qilish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoki ishlatish jarayonlarida uskunalar me’yoriy texnik hujjatlar talablariga mos emasligi aniqlanganda ularni ishlatishdan chiqarib yuborish zarur.
672. Uskunalarning ishchilarga xavf tug‘diradigan, bog‘lanma, detallari moslamalari va elementlari, hamda to‘siq va muhofaza qurilmalarning yuza qismlari ogohlantiruvchi rangga bo‘yalishi lozim.
673. Texnologik quvuro‘tkazgichlar, ularning tuzilishi va xavfsiz ishlatilishiga doir belgilangan talablarga mos bo‘lishi shart.
674. Og‘ir vaznli detallar va alohida uskunalarni ko‘tarish va jildirish uchun statsionar yoki ko‘chma yuk ko‘tarish mexanizmlari rejalashtirilgan bo‘lishi kerak.
675. 10 MRa gacha bosim ostida ishlovchi neft, neft mahsuloti va yonuvchi gazlar o‘tkaziladigan texnologik quvuro‘tkazgichlar RH 39.0-0.42:2007 “10 MRa (100 kgf/cm2) gacha bosim ostidagi quvuro‘tkazgichlarni ishlatish va ta’mirlash” texnik hujjati talablarga mos bo‘lishi lozim.
676. Har bir qurilma uchun uning yerosti va ustidagi quvuro‘tkazgichlarining joylashish sxema (chizma)si tuzilgan bo‘lishi kerak.
677. Tashqaridagi qurilmalar, binolarning ustidan, tagidan va ichidan portlash — yong‘indan xavfli mahsulotli tranzit quvuruzatgichlarni o‘tkazish mumkin emas. Mazkur talab rezervuarlar ustidan o‘tadigan baravarlashtiruvchi va havo oluvchi quvuro‘tkazgichlarga taalluqli emas.
678. Harorat ta’siridan ro‘y beradigan deformatsiya (shaklining o‘zgarishini) yo‘q qilish uchun quvuro‘tkazgich trassasini burib, egib joylashtirish lozim, o‘z-o‘zidan kompensatsiyalash imkoni bo‘lmagan sharoitlarda (masalan, katta uzunlikdagi to‘g‘ri uchastkalarda) quvuro‘tkazgichlarining o‘ziga kompensatorlar o‘rnatish darkor.
Yer ustiga yotqizilgan quvuro‘tkazgichlardagi kompensatorlar, burilish va egilish joylari lotoklarga o‘rnatilishi zarur.
679. Yer ustidagi quvuro‘tkazgichlarning tayanch ustunlari va osma moslamalari holatini muntazam ravishda nazorat qilib turib, quvuro‘tkazgichlar deformatsiyaga uchrab, osilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holatda quvurlardan mahsulot sizib (oqib) chiqishi yoki avariya ro‘y berishi mumkin.
680. Rezervuar parki va nasosxonadagi quvuro‘tkazgich tarmoqlari avariya sharoitlarida neft mahsulotini bir idishdan ikkinchisiga tezda haydab o‘tkaza olish imkoniyatini nazarda tutishi kerak.
681. Suv ajrab chiqishi ehtimoli bo‘lgan gaz o‘tkazgichlarni o‘rnatish paytida, quvurlarning egilib, pastlashib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, mazkur joylar (“qopchalar”)da suv to‘planishining oldini olish uchun, suvni chiqarib yuborish zaruratini rejalashtirish lozim.
Korxona hududidan yonilg‘i gaz quvurlarini o‘tkazish ishlari amaldagi normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ravishda bajarilishi zarur.
682. Quvuro‘tkazgichlarda tupik uchastkalar bo‘lmasligi kerak. Imkoniyati bo‘lmagan vaziyatlarda tupik uchastkalarni doimiy nazorat ostiga olib, zaruratga ko‘ra isitish choralarini qo‘llash lozim.
683. Tarkibida nam saqlovchi muhitlar o‘tkazuvchi yer ustidagi quvurlarni muzlashdan saqlash maqsadida issiq saqlovchi izolatsiya qilinishi, zarur vaziyatlarda qizdiruvchi moslama o‘rnatilishi zarur.
684. Quvuro‘tkazgich montaj qilingandan yoki ta’mirlangandan keyin ichidagi kir, iflos, kuyindi va begona narsalarni chiqarib tashlanishi yaxshilab puflanishi yoki yuvilishi kerak.
685. Barcha texnologik quvuro‘tkazgichlar payvandlash, flanetsli ulanmalarini ajratish bilan bog‘liq ta’mirlash o‘tkazib montaj qilingandan keyin, vaqtincha ishlatmay to‘xtatib qo‘ygan yoki bir yildan ortiq muddat ichida ishlatilmaganda, hamda davriy reviziya o‘tkazib ishga tushirishdan oldin zichlik va mustahkamlikka sinab ko‘rilishi zarur.
686. Portlash va yong‘indan xavfli, zaharli, hamda agressiv moddalar uchun mo‘ljallangan quvuro‘tkazgichlarda “xomut”lar o‘rnatish taqiqlanadi.
687. Turli muhitlar uchun ishlaydigan 2 ta quvuro‘tkazgichlar o‘zaro 2 ta zulfin bilan birlashtirilgan va ular orasida tashlama tarmoq (“havo chiqarish”) o‘rnatilgan bo‘lsa, har smenada kamida bir marta tashlamadagi jo‘mrakni ochib — yopish yo‘li bilan zulfinlar germetikligini tekshirib turish lozim.
Tashlamaning normal holati — ochiq turishi hisoblanib, tizimlar bir-biridan ajratilganligini ko‘rsatadi.
688. O‘ta qovushqoq issiq mahsulotni haydagandan keyin ular har safar quvuro‘tkazgichlarda qotib qolmasligi uchun, quvuro‘tkazgichlarni, avariya quvuro‘tkazgichlarni ham, kam qovushqoq, qotmaydigan mahsulot bilan yuvib (haydab) tashlash lozim.
689. Izolatsiya qilingan joylarga neft mahsuloti shimilganligi aniqlanganda, mazkur yerlar o‘z-o‘zidan alangalanib ketmasligi uchun choralar qo‘llash zarur (izolatsiyani yangilab almashtirish, suv bug‘ini keltirish va sh.k.).
690. Qaynash harorati 45°S gacha bo‘lgan suyultirilgan gazlar va TAS uchun muhitning temperaturasi va bosimi qanday bo‘lishidan qat’i nazar armatura po‘latdan yasalgan bo‘lishi zarur.
691. Berkitish qurilmalarini joylashtirishda qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish zaruratini hisobga olish kerak.
692. Zulfinlar, jo‘mraklar, kranlar va boshqa berkitish qurilmalari mahsulotning alohida uchastkalarga borishini darhol va ishonchli to‘xtay oladigan bo‘lishi kerak. Ulardagi har qanday nosozlik zudlik bilan bartaraf etilishi zarur.
693. Ishlamayotgan apparatlar, uskunalar yoki quvuro‘tkazgichlardagi zulfin (jo‘mrak)larni ochiq holda qoldirish taqiqlanadi.
Texnologik sxemadan chiqarilgan apparatlar, uskunalar va quvuro‘tkazgichlar tiqinlar bilan berkitib tashlanishi zarur.
694. Quvuro‘tkazgichlardagi zulfinlar muntazam ravishda moylanib turishi va oson ochilib-yopiladigan bo‘lishi kerak.
695. Quduqlardagi armaturalarni ko‘rikdan o‘tkazilgan yoki undan foydalanilgandan keyin, quduq qopqog‘ini yopish zarur. Lotokga joylashgan quvurlarni ko‘rikdan o‘tkazib yoki ta’mirlab bo‘lgandan keyin lotok ustini plita bilan yopib qo‘yish darkor.
a) muzlagan chegarani aniqlash uchun quvuro‘tkazgichning muayyan uchastkasini ko‘zdan kechirib chiqish;
v) quvuro‘tkazgichni umumiy tizimdan uzib qo‘yish; uzish (ajratib) qo‘yish imkoni bo‘lmasa va avariya xavfi sezilsa, qurilma ishini to‘xtatish;
697. Muzlab qolgan tashlama quvuro‘tkazgichlarni, apparatlarni zulfini ochiq turgan holatda qizdirib eritish taqiqlanadi.
