LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida” va “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni va uning tarkibini;
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda rieltorlik faoliyatini tegishli litsenziyasiz amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralarini ko‘rsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga 1-ilovaning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi” bo‘limiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
3. Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi.
4. Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxsga — rieltorga litsenziya faqat ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish huquqiga beriladi.
5. Rieltorlik tashkilotiga arizasi bo‘yicha bitta yoki bir necha turdagi rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya beriladi.
6. Rieltorlik faoliyati quyidagi rieltorlik xizmatlari turlarini ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish chog‘ida vositachilik qilish;
7. Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya amal qilish cheklanmagan muddatga beriladi.
8. Quyidagilar rieltorlik faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziya tomonidan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
g) litsenziya berish to‘g‘risida ariza berish chog‘ida ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda to‘liq shakllantirilgan ustav kapitalining mavjud bo‘lishi;
d) rieltorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan xodim tomonidan faqat bitta rieltorlik tashkilotida rieltorlik faoliyatini amalga oshirish;
e) rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar xodimning bo‘lishi;
z) rieltorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat rieltorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan xodimni tayinlash;
i) rieltorlik tashkilotida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalarining mavjud bo‘lishi;
k) yuridik shaxs uchun — uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida, jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
l) har yarim yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga rieltorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi talabiga ko‘ra rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etish.
(8-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ushbu bandning “b”, “g”, “d”, “e”, “z”, “i” kichik bandlari talablari rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda rieltorga (jismoniy shaxsga) tatbiq etilmaydi.
ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatadigan rieltorlik tashkilotlari — eng kam oylik ish haqining kamida 100 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga ega bo‘lishi kerak;
ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish chog‘ida vositachilik qiladigan rieltorlik tashkilotlari — eng kam oylik ish haqining kamida 500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga ega bo‘lishi kerak;
ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan rieltorlik tashkilotlari — eng kam oylik ish haqining kamida 1000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga ega bo‘lishi kerak;
ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar savdosini tashkil etadigan rieltorlik tashkilotlari — eng kam oylik ish haqining kamida 3000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga ega bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Rieltorlik xizmatlarining bir necha turlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan litsenziya talabgori rieltorlik xizmatlarining ustav kapitalini maksimal miqdorda shakllantirish nazarda tutilgan turi bo‘yicha shakllantirilgan ustav kapitaliga ega bo‘lishi kerak.
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan birgalikda ustavning nusxalari (yuridik shaxs uchun) yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (jismoniy shaxs uchun);
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi;
g) asosiy ish joyi bo‘yicha shtatdagi rieltorlarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi va buyruqlarning yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan nusxalari;
d) litsenziya talabgori shtatida turgan xodimlarning rieltorlar malaka sertifikatlarining yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan nusxalari, jismoniy shaxs uchun — rieltor malaka sertifikatining nusxasi;
e) rieltorlik faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda ustav kapitalining to‘liq shakllantirilganligidan dalolat beradigan hujjat nusxasi. Bunda rieltorlik xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan mol-mulkni kiritish hisobiga ustav kapitalini pulsiz shaklda qisman yoki to‘liq shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi;
Ushbu bandning “g”, “e”, “j” kichik bandlari talablari litsenziya talabgorlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
12. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
13. Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
15. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
16. Litsenziya talabgorining barcha hujjatlar ilova qilingan arizasi ikki kun muddatda ekspert komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
17. Litsenziyalovchi organ uch kun mobaynida ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
18. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
19. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasiga binoan “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
20. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
21. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasini taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
22. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
23. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
24. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ekspert komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda takroran ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida uch kun muddatda qaror qabul qiladi.
Litsenziya berishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilmaganligi holati aniqlangan taqdirda litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlar qayta ko‘rib chiqilmaydi, taqdim etilgan hujjatlar esa litsenziya talabgoriga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yuridik shaxs — litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
28. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning budjetdan tashqari jamg‘armaga o‘tkaziladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
29. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziya talabgori arizasiga ko‘ra dublikat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziyalovchi organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga kiritiladigan litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborot hamda hujjatlarni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish yakunlari bo‘yicha litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
33. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Quyidagilar rieltorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan litsenziya talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga kiradi:
rieltorlik xizmatlari ko‘rsatishda olingan maxfiy axborotning buyurtmachi ruxsatisiz oshkor qilinishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishining belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlardan bosh tortish;
rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish polisining mavjud emasligi;
ushbu Nizomda nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirish (faqat rieltorlik tashkilotlari uchun).
34. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organ qarorining asossizligi e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportining ma’lumotlari, pochta manzili, telefoni;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
36. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
38. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)