698. Shtutserlarga o‘rnatilgan neft mahsuloti, bug‘ va suv shlanglarini xomutlar yordamida yaxshilab mahkamlash lozim. Sim bilan o‘rab bog‘lash mumkin emas.
699. Suyultirgan neft gazlarini haydashga mo‘ljallangan quvuro‘tkazgichlar boshqa turdagi mahsulot va gazlar (suv bug‘i, suv, neft mahsulotlari, inert gaz, havo va sh.k.) uzatadigan quvuro‘tkazgichlarga ulanmagan bo‘lishlari kerak.
700. Quvuro‘tkazgichlarni ta’mirlashdan oldin purkash uchun inert gazi yoki bug‘, ularga echib olinadigan quvur to‘plami yoki egiluvchan shlang yordamida, har ikkala tomoniga berkituvchi armatura o‘rnatib butlanadi. Puflash tugallangandan keyin quvuro‘tkazgich yoki shlanglar echib olinib, berkitish armaturasiga tiqin o‘rnatiladi.
701. Suyultirilgan neft gazlarini haydash uchun barcha quvuro‘tkazgichlarda sig‘imlar parkiga kiraverishda ularni kiritishdan oldin sig‘imlarni umumzavod ichidagi boshqa tarmog‘idan uzib qo‘yish uchun zulfin o‘rnatilishi kerak.
702. Suyultirilgan gaz sig‘imlaridagi uzib qo‘yuvchi qurilma sig‘imlardagi shtutserlarga o‘rnatilishi lozim. Mazkur ishni bajarish imkoniyati bo‘lmasa, u sig‘im shtutserlariga iloji boricha yaqinroq joyga o‘rnatilishi kerak.
704. Suyultirilgan neft gazlari bilan to‘ldirilgan quvuro‘tkazgichlarda ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
705. Ishlatilayotgan har bir rezervuar uni qurilishiga oid loyiha va GOST talablariga muvofiq ravishda tegishli uskunalar bilan to‘liq butlangan bo‘lishi kerak.
706. Neft va tezalangalanadigan neft mahsulotlari saqlanadigan rezervuarlar minimal mahsulot yo‘qotishini ta’minlovchi armaturalar bilan jihozlanishi zarur.
708. Havo oluvchi va gidravlik (saqlovchi) klapanlarning to‘g‘ri ishlashini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish zarur. Klapanlar, uskunalar va armaturalarning ish davomidagi ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari “Po‘lat rezervuarlarni texnik ishlatish qoidalari” normativ-texnik hujjat asosida belgilanadi.
709. Rezervuarlarni to‘ldirish yoki bo‘shatish tezligi havo oluvchi klapanlarning muhit o‘tkazish imkoniyati me’yorlaridan ziyod bo‘lmasligi kerak.
710. Rezervuarlarga mahsulot damlashdagi ishchi bosim, mazkur idish uchun mo‘ljallangan bosimdan ziyod bo‘lmasligi zarur.
711. Rezervuarlarga mahsulotni qabul qiluvchi quvuro‘tkazgichni joylashishi mahsulot suyuqlik tagiga tushishini ta’minlashi lozim. Rezervuarlarga yuqoridan oqizib (shovullatib) mahsulot qo‘yish mumkin emas.
713. Rezervuarlardagi mahsulot sathi masofadan turib boshqariladigan asboblar yordamida o‘lchanadi. Namuna olish esa rezervuar pastiga (tubiga)ga tushadigan maxsus namuna olgichlar bilan amalga oshiriladi.
714. Istisno tariqasida, ishlab turgan korxonalar rezervuarlarining o‘lchov lyuklari orqali sathni o‘lchash va namuna (qo‘lda) olishga ruxsat etiladi. Ayni paytda neftni qayta ishlash va neftkimyo sohasining korxonalarida gazdan xavfli ishlar o‘tkazishni tashkil qilish va bajarish bo‘yicha mavjud yo‘riqnomalarga rioya qilish zarur. Momaqaldiroq paytida sathni o‘lchash va namuna olish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
715. Qulay xizmat ko‘rsatish uchun rezervuarlardagi o‘lchov lyuki, o‘lchov o‘tkazish maydonchasi chetidan eng ko‘pi bilan 0,5 m uzoqlikda bo‘lishi kerak.
716. Lyuk ichidagi o‘lchov o‘tkazish teshigining gardishi barcha perimetri bo‘ylab o‘lchov lentasi harakatlanayotganda uchqun chiqarmaydigan material bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim.
717. Bug‘lari 45°S va undan past haroratda alangalanadigan neft mahsulotli rezervuarlarning o‘lchov lyuki germetik (jips) qopqoq va oyoq bilan ochadigan pedal bilan uskunalanishi zarur. Qopqoq tagida, lyuk ehtiyotsizlik bilan berkitilganda uchqun chiqishining oldini oluvchi mis, qo‘rg‘oshin yoki rezina qistirma bo‘lishi kerak.
718. Sathni o‘lchash yoki namuna olish uchun rezervuar lyukini ochganda shamol kelayotgan tomonga orqa qilib turish zarur.
719. Rezervuarga neft mahsuloti quyilayotganda yoki bo‘shatilayotganda, uning yuqori lyuki orqali TAS namunasini olish taqiqlanadi. Rezervuarlarga quyish yoki undan to‘kish jarayonidan kamida 10 min o‘tib, suyuqlik harakati to‘xtagandan keyingina namuna olish mumkin.
720. Namuna olishni, urilganda uchqun chiqarmaydigan metall namuna olgich vositasida bajarish lozim.
722. Qorong‘i paytlarida namuna olishda faqat portlashdan himoyalangan ko‘chma yoritkichlar (akkumulyatorli, batareyka)dan foydalanishi zarur. Yoritkichlarni yoqish yoki o‘chirish rezervuar parki to‘sig‘ining (marzaning) tashqarisida amalga oshiriladi.
723. O‘lchash yoki namuna olish tugagandan keyin o‘lchov lyukining qopqog‘ini ohista, zarbasiz berkitish kerak.
724. Butun aylanasi bo‘ylab tutqichli (suyanchiqni) to‘sig‘i yo‘q rezervuarlarda, uning ustiga chiqadigan narvonning har ikkala tomoniga qarab tomning perimetri bo‘ylab tutqichli to‘siqlar o‘rnatilishi va tomning mazkur qismida barcha uskunalar (o‘lchov lyuki, o‘lchash qurilmasi, saqlagich klapan, armatura va sh. k.) joylashtirilishi kerak. To‘siqning balandligi eng kamida 1 m bo‘lib, o‘rtasida planka o‘rnatilishi lozim. Havo olish va saqlagich klapanlari turgan maydoncha rezervuarlardagi narvon (zina) maydonchasi bilan eni kamida 0,5 m keladigan ko‘prik bilan bog‘langan bo‘lishi zarur.
727. Narvonning eng yuqoridagi maydonchasi rezervuarning eng tepadagi burchagi yoki shvelleri bilan bir tekislikda bo‘lishi lozim.
728. Rezervuarning eng tubiga o‘rnatilgan suv chiqarish jo‘mraklari va zulfinlarini, hamda birinchi qavat (poyas)dagi jo‘mraklar sovuq paytlarda isitilib turilishi zarur.
729. Rezervuar ichiga bug‘li zmeyevik o‘rnatilgan bo‘lsa, undan kondensatni chiqarib yuborish moslamasi rejalashtirilgan bo‘lishi lozim. Bug‘li zmeyeviklar tayanchlarga o‘rnatilishi zarur. Zmeyevik quvurlari faqat payvandlab ulangan bo‘lishi kerak.
730. Suyultirilgan gazlar va benzinning yengil fraksiyalari saqlanadigan, 7 MRa (0,7 kgf/cm2) bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi, ishlatish va ko‘rikdan o‘tkazish tartibi “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” normativ-texnik hujjat talablariga mos bo‘lishi kerak.
731. Har bir idishga eng kamida 2 ta saqlagich klapanlar o‘rnatilishi lozim. Ulardan bittasi nazorat klapani hisoblanadi. Klapanlar idish bilan uch tomonlama (uch oyoqli) qayta ulovchi jo‘mrak orqali ulanishi lozim.
732. Idishlarga saqlagich klapanlar va har ikkala klapanni bir vaqtida ishlashini ta’minlovchi uch oyoqli jo‘mrakning to‘g‘ri o‘rnatilganligini obyektdagi mexanik tekshirib, klapan holatini belgilovchi va uning o‘zgarib ketishining oldini oluvchi plomba qo‘yiladi.
733. Saqlagich klapanlar va uchoqli qayta ulovchi moslamani tekshirib, plombalanganligi haqida tegishli dalolatnoma tuziladi.
734. Normativ-texnik hujjatlarga ko‘ra saqlagich klapanlar gazni chiqarib yubora oladigan qilib sozlanadi.
736. Barcha idishlardagi nazorat klapanlaridan chiqadigan gazni umumiy kollektor orqali mash’alaga yoki yopiq tizimga, ishchi klapanlardan chiqqan gazni esa havoga chiqariladi.
Saqlagich klapanlardan chiqadigan gazni chetlatuvchi quvuro‘tkazgich bug‘li “yo‘ldoshga” ega bo‘lib, u bilan birga izolatsiya qilinishi zarur.
737. Idishlardagi bosimni nazorat qilib turish uchun quyidagi joylarga manometrlar o‘rnatilishi kerak:
738. Suyultirilgan gaz haroratini o‘lchash uchun har bir idishga termometr o‘rnatish lozim. Idishga quyilayotgan mahsulotning harorati idish uchun ruxsat etilgan ishchi bosimda mahsulot bug‘larining tarangligidan ziyod bo‘lmasligi kerak.
739. Suyultirilgan gaz solingan idishlardagi mahsulot sathini nazorat qilib turish uchun ko‘rsatkichlarni mahsulot parki hududidagi shkafga joylangan shchitga yoki operator xonasidagi shchitga keladigan avtomatik asboblar (sath o‘lchagich) o‘rnatish lozim.
740. Harorati 15°S va undan ziyod bo‘lgan suyultirilgan gaz idishlar hajmining 83% gacha to‘ldirish mumkin. Gazning harorati 15°S dan past bo‘lganda idishni to‘ldirishning maksimal miqdori quyidagiga belgilanadi:
741. Harakatdagi (tashilayotgan, poyezdlardagi) idishlarga solingan suyuqlik sathi, harorati va bosimini har 2 soatda, mahsulot saqlanadigan joylardagisini esa, har vaxtada kamida bir marta o‘lchab, nazorat qilib turish zarur.
742. Idishlarga suyultirilgan neft gazlarini erkin oqizib (shovullatib) quyish taqiqlanadi. Suyultirilgan neft gazining qoldiqlari bo‘lmagan idishlar (yangilari, texnik sinovdan o‘tgandan keyin, tozalangandan keyin) to‘ldirishda portlashdan xavfli aralashmalar hosil bo‘lishiga qarshi ehtiyot choralarini (avval inert gazi, suv bug‘i bilan puflab tashlab, mahsulotni asta-sekin quyilishi ustidan nazorat o‘rnatish) qo‘llash lozim.
743. Suyultirilgan gaz namunalarini gazning maksimal bosimiga bardoshli idishlarga (namuna olgichlarga) solish kerak.
Nosoz yoki tekshirish muddati o‘tgan namuna olgichlardan foydalanish taqiqlanadi. Har bir namuna olgich uchun pasport joriy etilishi zarur.
744. Suyultirilgan gaz namunalari olinadigan namuna olgichdagi suyuq fazaning hajmi, namunaning umumiy hajmining 83%, ya’ni namuna olgichning yuqori jo‘mragi barobarida bo‘lishi kerak.
745. Idishlardan namunani, idishlarga xizmat ko‘rsatuvchi operator bilan birga namuna oluvchi shaxs yoki namuna olishga ruxsati bor operator ishtirokida olishi lozim.
746. Idishda suv to‘planishining oldini olish uchun muzlamaydigan klapan orqali vaqti-vaqti bilan suvni kanalizatsiyaga chiqarib turish kerak.
747. Qish (sovuq) paytlarida idishdan suvni chiqarib yuborgandan keyin, muzlamaydigan klapan yaxshilab yopilishi, tashlama quvurdagi zulfin ochiq holatda qolishi kerak.
748. Idishdagi suvni tashlash jarayoni kuzatuvchi ishtirokida amalga oshiriladi. Ishlovchi va kuzatuvchi shaxslar gazniqob kiyib, shamol kelayotgan tomonga orqa qilib turishlari lozim.
749. Suyultirilgan neft gazlari solingan idishlarni quyosh nuri taftidan himoyalash uchun, idishlarni ochiq rangga bo‘yash zarur. Idish ichidagi mahsulot 45°S dan yuqori darajaga isishi mumkin bo‘lgan hududlardagi propan va propan — propilen fraksiya solingan idishlarni himoyalash uchun texnik tadbirlar (issiqlik izolatsiyasi, soyabonlar, suv bilan ho‘llab turish)ni qo‘llash zarur.
751. Quyish-to‘kish estakadalarini loyihalash, montaj qilish, ishlatish va ta’mirlash temir yo‘l quyish-to‘kish estakadalarini loyihalashga oid normativ-texnik hujjatlar va mazkur qoidalar talablari asosida amalga oshiriladi.
752. Quyish-to‘kish estakadasiga quvuro‘tkazgichlar va berkitish moslamalarini bug‘lash va qizdirish uchun bug‘ tizimi keltirilgan bo‘lishi kerak.
753. Bir-biriga aralashuvi mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni quyish to‘kishni alohida-maxsus estakadalarda yoki alohida ustunlarda o‘tkaziladi. Estakada I kategoriya omborlar turiga mansub bo‘lgandagi holatdan tashqari vaziyatlarida umumiy temir yo‘l quyish-to‘kish estakadalarida oqish (shaffof-tiniq) va qoramtir neft mahsulotlarini quyish-to‘kish mumkin.
754. Quyish-to‘kish estakadasini o‘zaro bir-biriga mos kelmaydigan mahsulotlarni almashtirish jarayonlarini ko‘llab ishlatish mumkin emas.
Ayrim zarur paytlarda, xavfsizlikni ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqilgandan keyin korxonaning texnik direktori (bosh muhandisi)ning yozma ruxsatnomasi asosida neft mahsuloti turlarini almashtirib estakadani ishlatish mumkin.
755. Quyish estakadalarida nosoz sisternalarni neft mahsulotlaridan bo‘shatish uchun tizimlar yoki maxsus punktlar bilan jihozlanishi kerak.
756. Estakadalarda neft mahsulotini quyish yoki to‘kish paytida sisternani tortib kelgan lokomotivni mazkur hududdan chiqarib qulflanadigan relsalmashtirgich yordamida temir yo‘lni berkitib qo‘yish zarur.
757. Quyish-to‘kish estakadasi uchastkasiga kiradigan yo‘l, temir yo‘llarga “To‘xta!”, “O‘tish, yurish taqiqlangan!” degan yozuvlar osib qo‘yish lozim.
758. Etillangan benzin quyish-to‘kish qurilmalarida, mazkur bobda bayon etilgan qoidalardan tashqari, etillashtirgich qurilmasida xavfsiz ishlash talablariga ham qat’iy amal qilish kerak.
759. Quyish-to‘kish ishlari o‘tkazilmagan paytlarida sisternani estakada ulanganicha qoldirmaslik kerak.
760. TAS va YoS quyish-to‘kish qurilmasini boshqarish bino (xona)si tiniq neft mahsulotlarini temir yo‘l va avtomobil sisternalariga takt usulida quyish avtomatik qurilmalarni loyihalashga oid me’yoriy hujjatlar talablariga mos bo‘lishi zarur.
762. Estakadagi temir yo‘llar, estakadaning o‘zi va tiniq neft mahsulotlarini haydashga mo‘ljallangan quvuro‘tkazgichlar, metall uchli shlanglar yerga tutashtirilgan bo‘lishi kerak.
765. Tez alangalanadigan neft mahsuloti solingan temir yo‘l sisternalarini quyish-to‘kish joyiga keltirganda sisternani bitta to‘rt o‘qli yoki 2 ta ikki o‘qli bo‘sh yoki yonmaydigan yuk joylashtirilgan vagon (platforma)lar bilan to‘sib qo‘yish zarur.
Tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar ortilgan sisternalarni quyish-to‘kish joyiga keltirgan teplovozlar suyuq yonilg‘ida ishlashi kerak.
766. Quyish-to‘kish ishlarga rahbarlik qilish va u yerda jarayon paytida doimo bo‘lish vazifasi vaxta bo‘yicha boshliqqa yuklatiladi.
767. Quyish-to‘kish estakadasi hududida uchqun ro‘y berishining oldini olish maqsadida tez alangalanadigan neft mahsulotlari solingan temir yo‘l sisternalarini metall boshmoqlar yordamida to‘xtatish taqiqlanadi.
768. Estakadaning xizmat ko‘rsatadigan maydonchasidan sisterna ustiga maxsus o‘tish ko‘prigi orqali borish kerak.
Estakadalarni o‘tish ko‘priklarisiz qurishga ruxsat etiladi. Bu holatlarda taglikni yaqinlashtirish, estakada konstruksiyasi va uning elementlari quyish-to‘kish operatsiyalarida, hamda estakadadan sisternaga o‘tishda xavfsizlikni ta’minlay oladigan qilib o‘rnatilishi, sisterna va uning ayrim elementlari estakadaga tegib turmasligi kerak.
769. Sifon knopkani po‘lat arqon orqali kolonkaning yuqori qismiga mahkamlab qo‘yilgan lebedka (chig‘ir) yordamida burash (aylantirish) lozim.
770. Tez alangalanadigan mahsulotli sisternalar qopqog‘i (lyuki) ochish-yopishda, hamda quyish ishini nazorat qilish paytida ishchi shamolga orqasini, yuzini lyuk tomonga qaratib turishi kerak.
771. Alangalanish (yonib ketish) harorati 45°S va undan past bo‘lgan neft mahsulotlarni quyish-to‘kish paytida vagon-sisternalar lyuklarining qopqog‘ini qattiq zarbasiz, uchqun chiqarmay ochish yoki yopish, ularga shlanglar, teleskopik quvurlar va boshqa asboblarni ohistalik bilan ulashlari kerak. Mazkur operatsiyalarda ishlatiladigan asbob-uskunalar uchqun chiqarmaydigan metalldan yasalishi zarur.
772. Tez alangalanadigan neft mahsulotlarini sisternaga bir maromda (shovullatmay) suyuqlik tagiga quyish kerak. Buning uchun quyish shlangining uchini sisternaning tagigacha yetkazib tushirish kerak.
773. Sisternadagi tez alangalanadigan neft mahsulotlarni elektr qurilmasi vositasida isitish mumkin emas.
Sisternadagi qovushqoq neft mahsulotlarini zmeyeviklar yoki elektrisitgichlar yordamida qizdirishda, isitgichlarni usti neft mahsuloti bilan yopilgandan keyingina ishga tushirish lozim. Quyish ishlari boshlanishdan oldin isitgichlarga elektr toki kelishini to‘xtatish zarur.
774. Suyultirilgan gazlar uchun mo‘ljallangan sisternalar boshqa neft mahsulotlarini tashishda foydalanish mumkin emas.
775. Bitta estakadada etillangan 2 ta kollektorni joylashtirish mumkin. Etillangan benzin bilan ishlaydigan kollektorni farqlanuvchi (boshqa) rangga bo‘yab qo‘yiladi.
776. Estakada va uning hududida ulash shlanglari, artish lattalari, asboblar va boshqa narsalarni qoldirib ketish taqiqlanadi.
777. Nasosxona binosidagi nasoslar, pol, lotok (ariq)lar doimo toza — sarishta holatda bo‘lishi zarur.
Pol va lotoklarni yuvishdan chiqqan kislota, ishqor, selektiv erituvchilar, etil suyuqliklari va boshqa o‘yuvchi va zaharli moddalari bor suvlarni sanoat kanalizatsiyasining magistral tarmog‘iga tashlashdan oldin, ularni zararsizlantirish kerak.
Quvuro‘tkazgichlarga ular qanday ishlar uchun mo‘ljallanganligi, mahsulotlar harakatining yo‘nalishi, uskunalarda — texnologik sxemadagi indekslari, dvigatellarga esa — rotorning aylanish yo‘nalishi ko‘rsatilishi shart.
779. Nasoslarda saqlanadigan surtish moylarining miqdori 20 l dan ko‘p bo‘lmay, yonmaydigan shkaflar yoki qopqog‘i yaxshi yopiladigan yashik (quti)larga joylashtirilishi kerak.
780. Nasosxonalarda uskunalarning eng og‘ir detallarini ko‘taradigan yuk ko‘tarish moslamalari bo‘lishi zarur.
781. Nasoslar orasidagi o‘tish joylarini materiallar, uskunalar yoki biror boshqa narsalar bilan to‘sib qo‘ymaslik lozim.
782. Nasosxona binosidagi nasoslar va quvuro‘tkazgichlar qulay xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, ko‘rikdan o‘tkazilishiga mo‘ljallab joylashtirilishi kerak.
783. Nasosxonani ishlatganda, nasoslar va quvuro‘tkazgichlardagi jipslik (germetiklik) muntazam ravishda nazorat qilib turish zarur.
784. Nasoslar, quvuro‘tkazgichlar va boshqa uskunalardagi mahsulot qoldiqlarini bevosita nasosxonaning o‘zida chiqarib (tozalab) tashlash taqiqlanadi.
Chiqindi suyuq mahsulotlar berk tarmoqlar orqali nasosxona tashqarisiga, suyuq chiqindilar-maxsus idishlarga, gaz, bug‘ esa mash’ala tizimiga yuboriladi.
785. Nasoslar uchun armaturani uning pasportida yozilgan shartli bosimga mos keladiganini tashlash lozim. Karbamid suspenziyasini haydovchi nasoslardan tashqari barcha markazdan ko‘chma nasoslarning chiqarish quvuro‘tkazgichlariga teskari klapan o‘rnatish shart.
786. Ishlab turgan nasosdan zaxirasiga o‘tkazishda tegishli zulfinlar to‘g‘ri ochilishini va nasosni ishga tayyor ekanligini tekshirish kerak.
787. So‘ruvchi va damlovchi kollektordan zaxiradagi nasosni uzib qo‘yish uchun faqat zulfinlardan foydalanish lozim. Mazkur maqsadlar uchun tiqinlar o‘rnatish taqiqlanadi.
Nasosning harakatlanuvchi qismlarini moylashda xavfsizlikni ta’minlovchi zarur moslamalar bo‘lishi shart.
790. Nasosni ishlatayotganda uning muhit chiqayotgan joyidagi manometr nasosdagi normal bosimni ko‘rsatib turishi kerak.
791. Dvigatelga mufta vositasida ulangan joyda to‘sig‘i yo‘q markazdan nasosni ishlatish taqiqlanadi.
792. O‘z-o‘zidan alangalanadigan haroratgacha qizdirilgan neft mahsulotlarini haydovchi nasoslarda, masofadan turib elektr energiyani uzib qo‘yadigan moslama bo‘lishi kerak.
794. Nasos ishi to‘xtatilganda uning salniklarini sovutish uchun yuborilayotgan suvni ham to‘xtatish lozim. Aks holda salnikdagi nojipslik tufayli nasos kamerasiga suv o‘tib ketishi mumkin.
794. Nasos ishi to‘xtatilganda uning salniklarini sovutish uchun yuborilayotgan suvni ham to‘xtatish lozim. Aks holda salnikdagi nojipslik tufayli nasos kamerasiga suv o‘tib ketishi mumkin.
795. Ichidagi kondensatni chiqarib tashlamay va bug‘ silindrlarini isitmay turib bug‘ nasoslarini ishga tushirish taqiqlanadi. Ayni paytida nasosdan chiqadigan quvuro‘tkazgichdagi zulfin ochiq holatda bo‘lishi lozim.
796. Bug‘ nasosining to‘xtab turgan porsheni harakatga kelgan paytda, nasosning so‘ruvchi va damlovchi mahsulot o‘tkazgichlaridagi zulfinlar, hamda bug‘ o‘tkazgich quvurlarning bug‘ kiradigan va ishlatilgan bug‘ chiqadigan joylaridagi bug‘ jo‘mraklari yopiq holatda bo‘lib, bosim tushirilgan bo‘lishi lozim.
797. Suyultirilgan gazlar, tez alangalanadigan va zaharli suyuqliklarni haydashda, mahsulotni chiqarib yubormaydigan salniksiz, membranali nasoslarni ishlatish tavsiya etiladi. Salnikli nasoslardan foydalanilganda ularni yon (toretsli) zichlagichlar bilan uskunalash kerak.
798. KVN rusumli nasoslarni moylash uchun uzatadigan moy nasoslarida ularni avtomatik tarzda rezervlanishini ta’minlovchi muhosara moslamasi bo‘lishi zarur.
800. Kislota haydayotgan nasos ishlayotganda, undagi salniklar va boshqa ulanishlardagi germetik (jips)likni kuzatib turish va sizib chiqish holatlari aniqlanganda, nasos ishini to‘xtatib nosozlikni bartaraf etish choralarini qo‘llash zarur.
801. Kislota haydagan nasoslardagi barcha ishlarni (tozalash, yuvish, salnik zichlagichlarini almashtirish, kislota o‘tkazgichlardagi zulfinlarni almashtirish) nasosni batamom to‘xtatib qo‘yib, tizimni kislotadan bo‘shatgandan keyingina bajarish lozim.
803. Uskunalari ochiq maydonchalarda, ayvon ostida, postament va tokchalarda joylashtirilgan, yengil devorli yoki devorsiz joylarga o‘rnatilgan nasoslar ochiq nasoslar deb ataladi.
804. Nasosxona polining yuzasidagi zmeyeviklar eng sovuq beshkunlikdagi o‘rtacha temperaturada (mo‘ljaldagi harorat) kamida 5°S harorat bilan isitib turilishini ta’minlanishi zarur.
805. O‘ta qovushqoq, suvli yoki tashqi havo ta’siridan qotib qoladigan mahsulotlarni haydovchi nasoslarni ochiq maydonga o‘rnatish tavsiya etiladi. Istisno tariqasida, quyidagi shartlarni bajarib, nasoslarni ochiq joyga o‘rnatish mumkin:
806. Nasoslarni postamentlar va etajerkalar tagiga o‘rnatganda, uskunalar ustiga mahsulot va suv tushishining oldini olish zarur.
807. Tez alangalanadigan suyuqliklarni haydovchi nasoslarining tanasi, umumiy ramada turgan elektr dvigatel tanasi yerga ulanishidan qat’iy nazar, alohida yerga tutashtirilgan bo‘lishi kerak.
808. Tez alangalanadigan suyuqliklar va suyultirilgan gazlarni ochiq sharoitda haydash uchun salniksiz yoki toretslari zichlangan nasoslarni ko‘llash lozim.
809. Nasos agregatlari o‘rnatilgan maydonchalarga agregatlarni isitish va puflash uchun (haydalayotgan mahsulot xossasiga ko‘ra) suv bug‘i, siqilgan havo yoki inert gazi tarmog‘i olib kelingan bo‘lishi lozim.
810. Xizmat ko‘rsatuvchilar uzoq vaqt nasoslar yonida qolib ketmasliklari uchun, nasoslar ishini operatorlar xonasidan nazorat qilib turadigan moslama o‘rnatish rejalashtirilishi zarur.
811. Sovuq paytlarida markazdan nasoslarni ishga tushirishdan oldin, ularni biroz isitib (qizdirib) olish lozim.
812. Podshipniklar tanasini va salnik kameralarini sovutish uchun muzlamaydigan suyuqliklar (antifriz, kerosin va sh. k.) qo‘llanilganda ular to‘xtovsiz, aylanma tizim bo‘ylab sirkulatsiya qilinishi kerak.
Sovutish uchun harorati 20 — 30°S bo‘lgan suvdan foydalanilganda, oqimni nazorat qilib turish uchun ochiq voronkalar yoki qarash (ko‘rish) tuynugini o‘rnatish mumkin.
814. Kompressorlarning joylashuvi, ular orasidagi masofa, devorgacha bo‘lgan oraliq normativ-texnik hujjatlarga mos, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun qulay bo‘lishi lozim.
815. Yonuvchi gazlarni haydovchi kompressorlar joylashgan bino (xona)da moyli idishlarni saqlash mumkin emas. Mazkur idishlar kompressorlarni markaziy tarzda moylash tizimining ajralmas qismi hisoblanishi bundan istisno.
816. Salniklardan, silindrlar shtoklaridan va boshqa joylardan chiqayotgan zararli moddalarni tutish uchun shu joyning o‘zida ishlaydigan so‘ruvchi moslamalar bo‘lishi lozim.
817. Flanetsli ularmalarga qistirma material qo‘yishda, ular haydalayotgan muhit va ishchi jarayon parametrlariga dosh borishini inobatga olish kerak.
818. Kompressorning pasportida bayon etilmagan ishchi muhitni haydash uchun kompressorni qo‘llash mumkin emas.
821. Amaldagi normativ-texnik hujjatlarga ko‘ra, kompressorxonada harorat, bosim va boshqa parametrlarni shu joyning o‘zida yoki masofadan turib nazorat qilib turuvchi asboblar o‘rnatilishi zarur.
822. Kompressorlarni ishlatish paytida uning ishidagi barcha parametrlarini doimiy ravishda nazorat qilib turish kerak. Kompressorlar, ish rejimi me’yordan chetlashganda signal berish va avariya vaziyatlarida avtomatik tarzda to‘xtatib qo‘yadigan muhosara qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
Signalizatsiya va muhosara tizimlari rezerv kompressorni o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlaydigan qilib sozlanishi zarur.
824. Kompressor ishlayotganda uning silindrlari to‘g‘ri moylanishini, moy oqib, sachrab ketmasligini tekshirib turish kerak.
825. Har safar kompressorni ishlatib bo‘lgandan keyin ichidagi siqilgan gaz va havoni moydan tozalamay turib, qaytadan ishga tushirish mumkin emas. Kompressor ishlayotganda, moy ajratgichlardan ajralib chiqayotgan moylash materiallari to‘planishiga yo‘l qo‘ymay, ularni muntazam ravishda chiqarib (tashlab) turish lozim.
826. Kompressor va sovutgichlardan chiqayotgan issiq suvni sovutish tizimiga o‘tkazayotgan quvurlarning ko‘rinarli joyiga quyidagi jihozlar o‘rnatilishi kerak:
827. Kompressorga kirish tomonida joylashgan separatordagi suyuqlik sathini nazorat qilib borib, kompressorga suyuqlik tushmasligi uchun, uni o‘z vaqtida tashlab (chiqarib) turish zarur.
Separatordagi suyuqlik sathini nazorat qilib turish uchun ovozli va yorug‘lik signalizatsiyasi, hamda suyuqlik sathi belgilangan chegaradan ortganda kompressorlarni to‘xtatuvchi muhosara qurilmasi o‘rnatilishi lozim.
828. Portlashdan xavfli va yonuvchi gazlarni aralashtirib, siqib haydovchi kompressorxonada kompressorlar bilan texnologik jihatdan bog‘liq bo‘lmagan apparatlar yoki uskunalarni o‘rnatish mumkin emas.
829. Kompressor ishlayotganda har bir siqish darajasida hosil bo‘layotgan bosimni kuzatib borib, belgilangan me’yordan ortib ketishiga yo‘l ko‘ymaslik kerak. Kompressorlardagi bosim ruxsat etilgan me’yordan ziyod bo‘lganda, kompressorlar ishini to‘xtatib qo‘yadigan yoki uni salt ishlashga o‘tkazuvchi manometrlar yoki bosimni avtomatik tarzda tartibga soluvchi uskunalar o‘rnatilishi lozim.
830. Kompressorlardagi barcha ulanmalar va gazo‘tkazgichlar muntazam ravishda, belgilangan muddatlar va me’yorlarda zichlik (germetiklik)ga tekshirib turilishi zarur.
Gaz sizib chiqishi (oqishi) sezilganda kompressor ishini to‘xtatib turib, nosozlikni bartaraf etish kerak. Ishlab turgan kompressordagi gaz oqib chiqishini bartaraf etish taqiqlanadi.
831. Kompressorni ta’mirlagandan keyin ishga tushirishda foydalaniladigan sovutgichli elektr dvigatelni yurgizishdan oldin, elektr dvigatelni puflash (sovutish) uchun keladigan havo bosimi belgilangan past bo‘lganda, ishga tushirmaydigan va to‘xtatib qo‘yadigan muhosara qurilmasining ishga yaroqli ekanligini tekshirib ko‘rish darkor.
832. Kompressorlarga kelayotgan gazning harorati kondensatsiya ro‘y berishiga imkon bermaydigan bo‘lishi kerak.
833. Uskunalari ta’mirlangan (kompressorning o‘zi, apparatlari, quvuro‘tkazgichlar)dan keyin, hamda zaruratga ko‘ra uzoq to‘xtatib qo‘yilgan (rezervuarlardan tashqari) kompressorlarni ishga tushirish uchun qurilmaning boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari bergan yozma ruxsatnomani olish zarur.
Kompressorni ishga tushirish uchun, ichida to‘planib qolgan ammiakni, so‘ruvchi va damlovchi quvuro‘tkazgichlardagi jo‘mraklar orqali, tashlab (chiqarib) yuborish kerak.
834. Kompressorni ishga tushirishda va ishlayotganida uning silindrlariga suyuq ammiakning tushishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Aks holda gidravlik zarbalar sodir bo‘lishi, silindr va boshqa detallar emirilishi mumkin.
835. Normal sharoitda ishlayotgan kompressorlarga so‘rilayotgan ammiakning harorati uning siqilib qaynash harorati darajasidan bir necha gradusga ziyod bo‘lishi kerak.
836. Kondensator va bug‘latgichlar, hamda bevosita sovutiladigan akkumulyatorlar va texnologik apparatlarda bosim ko‘tarilishining oldini olish uchun yopiq tizimga saqlagich klapanlar orqali ammiak bug‘larini yuborish nazarda tutilishi lozim.
837. Ammiakli sovutgichlarga yuborilayotgan suvning sovutilishini nazorat qila turib, uning harorati ishlab chiqarish yo‘riqnomasida belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligiga erishish lozim.
838. Saqlagich klapanlardan ammiak oqib chiqishi aniqlanganda, uni bartaraf etish uchun ta’mirlab tortish taqiqlanadi.
Mazkur holatlarda kompressor ishini to‘xtatib, nosoz saqlagich klapanni yaxshisiga almashtirish zarur.
839. Moy to‘plagichdan moyni to‘kishda KD rusumdagi gazniqob va rezina qo‘lqoplardan foydalanish kerak.
840. Kompressor karteridagi moyning harorati uni yasagan zavod bergan yo‘riqnomasida belgilangan miqdordan ziyod bo‘lmasligi zarur.
841. Qurilmani ishlatish davomida ammiak tizimining germetikligini saqlash darkor. Kompressorning salniklaridan ammiak oqib chiqishi sezilganda, nosozlikni darhol bartaraf etish lozim.
842. Kompressor ishlab turganda undagi flanetsli ulanmalarini mahkamlash, salnik zichlagichlarini, berkitish armaturani qisman yoki to‘lasiga almashtirish taqiqlanadi.
843. Moy yuborish tizimida nosozlik sezilganda, kondensatsiya tizimida bosim yuqorilab ketganda, kompressorda titrash va taqillash ro‘y berganda, ampermetrda me’yordan ziyod namoyon bo‘lganda nosozlik sabablarini aniqlash va bartaraf etish uchun darhol dvigatel ishlashini to‘xtatish zarur.
844. Kompressor silindrlarini ochish, apparatlar va armaturani demontaj qilish ishlarini tizimdan ammiak va moyni to‘liq chiqarib tashlangandan keyingina bajarish mumkin.
845. Kompressor silindridagi ammiak qoldiqlarini rezina shlang yordamida kompressorxona tashqarisidagi maxsus idishdagi suv qatlami tagiga chiqarish kerak yoki drenaj resiveri vositasida so‘rib olish lozim.
846. Mashina va apparatlar qismlarini, silindrlar, karter, moy ajratgichlar ichini ko‘rikdan o‘tkazishda yoritish uchun faqat kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan, portlashdan himoyalanib yasalgan ko‘chma lampalardan foydalanish zarur.
847. Sovutish qurilmalarini qish paytida to‘xtatib qo‘yganda, muzlab qolmasligi uchun silindrlar atrofidagi va kompressor salniklaridagi, kondensator va suv bilan sovutiladigan boshqa apparatlardagi, hamda magistraldagi suvni drenaj (tashlama) jo‘mraklar orqali chiqarib tashlash kerak.
848. Havo kompressorlarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish tartibi amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda bo‘lishi lozim.
849. Havo to‘plagichlar, nam — yog‘ ajratgichlar, oraliq va so‘nggi sovutgichlar va barcha darajadagi havo haydagich quvurlarda to‘planib qolgan moy cho‘kindilarini kompressorning har 5000 h ishlaganidan keyin kamida bir marta korxona bosh muhandisi tasdiqlagan metallning zanglashiga oid yo‘riqnoma bo‘yicha tozalab turish zarur.
850. Siqilgan havo yuradigan quvuro‘tkazgichlar tarmog‘iga yonuvchi, zaharli va portlashdan xavfli moddalar kirib qolishining oldini olish uchun mazkur quvuro‘tkazgichlarni doimiy ravishda kesib ulash ta’qiqlanadi.
851. Nazorat va avtomatika asboblari, texnologik apparatlarga havo beruvchi quvuro‘tkazgichlarda doimiy kesib, ulash ishlarini o‘tkazish mumkin emas.
852. Nazorat va avtomatika asboblarini tozalash va quritish ishlari mazkur asboblarga bo‘lgan texnik talablarga mos holatda amalga oshirilishi kerak. Nazorat — o‘lchov asboblari va avtomatik vositalarga kelayotgan havoning sifatini davriy tekshirish havo quritish va tozalash qurilmalarini ishlatish tartibi asosida bajariladi. Lekin har oyda kamida 2-marta amalga oshirilishi lozim.
853. Nazorat va avtomatik asboblarga havo beradigan quvuro‘tkazgichlarga texnik maqsadlar uchun havo yuborish tarmoqlarini doimiy ravishda ulash taqiqlanadi.
854. Kompressorga so‘rib olinadigan havo olish joyi binoning tashqarisida, quyosh radiatsiyasidan himoyalangan zonada bo‘lib, so‘rilayotgan havo tarkibida yonuvchi va chang aralashmalari bo‘lmasligi kerak. Havo olinadigan joy tepasidagi ayvoncha suv va begona narsalardan saqlaydigan to‘r (setka) bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
855. Havoso‘rgich quvuro‘tkazgichlar o‘rnatilgan filtrlovchi moslamalarda to‘planib qolgan changlar amaldagi grafikka mos ravishda, har 2 oyda kamida bir marta tozalanib turilishi zarur.
856. Havo o‘tkazgichlarda moy yonishi holatlari aniqlanganda, quvurdagi havo bosimini tezda pasaytirib, havoo‘tkazgichni sovutish, havo quvuridagi jo‘mrakni ochib turib, kompressor ishini to‘xtatish kerak.
857. Havoo‘tkazgichda moyli qoldiqlarning to‘planib, o‘z-o‘zidan alangalanishiga imkon beradigan uchi berk tarmoqlar, berkitib qo‘yilgan shtutserlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
858. Issiqlik chiqaradigan apparatlarga yaqin joylashtirilgan havo o‘tkazgichlar yaxshilab izolatsiyalanishi zarur.
860. Gazgolder ishi (qo‘ng‘iroq yoki teleskop qiyshayib qolmaganligini, gaz, vakuum yo‘qligini va shk.), gazgolderning belgilangan chegarasigacha gaz to‘ldirilgandan keyin yoki gaz sarflanishi oqibatida qo‘ng‘iroq eng quyi holatga tushib qolganda, gaz sarfini to‘xtatib qo‘yuvchi avtomatik qurilma faoliyati haqida signal beruvchi moslamalar ishini muntazam ravishda tekshirib turish lozim.
861. Gazgolderdagi berkituvchi, tartiblovchi saqlagich armaturalar holatini doimiy ravishda nazorat qilib turish zarur.
862. Qo‘ng‘iroqning gidravlik zatvorlaridagi suv sathini nazorat qila borib, uni belgilangan me’yordan pastga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda suv keladigan tarmoqning sozligini kuzatib turish lozim.
863. Gazlarga kelayotgan yonuvchi gazdagi kislorod miqdorini tahlil qilib turish zarur. Agar ushbu miqdor belgilangan me’yordan ziyod bo‘lsa, gazgolderni umumiy tarmoqdan uzib turib, kislorod miqdorining oshishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish tadbirlarini qo‘llash kerak.
864. Gazgolderdan gaz oqishi (sizib chiqishi) aniqlanganda, sababini topib, unga barham berish lozim. Agar gaz oqishini tezda bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, gazgolderga gaz kelishini to‘xtatib, gazgolderdagi gaz qoldig‘ini boshqa idishga haydab o‘tkaziladi va gaz oqishining sabablariga barham berish choralari qo‘llaniladi.
865. Gazgolder rezervuaridan suv oqib chiqa boshlaganda gazgolderga gaz kelishini to‘xtatib, ichidagi gazni maksimal darajada sarflash yoki boshqa bo‘sh gazgolderga haydab o‘tkazish lozim.
866. Qo‘ng‘iroq va uning ayrim qismlarini mexanik buzilishlardan saqlash lozim. Ulardagi yo‘naltiruvchi roliklarni moylab turish kerak.
867. Agar gazgolderning ichki devorlarida oltingugurtli cho‘kma (temir sulfidi) borligi aniqlansa, tozalash paytida ularni doimiy ravishda suv bilan namlab temir sulfidining o‘z-o‘zidan alangalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tozalangan qirindilarni yong‘indan xavfsiz joyga chiqarish yoki ko‘mib tashlash zarur.Teleskop yoki qo‘ng‘iroq qiyshayishi tufayli germetiklik buzilganda yoki gazlar ishida nosozlik sezilganda, gazgolderni gaz tarmog‘idan uzib turib, nosozlikni bartaraf etish lozim.
868. Gazgolderni ishga tushirishdan oldin uni puflab yuborish darkor. Puflash gazgolder qo‘ng‘irog‘idagi havo jo‘mragi orqali amalga oshiriladi.
869. Gazgolderni puflash paytida, har 30 min da puflanayotgan inert gaz tarkibidagi kislorod aniqlab borish zarur. 2 ta birin-ketin qilingan tahlil natijalariga ko‘ra inert gazi tarkibidagi kislorod miqdori 0,2% (hajmiy) dan ziyod bo‘lmasa puflashni to‘xtatib, qo‘ng‘iroqdagi havo jo‘mragini berkitish mumkin.
870. Sovuq paytlarda suvning muzlab qolishdan saqlash uchun gazgolderning bino tashqarisidagi nam (suvli) berkitgichlarini isitib turish zarur. Buning uchun faqat suv bug‘idan foydalanish kerak.
871. Gazgolder tanasi muz bilan qoplanishi oqibatida qo‘ng‘iroq qiyshayib qolishi, harakat vaqtida to‘xtab qolishi, ishqalanishi ro‘y berganda gazgolderni isitish uchun faqat suv bug‘idan foydalanish zarur.
872. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, neftni qayta ishlash korxonalaridagi obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shaxsan javobgarlik yuridik shaxs hisoblangan korxona, tashkilot va bo‘linmalarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
873. Alohida hududlar, binolar, inshootlar, xonalar, sexlar, uchastkalar, texnologik va muhandislik qurilmalari, elektr tarmoqlari va sh.k. dagi yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi shaxslar korxona tashkilot va bo‘linmalar rahbarlarining buyrug‘i bilan tayinlanadilar. Yong‘in xavfsizligiga doir vazifalar lavozimlar yo‘riqnomasida bayon etilishi zarur.
874. Buyruq bo‘yicha yong‘in xavfsizligiga javobgar bo‘lgan korxonaning bo‘linmalari, tashkilotlarining rahbarlari quyidagilarni bajarishlari lozim:
v) ochiq olov qo‘llab ish bajarish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomasiz mazkur ishlarni o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud yong‘in texnikasi, o‘t o‘chirish vositalari, aloqa va signalizatsiya moslamalarini doimiy ravishda soz va ishga tayyor holatda bo‘lishini ta’minlash;
g) sex, uchastka, qurilmadagi xodimlar belgilangan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini ta’minlashi;
d) barcha aniqlangan yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi va yong‘in uskunalarining nosozligi sezilganda, tezlik bilan korxonadagi yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berib, olovni o‘chirish choralarini qo‘llashi.
875. Yong‘in xavfsizligi qoidalari, boshqa normativ-texnik hujjatlar hamda yong‘in xavfsizligiga doir tegishli ko‘rsatmalar asosida har bir sex, obyekt, uchastka va qurilmalarda, ishlab chiqarishdagi yong‘in xavfsizligi choralari haqidagi yo‘riqnomalar ishlab chiqilib, yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilib, obyektning rahbari (bosh muhandisi) tasdiqlashi zarur.
a) ishlatiladigan materiallar va neft mahsulotlarning, ishlab chiqarish jarayoning portlash — yong‘indan xavflilik darajasi;
v) bir vaqtda bitta binoda saqlanayotgan yonuvchi material va moddalarning ruxsat etilgan miqdori va saqlanayotgan joyga bo‘lgan talablar;
e) nazorat-o‘lchov asboblari (manometrlar, termometrlar va sh. k.)ning cheklangan ko‘rsatishlari va undan chetlangan holatlarda yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkinligi;
j) yong‘in sodir bo‘lgan paytdagi xodimlarning vazifalari; jumladan yong‘in xavfsizligi xizmatini chaqirishga doir qoidalar, texnologik qurilmani avariya vaziyatlarida to‘xtatish tartibi, shamollatish va elektr uskunalarni manbadan uzish tartibi, yonuvchi va boshqa moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish tartibi;
a) yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini va ular asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnomalarni bilishlari va ularga rioya qilishlari, hamda obyekt uchun belgilangan yong‘inga qarshi rejimga rioya qilishlari va ularning bajarilishiga erishishlari;
v) yong‘in ro‘y berganligini sezganda, zudlik bilan korxonadagi, obyektdagi yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berishlari, bino (xona)dan yoki xavfli hududdan yong‘inni o‘chirishga aloqasi yo‘q xodimlarni evakuatsiya qilishni;
g) odamlar hayoti xavf tug‘ilganda barcha kuch va vositalarni ishga solib tezda ularni qutqarishni uyushtirishlari, yong‘inni o‘chirishga aloqasi yo‘q barcha ishlarni to‘xtatib, zaruratga ko‘ra tibbiy yordamni chaqirishlari;
d) avariya va evakuatsiyaga aloqasi bor yoritqichlardan tashqari barcha elektrenergiya manbalarini uzib qo‘yib, yong‘inning tarqalib ketishiga sabab bo‘ladigan barcha agregatlar, apparatlar, kommunikatsiyalar, shamollatish tizimi ishini to‘xtatishlari;
e) yong‘inni o‘chirish bilan band bo‘lgan odamlarni yiqilayotgan konstruksiyalardan, elektr tokidan, zaharlanish va kuyishdan muhofazalanishini ta’minlashlari.
877. Har bir obyektning ko‘rinarli joyiga yong‘in himoyasi telefonining raqami, obyekt bo‘yicha yong‘in xavfsizligiga javobgar shaxsning familiyasi va lavozimi yozilgan tablichka (taxtacha) o‘rnatilishi kerak.
878. Obyektdagi mutaxassislar, ishchilar, xizmatchilar mustaqil ishlashga kirishishdan oldin korxona, sex, ishlab chiqarish uchastkasi, qurilmalar, bino uchun yong‘in xavfsizligiga oid qoida va yo‘riqnomalarni o‘rganib, tayyorgarlikdan o‘tishlari shart.
879. Muhandis-texnik xodimlar, ishchilar va xizmatchilarni yong‘inga qarshi tayyorgarlikdan o‘tkazish jarayoniga kirish yo‘l-yo‘rig‘i, ish joyidagi yo‘l-yo‘riq, rejadan tashqari va joriy yo‘l-yo‘riq berish ishlari, hamda yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha mashg‘ulotlar kiradi.
880. Yong‘inga qarshi kirish yo‘l-yo‘rig‘ini, ishga yangi qabul qilinayotgan barcha MTX, xizmatchilar va ishchilar, sex, bino, obyektlaridagi mavjud, zarur ko‘rgazmali qurollar, plakatlar, yo‘riqnomalar, maketlar, birlamchi o‘t o‘chirish vositalarining namunalari, statsionar o‘t o‘chirish uskunalari va aloqa o‘rnatish sxemalari bilan jihozlangan maxsus xona (bino)larda olishlari kerak.
881. Yo‘l-yo‘riq berish jarayoni tugagandan keyin tinglovchilar olgan bilim va ko‘nikmalarini tekshirib ko‘riladi. Olgan bilimlari qoniqarsiz deb topilgan shaxslarga qayta yo‘l-yo‘riq berib, yana bir bor tekshiruvdan o‘tkaziladi.
882. Kirish yo‘l-yo‘rig‘ini o‘tkazgan rahbar xodim kuzatuv varaqasiga yoki qabul varaqasiga yo‘l-yo‘riq o‘tkazilganligi haqida belgi qo‘yishi, yo‘l-yo‘riq olgan (xodim) maxsus jurnalga, hamda mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligiga doir yo‘riqnomalarni ro‘yxatga olish daftarchasiga imzo chekishi lozim.
883. Yong‘inga qarshi birinchi yo‘l-yo‘riq berish jarayoni kirish yo‘l-yo‘rig‘ini to‘ldiradi va u bevosita ish joyining o‘zida o‘tkaziladi. Mazkur yo‘l-yo‘riqni bir sexdan boshqa sexga o‘tgan xodimlarga ham berish shart. Yong‘in xavfsizligiga doir tadbirlarga amal qilish haqidagi yong‘inga qarshi birinchi yo‘l-yo‘riqni ishga yangi qabul qilinayotgan barcha muhandis-texnik xodimlar (MTX), xizmatchilar va ishchilar olishlari kerak. Ayrim holatlarda yong‘inga qarshi kirish va birinchi yo‘l-yo‘riq berishi bir vaqtda o‘tkazish mumkin.
884. Yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berishni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid yo‘l-yo‘riq berish bilan birga o‘tkazish mumkin.
885. Yong‘in xavfsizligiga oid navbatdagi yo‘l-yo‘riqni barcha ishchilar, malakasi ma’lumoti, bajarayotgan ish stajiga qaramay, bir yilda kamida bir marta olishlari va bu haqda “Ish joyida yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish jurnali”da qayd qilinishi lozim.
886. Ishlovchilar yong‘in xavfsizligiga oid qoida va yo‘riqnomalarni buzgan holatlarida, hamda yong‘in xavfiga sabab bo‘ladigan, texnologik jarayonlarda xomashyo va materiallarni qo‘llash tartibi o‘zgarganda, xodimlarga rejadan tashqari yo‘l-yo‘riq beriladi.
887. Yong‘in-texnik minimumga doir mashg‘ulotlar o‘tkazish tartib korxona rahbarning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
888. Yong‘in-texnik minimumiga doir mashg‘ulotlar bevosita ishlab chiqarish uchastkalarining o‘zida, mutaxassislarning kategoriyalariga ko‘ra alohida guruhlar (elektr gazpayvandlovchilar, elektriklar va sh.k.)da o‘tkaziladi.
889. Yong‘in-texnik minimumi dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish yakunlangandan keyin, ishlovchilar imtihon topshirishlari lozim. Imtihon natijalari o‘qitilgan mavzular bo‘yicha baholar qo‘yilgan bayonnoma (protokol) bilan rasmiylashtiriladi. Imtihonni korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan (raisi bosh muhandisi yoki obyekt rahbari) komissiya oladi.
890. Yong‘in-texnik minimumga doir bilimlarni tekshirishni, xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlariga doir bilimlarni tekshirish bilan birga o‘tkazish mumkin.
891. Ishlab chiqarish, ma’muriy, jamoat va boshqa bino, xonalarda yong‘in sodir bo‘lganda, rahbarlar, harbiylashtirilgan yong‘in himoyasi xizmati va ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasi a’zolarining harakatlari birinchi navbatda yong‘in hududida qolgan odamlarning xavfsizligini ta’minlash va evakuatsiya qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
a) hodisa haqida tezlik bilan korxonadagi yong‘in himoyasi xizmatiga yoki korxona — shahar bo‘yicha yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berishi;
b) yong‘in ro‘y bergan joyga mazkur obyekt (sex, uchastka, ombor va sh. k.)ning bevosita rahbarini yoki boshqa amaldor shaxsni chaqirish choralarini qo‘llash;
v) obyektdagi, uchastkadagi yoki ish joyidagi mavjud o‘t o‘chirish vositalari bilan yong‘in o‘chog‘iga barham berishga kirishishi.
893. Yong‘in sodir bo‘lgan joyga kelgan obyekt (sex, uchastka va sh.k.) rahbari yoki boshqa amaldor shaxs quyidagilarni bajarishi shart:
b) bino (xona)dan yoki xavfli hududdan, yong‘inni o‘chirishga aloqasi bo‘lmagan barcha ishlovchilarni chiqarib olishi, odamlar hayotiga xavf tug‘ilganda, barcha mavjud kuch va vositalarni ishga solib, ularni qutqarishni uyushtirishi;
g) o‘t o‘chirishda ishtirok etayotgan odamlarni bino konstruksiyalari yiqilishidan, elektr tokidan jarohatlanishidan, zaharlanish va kuyishdan himoya qilinishini ta’minlanishi;
894. Ishlab chiqarish, ma’muriy, jamoat, yordamchi va boshqa bino (xona)lardagi odamlarning xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi shart:
a) bino va xonalarni odamlarni tez evakuatsiya qilish va yong‘in tarqalishining chegaralash imkonini beradigan konstruksiyada qurish;
b) yonuvchi materiallar, hamda yong‘inning tarqalib ketishiga imkon beruvchi va yonuvchi gazlar ajratib chiqaruvchi materiallarni ishlatmaslik;
v) odamlarni tez evakuatsiya qilishga imkon beruvchi maxsus uskunalar (tez xabar beruvchi tizim, avariya yoritqichlari, xavfsizlik belgilari) doimiy ravishda saranjom-sarishta holatida bo‘lishi;
g) barcha ishlovchilarni yong‘in sodir bo‘lganda rioya qilishlari zarur bo‘lgan yong‘in xavfsizligining asosiy talablari, hamda odamlarni binodan tashqariga avariya rejasi bilan tanishtirish;
d) tutundan himoyalash tizimiga kiradigan zinapoyalardagi, koridordagi, tamburlardagi zichlik (jipslik) ta’minlovchi moslamalarni ishga yaroqli holatida saqlash;
e) kechasi (qorong‘ida) evakuatsiya qilish yo‘llari (koridorlar, zinapoyalar, vestibyullar)dagi yoritgichlarni soz holatda bo‘lishi;
j) elektr asboblar, elektr uskunalar va isitish tizimini ishlatish va ta’mirlash paytida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinishi ustidan ma’muriyatning muntazam nazoratini o‘rnatish.
895. Obyektda ro‘y bergan har bir yong‘in yoki alangalanish holatlari sabablarini ma’muriyat obdan tekshirib aniqlashi va zarur profilaktika tadbirlarni amalga oshirishi zarur.
896. Neftni qayta ishlash korxonalarining faoliyati amaldagi me’yoriy - texnik hujjatlarning yong‘inga qarshi muhofaza qismidagi talablarga mos bo‘lishi, hamda ishlatish davomida belgilangan tartibda tasdiqlangan yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga javob berish kerak.